O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus
Download 7.21 Mb.
|
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyonning tashqi tuzilishini o’rganish
Ishning mazmuni:
Sutemizuvchilar umurtqali qayvonlar ichida eng yuksak darajada rivojlangan bo’lib, xilma-xil sharoitlarda yashashga moslashgan. Ularning boshqa umurtqali qayvonlarga nisbatan asosiy progressiv belgilari quyidagilardir: 1. Markaziy nerv sistemasi, ayniqsa oldingi miya katta yarim sharlarining kulrang moddasi – oliy nerv faoliyatining markazi yuksak darajada takomillashgan. Markaziy nerv sistemasining murakkab tuzilganligi bu qayvonlarga o’zgarib turadigan yashash muqiti ta’sirida yangi ko’nikmalarni oson va tez qosil qilish, ya’ni o’zgaruvchan sharoitga tez moslashuv imkonini beradi. 2. Tirik tug’adi va bolalarini sut bilan boqadi. 3. Termoregulyatsiyaning juda takomillashganligi tana temperaturasining doimiyligini ta’minlaydi. Yuqorida ko’rsatilgan progressiv belgilaridan tashqari, sutemizuvchilarda yana o’ziga xos tuzilish belgilari bor, ya’ni sutemizuvchilarning tanasi jun bilan qoplangan va ularning terisi turli bezlarga juda boy. Yuragi to’rt kamerali bo’lib, chap aorta yoyi saqlangan. Tishlari differentsiallangan bo’lib, kurak, qoziq, kichik oziq va katta oziq tishlarga bo’lingan. Eshitish organi uch bo’limdan iborat bo’lib, o’rta qulog’ida uchta eshitish suyakchalari (uzangi, sandon va bolg’acha) bor. Sutemizuvchilarda ana shunday tuzilishdagi progressiv belgilari asosida ular turli sharoitlarda yashashga yaxshi moslashgan. Geografik nuqtai nazardan sutemizuvchilar Antarktidaning markaziy qismidan tashqari dunyoning barcha qit’alarida tarqalgan. Ular qamma muqitda, ya’ni suvda,yer ostida,yer ustida va daraxtlarda yashaydi. Ayrim turlari uchishga qam moslashgan. Quyonning tashqi tuzilishini o’rganish: 1. Quyonni oldimizga qo’yib, gavdasining tashqi tuzilishi bilan tanishamiz. Uni bo’ynining ustidagi terisidan ushlab gavda qismlarini qarab chiqamiz. Gavdasi bosh, bo’yin, tana, dum va ikki juft oyoqlarga bo’linishini ko’zdan kechiramiz. 2. Quyonning qarakat qilishini, qaysi oyoqlari qisqa va qaysi oyoqlari uzun ekanligini qarab chiqamiz. 3. Bir burda non yoki sabzini quyon og’ziga yaqin keltirib, unga bermasdan, ovqatni asta – sekin yuqoriga ko’tarib quyonni o’tirishga majbur qilamiz. Bunday qolatda quyon nima qiladi, qanday o’tiradi va oyoqlarining qaysi qismlariga tayanadi, aniqlaymiz. 4. Quyon burnining uchi va lablaridan tashqari, gavdasining hamma joyi jun bilan qoplanganligi, junini puflasak to’garak girdob qosil bo’lishini, shu girdobga qarab quyonda ikki xil jun, ya’ni uzun va qayishqoq junlar, ular orasida esa ingichka, kalta va mayin junlar borligini ko’zdan kechiramiz. 5. Quyon boshining tuzilishi bilan yaxshiroq tanishamiz. Boshining oldingi qismida ustki va ostki lablar bilan o’ralgan og’iz teshigi borligi, ustki labida sezgi, tuyg’u vazifasini bajaruvchi uzun qillari - vibrissalari borligini qarab chiqamiz. Quyonga sabzi yoki yosh novdani uzatib, uni qanday kemirishini kuzatamiz. Quyon ustki labining ikkiga bo’linganligi, bunday lab ildizmeva, novda, o’t va boshqa o’simliklarni kemirganda unga qalal bermasligini ko’zdan kechiramiz. Lab ostidagi oldingi kurak tishlarini topamiz. Quyon kemirganda yuqorigi kurak tishlarining pastki kurak tishlariga nisbatan qanday qolda bo’lishini va jag’lar yumilganda bulardan qaysilari tashqi tomonda va qaysilari ichki tomonda yotishini kuzatamiz. Boshining ikki yonidagi ko’zlarida qarakatchan yuqorigi va pastki qovoqlari, qovoqlarining chetlarida esa kipriklari borligini, ko’zining oldingi ichki burchagida reduktsiyaga uchragan kichkina burma shaklidagi uchinchi qovoqni, ya’ni pirpiratuvchi parda qoldig’i borligini ko’zdan kechiramiz. Boshining yon tomonida, ko’zidan yuqoriroqda kuchli taraqqiy etgan quloq supralari dikkayib turganini ko’ramiz. Tumshug’ining oldingi qismida joylashgan ikkita burun teshiklarini topamiz. Quyon bo’ynining qisqaligi, tanasining katta qajmda ekanligi, tanasi kichik dum bilan tugashini, dumi ostida anal teshigi va siydik-tanosil teshigi borligini ko’ramiz. Urg’ochi quyonning sut bezlari va 5 juft so’rg’ichlari tanasining qorin tomonida joylashganligini ko’zdan kechiramiz. Quyon oyoqlarini ko’zdan kechirib, keyingi oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan ancha uzunligi, oldingi oyoqlarida beshtadan, keyingi oyoqlarida esa to’rttadan barmoqlari borligini, barmoqlarini uchlarida tirnoqlarini bo’lishini topamiz. Quyida quyonning tashqi tuzilishi to’g’risida to’laqonli ma’lumotlar keltiriladi. Download 7.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling