O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta masus ta’lim vazirligi


Eslatma: Namuna asosida siz ham xuddi shunday misollar tuzing!


Download 1 Mb.
bet154/203
Sana16.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1492899
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   203
Bog'liq
GDFGDFGFDGDFG

Eslatma: Namuna asosida siz ham xuddi shunday misollar tuzing!

2-Ilova
YANGI O’QUV MATERIALINI SLAYDLI TAQDIMOTI




Otlarning egalik shakllari




Otlarga qo'shilib, shu ot ifodalagan tushunchaning uch shaxsdan (so'zlovchi, tinglovchi, o'zga) biriga tegishli ekanini bildiradigan qo'shimchalar egalik qo'shimchalari deb ataladi.



Shaxs/son

Birlik

Ko'plik

1-shaxs

dalam, kitobim

dalamiz, kitobiimz

2-shaxs

dalang, kitobing

dalangiz, kitobingiz









3-shaxs

dalasi, kitobi

Dala(lar)i, kitob(lar)i


3-Ilova



YANGI O’QUV MATERIALINI SLAYDLI TAQDIMOTI

Otlardagi ko'plik ma'nosi ifodalanishi


morfologik usulda ko'plik -larqo'shimchasi orqali ifodalanadi: bolalar, uylar.





Leksik usulda ko’plik ma'nosi qo'shimchasiz holda maxsus so'zlar yordamida ifodalanadi: bir qanchaodam, ming-mingdaraxt, beshta daftar.


leksik-morfologik usulda bu ikkala usul aralash ifodalanadi: Ko'p ota-onalar kelishdi.


Harakat-holat, belgi nomini bildirgan otlar, donalab sanalmaydigan jism nomlari, juft predmetlarni bildiruvchi otlar va atoqli otlar faqat birlikda qo'llanadi: do'stlik, un, ko'z, Muattarva h.





-larqo'shimchasi ko'plik ma'nosidan tashqari quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:





narsalaming turini, navini xilini: Do'konga yog'lar (guruchlar, unlar...) keltirildi;




kinoyani: Janoblari kelibdilar-da;



jamlikni: Ma'muraxonlar kelishdi.




ma’no kuchaytirishni: Boshlarim og'rib ketdi;




hurmatni: Dadamlar ishlaydilar;

taxminni: Soat beshlarda keladi.


Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
33-MAVZU: Nutqda shakl va mazmun mosligi
O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli


Vaqt-80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni

O’quv mashg’ulotining shakli va turi

Nazariy, to’liq o’quv mashg’uloti;

O’quv mashg’uloti rejasi

1. Gaplarning shakl va mazmunan mosligi.
2.Gaplarni ixchamlashtirish
3.Matn mazmunini qisqa ifodalash. Madaniy nutq mezonlaridan biri ekanligi

O’quv mashg’ulotining maqsadi: O’quvchilarga gaplarning shakl va mazmunan mosligi, gaplarni ixchamlashtirish, matn mazmunini qisqa ifodalash, madaniy nutq mezonlaridan biri ekanligi haqida ma’lumot berish va mavzu yuzasidan bilimlarni shakllantirish.

O’qitish natijasi

Ushbu mavzuni o’zlashtirish natijasida o’quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko’nikma yoki kompetensiyalar

Pedagogik vazifalar:

  • Matn mazmunini qisqa ifodalash haqida tushuncha berish.

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Gaplarning shakl va mazmunan mosligihaqida tushuncha berish;

  • Gaplarni ixchamlashtirishhaqida tushuncha ga ega bo’ladilar;

  • Matn mazmunini qisqa ifodalash haqida tushunchaga ega bo’ladilar.

O’qitish metodlari

Tushuntirish, yo’riqnoma berish, namoyish. “Har kim har kimga o’rgatadi” usuli; “Bum” o’yini;

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, yozuv taxtasi, slaydlar, o’quv topshiriqlari;

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, guruhlarda ishlash;









O’qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan, guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot;
Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida;




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling