O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Buxgalteriya balansi bo’limlari va moddalarining tavsifi


Download 0.51 Mb.
bet10/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

2.4. Buxgalteriya balansi bo’limlari va moddalarining tavsifi


Hozir amaliyotda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlari ham ikki bo’limdan iborat. Buxgalteriya balansi aktivida mablag’lar quyidagi bo’limlar bo’yicha guruhlangan.

1-bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar;

2-bo’lim. Aylanma aktivlar.

Balans passivida mablag’lar manbalari quyidagi bo’limlar bo’yicha guruhlangan:

1-bo’lim. O’z mablag’lari manbalari;

2-bo’lim. Majburiyatlar.

Balans aktivining 1-bo’limi “Uzoq muddatli aktivlar”da uzoq foydalaniladigan tusdagi aktivlar (moddiy-ashyoviy vositalar, qimmatli qog’ozlar, uzoq muddatli investitsiyalar) aks ettiriladi. Balansda ular quyidagi moddalar bo’yicha guruhlangan:

Asosiy vositalar - uzoq vaqt mobaynida (bir yildan ortiq) o’zgarmas shaklda ishlaydigan, qiymati birlik uchun belgilangan limitdan yuqori, o’z qiymatini qismlab yo’qotadigan moddiy-ashyoviy boyliklar. Balansda ular dastlabki qiymati bo’yicha, eskirishi qoldiq qiymat bo’yicha ham ko’rsatiladi.

Nomoddiy aktivlar - yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan, binolar, inshootlar, aqliy mulk, tovar zaxiralari, ixtirolar, “nou-xau” va boshqalardan foydalanishga doir mulkiy huquqlar. Balansda ular dastlabki va qoldiq qiymat bo’yicha, shuningdek ularning eskirishi bo’yicha aks ettiriladi.

Sarmoya qo’yilmalari - xo’jalik yoki pudrat usulida amalga oshirilayotgan tugallanmagan qurilish qiymati, shuningdek, asosiy podani tashkil etish, geologiya-qidiruv ishlariga sarflar va korxonalarga bo’nak ko’rinishida mana shu maqsadda berilgan bo’naklar va mablag’lar summasi.

Uzoq muddatli investitsiyalar-korxonaning boshqa korxonalar ustav fondiga bir yildan ortiq muddatga qo’yilgan omonatlari. Bundan tashqari bu bo’limda sotib olingan aksiyalar, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar alohida moddalar bilan ko’rsatiladi.

Balans aktivining 2-bo’limi “Joriy aktivlar” deb ataladi, bu aylanma mablag’larning 3 guruhga ajratish mumkin bo’lgan barcha summasidir.

1. Zaxiralar va sarflar - ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, qayta sotiladigan tovarlar, bo’lajak davrlar xarajatlari;

2. Pul mablag’lari – kassadagi, valuta mablag’lari, qisqa muddatli qo’yilmalar, qayta sotib olingan o’z aksiyalari;

3. Debitorlar – xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar, bo’nak to’lovlari, xodimlar bilan hisob-kitoblar, shuba korxonalar bilan hisob-kitoblar, uyushgan korxonalar bilan hisob-kitoblar, ta’sischilar va boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar.

Balans passivi ham ikki bo’limdan iborat bo’ladi:

1. O’z mablag’lari manbalari;

2. Majburiyatlar.

Balans passivining birinchi bo’limida o’z mablag’lari aks ettirilib, ular quyidagi moddalar bo’yicha guruhlangan:

ustav sarmoyasi; qo’shilgan kapital; zaxira sarmoya; taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar); maqsadli tushumlar va fondlar; bo’lajak xarajatlar va to’lovlar zaxiralari; bo’lajak xarajatlar va to’lovlar zaxiralari; bo’lajak davrlar daromadlari.

Oxirgi ikkita modda oldingi yillar balansida qisqa muddatli majburiyatlar sifatida 3-bo’limda ko’rsatiladi. Aslida esa bu mablag’lar o’z mablag’lariga kiritilishi kerak.

Balans passivining ikkinchi bo’limida yuridik va jismoniy shaxslardan olingan, vaqti kelganda qaytarilishi lozim bo’lgan barcha mablag’lar ko’rsatilgan.

Bu majburiyatlar uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlar, olingan kreditlar, shuningdek, turli kreditorlik qarzlari bo’lishi mumkin.

Ko’rinib turibdiki, buxgalteriya balansida muayyan sanaga (yil boshi va oxiriga) bo’lgan xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari aks ettirilgan. Balansning ayrim moddalarini izoh berish (rasshifrovka qilish) uchun moliyaviy hisobotda buxgalteriya balansi bilan birga o’zaro bog’langan hamda bir-birini to’ldiradigan bir qator hisobot shakllari nazarda tutiladi.


2.5. Buxgalteriya balansi moddalari bilan moliyaviy hisobotning boshqa shakllari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik


Aytib o’tilganidek, buxgalteriya balansida korxona mablag’lari va ularning manbalari muayyan sanaga (chorak va yil boshi hamda oxiriga) ko’rsatiladi. Bu aktiv ma’lumotlari passiv ma’lumotlari bilan bevosita bog’liqligini va o’zaro teng bo’lishi kerakligini anglatadi.

Buxgalteriya balansi moddalarining umumiy ichki o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqamiz:

1. Balans aktiviniig barcha bo’limlari summasi uning passivi barcha bo’limlari summasiga teng:

1BA+2BA = 1BP + 2BP

Korxonalar mablag’ining bir xil summasi ikki ko’rinishda: tarkibiga va joylashuviga ko’ra, shuningdek yuzaga kelish manbalari bo’yicha ko’rsatiladi.

Тarkibiga ko’ra - korxona mablag’larini tashkil etgan qismlar, ya’ni asosiy vositalar, tovar zaxiralari, pul mablag’lari va sh.k.larning jamuljamini anglatadi.

Mablag’larnipg joylashuviga ko’ra - mablag’larning qayerda asosiy vositalar, aylanma vositalar, kassa, hisob-kitob schyotida va sh.k.da joylashganligini ko’rsatadi.

Mablag’larning har bir summasi (asosiy vositalar, tovar zaxiralari, naqd pullar) o’z yuzaga keladigan manbalariga (mazkur korxona muassislarining o’z mablag’lari, jismoniy va yuridik shaxslardan (banklardan) olingan qarzlar) ega.

2. O’z mablag’lari summasi, odatda, uzoq muddatli aktivlar summasidan ortiq bo’lishi kerak:

1BP > 1BA

Korxonaning o’z mablag’laridan asosiy vositalar sotib olish va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar joylash maqsadida, qolgan qismidan esa - aylanma mablag’larni (ishlab chiqarish zaxiralari, sarf-xarajatlar, pul mablag’lari va sh.k.) qoplash uchun foydalaniladi. O’z mablag’larining uzoq muddatli aktivlardan kam ekanligi korxona aylanmadan tashqari aktivlarni qoplash uchun qarz olingan mablag’ summasidan foydalanilganidan dalolat beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu g’ayritabiiy holat deb qaralib, odatda, korxona to’lovga qodir emas deb topiladi.

3. Aylanma aktivlarning umumiy summasi, ya’ni tovar zaxiralari, sarf-xarajatlar, pul mablag’lari, hisob-kitoblarga qo’shilgan mablag’i majburiyatlarning umumiy summasidan ortiq bo’lishi lozim: 2BA > 2BP. Aylanma vositalarning katta qismi, odatda, qarz olingan mablag’lar emas, balki o’z mablag’lari hisobiga qoplanishi shart.

Agar majburiyatlar summasi (2BP) aylanma aktivlar summasidan ortsa, bu aylanma mablag’larning barcha summasi qarz olingan mablag’lar hisobiga shakllanganligini ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday korxona to’lovga qodir emas va iqtisodiy jihatdan nochor deb hisoblanadi.

4. Uzoq muddatli majburiyatlar uzoq muddatli aktivlardan ortmasligi kerak:

UMM < 1BA

Buni uzoq muddatli aktivlarning birinchi navbatda o’z mablag’lari hisobiga shakllanish bilan izohlash mumkin. Uzoq muddatli kredit va qarzlardan asosiy vositalar, kapital va uzoq muddatli qo’yilmalarni investitsiyalash uchun foydalaniladi. Ular shuningdek, aylanma aktivlarda (tovar zaxiralarini xarid qilish, pul mablag’larni yaratish va h.k.) ishlatiladi.

5. O’z aylanma mablag’lari o’z mablag’lari manbalaridan kichik bo’lishi shart, chunki o’z aylanma mablag’lar korxona o’z mablag’ining bir qismidir.

6. Aylanma aktivlar aylanmadagi o’z mablag’lari va qisqa muddatli kredit va qarzlar, shuningdek aylanma vositalarni to’ldirishga yo’llangan uzoq muddatli kredit va qarzlar yig’indisiga teng bo’lishi shart. Bu hol aylanma aktivlar (aylanma mablag’lar) korxonaning o’z mablag’laridan, aylanma vositaga yo’nalgan qisqa muddatli qarzlardan iborat ekanligi bilan izohlanadi.

Moddalarning ushbu bog’liqligi ham buxgalteriya balansi yakunlari summasining o’zgarishlarini belgilaydi.

Amaliyotda buxgalteriya balansi moddalari o’zgarishining to’rt turini kuzatish mumkin.

1. Faqat balans aktivi moddalari yakunining o’zgarishi. Masalan, hisob-kitob schyotidan kassaga pul olingan, bunda kassadagi pul ko’paydi va hisob-kitob schyotidagi pul miqdori ozaydi, biroq o’zgarishlar o’zaro teng bo’lgani sababli balans aktivi yakuni o’zgarmaydi.

2. Balans passivi moddalari summasining o’zgarishi. Daromad muayyan qismining biron-bir fondga qo’shib yuborilishini misol bo’lib xizmat qilishi mumkin: foydalanilmay qolgan daromad hajmi kamayadi, biroq buning hisobiga tegishli fond ortadi.

3. Balans aktiv va passiv moddalari summalarining teng ravishda o’sib borish tomoniga o’zgarishi. Masalan, yetkazib beruvchidan materiallar kelib tushdi. Buning natijasida 1000 schyotning aktiv moddasi ko’payadi va yetkazib beruvchilardan qarzi (passiv moddasi) xuddi ana shu summaga ko’payadi, ya’ni balansning har ikkala - aktiv va passiv qismlari teng ravishda o’sadi. Balans aktiv va passiv yakunlarining muvozanati buzilmaydi.

4. Balans aktiv va passiv moddalari summasining teng ravishda kamayib borish tomoniga o’zgarishi. Masalan, yetkazib beruvchiga hisob-kitob schyotidan material uchun haq to’lanadi. Buning natijasida 5100 schyotining aktiv moddasi kamayadi va yetkazib beruvchilardai qarzdorlik (passiv moddasi) bir xil summaga kamayadi, ya’ni balansning har ikkala qismi teng ravishda kamayadi. Balans aktiv va passiv yakunlarining muvozanati buzilmaydi.

Aytib o’tilganidek, buxgalteriya balansida korxona mablag’lari va ularning manbalari muayyan sanaga (chorak va yil boshi hamda oxiriga) ko’rsatiladi. Bu aktiv ma’lumotlari passiv ma’lumotlari bilan bevosita bog’liqligini va teng bo’lishi kerakligini anglatadi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling