O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya balansining rivojlantirilishi


Download 0.51 Mb.
bet9/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

2.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya balansining rivojlantirilishi

Markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot o’ziga xos xususiyatlari buxgalteriya balansining tuzilishi va uning ko’rsatkichlarida ham bevosita o’z aksini topgan. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning buxgalteriya balanslari xalq xo’jaligi tarmoqlari va mulkchilik shaklidan kelib chiqib belgilangan. Shuningdek, ularda markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot o’ziga xos xususiyatlari o’z aksini topgan edi.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining amal qila boshlashi, buxgalteriya hisobi va uning natijaviy ko’rsatkichlarini o’zida ifoda etuvchi buxgalteriya balansini ham tubdan qayta ishlashni hamda yangi iqtisodiy munosabatlarga moslashtirishni talab qila boshladi. Korxonalar faoliyatiga 1991-yildan yangi buxgalteriya balansi joriy qilindi. Ushbu buxgalteriya balansi tuzilishi va shakl jihatidan oldingi buxgalteriya balansidan tubdan farq qiladi. Yangi buxgalteriya balansi umuman olganda bozor iqtisodiyoti talablariga moslashgan bo’lib, aktiv tomonida hisobot kunigacha bo’lgan korxona mulki qiymati va qarz munosabatlari bo’yicha olishga tegishli summa aks ettiriladi. Passivda korxonaning qarzga olgan mablag’lari va kreditor qarzlari bo’yicha majburiyatnomalari ko’rsatiladi. Bu qarzlarni qaytarish korxona mulki qiymatini yoki tushadigan daromadini kamaytiradi. Passivdagi summadan aktivdagi summani ortiqchasi korxonaning o’z aktiv mablag’ini ko’rsatadi va u hisobot balansining passivida o’z mablag’lar manbai bo’limida aks ettiriladi.

Yangi balans jadvali aktivda ham, passivda ham uch bo’limdan iborat bo’lib, uning shakli 1-jadvalda ko’rsatilgan.

Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichga ko’tarilishi buxgalteriya balansini doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda 1991-yildan amal qila boshlagan buxgalteriya balansini takomillashtirish zaruriyati vujudga keldi va bu 1997-yil amaliyotga joriy qilingan buxgalteriya balansida o’z aksini topdi.

1997-yil 1-yanvardan korxona balansiga, balansning aktiv va passiv bo’limlarini nomlanishiga o’zgartirish kiritishdan tashqari, korxona mablag’larini uzoq muddatli va joriy aktivlarga, korxona mablag’lari manbalarini esa xususiy mablag’lar manbalari va majburiyatlarga bo’lish ham amalga oshirildi.

2.3.1-jadval

Korxonaning 1991-yil 1-oktabrga balansi


Aktiv

Passiv

Bo’limlari


Yil boshi


Yil oxiri


Bo’limlari


Yil boshi


Yil oxiri


1. Asosiy vositalar va qo’yilmalar






1. O’z mablag’lari manbalari






2. Zaxiralar va xarajatlar






2. Kreditlar va boshqa qarzga olingan mablag’lar






3. Pul mablag’lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar






3. Hisob-kitoblar va boshqa passivlar






Balans





Balans






Hozir amaliyotda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansi qator ijobiy xususiyatlarga ega bo’lib, ular quyidagilarda o’z aksini topgan.

Birinchidan, balansning aktiv va passiv tomonlari bo’limlarining sonini o’zgarishi hamda korxona mablag’lari va ularni qoplash manbalarining tegishli turlari bo’yicha jamlashni amalga oshirish imkoniyatini vujudga keltirdi.

Ikkinchidan, korxona balansida ko’rsatilayotgan mablag’lar va ular manbalarining ma’nosini yanada aniqroq ifodalash maqsadida, ayrim bo’limlarining talqini o’zgartirildi.

Uchinchidan, xalq xo’jaligini rivojlantirishning markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot tizimining mazmuni, korxona balansi ko’rsatkichlarida ham o’z aksini topgan edi va yangi balansda ularga to’la barham berildi.

Тo’rtinchidan, balans ko’rsatkichlarida iqtisodiyotni davlat rahbarlari uchun zarur ma’lumotlardan xolos qilindi va unda erkin iqtisodiyot sharoitida tashqi foydalanuvchilar uchun kerakli ko’rsatkichlar bilan to’ldirildi.

Beshinchidan, mamlakatimiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tishi va respublikamizning jahon integratsiyalashuvi munosabati bilan xo’jalik yurituvchi su’yektlarning hisob va hisobot tizimining xalqaro andozalariga ancha yaqinlashtirildi.

Shu bilan birga hozir korxonalar amaliyotida qo’llanilayotgan buxgalteriya balansining mazmunan va shaklan xorijiy rivojlangan mamlakatlarda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansiga ancha yaqinlashtirilgan bo’lsa-da, ulardan farqli jihatlari ham mavjud. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar ko’lami bilan bevosita bog’liq bo’lib, barcha sohalarda shu jumladan buxgalteriya hisobidagi islohotlarning ham evolyutsion tarzda davlat rahbarligida amalga oshirish bilan bog’liqdir.

Shunday qilib, buxgalteriya balansining bugungi kundagi rivojlanish darajasini hozir iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar talabiga javob berishini e’tirof etgan holda, kelgusida uni yangi bosqichda rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidlash mumkin.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling