O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish uslubiyoti


Download 0.51 Mb.
bet36/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

7.8. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish uslubiyoti

Kapitalni umumlashtirish ­­­- bu balansning «O’z mablag’larining manbasi» bo’limida takroriy qo’shish natijasida konsolidatsiyalashgan balansda yuzaga keladigan takrorlashlarni chiqarib tashlashdir. Bunday takroriy hisoblashlar har doim yuzaga keladi, chunki birinchidan bosh korxonaning Shuba jamiyati kapitalidagi ishtirok etish ulushi balansga tushadi, ikkinchidan, aynan shu kapital. Shuba jamiyatining noto’g’ri hisoblangan xususiy kapitali konsolidatsiyalashgan hisobot davomida to’g’irlanadi.

Ma’lumki, jamiyat balansida o’ziga nisbatan debitorlik yoki kreditorlik qarzini ko’rsata olmaydi. Shuning uchun bosh va shuba korxonalari guruhi balansiga faqat "uchinchiga" ya’ni uning tarkibiga kirmaydigan tashkilotlarga nisbatan ma’lumotlar kiritilishi mumkin. Bu vazifani majburiyatlarni umumlashtirish orqali amalga oshirish mumkin. Umumlashtirish jarayoniida Bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlarining bir-biriga nisbatan qarzdorlik xususiyatiga ega barcha munosabatlari, shuningdek, ularning natijalari istisno qilinishi kerak. Aks holda konsernning mulkiy holati noto’g’ri taqdim etilishi mumkin. Majburiyatlarni umumlashtirilishi, birinchi navbatda konsern jamiyatlarining bir-biriga nisbatan debitorlik, kreditorlik va boshqa qarzdorligi, avans to’lovlari, qimmatli qog’ozlarga xarajatlar, kelgusi davrlar xarajatlari, shuningdek bosh va shuba korxonalari guruhi ichidagi munosabatlar natijasida tashkil etilgan zaxiralarga taalluqlidir. Ushbu pozitsiyalarning barchasi bir-biri bilan qayta hisoblashib, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritiladi.

"Oraliq natijalarni" istisno qilish zaruratini quyidagi tarzda tushuntirish mumkin: Bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlaridan biri boshqasiga masalan, mulk ob’yektini sotsa, bu jamiyat sotilgan ob’yektdan daromad oladi, ikkinchisi esa sotib olish bo’yicha xarajat qiladi va bu xarajat sotib olingan mulk ob’yekti uchun dastlabki baho hisoblanadi. Biroq, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishning Birlik nazariyasiga muvofiq, ayrim jamiyatlar Bosh va shuba korxonalari guruhi korxonalarining mustaqil bo’lmagan bo’linmasi hisoblansa, ob’yektni sotish amalga oshirilmaydi. Bu muomala mahsulot ish yoki xizmatlar "uchinchi tomonga" - Bosh va shuba korxonalari guruhi tarkibiga kirmaydigan tashkilotlarga sotilsagina amalga oshiriladi. Natijada, bosh va shuba korxonalari guruhining bir jamiyatining boshqasidan sotib olingan aktivlarning qiymati amalga oshirilmagan yoki oraliq natija miqdori sifatida oshgan pasaygan hisoblanadi hamda buxgalteriya yozuvlarida Bosh va shuba korxonalari guruhi daromadlari va xarajatlari hisobi tegishli ravishda kamayishi (xarajat qilingan holda) yoki ko’payishi (oraliq daromad olingan holda) zarur.

Daromad va xarajatlarni umumlashtirish - bu Bosh va shuba korxonalari guruhi ichidagi muomalalar natijasida ular o’rtasidagi qayta hisoblash orqali yuzaga kelgan daromadlar va xarajatlarni istisno qilishdir. Bu holatda, konsern jamiyati o’z ichidagi muomalalardan daromad olishi yoki xarajat qilishi mumkin emas. Jamiyatning moliyaviy natijalar to’g’risidagi umlashtirilgan hisobotiga faqat konsern tarkibiga kirmaydigan uchinchi tashkilotlar bilan bo’lgan muomalalardan olingan natijalar to’g’risidagi ma’lumotlar kiritilishi kerak.

Konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzishning birinchi bosqichi bo’lgan o’tish hisoboti. Yuqorida Bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlari hisobotini umumlashtirish uchun tayyorlash jarayonida ayrim hollarda bosh korxona talablariga javob beradigan o’tish hisobotini tuzish zarurati asoslangan edi.

O’tish hisobotini tuzishni bir qancha tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Ushbu ajratish paytida quyidagi o’zgarishlar bo’lishi mumkin:

-balans va hisobot tuzilmasida moliyaviy natijalar to’g’risida;

-hisobot moddalari tarkibida;

-hisobot moddalarini baholashda;

-hisobot moddalarini bir valutadan boshqasiga qayta

hisoblashda.

O’tish hisobotini tuzishda dastlabki bosqich Bosh va shuba korxonalari guruhining asosiy va birlashtirilayotgan jamiyatlari hisoboti tarkibi va tuzilmasini o’rganish hamda taqqoslash hisoblanadi. Ko’pincha, bu holatda Bosh va shuba korxonalari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotini guruhlash amalga oshiriladi. Ammo, birlashtirilayotgan jamiyatlar asosiy jamiyat bilan bir hududda joylashgan bo’lsa va hisobotni tuzishning yagona usullaridan foydalansa, odatda bunga zarurat tug’ilmaydi. Biroq, chet el jamiyatlarining o’z qoidalari bo’yicha tuzilgan moliyaviy hisoboti asosiy jamiyat talablariga bizningcha, ikkinchi bosqichda moliyaviy hisobot bandlari va mazmunini asosiy jamiyat tomonidan qabul qilingan hisob usullariga mos kelishini qayta ko’rib chiqish lozim. Bunda asosiy e’tiborni ba’zi hisobot moddalari qiymatini aniq aks ettirish masalasiga qaratish zarur. Agar Bosh va shuba korxonalari guruhining xorijiy va mahalliy jamiyatlari qo’llayotgan hisob yuritish siyosati Bosh korxona hisob siyosatidan farq qilsa tegishli o’zgartirishlar qilish lozim.

Birlashtirilayotgan xorijiy jamiyatlar balanslarini asosiy jamiyat valutasida qayta hisoblash o’tish hisobotini tuzishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Shu sababli mazkur masala o’tish hisobotini tuzishda eng murakkab sanaladi.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot ayrim korxona moliyaviy hisoboti kabi bitta valutada ya’ni bosh korxona joylashgan mamlakat valutasida tuzilishi kerak. Shuning uchun xorijiy shuba jamiyati moliyaviy hisoboti ham ushbu valutada konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzilguniga qadar qayta hisoblanishi lozim.

Umuman olganda bu jarayonda ikkita holatni tahlil qilish maqsadga muvofiq:

-hisobot davrida valutada ifoda etilgan kundalik muomalalarni qayta hisoblash;

-hisobot davri uchun valutada tuzilgan hisobotni qayta hisoblash.

O’tish hisobotini tuzishda ikkinchi holat e’tiborga olinadi. Hamkor va shuba korxonalari guruhi hisobotini tuzishda valutani hisoblashning asosiy maqsadi qayta hisoblash mazmuni va bo’yicha to’g’ri yo’lini tanlashdan iborat.

Valutalar o’rtasidagi yagona va doimiy almashtirish kurslari bo’lsa, birlashtirilayotgan jamiyatlar moliyaviy hisobotni qayta hisoblash oson bo’lar edi. Biroq amaliyotda kurslar turli xil bo’lib, mazmuni bo’yicha: rasmiy, erkin bozir kurslari va hokazolar, davri bo’yicha esa: tarixiy, hisobot davri kurslari va hisobot davri uchun o’rtacha kurslar. Aynan ushbu kurslardan biror-birini tanlash va ularni moliyaviy hisobotning barcha moddalariga nisbatan qo’llashda muammo paydo bo’ladi.

Keyingi paytlarda "funksional valuta" nomli konsepsiyaga ko’proq e’tibor qaratilmoqda. Hisobot moddalarini ushbu valuta yordamida qayta hisoblash tartibi BHXSning 21-sonli «Valuta kursi o’zgarishining ta’siri» nomli standartida belgilab qo’yilgan. Mazkur standartga muvofiq, Bosh korxonaning bog’liq shuba jamiyatlarining moliyaviy hisoboti hisobot davrida o’zgartirilgan kurslar bo’yicha, bog’liq jamiyatlar hisoboti esa muomalani amalga oshirish muddati kursi bo’yicha qayta hisoblanadi.

«Funktsional valuta» konsepsiyasi qo’llanilayotgan jamiyatlarni mustaqil va mustaqil bo’lmagan jamiyatlarga bo’lish tushunchalarini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Ularni ajratishning asosiy mezoni Bosh korxona pul oqimlari to’g’risidagi hisobotga kurslar o’zgarishining ta’siri hisoblanadi. Agarda bu ta’sir sezilarli bo’lsa, jamiyatlar "mustaqil bo’lmagan", sezilarli bo’lmasa "mustaqil" deyiladi.

21-sonli BHХSga muvofiq, mustaqil jamiyatlarga quyidagilar kiritiladi:

-o’z faoliyatini Bosh korxonadan mustaqil ravishda amalga oshiradigan;

-bosh korxona bilan muomalalarni ahamiyatsiz darajada o’tkazadigan;

o’zini-o’zi moliyalashtirish yoki kredit mablag’laridan foydalanish (bosh korxonaning emas) asosida faoliyat yuritadigan;

Хarajatlarni asosiy jamiyatning valutasida emas, mahalliy valutada to’laydigan.

Jamiyatlar o’z muomalalarini amalga oshiradigan valuta ularning funksional valutasi hisoblanadi. Bunday jamiyatlarning hisoboti hisobot davri uchun o’zgartirilgan kursni qo’llagan holda qayta hisoblanadi. Хususiy kapitalning ayrim tashkiliy moddalari tarixiy kurs bo’yicha qayta hisoblanadi, bunda hisobot davri kursi bo’yicha qayta hisoblangan xususiy kalital to’g’risidagi hisobot moddalarida yuzaga kelgan kurs farqlari hisobotning alohida bandida aks ettirilishi lozim. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalari muomala amalga oshirilgan paytda odatdagi kurs bo’yicha qayta hisoblanishi zarur.

«Funksional valuta» konsepsiyasiga binoan, hisobot davri kurslarini qo’llashda yuzaga keladigan kurs farqlari balans aktivi va passivi o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi hamda xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning "Ustav kapitalini shakllanishida paydo bo’ladigan kurs farqlari" bandida aks ettiriladi.

Mazkur konsepsiyada "mustaqil bo’lmagan" jamiyatlar Bosh korxonaning tarkibiy qismlari sifatida ko’rib chiqiladi. Shuning uchun, ularning muomalalari kompaniyaning xorijiy valutadagi-muomalasi sifatida tan olinadi. Bosh korxona valuta kursi bunday jamiyatlarning funksional valutasi hisoblanadi.

Ularning hisoboti quyidagi tartibda qayta hisoblanadi:

-pul mablag’lari - hisobot davriga kurs bo’yicha;

-pul mablag’laridan tashqari moddalar (hisobotda sotib olish yoki tayyorlash qiymati bo’yicha aks ettiriladigan)

-hisobot davriga kurs bo’yicha qayta hisoblanadi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling