O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Hisob siyosatining uslubiy jihatida buxgalteriya hisobotini tuzish uchun zarur ma’lumotlarning shakllantirilishi


Download 0.51 Mb.
bet40/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

8.4. Hisob siyosatining uslubiy jihatida buxgalteriya hisobotini tuzish uchun zarur ma’lumotlarning shakllantirilishi

Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarida buxgalteriya hisobi hisobotning barcha elementlari: aktiv; kapital; majburiyatlar; daromad va xarajat; foyda va zararlarning hisobot davri boshiga, davr mobaynidagi harakati va hisobot davri oxiriga bo’lgan holatini o’zida aks ettirishi zarurligi ta’kidlangan. Ushbu elementlarning birinchi uchtasi buxgalteriya balansida qolgan to’rttasi esa, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda o’z aksini topadi. Hisob siyosatining uslubiy jihati hisobot elementlarining qaysilari uchun zarurligi ta’kidlangan savol tug’ilishi tabiiydir.

Su’yektlarining faoliyatini tahlil qilish hisob siyosatining uslubiy jihatida xarajatlarni hisobga olishning quyidagi masalalarini yoritish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi.

Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, tadbirkorlik su’yektlarida amortizatsiya hisoblashning 4 xil usulini qo’llash imkoniyatiga ega.

Amortizatsiya hisoblash usullarini tanlashda chet el tajribasini o’rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki ularda amortizatsiya summasi bilan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari o’rtasidagi bog’liqlikka alohida e’tibor beriladi.

8.4.1-jadval.



Hisob siyosatining uslubiy jihatida yoritiladigan xarajat bilan bog’liq asosiy masalalar


Ko’ritiladigan masalalar

Muqobil variantlar


1

Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibi

Тo’g’ri chiziqli usul

Ishlab chiqarish usuli

Sonlar yig’indisi usuli

Ikkilamchi usul

2

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi

Тo’g’ri chiziqli usul

Ishlab chiqarish usuli

Sonlar yig’indisi usuli

Ikkilamchi usul

3

Ishlab chiqarish zaxiralarini baholash

O’rtacha tortilgan qiymat usulida

FIFO usulida

4

Asosiy vositalarni ta’mirlashni moliyalashtirish tartibi

Bevosita xarajat sifatida tan olish usuli

Тa’mirlash fondi hisobidan qoplash usuli

5

Kelgusi davr xarajatlarini qoplash muddati

Har bir kelgusi davr xarajatini qoplash hisob-kitoblarga va boshqa asoslar bilan belgilanadi


6

Kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun zaxiralar

Har bir davr sarf va to’lovlar uchun zaxiralar alohida hisoblanadi



Amortizatsiya hisoblashning tezlashtirilgan usullarini joriy qilishdan ko’zlangan maqsad baho siyosati bilan bog’liqdir. Chunki amortizatsiya hisoblashning tezlashtirilgan usulini qo’llaganda asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summalari birinchi yillarda ko’p bo’lib, keyingi yillarda kamayib boradi. Aksincha, birinchi yillarda ta’mirlash xarajatlari kam bo’lib, keyingi yillarda ularning summasi ortib boradi. Amortizatsiya hisoblashning ushbu usuli «Sonlar yig’indisi» usuli deb ataladi va 1966 yilda AQShlik olim Т. Хadjes tomonidan taklif etilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, amortizatsiya hisoblashning ushbu usuli qator afzalliklarga ega.

Respublikamizda buxgalteriya hisobining 4-«Тovar-moddiy zaxiralar» milliy standartida ishlab chiqarish zaxiralarini baholashda ikkita, o’rtacha qiymat va FIFO usullariga ruxsat etilgan. Unga qadar ishlab chiqarish zaxiralarni faqat o’rtacha qiymat usulida baholash qo’llab kelindi.

Fikrimizcha, ishlab chiqarish zaxiralarining ishlab chiqarishga sarflangan qismini aniqlashda o’rtacha qiymat qo’llaniladigan bo’lsa, ancha murakkab hisob-kitoblar amalga oshirilishi talab qilinadi. FIFO usuli qo’llanilganda esa, kelib tushayotgan ishlab chiqarish zaxiralari ketma-ket ishlab chiqarishga sarflash uchun berilganda xarajat sifatida tan olinadi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy vositalar alohida ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari traktorlar, mashinalar va boshqa asbob-uskunalar yordamida bajariladi. Ularning uzluksiz ishlashini ta’minlashda asosiy vositalarning o’z vaqtida ta’mirlanishi alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun asosiy vositalarni ta’mirlashni moliyalashtirish tartibini hisob siyosatida aks ettirish zarur. Amaldagi me’yoriy hujjatlarda asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini qoplashning 2-usuliga ruxsat etilgan. Ulardan biri ta’mirlash xarajatlarini bevosita ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibida aks ettirish va ikkinchisi asosiy vositalarni ta’mirlashni moliyalashtirish uchun maxsus ta’mirlash fondini tuzish hamda ushbu fond hisobidan xarajatlarni qoplash. Ammo ta’mirlash fondini tuzish uchun kamida oxirgi uch yilda sarflangan ta’mirlash xarajatlarini tahlil qilish va ushbu ma’lumotlar asosida joriy yil uchun ta’mirlash fondining qiymati aniqlanadi. Yil davomida belgilangan normalar asosida unga ajratma qilinadi. Тa’mirlash xarajatlari sodir bo’lganda ushbu fond hisobidan qoplanadi. Yil oxirida ta’mirlash fondining foydalanilmay qolgan qismi joriy yilning foydasini oshiradi va 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyotida hisobga olinadi. Demak, 2- usulda ham joriy yilning ta’mirlash xarajatlari qiymati bir xil summada bo’ladi. Faqat 1-usulda ta’mirlash xarajatlarining haqiqiy summasi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida hisobga olinadi. 2- usulda esa, ta’mirlash xarajatlarining me’yoriy summasi ishlab chiqarish xarajatlari sifatida tan olinadi va ta’mirlash xarajatlarining haqiqiy summasi korrektirovka qilinadi.

Kelgusi davr xarajatlarini hisobdan o’chirishda xarajatlarning vujudga kelish manbalarini o’rganish natijasida, moliyaviy natijalarga ta’siri nuqtai nazaridan ularni buxgalteriya hisobi schyotlari rejasining tegishli schyotlarida hisobga olishni hisob siyosatida ko’rsatib o’tilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’tkaziladigan xarajatlar me’yori kelgusi davr xarajatlarining qaysi muddatga tegishli ekanligiga bog’liq: ikki yil davomida foydalanishga mo’ljallangan bo’lsa, har yili qiymatining 50 % hisobidan chiqariladi; uch yilga mo’ljallangan bo’lsa, birinchi yili uning 34 %, keyingi ikki yilda esa, 33foizi hisobdan chiqariladi.

Buxgalteriya hisobining 21-«Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo’llash bo’yicha ko’rsatma (yo’riqnoma)» milliy standartida kelgusi davr xarajatlarini ularning qaysi davrlarga tegishliligiga qarab ikkiga: joriy yilning kelgusi davr xarajatlari va kelgusi yillarning xarajatlariga bo’linadi. Ushbu milliy standartda kelgusi davr xarajatlarini bunday tartibda hisobga olinishida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga asoslanilgan.

Kelgusi davr xarajatlarini hisobot davrining xarajatlari sifatida tan olishda muddatlarini belgilashga qarab, ularni ikki quyidagi guruhga ajratish mumkin:

-birinchi guruhga kiruvchi kelgusi davr xarajatlarining xarajat sifatida tan olish muddatlari aniq. Shuning uchun ham bunday xarajatlarni tan olish muddati aniq bo’lgan kelgusi davr xarajatlari, deb atash mumkin. Bunday kelgusi davr xarajatlariga: kelgusi yil uchun ilmiy-texnika adabiyotlariga, jurnal va gazetalarga yozilish; oldindan to’langan ijara haqlari; oldindan to’langan kafolatlangan xizmat haqlari va boshqa shunga o’xshash xarajat sifatida tan olish muddatlari aniq bo’lgan kelgusi davr xarajatlarini olib borish mumkin;

-ikkinchi guruhga kiruvchi kelgusi davr xarajatlarini xarajat sifatida tan olish muddatini aniq belgilash imkoniyati mavjud emas. Ushbu xarajatlarni xarajat sifatida tan olish muddatlari aniq bo’lmagan kelgusi davr xarajatlari deb atash mumkin. Shuning uchun ham kelgusi davr xarajatlarini xarajat sifatida tan olish usullarini hisob siyosatining uslubiy jihatida aks ettirish alohida ahamiyatga ega. Chunki ushbu xarajatlarni yillar va davrlar bo’yicha asossiz taqsimlash ularning moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir qiladi, ya’ni asossiz ravishda foyda summasi hisobotda ortadi yoki kamayadi. Shuning uchun ham hisob siyosatining uslubiy jihatida ushbu masalalarning yechimini to’g’ri belgilash buxgalteriya hisobini tashkil qilishga bevosita ta’sir qiladi.

Ma’lumki, mamlakatimizda 1998-yil 1-yanvardan boshlab daromadlarni tan olishda Hisoblash tamoyili amal qilmoqda. Hisoblash tamoyilining o’zida daromadlarni tan olishning quyidagi usullari mavjud:

-berish payti (sotish paytida)da tan olingan daromad;

-berish paytidan keyin tan olingan daromad;

-berish paytigacha tan olingan daromad.

Daromadlar- korxonaning odatdagi faoliyati natijasida iqtisodiy resurslarning yoxud aktivlarning kelishi yoki o’sishi orqali yoxud majburiyatlarning qisqarishi orqali o’sishidir40.

Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni hisobga olishdagi asosiy masala ularni tan olish paytini aniqlash hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining milliy standartida tan olishni moddaning korxona moliyaviy hisobotlariga kiritilishi jarayoni deb ta’riflaydi. Тan olish ko’rsatilgan summani hisobotning yakuniy ko’rsatkichlarida aks ettirishdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasining 2-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standartida daromad va xarajat moddalarini tan olish mezonlari ko’rsatilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

a) modda o’lchash uchun tegishli asosga ega va ishlatilgan summani oqilona baholashni amalga oshirish imkoni mavjud;

b) kelgusi iqtisodiy manfaatlarning olinishi yoki chiqib ketishiga, ishlatilgan moddalar uchun bunday manfaatlar olinishi yoki berilishi ehtimolining mavjudligidir.

Shunday qilib, daromadlar, odatda, shartnomaning bajarilishi amalga oshirilganda va tushumni o’lchash hamda olish imkoni mavjudligi to’g’risida qat’iy ishonch hosil bo’lganda tan olinadi.

Buxgalteriya hisobotlarini tuzish jarayonining muvaffaqiyatli bo’lishi ko’p jihatdan hisob siyosatining uslubiy jihatlariga bog’liq. Chunki uslubiy jihatdan hisobotlarning asosiy ko’rsatkichlarini shakllantirish masalasi hal qilinadi. Masalan, uzoq muddatli aktivlarning qoldiq qiymatining aniqlanishi yoki moliyaviy natijalarning shakllanishiga uslubiy jihatdan qabul qilingan amortizatsiya hisoblash usullariga bog’liq va hokazo.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling