O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Hisobotni tuzishda hisob siyosatining texnik jihatining vazifalari


Download 0.51 Mb.
bet41/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

8.5. Hisobotni tuzishda hisob siyosatining texnik jihatining vazifalari


Hisob siyosatining texnik va tashkiliy jihatlarida aks ettiriladigan masalalarning yechimini to’g’ri belgilash buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun zaruriy texnik va tashkiliy asoslarini vujudga keltiradi. Shuning uchun ham hisob siyosatining umumiy qoidasi va shartlari su’yektning faoliyatidan, xodimlarning malaka darajasidan va boshqaruv texnikalari bilan qurollanish darajasidan kelib chiqqan holda uning xususiyatiga moslashtiriladi41.

Fikrimizcha, hisob siyosatining texnik jihatida aks ettiriladigan masalalarning yechimini to’g’ri belgilash uchun quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratilishi zarur:

-moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash;

-su’yektlarning statistik va boshqa davlat organlariga taqdim qilinadigan hisobotlari uchun zarur ma’lumotlar tarkibini belgilash;

-xo’jalikni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar tarkibini aniqlash;

-su’yektlarning istiqboldagi rivojlanishini belgilash uchun zarur ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish.

Umuman olganda, birinchi va ikkinchi masala uchun zarur ma’lumotlar to’plamini shakllantirish ko’p jihatdan hisob siyosatining uslubiy jihatidagi masalalarning yechimiga ham bog’liq. Chunki unda buxgalteriya hisobini yuritishda tanlab olingan asosiy usullar yig’masi keltiriladi.

Su’yektlarning moliyaviy, statistik va soliq hisobotlari uchun ma’lumotlarning shakllanishini chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin.

Ammo moliyaviy, statistik va soliq hisobotlari uchun zarur ma’lumotlarning shakllanishi har doim ham yuqoridagi chizmadagidek bo’lavermaydi. Chunki ushbu chizmada kichik va o’rta hajmdagi su’yektlarda sodir bo’ladigan xo’jalik operatsiyalari asosida tuziladigan hisobotlar uchun zarur ma’lumotlarning shakllanishi inobatga olingan.


8.5.1-chizma.

Davlat tomonidan belgilangan hisobotlar uchun zarur ma’lumotlarning shakllanishi


Dastlabki hujjatlar



Buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi




Hisob-kitoblar, yig’ma va boshqa hisob registrlari





Moliyaviy, statistik va soliq hisobotlari


Тabiiyki, buxgalteriya hisobi ham ushbu xo’jaliklarda sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalarining mazmuni, turi va hajmini e’tiborga olgan holda turli darajada tashkil qilinishi mumkin. Shu nuqtai nazardan O. Bobojonov va D.Matyaqubovlarning quyidagi fikrlari o’rinlidir.

«Hisob siyosatini tuzish jarayonini me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirishdan tashqari soliq rejasi bilan chambarchas bog’langan holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki uni tuzishga quyidagi omillar ta’sir qiladi;

-su’yektning huquqiy va tashkiliy tuzilishi;

-hajmi;


-faoliyatining hududi42.

Korxonalarning hajmi ko’proq hisob siyosatining uslubiy jihatlariga nisbatan texnikaviy va tashkiliy jihatlariga ko’proq ta’sir qiladi. Chunki sodir bo’lgan operatsiyalarni aks ettiruvchi dastlabki hujjatlar, ularni qayta ishlashda qo’llaniladigan hisob registrlari va hisobga oluvchi buxgalteriya hisobi ishchi schyotlari rejasi ham turlicha tartibda bo’ladi. Shu nuqtai nazardan buxgalteriya hisobini tashkil qilishga bag’ishlangan ilmiy maqolalar va iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobini yuritishda ularning hajmi, ixtisoslashuvi, mahsulot turlari va qayta ishlash sohasining rivojlanish darajasidan kelib chiqish maqsadga muvofiq43, deb hisoblaydi.

Hisob siyosatining texnik jihatida aks ettiriladigan asosiy masalalar nafaqat moliyaviy, statistik va soliq hisobotlarini, balki xo’jalikni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarini shakllantirishi bilan bog’liq masalalarga ham qaratilishi zarur.

Ma’lumki, tadbirkorlik su’yektlari o’zlarining istiqboldagi rivojlanishini belgilashlari uchun nafaqat buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan, balki boshqa iqtisodiy ma’lumotlardan ham foydalaniladi. Bunda buxgalteriya hisobi fermer xo’jaligi faoliyati haqida haqiqiy axborotlar berish bilan ishtirok etadilar. Bu yerda buxgalteriya hisobi o’z vazifalarini to’g’ri va aniq bajarishi uchun, eng avvalo, iqtisodiy ko’rsatkichlarning taqqoslash imkoniyatini vujudga keltirishi zarur. Chunki fermer xo’jaligi istiqboldagi rivojlanishini belgilab olish uchun o’tgan yillardagi faoliyatini tahlil qiladi.

Shu nuqtai nazardan xo’jalikda yetishtirilayotgan mahsulotlarning rentabellik darajasi tahlil qilinadi. Iqtisodiy o’sishga erishish uchun qanday yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish va ularning sifatini yaxshilash uchun yana qancha xarajatlar qilinishi hamda ulardan kutiladigan daromadlar tahlil qilinadi. Shuning uchun ham yuqoridagi uchinchi va to’rtinchi masalaning yechimini topishda buxgalteriya hisobining texnik jihatida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishda ishchi schyotlar rejasi, buxgalteriya hisobining shakllari hamda hisob registrlarini tanlash, hujjatlarning rekvizitlarini takomillashtirish, hujjatlar aylanishi, shuningdek, boshqa ularning tarkibiy qismlarida hisobga olinishi lozim.

«Korxona barcha sintetik schyotlar yig’indisidan o’z faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda moliya-xo’jalik muomalalarini aks ettirish uchun zarur sintetik schyotlarni tanlaydi. Korxona sintetik schyotlarga qo’shimcha subschyotlarni kiritishi, aniqlashi va chiqarishi, shuningdek, subschyotlarga qo’shimcha analitik hisoblarni belgilash huquqiga ega»44. Bundan tashqari tadbirkorlik su’yektlari analitik hisob ob’yektlarini aniqlaydi.

Hisob siyosatining texnik jihatidagi asosiy masalalardan biri buxgalteriya hisobida hujjatlar aylanishi hisoblanadi. hozirgi kunda ushbu masalaning dolzarbligi tadbirkorlik su’yektlari uchun hujjatlar aylanishining umumiy tartibi ishlab chiqilgan. Shuning uchun ham ular yirik korxonalarda qo’llaniladigan hujjatlar shaklidan foydalanadilar.

Bizningcha, hisob siyosatida hujjatlar aylanishini rasmiylashtirishda xo’jalik yurituvchi su’yektlarda tuziladigan dastlabki hujjatlar va ularning harakati o’rganilishi zarur.

Fikrimizcha, hujjatlar aylanishini hisob siyosatida to’g’ri rasmiylashtirish uchun ularni quyidagi ketma-ketlikda tahlil qilish zarur:

8.5.2-chizma

Dastlabki hujjatlar tuzish tartibi va ularning harakati

Хo’jalikda sodir bo’ladigan operatsiyalarni tahlil qilish va turkumlash




Operatsiyalarni rasmiylashtirishda foydalaniladigan dastlabki hujjatlarni belgilash va mavjud bo’lmagan dastlabki hujjatlarni ishlab chiqish



Hujjatlarning tuzilish joyi va tuzuvchilar




Hujjatlarning qayta ishlash tartibi va ularning harakati



Dastlabki hisob barcha axborotlarning eng asosiy manbai hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining eng oxirgi mahsulotining sifati bevosita dastlabki hisobning qanchalik to’g’ri tashkil qilinganligiga bog’liq.

Shu nuqtai nazardan qozog’istonlik iqtisodchilar S.J.Jaqipbekov va D.S.Jaqipbekovalar «Buxgalteriya hisobida maxsus hujjatlashtirish» standartini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun vaqt yetdi. Shuningdek, amaldagi yo’riqnomalar va inventarizatsiya bo’yicha tavsiya ko’rinishidagi materiallarni buxgalteriya hisobining maxsus standarti sifatida rasmiylashtirishni talab qiladi. Shuningdek, dastlabki buxgalteriya hisobi bo’yicha maxsus standart ishlab chiqish zarur»45, deb hisoblaydilar.

Albatta, ushbu standartlarni ishlab chiqish zaruriyatini vaqt ko’rsatadi. Ammo ushbu fikrlar dastlabki hisob nafaqat bizning mamlakatimizda balki barcha MDH davlatlarida ham ancha dolzarb muammo ekanligidan dalolat beradi.

Buxgalteriya hisobining 19-«Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish» milliy standartida korxonalar mulki va majburiyatini inventarizatsiya qilishning tartibi belgilangan. Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning mulki va majburiyatlarini quyidagi hollarda rejadan tashqari inventarizatsiya qilishlari mumkin:

-asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralarni qayta baholaganda;

-moddiy javobgar shaxslar almashganda;

-o’g’rilik va xizmat lavozimini suiste’mol qilish hollari sodir bo’lganda;

-tabiiy ofat, yong’in, avariya yoki boshqa favqulodda holatlar sodir bo’lganda;

-xo’jalik yurituvchi su’yekt tugatilganda.

Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazishning me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartib-qoidalari yirik korxonalar uchun qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. Ammo ushbu tartib-qoidalarni kichik tadbirkorlik su’yektlarida qo’llash ancha qiyinchilik tug’dirishi bilan birgalikda, ko’pchilik hollarda unga ehtiyoj ham sezilmaydi.

Yuqorida ko’rilgan masalalar fermer xo’jaligi hisob siyosatining tarkibiy qismi hisoblangan texnikaviy jihatning muhim masalalari hisoblanadi. Ushbu masalalarning to’g’ri va ob’yektiv yechimni ishlab chiqish bevosita hisob siyosatining tashkiliy jihatidagi masalalar yechimiga ta’sir ko’rsatadi.

Hisob siyosatining texnik jihatidagi masalalar hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirish uchun texnik shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Bu o’z navbatida, ma’lumotlarning aniqligi va to’g’riligini hamda o’z vaqtidaligini kafolatlaydi.

Хulosa

Hisob siyosatining texnik jihatida aks ettiriladigan asosiy masalalar nafaqat moliyaviy, statistik va soliq hisobotlarini, balki xo’jalikni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarini shakllantirishi bilan bog’liq masalalarga ham qaratilishi zarur.

Ma’lumki, tadbirkorlik su’yektlari o’zlarining istiqboldagi rivojlanishini belgilashlari uchun nafaqat buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan, balki boshqa iqtisodiy ma’lumotlardan ham foydalaniladi. Bu yerda buxgalteriya hisobi o’z vazifalarini to’g’ri va aniq bajarishi uchun, eng avvalo, iqtisodiy ko’rsatkichlarning taqqoslash imkoniyatini vujudga keltirishi zarur.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Hisob siyosatini moliyaviy hisobotni shakllantirishdagi ahamiyati nimalardan iborat?

2. Hisob siyosatini shakllantirishda qaysi me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi?

3. Hisob siyosatini shakllantirishda xalqaro standart talablari nimalardan iborat?

4. Hisob siyosatini shakllantirishda milliy standart talablari nimalardan iborat?

5. Hisob siyosatini uslubiy jihatlarini izohlab bering.

6. Hisob siyosatining texnik jihatlari deganda nimalarni tushunasiz?

7. Hisob siyosatining tashkiliy jihati deganda nimalarni tushunasiz?

8. Hisob siyosatida xarajatlar qanday usullar yordamida aks ettiriladi?

9. Qanday hisoblash tamoyillarini bilasiz?

10. Hujjatlar aylanishini hisob siyosatida belgilab beriladigan tartib-qoidalarini izohlab bering.

Тavsiya etilayotgan adabiyotlar:
1. Бакаев А.С., Шнейдман А.З. Учетная политика предприятия. 1994 г. стр-8.

2. Ержанов М.С., Ержанова С.М. Учетная политика на Казахстанском предприятии. Алматы, «Бико» 1997 г.

3. Кирьянова З.В. Теория бухгалтерского учёта. -М.: «Финансы и статистика», 2000 г.

4. Селезнова Н.И., Скоблева И.П. Учетная политика-95. -М.: 1995 г. Тулаходжаева М.М. ва бошқалар. Молиявий ҳисоб. Ўқув қўлланма.-Т.: 2000, Корана корпорацияси, 29-б.



6. http:// www. accounting web. com/

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling