O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

N
A
 + N
B
 = 1 ekanligini hisobga olganda: 
(6.11) tenglamadan biroz o„zgartirishlardan so„ng kelib chiqadi: 
 
(6.15) ifodadan Raul qonining ikkinchi ta‟rifi kelib chiqadi: eritma ustidagi 
erituvchi bug„ bosimini nisbiy pasayishi (
) erigan moddaning molyar ulushiga 
teng. Qonunning har ikkala ta‟rifi eritma ustidagi erituvchining to„yingan bug„ 
bosimini pasayishi erituvchi va erigan moddaning tabiatiga bog„liq emas, faqat 
eritmaning konsentratsiyasiga bog„liqligi kelib chiqadi.


104 
6.6. Krioskopiya va ebulioskopiya. 
Eritmaning qaynash temperaturasi erituvchinikidan yuqoriroq bo„ladi. 
Eritmani 
qaynash 
temperaturasini 
ortishiga 
asoslangan 
tadqiqot 
usuli 
ebulioskopiya deyiladi. Eritmaning qaynash temperaturasini ortish darajasi erigan 
moddaning tabiatiga bog„liq bo„lmasdan, uning konsentratsiyasiga bog„liq. Eritma 
qaynash 
temperaturasining 
ortishi 
eritmaning 
konsentratsiyasiga 
to„g„ri 
proporsional: 
 
bu yerda: 
– eritma qaynash temperaturasining ortishi; 
– ebulioskopik 
konstanta, uning qiymati erituvchining tabiatiga bog„liq va ma`lumotnomalarda 
beriladi; 
– eritmaning konsentratsiyasi. 
Ebulioskopik konstanta quyidagi formula bo„yicha hisoblanadi: 
bu yerda: T
0
– erituvchining qaynash temperaturasi
– erituvchining solishtirma 
bug„lanish issiqligi.
Ko„plab erituvchilar uchun ebulioskopik konstanta hisoblangan va 
ma‟lumotnomalarda keltirilgan. Masalan suvning ebulioskopik kosntantasi 0,52, 
benzolning ebulioskopik konstantasi 2,60 ga teng. Eritmaning qaynash 
temperaturasi ortishini tajribada aniqlab, molyal konsentratsiyasi qo„llagan holda 
no‟malum moddaning molekulyar massasini topish mumkin. 
bundan: 
Eritmaning muzlash temperaturasi erituvchinikidan pastroq bo„ladi. Eritmani 
muzlash temperaturasini pasayishiga asoslangan tadqiqot usuli krioskopiya 
deyiladi. Eritmaning muzlash temperaturasini pasayish darajasi erigan moddaning 
tabiatiga bog„liq bo„lmasdan, uning konsentratsiyasiga bog„liq. Eritma muzlash 
temperaturasining pasayishi eritmaning konsentratsiyasiga to„g„ri proporsional: 
 
bu yerda: ∆T
muz
– eritma muzlash temperaturasining pasayishi; Kkrioskopik 
konstanta, uning qiymati erituvchining tabiatiga bog„liq va ma`lumotnomalarda 
beriladi; C – eritmaning konsentratsiyasi. 


105 
Krioskopik konstanta quyidagi formula bo„yicha hisoblanadi: 
bu yerda: T
0
– erituvchining muzlash temperaturasi, 
– erituvchining solishtirma 
suyuqlanish issiqligi. 
Ko„plab erituvchilar uchun krioskopik konstanta hisoblangan va 
ma‟lumotnomalarda keltirilgan. Masalan suvning krioskopik kosntantasi 1,86, 
benzolning krioskopik konstantasi 5,10 ga teng. Eritmaning qaynash temperaturasi 
ortishini tajribada aniqlab, molyal konsentratsiyasi qo„llagan holda no‟malut 
moddaning molekulyar massasini topish mumkin. 
bundan: 
Nazorat savollari

1. Eritma deb nimaga aytiladi? Uning qanday turlarini bilasiz? 
2. Eritma konsentrasiyasini qanday birliklarda ifodalash mumkin va bu har xil 
birliklar orasida qanday bog„liqlik bor? 
3. 5 M li 800 ml o‟yuvchi natriy eritmasi 2,5 M li 1200 ml eritmasi bilan 
aralashtirilganda hosil bo‟lgan eritmaning molyar kontsentratsiyasini hisoblang. 
4. 120 ml 2,5 M HCl eritmasini tayorlash uchun uning 4M eritmasidan qancha ml 
olish kerak? 
5. Uglerod (IV)-oksidiga nisbatan zichligi 1,841 ga teng bo‟lgan gazning 40,32 l 
(n.sh) hajmini 459,68 ml suvda eritganda hosil bo‟lgan eritmaning zichligi 1,2 g/ml 
bo‟ldi. Shu eritmaning foiz va molyar kontsentratsiyasini aniqlang. 
6. Uglerod (IV)-oksidiga nisbatan zichligi 1,841 ga teng bo‟lgan gazning 200 g 
16% li eritmasiga shu gazdan necha litr (n.sh) yuttirilganda 20% li eritma hosil 
bo‟ladi? 
7. Kislorodga nisbatan zichligi 4 ga teng bo‟lgan gazning 2,4 mol/l 
kontsentratsiyali 300 ml eritmasida (ρ=1,12 g/ml) shu gazdan qancha xajm 
eritilganda (n.sh. da, l), kontsentratsiyasi 32% ga etadi? 
8. Nima sababdan erish jarayoni fizik-kimyoviy hodisa deb qaraladi? 


106 
9. Solvatlanish va gidratlanish hodisasi nima? 
10. Qaysi sababga ko„ra moddalarni erish jarayonida issiqlik yutilib, temperatura 
pasayadi? 
11. Qaysi sababga ko„ra moddalarni erish jarayonida issiqlik yutilib, temperatura 
pasayadi? 
12. Osmos hodisasi va osmotik bosim nima? 
13. Osmotik bosimning fizik ma‟nosini sxemada tushintiring. 
14. Osmotik bosim to„g„risida Vant-Goff qonuni. 
15. Biologik xujayralarga osmotik bosim qanday ta‟sir qiladi? 
16. To„yingan bug„ bosimi berilgan haroratda eritmadagi uchuvchan modda 
konsentrasiyasi bilan qanday bog„liq? 
17. Nima uchun eritmaning bug„ bosimi toza erituvchining bug„ bosimidan pastroq 
bo„ladi? 
18. Erituvchi suyuqlik, erigan modda a) suyuqlik va b) qattiq modda bo„lsa, eritma 
ustidagi bug„ bosimi erituvchiga nisbatan qanday o„zgaradi? 
19. Raul qonunining birinchi matematik ifodasini yozing va uni ta‟rifini izohlang. 
20. Eritma ustidagi bug„ bosimini har qanday haroratda nisbiy o„zgarishi nimaga 
teng? 
21. Raul qonunining ikkinchi ta‟rifi tenglamasini keltirib chiqaring va ma‟nosini 
tushintiring. 
22. Konsentrasiya o„zgarishi bilan qaynash temperaturasini o„zgarishini 
ko„rsatuvchi tenglamani keltirib chiqaring. 
23. Ebulioskopik va krioskopik konstantani hisoblashga imkon beradigan 
tenglamani izohlang. 
24. Ebuloskopik va krioskopik konstantasining fizik ma`nosi nima? 
25. Krioskopik va ebuloskopik usullar bilan molekulyar massani aniqlash uchun 
erituvchi qanday tanlanadi? 
26. Gazlarning eruvchanligi harorat va erigan moddaning konsentrasiyasiga 
qanday bog„liq? 
27. Suyuqlikning bug„ bosimi uni qaynash paytida qanday bo„lishi kerak? 
28. Kiroskopik va ebulioskopik doimiylar erigan moddaning, erituvchining 
tabiatiga bog„liqmi? 


107 
7. Fazalar muvozanati
7.1. Asosiy tushunchalar. Gibssning fazalar qoidasi.
7.2. Bir komponentli sistemalar: suvning holat diagrammasi.
7.3. Ikki komponentli sistemalar. Suyuq holatda o„zaro cheksiz eriydigan, qattiq 
holatda o„zaro erimaydigan sistemalar. Termik analiz.
7.4. O„zaro cheksiz eriydigan uchuvchan suyuqliklar sistemasi. Eritmalar 
bug„ining tarkibi.
7.5. Rektifikatsiya.
7.6. Chekli eriydigan va o„zaro erimaydigan suyuqliklar. Taqsimlanish qonuni. 
Ekstraksiya. 
7.1. Asosiy tushunchalar. Gibssning fazalar qoidasi. 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling