O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

) shuncha katta bo„ladi, jarayon shuncha chuqurroq sodir 
bo„ladi. Muvozanat vaqtida 
va qiymatlari no‟lga teng, ya‟ni sistemada 
keyingi jarayonlar o„z-o„zidan sodir bo„lmaydi.


90 
5.4. Muvozanat konstantasining temperaturaga bog„liqligi. Reaksiyaning izoxora 
va izobara tenglamalari. 
Reaksiyaning tashqi sharoitlari o„zgarishi muvozanat konstantasining 
o„zgarishiga olib keladi. Muvozanat konstantasining temperaturaga bog„liqligi 
Vant-Goffning izoterma tenglamalari orqali hosil qilinadi. (5.18) tenglamani 
temperatura bo„yicha differensiallab, har bir ishtirokchining bug„ bosimi berilgan 
va temperaturaga bog„liq emasligi hisobga olganda quyidagi tenglama hosil 
bo„ladi: 
(
) (
)  
(
)  ekanligini hisobga olganda: 
 
yoki 
(5.22) tenglama kimyoviy reaksiyaning izobara tenglamasi deb nomlanadi. 
Xuddi shunga o„xshab izoxor jarayon uchun quyidagi tenglama hosil qilinadi: 
 
yoki 
(5.22) va (5.23) tenglamalardagi 
va 
kattaliklar kimyoviy reaksiya 
konstantasining temperatura koeffitsienti deb ataladi, ya‟ni temperatura birligida 
va 
o„zgarishini ko„rsatadi. Tenglamalarning chap tomonida 
reaksiyaning issiqlik effekti qatnashadi. Shundan ma‟lum bo„ladiki, muvozanat 
konstantasining temperatura bilan bog„liqligi reaksiya issiqlik effektining ishorasi 
va qiymati bilan aniqlanadi. Reaksiyada issiqlik effekti kuzatilmasa, 
bo„lganda K
P
temperaturaga bog„liq emas. Endotermik reaksiyalarda (

temperatura ortishi bilan muvozanat konstantasi ham ortadi.
Shunday qilib, (5.22) va (5.23) tenglamalar muvozanat konstantasini 
temperaturaga bog„liqligini sifat jihatdan aniqlash imkonini beradi. Temperaturani 
reaksiyaning muvozanat konstantasiga miqdoriy bog„liqligini aniqlash uchun 


91 
izobara (yoki izoxora) tenglamasini kerakli temperatura intervalida integrallash 
talab etiladi, bu intervalda issiqlik effekti o„zgarmas deb hisoblash kerak. 
5.5. Kimyoviy muvozanatning siljishiga ta‟sir etuvchi omillar. 
Qaytar reaksiyalar oxiriga bormasdan, mahsulot kam hosil bo„ladigan vaqtda 
muvozanat holatiga kelishi mumkin. Bu esa ishlab chiqaruvchilar uchun salbiy 
holatdir. Ishlab chiqaruvchi xom ashyodan imkon qadar ko„proq mahsulot olishga 
harakat qiladi. Buning uchun qaytar reaksiya muvozanatini mahsulotlar hosil 
bo„lish tomonga siljitish kerak. Buni bajarish mumkinmi? Ha, mumkin.
Muvozanatni Le–Shatelye qoidasiga ko„ra siljitish mumkin: muvozanatda 
turgan sistemaga biron tashqi omil ta`sir ko„rsatsa, muvozanat shu ta`sirni 
kamaytiruvchi reaksiya tomonga siljiydi. Tashqi omillarning ta`sirini ko„rib 
chiqamiz. 
Bosim va hajm. Bosim va hajm o„zgarishi gazsimon moddalarga ta`sir 
ko„rsatadi. Bosim ortsa yoki hajm kamayganda muvozanat gaz molekulalari kam 
bo„lgan tomonga siljiydi. Chunki bunda gaz moddalar siqiladi va zichlashadi, gaz 
molekulalarining soni kamayganda bu ta`sir ham kamayadi. Bosim kamaysa yoki 
hajm ortganda muvozanat gaz molekulalari ko„p bo„lgan tomonga siljiydi. 
Temperatura. Temperaturaning ta`siri reaksiyaning issiqlik effektiga 
bog„liq. Temperatura ortganda to„g„ri reaksiya ham, teskari reaksiya ham 
tezlashadi. Endotermik reaksiya ko„proq tezlashadi. Shuning uchun endotermik 
reaksiyalarda temperatura ortsa muvozanat to„g„ri reaksiya tomonga siljiydi
kamaysa teskari tomonga siljiydi. Ekzotermik reaksiyalarda aksincha, temperatura 
ortsa muvozanat chapga siljiydi, kamaysa o„ngga siljiydi. 
Moddalar konsentratsiyasi. Biror moddaning konsentratsiyasi yoki miqdori 
ortsa, muvozanat shu modda bo„lmagan tomonga siljiydi. Biror moddaning 
konsentratsiyasi kamaysa, muvozanat shu modda bo„lgan tomonga siljiydi. 
Katalizator. Muvozanatni siljishiga ta`sir qilmaydi. To„g„ri va teskari 
reaksiya tezligini bir xil oshiradi. Shuning uchun muvozanat qaror topishini 
tezlashtiradi. 
Muvozanatni siljishini ammiak sintezi misolida ko„ramiz. Bu ekzotermik 
reaksiyadir:
 
Azot va vodorodni aktiv holatga o„tkazish uchun aralashmani qizdirish 
kerak, 400
0
C dan kichik temperaturada azot reaksiyaga kirishmaydi. Lekin 
temperaturani oshirsa, endotermik reaksiya sodir bo„ladi, ammiak parchalanib 


92 
ketadi. Ammiak unumini oshirish uchun temperatura iloji boricha pastroq bo„lishi 
kerak.
Reaksiyaning chap tomonida 3 mol gazlar, o„ng tomonida esa 2 mol gazlar 
bor. Demak, mahsulot hosil bo„lishini ko„paytirish, ya`ni muvozanatni o„ngga
siljitish uchun bosimni oshirish kerak. Reaksion aralashmaga doim azot va 
vodorod qo„shib turish, aralashmadan ammiakni chiqarib turish kerak. Bu ham 
muvozanatni o„ngga siljishiga olib keladi. 
Nazorat savollari

1. Kimyoviy muvozanat nima? 
2. Nima uchun kimyoviy muvozanat dinamik holat?
3. Muvozanat vaqtida izobar va izoxor potensial qanday qiymatga ega bo„ladi? 
4. Gomogen jarayonlar uchun muvozanat konstantasining an‟anaviy ifodasi va uni 
keltirib chiqarish. 
5. Muvozanat konstantasining qanday ifodalari mavjud, ular qanday holda 
qo„llaniladi?
6. Konsentratsiya va bosim bo„yicha muvozanat konstantalari qanday bog„liqlikka 
ega? 
7. Geterogen jarayonlar uchun muvozanat konstantasi. 
8. Kimyoviy moyillik yoki kimyoviy potensial nima? 
9. Gazlarning kimyoviy potensiali nimaga bog„liq va bog„liqlik ifodasi qanday? 
10. Ideal va real gazlar uchun kimyoviy potensialning bosimga bog„liqlik grafigini 
tasvirlang. 
11. Nima uchun real gazlar kimyoviy potensialining bosimga bog„liqlik grafigida 
chetlanishlar kuzatiladi? 
12. Real gazlarning holatini qaysi kattalik to„g„riroq ifodalaydi va bu kattalik 
kimyoviy potensial bilan qanday bog„langan? 
13. Kimyoviy reaksiyalarning izoterma tenglamasi nima? 
14. Izobar jarayon uchun kimyoviy reaksiyaning izoterma tenglamasini yozing. 
15. Izoxor jarayon uchun kimyoviy reaksiyaning izoterma tenglamasini yozing. 
16. Muvozanat konstantasi va standart isobar-izotermik potensialning bog„liqligi. 
17. Muvozanat konstantasi va standart isoxor-izotermik potensialning bog„liqligi. 
18. Muvozanat konstantasining temperaturaga bog„liqligi. 
19. Reaksiyalarning izoxora va izobara tenglamalari nimani ifodalaydi? 
20. Kimyoviy muvozanatni siljitish omillari. 


93 
III NOELEKTROLIT ERITMALARI VA 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling