O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
8. Elektrolitlarning eritmalari 8.1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, dissotsilanish darajasi. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar, dissotsilanish konstantasi. 8.2. Elektrolit eritmalari xossalarining noelektrolitlarnikidan chetlanishi. 8.3. Aktivlik. Eritmaning ion kuchi. 8.4. Suvning ion ko„paytmasi. Vodorod ko„rsatkich, bufer eritmalari. Tuzlarning gidrolizlanishi, eruvchanlik ko„paytmasi. 8.5. Elektrolitlarning solishtirma elektr o„tkazuvchanligi. 8.6. Ekvivalent elektr o„tkazuvchanlik. 8.7. Konduktometrik titrlash. 8.1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, dissotsilanish darajasi. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar, dissotsilanish konstantasi. Elektrolitlar eritmasida kimyoviy energiyani elektr energiyaga va aksincha elektr enurgiyani kimyoviy energiyaga o„tishini, elektrolitlar ertmalarining xossalarini, elektr maydoni ta`sirida ionlarning harakatini o„rganuvchi fizikaviy kimyoning bo„lagi elektrokimyo deb nomlanadi. Eritmalarda suyuqlanmalarda qisman yoki to„liq ionlarga ajraladigan kimyoviy birikmalar elektrolitlar deb nomlanadi. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar mavjud. Kuchli elektrolitlar deyarli to„liq ionlarga dissosiyalanadi. Kuchli elektrolitga kuchli kislotalar (H 2 SO 4 , HNO 3 , HCl, HBr, HI, HClO 4 , HClO 3 , HMnO 4 , H 2 CrO 4 , H 2 Cr 2 O 7 va h.k.), ishqorlar va deyarli barcha suvda eriydigan tuzlar kiradi. Kuchsiz elektrolitlar ionlarga qisman dissotsiyalanadi, ularga kuchsiz kislotalar (H 2 SO 3 , H 2 S, HNO 2 , HClO, H 2 CO 3 , HPO 2 , H 3 PO 3 , H 2 SiO 3 , organik kislotalar va h.k.), suvda erimaydigan va organik asoslar, ammoniy gidroksidi, shuningdek ba`zi tuzlar kiradi. Elektrolitik dissotsilanish haqida birinchi ilmiy asoslangan nazariya S.Arrenius tomonidan 1883 yilda yaratilgan. Aynan Arrenius moddalarni eritmalarda ionlarga parchalanishini elektrolitik dissotsilanish deb atagan. Unga ko„ra eritmalarda dissotsilanib vodorod kationlarini hosil qiluvchi moddalar 127 kislotalar, gidroksid anionlarini hosil qiluvchi moddalar esa asoslar deb nomlanadi. Vodorod va gidroksid ionlarining birikib suv hosil qilishligi neytrallanish deyiladi. Kation va anion hosil qilib dissotsilanadigan moddalar tuzlar deyiladi. Suvda ionlarga to„liq dissotsilanishi tuzlarning umumiy xossalari hisoblanadi. Kislota va asoslar esa to„liq dissotsilanmaydi. Elektrolitik dissotsilanish jarayonining eng muhim miqdoriy tavsiflari – dissotsilanish darajasi va dissotsilanish konstantasidir. Dissotsilanish darajasi – dissotsilangan molekulalar sonini (miqdorini, konsentratsiyasini) umumiy molekulalar soniga nisbatiga teng: ) ( ) ( ) ( ) ( ) ( ) ( umumiy C ngan dissotsila C umumiy n ngan dissotsila n umumiy N ngan dissotsila N (8.1) bu yerda α – dissotsilanish darajasi. Dissotsilanish darajasi moddaning tabiatiga, erituvchining tabiatiga, tempetaturaga, erigan moddaning konsentratsiyasiga bog„liq. Konsentratsiya kamayganda dissotsilanish darajasi ortadi. CHeksiz suyultirilgan eritmalarda modda to„liq ionlarga parchalanadi, ya‟ni α=1. Dissosilanish, ayniqsa kuchsiz elektrlitlar uchun, qaytar kimyoviy jarayondir. Har qanday qaytar jarayonlar kabi muvozanat holati va muvozanat konstantasi bilan xarakterlanadi. Dissosilanish reaksiyasining muvozanat konstantasi – dissotsilanish konstantasi deyiladi. Masalan, nitrit kislotaning dissotsilanish reaksiyasi: Shu reaksiyaning dissotsilanish konstantasi: [ ] [ ] [ ] bu yerda K Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling