O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

Erkinlik darajalari soni (C) – sistema fazalari sonini o„zgartirmasdan o„z 
qiymatini (bir-biriga bog„liq bo„lmagan holda) ihtiyoriy o„zgartirish mumkin 
bo„lgan, sistema holatini belgilaydigan termodinamik parametrlar sonidir. Bunday 
parametrlarga 
tashqi 
omillar 
(temperatura, 
bosim) 
va 
ichki 
omillar 
(komponentlarning konsentratsiyasi) kiradi. Erkinlik darajalari soniga ko„ra 
sistemalarni invariant yoki variantsiz (C = 0), bir variantli yoki monovariantli (C = 
1), bivariantli (C = 2) va hokazo turlarga bo„linadi. Masalan, tuzning to„yingan 
eritmasi bitta erkinlik darajasiga ega, ihtiyoriy tanlangan temperaturaga to„yingan 
eritmaning bitta aniq konsentratsiyasi to„g„ri keladi.
24
David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 144. 


110 
Sistemaning erkinlik darajalari sonini komponentlar va fazalar soniga 
bog„liqligini Gibbsning fazalar qoidagi ko„rsatadi: tashqi omillardan faqat 
temperatura va bosim ta‟sir ko„rsatayotgan muvozanatdagi sistemaning erkinlik 
darajalari soni komponentlar sonidan fazalar sonini ayirib, ikkini qo„shganiga teng. 
Qoidaning matematik ifodasi:
C = K - F + 2 (7.1) 
Agar bosim o„zgarmas bo„lib, sistemaga tashqi omillardan faqat temperatura 
ta‟sir ko„rsatayotgan bo„lsa (yoki aksincha), fazalar qoidasining ifodasi 
quyidagicha bo„ladi: 
C = K - F + 1 (7.2) 
Bir komponentli sistemalr uchun: 
S = 1 - F + 2 = 3 - F (7.3) 
Erkinlik darajalari soni manfiy bo„lishi mumkin emas, demak bir 
komponentli sistemalarda u 0 dan 2 gacha bo„lishi mumkin. 
7.2. Bir komponentli sistemalar: suvning holat diagrammasi. 
Sistemaning holati holat diagrammalari orqali ifodalanadi. Bunday 
diagrammalarda sistema holatini bosim va temperatura, bosim va tarkib yoki 
temperatura va tarkib paramertlarga bog„liqligi grafik tasvirlanadi. Holat 
diagrammalari taxlili sistemaning tarkibi, fazalar soni, mavjud bo„lish chegaralari, 
komponentlarning ta‟sirlashuv xarakterlari, yangi moddalarning hosil bo„lishini 
aniqlash imkonini beradi. E‟tiborlisi, diagramma bunday taxlilni individual 
komponentlarni ajratmasdan bajarish imkonini beradi. 
Sistemalarning fizik-kimyoviy analizi N.S.Kurnakov taklif etgan ikkita 
umumiy qoidaga asoslangan: uzluksizlik prinsipi va mos keluvchanlik prinsipi. 
Uzluksizlik prinsipiga ko„ra, biror parametr uzluksiz o„zgaradigan bo„lsa, alohida 
fazalarning xossalari ham uzluksiz o„zgaradi. Umuman sistemaning xossalari 
fazalarning soni yoki o„zgarguncha uzluksiz o„zgaradi, shundan so„ng sistema 
xossalari sakrash bilan o„zgaradi.
Bir necha fazalarni tashkil qiladigan bir yoki ko„p komponentli 
sistemalarning fizik-kimyoviy analizini ko„rib chiqamiz. Kimyoviy muvozanatdagi 
sistemaning fizikaviy (issiqlik, elektr, optik, mexanik) xossalari bilan ulardagi 
muvozanatni aniqlovchi omillar orasidagi funksional bog„lanishni o„rganish fizik-
kimyoviy analizning mohiyatini tashkil qiladi. Bu bog„lanishlar holat-xossa yoki 
tarkib-xossa koordinatalaridagi holat diagrammasi sifatida ko„rsatiladi. Ordinata 


111 
o„qida sistemaning xossasi ko„rsatiladi, absissa o„qida esa tarkib yoki bir o„qga 
temperatura, ikkinchi o„qga bosim qo„yiladi. 
Avval eng sodda bir komponentli sistemaning fizik-kimyoviy analizini 
suvning holat diagrammasi misolida ko„rib chiqamiz. 7.4-rasmda suvning holat 
diagrammasi tasvirlangan. 
7.4-rasm. Suvning holat diagrammasi
25
. O nuqtada: R = 4,579 mm simob ust. = 
610,5 Pa; t = 0,0076
0
C. 
Diagrammada suvning muz, suyuq va bug„ holatiga mos keluvchi bosim va 
temperatura bog„liqligini ko„rish mumkin. Bosim va temperaturaning AOC 
chiziqdan chap tomondagi qiymatlarida suv muz holatida, AOB chiziq oraligidagi 
qiymatlarda suyuq holatda, BOC chiziqdan pastdagi qiymatlarda bug„ holatida 
bo„ladi. SHu sohalarning har bir nuqtasida, masalan M nuqtada fazalar soni ham, 
komponentlar soni ham 1 ga teng. Fazalar qoidasiga asosan: 
C = 1 – 1 + 2 = 2 
SHu nuqtalarda sistemaning erkinlik darajasi 2 ga teng. Demak, shu 
nuqtalarda ikkita parametrni – temperaturani va bosimni ihtiyoriy o„zgartirilsa 
sistemaning holati, fazalar soni o„zgarmaydi. 
CO chizig„i ustidagi har bir nuqtada suvning muz va bug„ holati 
muvozanatda bo„ladi, AO chizig„i ustidagi har bir nuqtada muz va suyuq 
muvozanatda, BO chizig„idagi nuqtalarda esa suyuq va bug„ holatlari 
25
David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 155. 


112 
muvozanatda. Bu nuqtalarda, masalan N nuqtalarda komponentlar soni 1 ta, 
fazalar soni 2 ta, u holda: 
C = 1 – 2 + 2 = 1 
Bu nuqtalarda erkinlik darajasi 1 ga teng, faqat bitta parametrni 
temperaturani yoki bosimni ihtiyoriy o„zgartirilganda sistemaning fazalar soni, 
holati saqlanib qoladi. Agar bir vaqtda temperatura va bosim o„zgartirilsa sistema 
holati ham o„zgaradi. 
O nuqtada uchta faza – muz, suyuq va bug„ muvozanatda. SHu nuqtada: 
C = 1 – 3 + 2 = 0 
Erkinlik darajasi 0 ga teng, variantsiz sistema. Aynan bosim R = 610,5 Pa 
va temperatura t = 0,0076
0
C bo„lganda uchta faza muvozanatda bo„ladi. Agar yoki 
temperatura, yoki bosim biroz o„zgartirilsa, sistema bu holatdan chiqib ketadi. 
7.3. Ikki komponentli sistemalar. Suyuq holatda o„zaro cheksiz eriydigan, qattiq 
holatda o„zaro erimaydigan sistemalar. Termik analiz. 
Ikki komponentli sistemalarning erkinlik darajasi: 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling