O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) deyarli barcha fan sohalarida ijod etgan
buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asrdan 28 tasi bizgacha etib kelgan. Beruniy Abu Nasr Iroq rahbarligida yoshligidan riyoziyot va 71 falakiyotni o‘rganib, 16-17 yoshlaridayoq Quyoshning choshgohdagi balandligini armila bilan o‘lchagan. Oradan 30 yil o‘tgach, Beruniy yoshligida o‘zi o‘lchab olgan natijalarni tahlil qilar ekan, ular anchagina ishonchli bo‘lganligini ta’kidlaydi. Yoshlik yillarida u quyosh tutilishini kuzatish bilan shug‘ullanadi. 22 yoshida Beruniy Markaziy Osiyoda birinchi bor Yer globusini yaratdi. O‘zidan oldingi ajdodlar qoldirib ketgan ko‘plab kitoblarni o‘rganadi va bizgacha etib kelgan, turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari – “Osorul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”)ni yaratadi. Unda yunonlar, rimliklar, forslar, sug‘diylar, xorzamiylar va boshqa ko‘plab qabila va xalqlarning barcha davrlari, bayram hamda taqvimlari, shuningdek Sharqning turli mamlakatlarining madaniyat va adabiyot tarixi to‘la bayon etilgan. Bu asarda Beruniy o‘zini faqat elshunos olim emas, balki tilshunos, arab, yunon, fors, suryoniy va boshqa til hamda adabiyotlarning bilimdoni sifatida namoyon etdi 1 . Uning tabiatni o‘rganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning o‘zaro tortishuvi, Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va sun’iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Yer qa’rida ro‘y beradigan geotektonik siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda o‘zgarib turishi, Yer yuzida odamlarning turli-tuman qiyofasini ilmiy asoslovchi geografik determinizm ta’limotini ilgari surgan. Beruniy barcha unsurlar, shuningdek, og‘irroq unsurlarning boshqa unsurlardan oldin markazga intilishi to‘g‘risida gapirib, “Hamma unsurlar markazga qarab intiladi, lekin vazminroqlari boshqa unsurlardan o‘zib ketadi” 2 , deb ta’kidlaydi. Beruniy “Hindiston” asarida unsurlarning Erga oddiy intilishi to‘g‘risida emas, balki barcha og‘irliklarning Yer markaziga tortilishi haqida fikr yuritadi. Beruniyning Ibn Sinoga bildirgan e’tirozlarida muhitning og‘irligini e’tirof etishi bu fazo jismlari bilan Yer o‘rtasidagi tortilish kuchlari borligini tan oladigan fikrga yaqinlashganligini ko‘rsatadi. Beruniyning boshqa dunyolar mavjudligi to‘g‘risidagi tahmini uning falsafiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. Beruniy boshqa dunyo haqida fikr yuritar ekan, boshqa moddiy dunyo ehtimol bizning dunyomiz singari tabiiy xususiyatga ega bo‘lib, “harakat yo‘nalishlari esa, bizning dunyomizdagi harakat yo‘nalishlaridan farq qiladi”, deydi 3 . Buyuk tabiatshunos Beruniy o‘zining salaflari, xususan, Ahmad Farg‘oniy va Muhammad Xorazmiy ishlab chiqqan bilishning ilmiy usulini rivojlantirib, yanada chuqurlashtirdi. Uning aytishicha, “Kuzatishning ko‘pligi ko‘rilgan narsalarni eslab qolish qobiliyatini yaratadi”. Beruniy o‘zining o‘gitida: “Biliming shundayki, u yalang‘och bo‘lsang ham o‘zingda qoladi, uni hammomga kirganingdagi xo‘llik ham yo‘qota olmaydi”, -deydi. Beruniy inson xotirasini “Allohning tuhfasi”, deb hisoblaydi. U “tirishqoqlik va ko‘p shug‘ullanish bilan ham xotirani mustahkamlash mumkin” 4 , -deydi. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqda tajribaga tayanuvchi fanlarning 1 2 Шарипов А. Малоизвестные страницы переписки между Беруни и Ибн Синой.//Общественные науки в Узбекистане, –№ 5. 1965, –С.39. 3 Ўша жойда. 4 Ўша жойда. 72 asoschilaridan bo‘lgan Beruniy tabiat hodisalarini bilishdagi nazariy-mantiqiy xulosa, qiyoslashning ahamiyatini benihoya katta ekanligini uqtirib o‘tadi. Beruniy tarixiy hodisa va voqealar haqiqatini bilishga taalluqli hamma masalalarni har taraflama o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi va bu bilan noto‘g‘ri yo‘lga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. U shunday yozadi: “Xabar ko‘z bilan ko‘rgandek bo‘lmaydi, degan kishining so‘zi juda to‘g‘ridir. Chunki ko‘rish ko‘ringan narsaning o‘zi bor paytida va o‘z joyida turganida qarovchi ko‘zining uni uchratishdan iboratdir. Xabarga yolg‘on-yashiqlar qo‘shilmaganda, u ko‘rishga nisbatan ortiqroq o‘rinda turgan bo‘lar edi. CHunki ko‘rish va qarash shu payt, shu on bilan cheklanadi. Xabar esa narsaning ko‘ringan payti va vaqtdan ilgari o‘tgan va keyin keladigan hollaridan darak beradi; ana Shuning uchun xabar mavjud narsalardan ham, kelajak narsalardan ham darak beraveradi. Yozish xabar turlarining biri bo‘lib, uni boshqa turlardan ko‘ra afzalroq hisoblash mumkin; qalamning mangu yodgorliklari bo‘lmaganda, xalqlarning tarixini qanday bilar edik?! So‘ngra, odatda bo‘lgan hol haqida berilgan xabar bir xil emas, balki rost va yolg‘on bo‘lishi mumkin” 1 . Kuzatish, ko‘rish, tajribalar qilish, mantiqiy umumlashmalar chiqarish, ma’lumotlarni to‘plash, xalq og‘zaki ijodi, yozma yodgorliklarni o‘rganish, barcha xabar, manbalarga tanqidiy qarash haqiqatni aniqlash uchun ularni bir-biri bilan taqqoslab ko‘rish, til qurilishini, yozuvlarni o‘rganish – bular hammasi o‘rta asrning buyuk qomuschisi Abu Rayhon Beruniy ilmiy usulining asosini tashkil etadi. Beruniyning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta’sirida shakllangan. U modda va zamon, qonuniyat, zarurati va tasodifiyat, harakat va rivojlanish, ziddiyat sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta e’tibor bergan. Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim o‘rin tutadi. Beruniy fikricha bilishga bo‘lgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu o‘ziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar etkazib bergan ma’lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi aqliy bilish uchun o‘ziga xos ko‘makchi va asos bo‘lib xizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov-tajriba orqali belgilanadi. Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlari o‘rganiladi, ularning miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi oshib boradi. Beruniy fikriga ko‘ra, inson qiyofasi tabiat ta’sirining natijasidir. Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni inson Cheksiz sa’y-harakatlar oqibatida tubdan o‘zgartirishi mumkin. Har bir kishi o‘z xulq-atvorining sohibidir. Jamiyat tadrijiy o‘zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun g‘amxo‘rlik, zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tug‘i ostida boshqarish mutafakkirning idealidir. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling