O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Abu Ali Ibn Sino (980-1037) buyuk alloma va mutafakkir. U Buxoro 
yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan 
qolgan ma’naviy meros taxminan 280 nomdan ziyoddir. Ular tibbiyot, falsafa, 
mantiq, psixologiya, axloq, musiqa, farmakologiya va boshqa sohalarga 
bag‘ishlangan. Olimning “Shifo kitobi”, “Tib qonunlari”, “Bilimlar kitobi”, “Tabiat 
1
Абу Райҳон Беруний. Танланган асарлар. 2-жилд, –Т.: Фан, 1965. –Б.25.


73 
durdonasi” kabi asarlari mashhurdir. Ibn Sino asarlari Ovro‘poda XII asrdan boshlab 
lotin tiliga tarjima qilina boshlangan. Xususan, «Tib qonunlari» asarining o‘zi 
lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilindi. «Kitob ush-shifo»ning ko‘p bo‘limlari, 
mantiq, musiqa, erning tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham 
lotinchada nashr etildi. So‘ngti ilmiy tadqiqotlar Ibn Sinoning Sharq adabiyotiga 
ham ta’sir ko‘rsatganligini, chuqur falsafiy mazmunni ifodalovchi ruboiy va falsafiy 
qissalar janrining taraqqiyotiga turtki berganligini ko‘rsatadi.
Ibn Sino dunyoqarashi Forobiy asarlari ta’sirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy 
masalalarda Forobiy qarashlarini davom ettirdi, Sharq ilmini yangi tabiiy-ilmiy 
fikrlar bilan boyitib tizimlashtirdi va yangi bosqichga ko‘tardi. Uning fikricha, 
falsafaning vazifasiga mavjudotni — barcha mavjud narsalarni, ularning kelib 
chiqishi, tartibi, o‘zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o‘tishini har tomonlama 
tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyatlarini asos qilib oldi. 
Borliqqa bo‘lgan qarashlarida Ibn Sino barcha mavjud narsalar ikkiga bo‘ladi: 
zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud hech 
narsaga bog‘liq bo‘lmagan bir butunlikni tashkil etuvchi Xoliqi olamdir. 
SHuningdek vujudi vojib kosmologik ongni ham tashkil etib olami kabirni o‘zida 
ifoda etadi. Qolgan hamma narsalar imkoniy tarzda mavjud bo‘lib, zaruriy vujud – 
ollohdan kelib chiqadi. Vujudi vojib va vujudi mumkin — sabab va oqibat 
munosabatidadir. Bu jarayon emanatsiya - tajalli tarzida, ya’ni quyoshdan 
chiqayotgan nur shaklida amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklidagi mavjud 
bo‘lgan aql, jon (nafs) va jism, ular bilan bog‘liq holda osmon sferalari kelib 
chiqadi. Bular hammasi substansiya - javhardir. Bundan tashqari borliqda 
aksidensiya-oraz ya’ni narsalarning tashqi ko‘rinishini belgilovchi, narsalarning 
belgilari, rang, hajmi, hidi va boshqa hususiyatlarii mavjud. Jism shakl va moddadan 
tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati bo‘lmish materiya ham abadiydir. Uning 
o‘zi boshqa konkret jismlarning asosidir. Narsalarning konkret ko‘rinishlari, 
shakllari o‘zgaradi, lekin ularning moddiy asosi yo‘qolmaydi.
Materiyaning eng sodda, bo‘laklarga bo‘linmaydigan shakli to‘rt unsur: havo, 
olov, suv, tuprokdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab 
moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar o‘zgarib, turli shakllarga ega 
bo‘lishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo‘lgan to‘rt unsur yo‘qolmaydi, 
abadiy saqlanadi. Ibn Sino falsafasida ma’lum darajada inson vujudga kelishi 
haqidagi evolyusion ta’limot mavjuddir. Uning fikricha, avval tog‘-toshlar, so‘ng 
o‘simlik, hayvonot va tabiat rivojining eng mukammal namunasi sifatida inson 
vujudga kelgan. Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli, tafakkuri 
bilan bilan farq qiladi. 
Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy 
bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. «Sezish— bu shunday 
ta’sirki, u tashqi narsalarning o‘zi bo‘lmay, balki bizning hislarimizda vujudga 
keladi. His moddiy obrazning oynasi bo‘lib, moddiy shakllarning bo‘yi, eni bilan 
birga ifodalanganligi sababli, ularni inson moddiy asossiz in’ikos eta olmaydi va 
jismlarni bilolmaydi»,- deb yozadi Ibn Sino. Inson tafakkuri turli fanlarni o‘rganish 
yordamida boyiydi, rivoj topadi. Bunda, xususan, u mantiq ilmiga katta e’tibor 


74 
beradi. Aql har qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin 
etiladi. «(Aql) tarozisida o‘lchanmagan har qanday bilim,— deb yozadi ibn Sino,— 
chin bo‘lolmaydi, demak, u haqiqiy bilim emas». Ibn Sino ijodida fanning 
strukturasini tekshirish, ilmlarning tartibini aniqlash, ularni tasnif qilishga e’tibor 
alohida o‘rin egallaydi. Bu masalada ham olim Forobiy boshlab bergan fan-ar tasnifi 
haqidagi masalani yanada taraqqiy ettirishga harakat qiladi. Ibn Sinoning falsafiy 
sistemasini ifodalovchi asarlarida («Kitob ush-shifo», «Kitob un-najot», 
«Donishnoma») falsafiy bilimlar: mantiq, fizika, matematika, metafizika tartibida 
beriladi. Bulardan mantiq — bilishning metodi, mavjudotni o‘rganish, u haqda fikr 
yuritishning ilmiy usuli sifatida talqin etiladi. Ibn Sino mantiq ilmini tadqiq etishga 
katta e’tibor beradi, unga maxsus risolalar bag‘ishlaydi. Xususan, u mantiqiy 
usullar, ta’riflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini o‘rganishga katta 
hissa qo‘shdi, mantiq fanini Forobiydan so‘ng bilishning to‘g‘ri metodi sifatida 
rivojlantirdi.
Ibn Sino ilmni nazariy va amaliy ilmga bo‘ladi.Nazariy ilmlar haqiqatni 
bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. 
Falsafaning nazariy qismi quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik, o‘rta 
darajadagi ilm — matematika va oliy darajadagi ilm — metafizikaga bo‘linadi. 
Falsafaning amaliy qismi ham uchga bo‘linadi:
a) shaxs haqidagi ilm;
b) insonning o‘zaro munosabatlari haqidagi ilm;
v) davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilm. Nazariy-falsafiy ilmlarga 
kiruvchi har uch turdagi ilmlar asosiy va yordamchi bo‘laklarga ajraladi; 
tabiatshunoslik ilmlari astrologiya, meditsina, alkimyo kabi etti xil tarmoqni o‘z 
ichiga oladi. Matematika esa arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa nomi 
bilan 4 tarmoqqa bo‘linadi. Asarda 29 ilm tarmog‘i tilga olinadi.Ibn Sino o‘z 
dunyoqarashida panteistik prinsipga asoslanadi: Tangri va borliq bir-biriga zid, bir-
birini inkor etuvchi narsalar emas, aksincha, ular bir butun holda mavjudotni tashkil 
etadi. Abadiylik Tangriga xos. Tangri va tabiat ma’lum pog‘onalar yordamida 
bog‘lanadi. Uzun va yaxlit zanjirning bir tomonida yaratuvchi Tangri — zaruriy 
vujud, ikkinchi chekkasida tabiat yotadi. Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va 
ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar o‘zaro 
yordam asosida yashashlari kerak deb ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o‘zaro 
kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi 
lozimligini ta’kidlaydi. Jamiyat a’zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, 
qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi, basharti podshoning o‘zi adolatsizlikka 
yo‘l qo‘ysa, xalqning unga qarshi qo‘zg‘oloni to‘g‘ri va jamiyat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanmog‘i lozim. 
Ibn Sino Zakariya ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida 
birinchilardan bo‘lib kuzatuv va tajriba metodiga alohida e’tibor qaratdi. Mutafakkir 
o‘z asarlarida ilm va axloq-odob uyg‘unligi, inson kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy 
adolat, kishilarning o‘zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to‘g‘risida qiziqarli 
g‘oyalarni ilgari surgan. Uning ta’kidlashicha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega 
erishtirib bo‘lmaydi. Aslida ular uchun muayyan sharoit yaratib bermoq lozim. 


75 
Barchaning boy va mansabdor bo‘lishi yoki hammaning qashshoq bo‘lishi 
jamiyatning tanazzuli va inqirozidir. Lekin inson o‘zgarlarga mehr-oqibatli, 
g‘amxo‘r bo‘lmog‘i, kerak vaqtda saxovat va muruvvat qo‘lini nochorlarga uzatishi 
zarurdir


Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling