O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

11.5. Bezash oynasi 
Bezash oynasi me’morchilik, dekoratsiya ishlarini bajarishda 
ishlatiladi. Bezash oynasi rangli, yorqin, yaltiroq, atmosfera muhitiga 
chidamli va mustahkam bo‘lishi kerak. Bezash panellari oynasi 
(stemalit) toblangan polirovkalangan qalin oyna (6 mm) ichki 
yuzasiga rangli keramik bo‘yoqlar qoplamasi surtilib olinadi. Stemalit 
jamoat binolari-mehmonxonalar, vazirliklar, ekspomarkazlar va sh.k. 
larni bezashda ishlatiladi.


101 
11.5-rasm. Bezak oynalar. 
Marbilit qalin (12 mm) rangli oyna bo‘lib, bir tomoni 
polirovkalangan va ikkinchi tomoni esa g‘adir-budurlangan bo‘ladi. 
Marbilit binolarni ichki va tashqi tomondan bezashda, deraza osti 
taxtalari, sotuv vitrinalari, ish stollari tayyorlashda ishlatiladi. 
Emallangan shisha plitka 150x150, 150x175 mm o‘lchamlarda, 
qalinligi 3-5 mm qilib chiqindi oynadan shisha emali qoplab 
tayyorlanadi. Emallangan oyna quritilgach xumdonda kuydiriladi. 
Mahsulot binolarni ichki bezagi uchun ishlatiladi. Shisha mozaika 
gilam mozaika va smalt turlariga bo‘linadi. Gilam mozaika 20x20 mm 
yoki 25x25 mm o‘lchamdagi so‘niq rangli plitkalardir. Smalt rangli 
shisha bo‘laklari bo‘lib, badiiy mozaika hosil qilishda ishlatiladi. 
Gilam mozaika va smalt qurilish me’morchilikda pannolar, suratlar 
barpo etishda qo‘llaniladi. Ko‘zgu oynasi polirovkalangan 4-10 mm 
qalinlikdagi oynaning bir tomoniga yupqa alyuminiy yoki kumush 
qoplanib tayyorlanadi. Ko‘zgu oyna binolarni ichki bezagi uchun 
ishlatiladi.
11.6. Shisha buyumlar va konstruksiyalar 
Kovakli shisha bloklar payvandlangan ikki bo‘lakdan iborat 
bo‘lib, nurni taratuvchi, issiqlik va tovush izolyasiyalovchi 
xususiyatlarga egadir. Shisha blok ichki tomonidagi chiziqli 
bo‘rtmalar nurni taratishga yordam beradi. Ularning nur 
o‘tkazuvchanligi 65% kam emas, nurni taratishi 25%, issiq 
o‘tkazuvchanligi 0,4 Vtm
0
S atrofida bo‘ladi. Shisha bloklar rangli va 
ko‘p bo‘lmali bo‘lishi mumkin. Ular santexkabinalarda, maishiy 
xizmat, ovqatlanish muassalarida, zinapoya bo‘lmalarida ishlatilishi 
mumkin. Shisha bloklar temirbeton karkas ichiga maxsus qorishma 
bilan terilib konstruksiya tayyorlanadi. Ular yonmaslik talablari 
qo‘yiladigan sanoat va jamoat binolarida ishlatiladi (1-rasm). 


102 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling