O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Ko‘p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana23.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1389635
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Achilova Odina oila pedagogikasi mustaqil ish4

Ko‘p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi 
Ziyoli va xizmatchilar oilasining qishloqda yoki shaharda yashashlariga 
qarab bolalariga beriladigan tarbiyada ham birmuncha farqlar mavjud. Shaharlarda 
yashovchi ko‘p bolali ziyoli yeki xizmatchi oilalaridan farqli o‘laroq qishloqlardagi 
shu toifadagi oilalarda bolalar siyosiy, madaniy-oqartuv ishlaridan tashqari ota-
onalari ham, bolalar ham xo‘jalik dalalarida, bog‘ va polizda mehnat qiladilar. 
Qo‘lidan ish keladigan barcha yeshlar ota- onalari yenida muntazam mexnat qilish 
bilan band bo‘ladilar, jismoniy mehnatga nisbatan tayyer bo‘lib voyaga yetadilar.
Tarbiyaning samaradorligi oiladagi bolalar mehnati, ularning uy 
xo‘jaligidagi faol ishtiroki, shuningdek, oilaviy turmush sharoitlari bilan 
belgilanadi. Qishloq oilalaridagi tarbiya o‘zining strukturasi va mazmuniga ko‘ra 
ishchi, xizmatchi va ziyoli oilalardan tubdan farq qiladi. Ayrim holatlarni hisobga 
olmaganda qishloq oilalari bolalari yilning deyarli barcha fasllarida ham mehnat 
faoliyatiga tortilgan bo‘ladi.
Ko‘p bolali dehqon oilalaridagi tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana 
biri shuki, bunday oila bolalar jamoasining markazi, asosiy tarbiya vositasi esa ota-


onaning namunasi, ularning xulqi, odobi, bir-birlariga bo‘lgan iliq muomalalari, 
oiladagi, ishlab chiqarishdagi aktiv jismoniy mehnatlaridir.
Bolalar nutqi shakllanishi, rivojlanishi asosida ularni kattalarga hurmat, 
do‘stlik, insoniylik, halollik kabi odob qoidalariga o‘rgatib boriladi. Shu asosda 
oilada kundalik ish davomida bolalarda xulq-atvor mezonlarini qaror toptirib 
boradi. Xuddi ana shu xulqiy mezonlar asosida keyinchalik axloqning murakkab 
shakllari – jamoatchilik, vatanparvarlik, hayetning ijtimoiy-siyosiy tomonlariga 
qiziqishning dastlabki shakllanish jarayeni davom etadi. Oiladagi axloqiy tarbiya 
faqat xulqni tarbiyalash bilan cheklanmasdan, balki barkamol inson axloqini to‘g‘ri 
tasavvur qildiradi, uning tarkibi, ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Mana 
shu asosda oila a’zolarida inson xarakteri, hayet bosqichlari qaror topadi. Oilaviy 
hayetning o‘ziga xosligi ham mana shunda. 
Hozirgi zamon ko‘p bolali oilalarda o‘sib kelayetgan yesh avlodni har 
tomonlama tarbiyalashning barcha vositalari, shakl va uslublaridan amalda unumli 
foydalanilmoqda. 
Sotsiologik tadqiqotlar davomida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil etish 
tadqiqotlar jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichning maqsadi 
natijalarning ma’nosini tushuntirib berish, fikrlarni umumlashtirish va yagona 
nazariy tizimga keltirishdan iborat. Sotsiologik tadqiqotlarning natijalarini to‘g‘ri 
izohlab beruvchi qator ilmiy uslubiy echimlar tizimi mavjuddir, ammo har bir 
konkret holatda bu narsa bir butun kishilar jamoasi (sotsiologlar, respondentlar, 
ma’muriyat) ishtirokida amalga oshiriladi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va 
gipotezalarning hayotiyligi eng samarador vosita sifatida kishilarning ijtimoiy 
faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.Shu sababli gipotezani sinash jarayonida 
tadqiqotchi ko‘proq real hodisalarga tayanishi, xilma-xil ma’lumotlarni 
birlashtirishi, empirik materiallardan o‘rganilayotgan ob’ektning zaruriy jihat va 
xossalarini ajratib berishga intilishi kerak. Sotsiologik tahlilning natijalari 
tizimlashgan va guruhlarga ajratilgan ko‘rinishda ilmiy hisobotda namoyon 
bo‘ladi. Hisobotning ilovasi sifatida jadvallar, grafiklar, so‘rovnomalar, blanklar, 
testlar va boshqalar keltiriladi. 


Amaliy sotsiologik tadqiqotning asosiy maqsadi amaliyot tomonidan ilgari 
surilgan masalalarning echimidir. SHuning uchun bunday tadqiqot hisobotida 
gipotezalar, tadqiqot vazifalari, o‘rtacha ko‘rsatkichlar tizimi, axborotlar, 
boshlang‘ich axborotlarni yig‘ish bo‘yicha tadqiqot uslublari tarkibi tavsiflab 
beriladi. 
Hisobotga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar: 
- hisobotda tadqiqotning predmetiga mos mantiqan barcha o‘zaro bog‘langan 
muammolar guruhlari iloji boricha chuqur va to‘la aks ettirilgan bo‘lishi kerak; 
- bajariladigan ishlarning turkumining mantiqiy ketma-ketligi ta’minlangan 
bo‘lishi kerak; 
- hisobotning har bo‘limida tadrijiy bir-birini to‘ldiruvchi ikki qismining o‘zaro 
mutanosibligini ta’minlash zarur; 
- so‘rovnomaning barcha savollari va ularga mos natijalar ilmiy mantiq talablariga 
binoan tahlil etilishi kerak; 
- hisobot texnik jihatdan yuqori saviyada rasmiylashtirilishi va to‘g‘ri tuzilishi 
kerak. 
Hozirgi kunda ota-onalar hal qilishlari nihoyatda zarur bir qancha tarbiyaviy 
muammolar mavjud. Bunday muammolar noto‘liq oilalarda nisbatan ko‘p bo‘lib, 
ular bolalarning ruhiy kamolotida namoyen bo‘lmoqda. Ota-onalar esa har doim 
ham bu holatni bilib, to‘g‘ri tushunavermaydilar. Ba’zan esa bolalar ham aqli 
yetadigan masalalar bo‘yicha kattalarga murojaat etmasliklari, masalani ijobiy hal 
etmasliklari natijasida onalari yeki katta yeshdagi kishilar hayetini, turmushini 
mushkul ahvolga solib qo‘yadilar.
Umuman olganda hamma oilalar tarbiyasi uchun yaroqli umumiy formula 
topish mumkin emas, lekin bolalar tarbiyasi bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar 
asosida oilaning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, kelajakda kutilish mumkin 
bo‘lgan tarbiya natijalarini hisobga olib, bir necha omillar haqida maslahat berish 
mumkin. Masalan, bolalar tarbiyasida oilaviy muhit maxsus ta’sir kuchiga ega. 
Muhit deyilganda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, bolalarga ta’sir ko‘rsatish 
usullari, oilada mavjud bo‘lgan boshqa shakl va uslublar yig‘indisiga aytiladi. Oila 


muhitining mazmuni ota-onalarning, katta yeshdagi a’zolarining g‘oyaviy-siyosiy 
ongliliklarida namoyon bo‘ladi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling