O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


I-Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarda harakatli o‘yinlarning ahamiyati


Download 176.5 Kb.
bet2/12
Sana03.10.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1690716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8 МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ЖИСМОНИЙ РИВОЖЛАНИШИДА

I-Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarda harakatli o‘yinlarning ahamiyati
1.1. Harakatli o‘yinlarni tanlab olishda bola­larning yosh xususiyatlarini hisobga olishning ahamiyati
Bog‘cha bolalari bilan turli estafetalarni o‘tkazishdan ehtiyot bo‘lish darkor. Chunki ularni komandalarga bo‘lib, xonaning bir chetiga ketma-ket qatorlarga turg‘azib, boshqa chetiga esa bayroqchalarni qo‘yib, ularni yugurtirib, birma-bir bayroqchani olib kelib, navbatdagi o‘yinchiga uzatib, u esa yana yugurib, navbat kutib turgan bolalar iztirob chekib, toki uning oxiri bo‘lishini kutib qiynaladilar. Bu esa shu kabi estafetalardan boshg‘a o‘yinlarni tashkil qila olmaslik oqibatidir. O‘yin-estafeta bir qaraganda oson tuyuladi, lekin bolalar o‘yinlarini kuzatish natijasi shularni ko‘rsatadiki, bunag‘angi o‘yinlar bolalar uchun hech qanday tushuncha hosil qilmaydi, oqibatda bolalarda tartibchanlikni buzilishiga, sabrsizlik, betoqatlik, xunob bo‘lishlik, bir-birini turtish, xafaqonliklarga olib kelishi mumkin bo‘lmoqda. Yutqazgan hamda o‘yinda g‘olib chiqqan komanda bolalarini o‘yin tugagandan keyin yupatib olish juda ham murrakab bo‘ladi.
Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarda sabr-toqat, o‘zlarini ushlay bilish fazilatlari ham tarbiyatalab bo‘lgani uchun, ham ularda sezgirlik, tez yugurish, chaq­qonlik bilan buyumlarni uzatish, olib berish kabi fazilatlar hali hosil bo‘lmaganligi tufayli hamda komanda oldida ular mas’uliyat sezishni bilmasligi, bundan tashqari, ular har bir xatti-harakatni anig‘ baholashni bilmasligi va boshg‘alarning ham harakatini tushuna olmasligi, ya’ni kerakli bo‘lgan fazilatlarni va jismoniy sifatlar yetishmasligi uchun ularni tarbiyalash lozim.
Lekin shu yoshdagi bog‘cha bolalariga musobaqalashti­rilgan o‘yinlarni har bir o‘yinchi va guruhlari uchun jon kuydirishi hamda mas’uliyatni sezish uchun ham o‘tkazmoq zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zini tuta bilmasli­gini e’tiborga olib, guruhlarni ikki jamoaga ajrat­masdan, 4—5 guruhlarga ajratib olish zarur. Bu guruhlar ketma-ket holatda turmasdan, bir-birlarini yaxshi ko‘rib turish uchun o‘tirib olishlari mumkin, chunki navbatda startga chiqish tartibini saqlab turadilar. Bunaqangi o‘yinlarda bolalar bir-birlarini kuzatib har bir guruhdan bitta ishtirokchi tezlikda, chaqqonlikda hamda aniq nishonga otishda sinashib ko‘rishadi. /olib chiqqan o‘yinchi o‘z jamoasiga ochko oladi. O‘yin tugagandan so‘ng to‘plangan ochkolar hisoblab qo‘yiladi. /olib deb eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa topiladi.
O‘yinni tashkil etishda barcha shart-sharoitlar to‘g‘ri hisobga olinsa, uning tarbiyaviy ahamiyati oshib boradi. Buning uchun o‘yin paytida bo‘ladigan chiziqlar, chegaralar masofalari, kerakli o‘yin qurollari: koptok, bayroq­chalarni taqsimlab berish lozim, keyinchalik esa bolalarning o‘zlariga o‘rgatib, o‘z-o‘ziga xizmat qilishni odatlantirish kerak. Ko‘pincha tarbiyachi bu tashkiliy ishlarni bolalardan bittasi yoki ikkitasiga buyurib, navbatchi sifatida topshiriq berib o‘rgatadi, shunda har safar ularning vazifasini almashtirib turishni unutmaslik kerak.
Tarbiyachi o‘yin o‘tkazishdan ilgari uni tushuntirish yo‘llarini o‘ylab ko‘rishi kerak: u juda qisqa, aniq, jo‘shqin bo‘lishi kerak; o‘yin mazmunini, qoidalarini tushuntirishda mayda gaplardan xoli bo‘lib (bir xil paytlarda bolalarning o‘zini ishtirok ettirib) qoida to‘g‘risida to‘xtalish lozim. Undan keyin o‘yinchilarning rollarini ko‘rsatib, kim qaysi yerda turishini aytib o‘tish kerak. Rollarni taqsimlashdan hamda o‘yinchilarni joylarga qo‘yib chiqishdan avval o‘yinni tushuntirish kerak, chunki bolalarning butun diqqat-e’tibori tarbiyachida bo‘lib, ular intizom-tartibni saqlashga tirishadilar.
Tanish o‘yinni o‘tkazishda har safar tushuntirish shart emas, ammo o‘yin qoidasini tarbiyachining o‘zi yoki o‘yin qoidasini tez-tez xatoga yo‘l qo‘ygan bolani qo‘yib ko‘rsa­tilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘yin o‘tkazilayotgan vaqtida tarbiyachi faqatgina kuzatuvchi bo‘lib qolmasligi kerak. Uni shunday o‘tkazmoq kerakki, bolalar o‘yinni quvonib, qanoat hosil qilib, murakkab qoidalarni o‘rganib o‘ynashlari ma’qul. Tarbiyachi o‘yin davomida qatnashuvchilarni kuzatib, alohida bolalarga e’tibor berib, ularning ichidagilarni gohida rag‘bat­lantirib, gohida qoida buzganlarga tanbeh berib rahbarlik qilishi kerak.
Gohida tarbiyachilar ayrim qoidabuzarlikka e’tibor bermaydilar: faqat belgilangan paytdagina – hushtak chalinishi yoki bironta harakatning boshlanib tugalla­nishini, ajratilgan joyga kirmaslik, onaboshining qo‘liga birdaniga tushmaslik va boshqa ko‘rinib turgan xatolarni unutmaslik kerak, ya’ni bu xatolar, qoidalar bolalarda irodani, tartibni tarbiyalaydi, ularni ortiqcha xatti-harakatlardan saqlaydi, bardoshli va intizomli bo‘lishning katta tarbiyaviy ahamiyati yuzaga keladi.
O‘yin jarayonida bolalarni to‘xtashga ham o‘rgatmoq zarur. Shunday umumiy qoidaga o‘rganish lozimki, xohlagan o‘yin paytida belgilangan tovush, imo-ishora, hushtakka bolalar tezda to‘xtab qolishi kerak («Chapak», «To‘xta!» so‘ziga yoki «o‘yindan to‘xtang!»). Shundan so‘ng tarbiyachining gapirgan gapiga, tushuntirishiga, qat’iyan o‘rgatish kerak. Lekin juda ham tez-tez bu narsalarga e’tiborni to‘xtatmaslik kerak, chunki o‘yinda bolalar hayajonda bo‘lishini unut­maslik lozim. Tarbiyachi o‘yinni o‘tkazilish chegaralarini ham unutmasligi kerak. Bu, ayniqsa, juda ham mas’u­liyat­li payt, chunki o‘yinni zavq bilan o‘ynalishida vaqtga kam e’tibor beriladi. Masalan, gimnastika mashqlariga qaraganda o‘yin vaqtini belgilash murakkabroq bo‘ladi. Bolalardan «Charchab qoldinglarmi?» deb so‘rash mumkin emas. O‘yinda zavqlanib, qiziqib o‘ynayotgan bolalar charchoqni sezmasdan toliqib qolishlari mumkin.
Shuning uchun ham, tarbiyachi bolalarni charchaganlik­larini diqqat bilan kuzatib, tashqi ko‘rinishiga (tez-tez nafas olishi,yuzining qizarib ketishi), bolalarning xulqiga (tez-tez qoida buzishlik, qo‘pollik, lanj bo‘li­shiga) e’tibor berishi va o‘z vaqtida o‘yinni to‘xtatishi lozim. o‘yinning tugallanishi har xil bo‘lishi mumkin. 6—7 yoshli bolalarni qiziqtiradigani o‘yinning o‘zi emas, balki uning natijasi ham. Shuning uchun har bir o‘tkazilgan o‘yindan keyin natijasining tahlili bilan ma’lum qilish lozim: kimning o‘yinda chaqqonlik, epchillik mahoratini, qaysi bir bolaning do‘stlarini qo‘llab o‘ynagani hamda qoidaga rioya qilmaganligi to‘g‘risida aytib o‘tish lozim. Bir xil paytlarda o‘yinda ushlaganlarning sonini eslat­moq, kimnidir ko‘proq o‘yinchilarni ushlaganligi, har bir o‘yinning natijasini tarbiyachi o‘ziga xos ma’lum shakllar bilan tushuntirishi ayon, lekin bolalar uchun shunday tahlil qilib va qiziqarli ma’noda tushuntirish kerak.



Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling