O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 176.5 Kb.
bet9/12
Sana03.10.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1690716
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8 МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ЖИСМОНИЙ РИВОЖЛАНИШИДА

«ShIQILDOQQAChA EMAKLAB KEL!»

Bu o‘yinda bolalar dig‘g‘atini rivojlantirish, aytilgan so‘zlarga mos ravishda emaklab yurish harakatini o‘rgatishdan iborat bo‘ladi.


Bolalar xonaning bir tomoniga qo‘yilgan stullarda o‘tirishadi. To‘rt metr nariga polga bayroqcha yoki shiqil­doqlar terib qo‘yiladi. Tarbiyachi biror bolaning ismini aytib chag‘iradi va unga shiqildoqqacha emaklab borishni, uni olib o‘rnidan turishni va shiqildoqni (yoki bayroq­chani) boshdan yuqori ko‘tarishni (bayroqchani hilpira­tishni) taklif qiladi. Shiqildoqni (yoki bayroqchani) polga o‘z joyiga qo‘yib qaytib keladi. Bolalar topshiriqni navbat bilan bajaradilar.
O‘yin-mashqda bir vaqtning o‘zida bir necha bola (3—5 ta) yoki birdan hamma baravar ishtirok etishi mumkin. Unda bolalarning har biriga alohida-alohida o‘yinchoqlar topib qo‘yish kerak. Bunday topshiriqning tashkil etilishi bolalarda mo‘ljalga tezroq borib kelishi istagini uyg‘otadi. o‘yin juda jonli o‘tadi. Biroq bunda emaklash sifati ancha pasayib ketadi. Bola shoshilib, harakat uyg‘unligi qoidasini buzadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalar e’tiborini tezroq harakat qilishga atayin qaratmasligi kerak. Mashqda band bo‘lmagan boshqa hamma bolalar bara­variga: «Bir, ikki, uch—emakla!» deb qichqirib shodla­nishadi. o‘yin tamom bo‘lganda esa quvonchdan chapak chalishadi. Shunday qilib, o‘yinda bolalarning hammasi faol qatnashadi.


«DARVOZA»

Bu o‘yinda bolalarda emaklab borish malakasi takomil­lashtiriladi.


Bolalar xonaning bir tomoniga terib g‘o‘yilgan stullarda o‘tiradilar, 4—5 metr narida bolaning bo‘yiga teng keladigan to‘r osilgan ustun turadi. Ustunning tagida, polda koptok yotadi. Bolalar bilan ustun orasida — taxminan masofaning o‘rtasida yoy — darvoza bo‘ladi. Tarbiyachi bolalardan birining ismini aytib chag‘iradi va unga darvozaga g‘adar emaklab borishni, keyin uning ostidan emaklab o‘tib, koptokni olishni, oldinga emaklab o‘rnidan turib, koptokni ikki g‘o‘llab ko‘tarishni va uni to‘rga tash­lashni taklif qiladi.
Darvoza o‘rnida stul, skameykalardan (oyog‘lari orasidan emaklab o‘tish uchun), chambaraklardan foydalanish mumkin. Uch yashar bolalarga narsalar tagidan emaklab o‘tishni va narsalarga tirmashib chiqishning turli usullarini, to‘siqlar ostidan engashib o‘tishni o‘rgatish kerak. To‘siqlar ostidan engashib o‘tganda qo‘llarni yerga tekkizmaslik kerak. Bunda bolalar emaklash va engashib o‘tish degan tushun­chalar­ni bir-biridan farq qilishga o‘rganadilar.



Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling