O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 176.5 Kb.
bet8/12
Sana03.10.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1690716
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8 МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ЖИСМОНИЙ РИВОЖЛАНИШИДА

«TAYoQChADAN HATLAB O‘T!»

O‘yindan maqsad bolalarni chaqqon harakat qilishga o‘rgatish, ularda sakrash va yugurish kabi harakatlarni mustahkamlash va chaqqonlikka o‘rgatishdan iborat.


Xonaning o‘rtasida ikkita tayoqcha orasi 1 m qilib yonma-yon qo‘yiladi.
Xonaning bir tomonida bolalar turishadi, ikkinchi tomonida stul o‘rindig‘ida bayroqcha. Tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan tayoqchadan 2—3 qadam nariga bayroqchaga qarab turgan bola birinchi tayoqcha tomon yurib boradi va undan hatlab o‘tadi. So‘ngra ikkinchi tayoqchadan ham xuddi shunday hatlaydi. Stolga yaqinlashib boradi, bayroqchani qo‘lga oladi, uni boshidan yuqori ko‘tarib hilpiratadi, keyin bayroqchani yana stulga qo‘yadi, yon tomonga, chetroqqa chiqib ketadi va qaytib kelib, o‘z joyiga turadi. Shundan so‘ng topshiriqni keyingi bola bajaradi.
Agar bu mashq bir necha marta takrorlangandan keyin bolalarga juda osonga o‘xshab qolsa va ular bu topshiriqni tez hamda ishonch bilan bajara boshlasalar, mashqni bir oz murakkablashtirish kerak bo‘ladi: polga 4—6 tayoqchani bir-biriga yonma-yon qilib qo‘yib, chiqib yoki bir necha chamba­rakni polga tashlab qo‘yib, bolalarga ana shularning ustidan hatlab o‘tish taklif qilinadi.


«MENGA YeTIB OLINGLAR!»

O‘yindan maqsad bolalarni qoidaga amal qilishga o‘rgatish, ularda yurish va yugurish kabi harakatlarni mustahkamlash va chidamlilikni tarbiyalashdir.


Bolalar maydoncha yoki xonaning bir tomondagi stullar­da yoki skameykalarda o‘tiradilar. «Menga yetib olinglar!» deydi tarbiyachi va maydonchaning ikkinchi tomoniga qarab yuguradi. Bolalar tarbiyachining ketidan uni tutmoqchi bo‘lib yuguradilar. Bolalar tarbiyachiga yaqinlashib qolganlarida u to‘xtaydi-da: «qochib ketinglar, endi men sizlarga yetib olaman!» deydi. Bolalar o‘z joylariga qarab yuguradilar.
Bu o‘yinni dastlab bolalarning kichik bir guruhi bilan o‘tkazgan ma’qul. So‘ng bolalar sonini 10—12 nafargacha ko‘paytirish mumkin. Tarbiyachi bolalardan qochib, juda tez yugurmasligi kerak. Bolalar tarbiyachiga yetib olganlaridan keyin «yaxshi yugurar ekansizlar», deb ularni maqtab g‘qo‘yish kerak.



Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling