O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 176.5 Kb.
bet10/12
Sana03.10.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1690716
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8 МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ЖИСМОНИЙ РИВОЖЛАНИШИДА

«ChIZIQNI BOSMA!»

O‘yindan maqsad bolalarni qoidaga amal qilgan holda harakatlarni mustaqil bajarishga va muvozanatni saqlashga o‘rgatishdir.


Tarbiyachi polga uzunligi 3—4 metr, bir-birlaridan 40—50 sm uzoqlikda ikkita yonma-yon chiziq chizadi. o‘yinda qatnashuvchilar navbat bilan chiziqni bosib olmaslikka harakat qiladilar. «Yo‘lak»ning oxirida bola o‘rnidan turadi, ikkala qo‘lini yuqori ko‘tarib kerishadi, keyin dastlabki holatga, o‘z joyiga qaytib keladi.
Bu o‘yinda polga qo‘yilgan taxtadan foydalanish ham yaxshi natija beradi.


«EHTIYoT BO‘L!»

O‘yinning mag‘sadi bolalarni muvozanatni saqlab yurishga o‘rgatish, ularni qo‘rqmas qilib tarbiyalashdan iborat.


Bolalar gimnastika skameykasi yoni bo‘ylab terib qo‘yilgan stullarda o‘tiradilar. Bolalar bitta-bittadan skameykaning oxiriga kelib, tizzalariga tayangan holda, skameyka chetidan qo‘llari bilan ushlab, ustidan emaklagancha, uning narigi boshigacha boradilar. Skameykaning oxiriga yetgach, bola o‘rnidan turadi va undan tushadi.
Tarbiyachi bolaga yordam beradi, uni ushlab boradi. Mashg‘ni qiya qilib qo‘yilgan taxta ustida o‘tkazish ham mumkin, bunda yuqoriga ham, pastga ham emaklasa bo‘ladi.


«TO‘P DOIRADA»

O‘yindan maqsad bolalarga to‘pni bir-birlariga yumala­tishni o‘rgatishdir.


Bolalar polda doira bo‘lib o‘tiradilar va koptokni bir-birlariga yumalatadilar.
Tarbiyachi doiradan tashqarida turib o‘yinni kuzatadi, to‘pni ikki qo‘llab yumalatish kerakligini tushuntiradi, buni qanday bajarish zarurligini ko‘rsatib beradi; agar to‘p doiradan chiqib ketsa, uni olib berib turadi va hokazo.
«TO‘PNI ILIB OL!»

Bu o‘yinda bolalarga to‘pni ikki qo‘llab pastdan irqitish va uni yerga tushirmasdan ilib olish o‘rgatiladi. Masofani ko‘z bilan chamalash mashg‘i amalga oshiriladi.


Bolalar davra qurib turadilar. Tarbiyachi o‘rtada turib, kichikroq to‘pni qo‘lida pastlatib ushlab: «Yusuf, to‘pni ilib ol!», deydi va bolaga to‘pni otadi. Bola to‘pni ilib olib, uni tarbiyachiga irg‘itadi.
Tarbiyachi bolalar to‘pni ikki qo‘llab past tomondan shaxt bilan irg‘itishlarini, ilayotganda qo‘llarini sal oldinga uzatib, to‘pni ko‘kraklariga bosmay, barmoqlari bilan ilishlarini kuzatib turadi.



Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling