O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 176.5 Kb.
bet12/12
Sana03.10.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1690716
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8 МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ЖИСМОНИЙ РИВОЖЛАНИШИДА

«QO‘LGA TUShIB QOLMA!»

Maydonchada doira chiziladi. Bolalar yarim qadam masofada doira atrofida turadilar. Tarbiyachi o‘yinni olib boruvchini belgilaydi va u doira ichida xohlagan joyda turadi. Bolalar chiziq ustidan doira ichiga sakraydilar. o‘yinni olib boruvchi yugurib, ularga tegmoqchi bo‘lib harakat qiladi, u yaqinlashishi bilan bolalar doira chetiga chiqib oladilar. qaysi bolalarga qo‘li tekkan bo‘lsa, u yutqazgan hisoblanadi, lekin o‘yinda qatnashaveradi. 30—40 sekunddan keyin tarbiyachi o‘yinni to‘xtatib, yutqaz­ganlarni hisoblaydi. Keyin yutqazmaganlar orasidan yangi o‘yinni olib boruvchi tayinlanadi.




«MENING QUVNOQ, ShO‘X KOPTOKChAM»

Bolalar xonaning yoki maydonchaning bir tomoniga qo‘yilgan stullarda o‘tirishadi. Tarbiyachi ulardan sal nariroqda turadi, koptokni qo‘l bilan urib, uning qanday yengil va baland uchishini ko‘rsatib beradi hamda Zafar Diyorning quyidagi qo‘shig‘ini aytadi:


To‘pim to‘p-to‘p etasan,


Ursam uchib ketasan.
Hakkalanib nariga
Do‘stlarimga yetasan.

Keyin 2—3 ta bolani chaqirib, koptokni ushlab turgan holda irg‘ishlab sakrashni taklif qiladi. Tarbiyachi boyagi qo‘shig‘ni aytib, koptok bilan yana mashqni takrorlaydi. qo‘shiqni aytib bo‘lgach, bolalarga qarab: «Hozir sizlarga yetib olaman!» deydi. Bolalar sakrashdan to‘xtab, tutib olmoqchiga o‘xshab harakat qilayotgan tarbiyachidan nariroqqa qochib ketadilar.


O‘yinni takrorlash paytida tarbiyachi ko‘proq bolalarni chaqiradi. O‘yinni yakunlar ekan, hamma bolalarga baravariga koptokka o‘xshab sakrashni taklif qiladi va qo‘shiqni bolalarning sakrash sur’atiga qarab tez aytadi (bu sur’at ancha tezdir). Agar bolalar koptokka o‘xshab sakrashni bilmasalar, ularga buning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berish zarur.

Xulosa
Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash tizimida organizmni chiniqtirish katta o‘rin tutadi.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi – sog‘lom, kuchli, irodali insonlarni tarbiyalashdan iboratdir.
Bolalar organizmini chiniqtirish ham shu maqsadga xizmat qiladi. Bu ishlarni amalga oshirishda maktabgacha yoshdagi bolalar talim muassasalari oilaning ishongan yordamchisiga aylangan.
Bu esa shu soha hodimlarini maktabgacha yoshdagi bolalar talim muassasalari ishini yanada takomillashtirishni, tarbiyaviy hamda sog‘lomlashtirish choralarning barcha komplekslarni yaxshilashni aktual masala qilib qo‘yadi.
Xozirgi kunda bolalar kasalligini kamaytirish eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Keskin kontinental iqlimli O‘zbekiston sharoitida bolalarda nafas olish organlarining kasallanishi maktabgacha yoshdagi bolalarda tez-tez kuzatiladi. Bu hol sog‘lomlashtirish choralarini tadbiq etishni talab etadi.
Bola organizmining shakllanishiga ijobiy tasir ko‘rsatuvchi omillar ichida bir qancha chiniqtirish tadbirlarini o‘z ichiga oluvchi sog‘lomlashtirish tadbirlari eng muhim o‘rinlardan birini egallaydi.
Bu tadbirlarning tasiri bola organizmining chidamliligini oshirishga, tashqi muhitning salbiy tasiriga qarshilik ko‘rsata olishga shuningdek, ob-havoning tez hamda keskin o‘zgarib turishga moslashuvining yaxshilanishiga qaratilgandir.
Chiniqtirish vositalari avvalo tabiiy omillar, yani havo, suv va quyosh nurlaridir. Har bir tabiiy omil gigiena talablariga javob bergan taqdirdagina undan sog‘lomlashtirish maqsadida foydalanish mumkin. Havo va suv toza bo‘lishi, yani kimyoviy, mexanik jihatidan va bakteriyalar bilan ifloslanmagan, malum haroratga ega bo‘lishi kerak, bundan tashqari havoni namligi va harakat tezligini hisobga olish zarur.
Quyosh nuri yordamida chiniqtirishda kun vaqti muhim ahamiyatga egadir, chunki ertalab, tushda va tushdan keyin quyosh nurlarining yer ustiga intensiv tasiri va tushish burchagi turlicha bo‘ladi.
Chiniqtirish tadbirlari faqat asosiy qoidalarga rioya qilingan taqdirdagina ijobiy natija beradi:

  1. Har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish.

  2. Kuzatuvchi tasirlar kuchini asta-sekin oshirib borish.

  3. Chiniqtirish tadbirlaridan yilning to‘rt faslida muntazam foydalanish.

  4. Barcha chiniqtirish tadbirlarini bolada ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otilgan holda amalga oshirish.

Tadbirlar bolaning kun tartibdan mustahkam o‘rin olishi va sutkaning har xil vaqtlarida o‘tkaziladigan odatdagi tadbirlar uyqu, sayr, o‘yin, yuvinish, gigiena vannalari va hokazolar bilan yil davomida muntazam o‘tkazib turilishi zarur.
Maktabgacha talim muassasalarida sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish guruh xonalari havosini sanitariya-gigienik rejimiga rioya qilinish asosidagi chiniqtirish tadbirlari, guruh xonalarini shamollatishning qat’iy rejimiga, xarorat normalariga rioya qilish, shuningdek gidroionizatsiyani amalga oshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Toza havo bola organizmining to‘g‘ri o‘sish va rivojlanishi uchun zarurdir, binobarin, bu atmosferaga ham, shuningdek, bola yashaydigan xonaning havosiga ham bog‘liqdir. Toza havo ayniqsa, bola organizmini to‘g‘ri o‘sish va rivojlanishda, bolalarning yuqumli kasalliklariga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga egadir. Xavodan sog‘lomlashtirish maqsadlarida foydalanishni bolalar bo‘ladigan xonalarni tez-tez shamollatib turish bilan erishiladi.
Yilning sovuq oylarida guruh xonasining oynalari va oyna darchalari bolalar yo‘qligi vaqtida ochib qo‘yiladi va xona shamollatiladi. Xonadagi xaroratning pasayishidan bolalarni chiniqtirish maqsadida foydalanish mumkin. Yozda esa derazalar kun bo‘yi ochib qo‘yilishi kerak, oynalar ultrabinafsha nurlarni o‘tkazmaydi. Xonani quyoshning ultrabinafsha nurlari bilan insolyatsiya qilish havoni zararsizlantirishda katta rol o‘ynaydi. Kuz va qish faslida xonani zararsizlantirish uchun ultrabinafsha nur manbalardan (simob-kvarsli lmpadan) foydalanish maqsadga muvofiq.
Sog‘lomlashtirish tadbirlari tizimi ichida bolalarning ochiq havoda kun tartibi bo‘yicha sayr qilishiga yurishiga alohida etibor qaratiladi. Sayr vaqtida har bir bola hatti-xarakatning fiziologik imkoniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, unga individual yondoshmoq kerak. Yilning issiq faslida chiniqishning eng yahshi vositasi yalang oyoq yurishdir. Bunga oyoqqa faqat havogina emas balki pol, yer va o‘tlar ham tasir qiladi.
Bolalar uchun mos kiyim tanlash chiniqish jarayonida katta ahamiyatga egadir. Kiyim avvalo ob-havo havo tasirini susaytiradi. Yilning issiq fasllarida u organizmni isib ketishidan, qishda sovuq paytida-sovuq qotishdan asraydi. Bolalar kiyimida tikiladigan matoning havo o‘tkazuvchanligi uning eng foydali hususiyatidir.
Bahorda, O‘zbekiston sharoitida, bolalarning butun hayoti ko‘kalamlashtirilgan maydonchalarda o‘tadi. Bunda har bir guruh o‘zining soyabonli maydonchasiga ega bo‘ladi. Yoz vaqtida bolalar soyada o‘ynab nur va havo vannalarni qabul qiladilar. Nur va havo vannalarni qabul qilish uchun eng qulay payt ertalab soat 8 dan 10 gacha bo‘lgan vaqtdir. Quyosh vannasini qabul qilishdan oldin bolalar malum vaqtgacha soyada o‘ynashlari kerak va bir necha kun o‘tgandan keyingina ularni issiqqa chiqarish mumkin. Bolalarning oftobda sayr qilishini tarbiyachi boshqarib boradi. Dastlabki kunlarda 5-8 minutgacha yurish ruxsat etiladi, bu muddat keyinchalik asta-sekin oshirilib borib, 30 minutga yetkaziladi, lekin bundan ortishi mumkin emas. Quyosh vannasi suv tadbirlari bilan tugash kerak.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI :

  1. “Bolajon” dasturi. T., 2010 yil.

  2. “Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik ko‘llanma. T., 2001 yil.

  3. Usmonxujaev T. “Sog‘lom bola – el boyligi”. T., “Yangi asr avlodi” nashriyoti-2005 yil.

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari T., 2012 yil.



Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling