O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 176.5 Kb.
bet7/12
Sana03.10.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1690716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8 МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ЖИСМОНИЙ РИВОЖЛАНИШИДА

«ARIQDAN SAKRAB O‘TISh»

O‘yindan maqsad bolalarni qoidaga amal qilishga, choqqonlikka o‘rgatish, sakrash va yugurish kabi harakatlarni mustahkamlash, muskullarini rivojlantirishdir.


Polga taxta tashlab qo‘yiladi (eni 25—30 sm, uzunligi 2—2,5 m). Bu ariqning ko‘prigi bo‘ladi. Arig‘ning narigi qirg‘og‘ida lolaqizg‘aldoqlar, bo‘tako‘zlar, moychechaklar va bog‘da rang-barang gullar ochilib yotibdi (gilam ustiga har xil rangdagi laxtak qiyiqlari tashlab qo‘yiladi). Bolalar ariqning narigi qirg‘og‘iga ko‘prikdan o‘tadilar, gul teradilar (cho‘nqayib o‘tiradilar, engashadilar), keyin uyga qaytib keladilar. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi.
Tarbiyachi bolalarning faqat ko‘prikdan o‘tishlarini kuzatib: «Ariqda suv tez oqadi, chuqur, ehtiyot bo‘lib o‘tinglar, oyoqlaringizni ho‘l qilib qo‘ymanglar», deb turadi.


«KIM SEKIN YuRADI?»

Bu o‘yinda bolalar dig‘g‘atni rivojlantirishga, aytilgan so‘zlarga mos harakat g‘ilishga odatlantiriladi.


Bolalar tarbiyachilar bilan birga boradilar. Kutil­maganda tarbiyachi bunday deydi: «qani, kim sekin-sekin yurishni yaxshi bilar ekan, oyoq uchlarida bunday yuring» (ko‘rsatadi). Bolalar oyoq uchlariga ko‘tariladilar va mumkin qadar sekin yurishga harakat qiladilar. qaysi tomonga qarab ketayotgan bo‘lsalar, o‘sha yo‘nalishda yo‘lni davom ettiradilar. Keyin tarbiyachi bildirmasdan chetga chiqib oladi-da: «Endi esa hamma mening oldimga yugurib kelsin», deydi. Bolalar tarbiyachining oldiga yugurib kelib, uni o‘rab olishadi. Tarbiyachi bolalar bilan gaplashadi, mashqni g‘ayrat bilan yaxshi bajarganliklarini ta’kidlab o‘tadi.
Uch yoshdagi ayrim bolalar oyoq uchida yurgan vaqtlarida boshlarini g‘ayritabiiy engashtirib, uni yelka tomonga qisib yuradilar. Shunday qilganda ular sekinroq yurayotganga o‘xshaydilar. Bolalarga bunday harakatlarni ko‘rsatib, ularni tuzatishga harakat qilish kerak. Oyoq uchida yurish tovon-to‘pig‘larni mustahkamlaydi, shu sababli u bolaning jismoniy rivojlanishi uchun juda foydali mashq hisoblanadi. Biroq bolalarni bu mashqni uzoq vaqt bajarishga majbur qilib, ularni toliqtirib qo‘ymaslik kerak. o‘yin 3—4 marta takrorlanadi.



Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling