O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Download 1.56 Mb.
bet35/81
Sana15.03.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1269306
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
Bog'liq
УМК ИШ ЮРИТИШ (2)

Hujjatlashtirish -biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi.
Ish yuritish - bu korxonalarning o‘z funktsiya va vazifalarini bajarish davomida hujjatlar ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari majmuasidir.
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Ichki hujjatlar -ayni tashkilotning o‘zida tuziladigan va shu tashkilot ichida foydalaniladigan hujjatlardir
tashqi hujjatlardir-muayyan tashkilotga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir.
sodda hujjatlar -muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi;
murakkab hujjatlar -ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi
Qolipli hujjatlar-odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida mashinkada yoki qo‘lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha “yozmoq” emas, balki “to‘ldirmoq” so‘zi ishlatiladi.
Xizmat hujjatlari-tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlar
Shaxsiy hujjatlar- yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k).
Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir.
Nusxa-ssl nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda nusxaning o‘ng tomonidagi yuqori burchagiga “namuna” degan belgi qo‘yiladi
Tashkiliy hujjatlar-mazmunan tashkilot va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqarish jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabilar kiradi. Ma’lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling