O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti alimov T. A., Ajabov A. Q., Mirtoshev Z. D


Download 0.52 Mb.
bet9/22
Sana25.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1119454
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
МАСАЛАЛАР 2013 йил

Mustaqil yechish uchun masalalar:



  1. Yoritgichni chiqishida uning porlash gorizont tekisligi bilan ψ burchak hosil qilsa u holda Cosψ=SinφSec; ekanligini isbotlang, bunda φ kuzatish joyining kenglamasi,  yoritgichning og’ish koordinatasi.

  2. Shimoliy qutbiy aylanada Quyosh azimutini sutkalik o’zgarishini absolyut qiymati uning uzunlamasini sutkadagi o’zgarishiga tengligini isbotlang.

  3. Qaysi geografik kenglikdan boshlab oq tunlar boshlanadi, ya’ni grajdancha oq tunlar tugallanadi. (javob: φ=60o34)



IX – amaliy mashg’ulot.
Presesiya va nutasiya

  1. Presesiya tufayli olam qutbi qancha vaqtda 5o li yoy chizadi?

Berilgan: AB=5o , T=2600
Topish kerak: t=?
Yechish:
Presesiya davri 26000 yil ekanligini va bu davr davomida 360o ga teng masofa bosib o’tilganligini nazarda tutsak. yilda o’tishini topamiz.

  1. Presessiya hodisasini bo’lmasligi uchun alohida-alohida qaysi ikkita shartning bajarilishi zarur va yetarlidir.

Yechish:
Presessiya hodisasini bo’lmasligi uchun birinchidan Yer sfera shaklidagi birjinsli ya’ni teng zichlikli qatlamalardan iborat bo’lishi kerak. Ikkinchidan Yer ekvatori Oy orbitasi va ekliptika tekisliklari ustma-ust tushishi kerak. U holda mexanikaning qonunlariga ko’ra har qanday uzoq vaqt davomida Yerning aylanish o’qining yo’nalishi va davri doimiy qolar edi.



  1. Presessiya hodisasi tufayli 13000 yildan keyin bahorgi tengkunlik nuqta qaysi yulduzlar turkumida bo’ladi.

Yechish:
Hozirgi paytda bahorgi tengkunlik nuqta “baliq” turkumida joylashgan bo’lsa, kuzgi tengkunlik nuqta “Deva” turkumida joylashgan. Kuzgi tengkunlik nuqta bahorgi tengkunlik nuqtadan 180°-li masofada joylashgan. Bahorgi tengkunlik nuqtani har yili 50.26 masofaga janubga tomon siljishini hisobga olsak bo’ladi (1°=3600) Shuning uchun 13000 yildan keyin bahorgi tengkunlik nuqta “Deva” yulduzlar turkumida bo’ladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling