O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti alimov T. A., Ajabov A. Q., Mirtoshev Z. D


Download 0.52 Mb.
bet8/22
Sana25.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1119454
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
МАСАЛАЛАР 2013 йил

Mustaqil yechish uchun masalalar:



  1. Grigorian taqvimi yilning davomiyligi va xatosini aniqlang.(Javob mos ravishda 365,2425; 0,0003 o’rtacha sutka)

  2. Yegipt taqvimi bo’yicha yil davomidagi 365 sutkaga tengdir.

a) Bunday taqvim xatosi qancha ?
b) Qachon bahorgi tengkunlik kuni kuzda bo’ladi?
v) 100yildan keyin bu taqvimi bo’yicha bahorgi tengkunlik qaysi kuni bo’ladi ?
(Javob: a) 0,2422 sutka; b) 730 yildan keyin; v) 15 aprel kuni bo’ladi.)

  1. Nyuton eski stil bo’yicha 25 dekabr 1642 yili tug’ilgan. Yangi stil bo’yicha bu qaysi kunga mos keladi (Javob: 7 yanvar 1642 yilga mos keladi).

  2. Grigorian taqvimi yilining o’rtacha davomiyligi va xatosini toping. (Javob: 365,2425, 0,0003 sutka)



VIII - amaliy mashg’ulot.
Yoritgichlarni chiqishi va botishi



  1. Sutka davomida quyoshning zenit masofasi 90o–ga teng bo’ladi?

Yechish:
Sutka davomida ikki marotaba quyosh chiqayotganda va botayotganda u gorizontda bo’lganligi sababli uning zenit masofasi g’=90o- teng bo’ladi.

  1. Yulduz shimoliy sharqdan chiqib, shimoliy g’arbda bota oladimi? Janubiy g’arbda bota oladimi?

Yechish:
Yoritgichlarni chiqishi va botishi Yerning o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqga tomon harakati tufayli vujudga keladi, shuning uchun shimoliy sharqda chiqqan yoritgich shimoliy g’arbga botadi. Janubiy g’arbda bota olmaydi.

  1. Yoritgichning og’ishi 0o – ga tengdir. Uniig azimuti va chiqishi hamda botishi momentlarini toping.

Berilgan: δ= 0o
Topish kerak: AYe=? , t=? , AW=?
Yechish:
Bunday yoritgich aniq ekvator yoyi bo’yicha harakat qiladi. Shuning uchun bunday yoritgich aniq sharq nuqta Ye-da chiqadi, g’arb nuqta W-da botadi. Shuning uchun chiqishda azimuti AYe=t=270o , botishda AW=t=90o bo’ladi.

  1. Gorizont tekisligidan yuqorida 12 soatdan kam vaqt ko’rinuvchi yulduzlar gorizontning qaysi nuqtalari orasida chiqib, qaysi nuqtalari orasida botadi? 12 soatdan ko’p vaqt ko’rinuvchi yulduzlarchi ?

Yechish:
Gorizontning janubiy sharq nuqtasida chiqib, janubiy g’arb nuqtada botuvchi yulduzlar gorizont ustida 12 soatdan kam vaqt bo’lsa, gorizontning shimoliy va sharqiy nuqtalari orasida chiqib, shimoliy va g’arbiy nuqtalari orasida botadigan yulduzlar, gorizont tekisligidan yuqoriga 12 soatdan ko’p bo’ladi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling