Mustaqil yechish uchun masalalar:
Geografik kengligi 23°27 bo’lgan kuzatish joyida olam qutbini gorizontal koordinatalari qanday?
G’arb nuqtasini va sharq nuqtasini soat burchagini aniqlang.
Quyoshni 21 mart, 22 iyun, 23 sentyabr va 22 dekabr kunlaridagi soat va og’ish koordinatalarini aniqlang.
IV - amaliy mashg’ulot.
Astronomik koordinatalar sistemasi
G’arb nuqtasini va sharq nuqtasini soat burchagini aniqlang.
Topish kerak: Yechish:
tw=? Soat burchagi olam ekvatorini yuqori Q nuqtasidan
tE=? boshlab osmon sferasining ko’rinma aylanish tomon
ya’ni g’arb tomon o’lchanganligi uchun
tw=90°=6soat, tE=270°=18soat; 1soat=15°;
Bahorgi tengkunlik nuqtasining to’g’ri chiqishi va og’ishi qancha?
Topish kerak: Yechish:
αγ=? δγ=? To’g’ri chiqish koordinatasi bahorgi tenglik nuqtasidan boshlab ekvator aylanasi bo’ylab o’lchanadi, og’ish esa ekvator aylanasidan boshlab og’ish aylanasi bo’ylab o’lchanadi γ nuqta olam ekvatori ustida yotganligi uchun αγ= δγ=0.
Osmon sferasi qaysi nuqtasini to’g’ri chiqishi va og’ishi nolga tengdir. Bu nuqtaning astronomik kenglamasi va uzunlamasi qancha?
Topish kerak: Yechish:
λγ=? Bahorgi tengkunlik nuqtasini to’g’ri chiqishi va og’ishi
βγ=? nolga tengdir αγ= δγ=0; Bu nuqtaning astronomik
kenglamasi va uzunlamasi ham nolga tengdir, chunki γ nuqta olam ekvatori va ekliptika kesishi nuqtasi bo’lib λ, γ nuqtadan boshlab ekliptika aylanasi bo’ylab o’lchansa β ekliptika aylanasidan boshlab o’lchanadi. Shuning uchun λγ= βγ=0.
Ekliptika shimoliy qutbini to’g’ri chiqishi va og’ishini aniqlang.
Topish kerak: Yechish:
αp=? To’g’ri chiqish koordinatasi bahorgi tengkunlik
δp=? Nuqtasidan boshlab berilgan nuqtaning og’ish
aylanasigacha o’lchanadi, shuning uchun αp= 270°=18soat, bo’lib og’ish olam ekvatoridan boshlab o’lchanganligi uchun δp=90°-23°26=66°34
Do'stlaringiz bilan baham: |