Mustaqil yechish uchun masalalar:
Moskva shahrida (φ=55°45) Vega yulduzi (δ=+38°42) yuqori kulminasiyasida bo’lganda uning zenit masofasi qanday bo’ladi? (Javob 17°3)
Yulduz shimoliy qutbdan 15° orqada bu yulduz Sankt-Peterburgda (φ=59°57) hamma vaqt gorizont ustida bo’ladimi? (Javob δ=75°, yulduz yuqori kulminasiyasida h>0 bo’lib yulduz hamma vaqt yuqori kulminasiyasida bo’ladi)
Yulduzning qutbiy masofasi 20°15 – ga teng bunday yulduz Vologda shahrida (φ=59°13) kulminasiyada bo’lganda zenit masofasi qanday bo’ladi. (Javob: Z=51°2)
Arxangelsk (φ=64°32) shahrida quyi kulminasiyasida kuzatiladigan yulduzning og’ishi qanday. (Javob: δ=35°28)
III - amaliy mashg’ulot.
Astronomik koordinatalar sistemalari
Osmonnong qaysi nuqtasida og’ish -90° bo’ladi.
Yechish: Yoritgichlarni og’ish koordinatasi olam ekvatoridan boshlab shimoliy qutb tomon 0° dan 90° gacha o’zgaradi, Janubiy qutb tomon 0° dan -90° gacha o’zgaradi. Shuning uchun osmon sferasini janubiy qutbida og’ish -90° ga tengdir.
Shimol, janub, sharq va g’arb nuqtalarining azimutlari qancha?
Topish kerak:
AN=?, Aw=?; AE=?; AS=?
Yechish: Azimut osmon sferasining janubiy S nuqtasidan boshlab osmon sferasining ko’rinma aylanishi tomon ya’ni g’arbga tomon o’lchanadi, shuning uchun AN=180°, Aw=90°; AE=270°; AS=0°
Qutb yulduzi olamning shimoliy qutbidan 58 ga yaqin joylashgan, uning og’ishini toping.
Berilgan: Yechish:
R=58 Qutbiy masofa va og’ish yig’indisi 90° bo’lib, bundan
---------------- δ=90°-P=90°-58=89°2
δ=?
Geografik kengligi 42° bo’lgan joyda zenit nuqtasining og’ishini toping.
Berilgan: Yechish:
φ=42° Zenit nuqtaning yuqori Q nuqtasining zenit masofasiga ---------------- va u joyning gegrafik kengligiga tengdir: δz=ZQ=φ=42°
Do'stlaringiz bilan baham: |