O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti alimov T. A., Ajabov A. Q., Mirtoshev Z. D


Download 0.52 Mb.
bet5/22
Sana25.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1119454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
МАСАЛАЛАР 2013 йил

Mustaqil yechish uchun masalalar:

  1. Quyoshning 21 mart, 22 iyun, 23 sentyabr va 22 dekabrdagi astronomik kenglamasi va uzunlamasini toping.

  2. Qaysi shartlar bajarilganda yulduz chiqib kulminasiyaga erishguncha uning azimuti o’zgarmaydi?

  3. Astronomlar geografik tenglamasini 0.1” aniqlikda o’lchab olishsa meridian bo’ylab kilometr hisobida, bu qanday maksimal xatolikga mos keladi. (Javob 3 metr)

  4. Ekliptika shimoliy va janubiy qutblarini astronomik kenglamasini va uzunlamasini aniqlang.

V - amaliy mashg’ulot.
Quyoshning ko’rinma harakatlari



  1. Qachon Quyoshning zenit masofasi 90° ga azimuti esa 0° -ga teng bo’ladi?



Topish kerak: Zo=90° ? Ao=0° ?


Yechish: Quyosh har kuni chiquvchi va botuvchidir, u chiqayotganda va botayotganda zenit masofasi 90° ga teng bo’lib, yarim kunda u osmon meridianini kesib o’tish paytida azimuti 0° ga teng bo’ladi.



  1. Quyosh ekliptika bo’ylab o’zining yillik ko’rinma harakati davomida qancha vaqtda o’zining diametriga teng bo’lgan masofani bosib o’tadi?



Topish kerak: Yechish:
t=? Quyosh ko’rinma yillik harakat qidadi, bunda u yulduzlar
osmonining g’arbidan sharqiga tomon ko’chib har sutkasiga 1°=60' tengligini va Quyosh gardishining diametri d=31’ ekanligini hisobga olsak, u ko’rinma yillik harakati natijasida 31’ masofani taxminan t=d/60sutka=31/60≈0.5 sutka=12soatda bosib o’tadi.



  1. Quyoshning uzunlamasi 22 sentyabr, 1 oktyabr va 1 yanvar kunlari nimaga teng?



Topish kerak: Yechish:
λ=? Quyoshning har sutkada ekliptika bo’ylab harakati davomida u har sutkada 1° ga ko’chishini hisobga olamiz. Biz bilmizki, ki 22 iyun Quyosh yozgi Quyosh turish holatida bo’lib uning uzunmasi λ=90° ga tengdir, 22 sentyabrni 22 iyundan 90 kun ajratadi, shuning uchun 22 sentyabrda Quyosh uzunmasi λ=180° bo’lib, 1 oktyabrni 22 sentyabrdan 8 kun farqi bor shuning uchun 1 oktyabrda Quyosh uzunmasi 188° bo’lib, 1 yanvar 1 oktyabrdan 92 kun orqada shuning uchun 1 oktyabrda Quyosh uzunmasi λ=188°+92°=280° bo’ladi.



  1. Quyoshning to’g’ri chiqish va og’ish koordinatalari 22 mart va 23 oktyabr kunlari nimaga teng?



Topish kerak: Yechish:
α=? δ=? Quyosh yillik harakati davomida ekliptika egri chizig’i bo’yicha ko’chadi, 21 mart kuni Quyosh bahorgi tengkunlik, 23 sentyabr kuni kuzgi tengkunlik nuqtalarida bo’ladi bu nuqtalar ekliptika va ekvator kesishi nuqtalari bo’lganligi sababli
α=0° bo’lib 23 sentyabrda α=180/15soat=12soat, δ=0° dir.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling