O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

go‘zallik
»


Didro, falsafada haqiqat qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, go‘zallik san‘atda xuddi shunday muhimligini 
ta‘kidlar ekan, bir san‘at turidagi go‘zallik ikkinchi san‘at turi uchun, bir hodisadagi go‘zallik ikkinchi hodisa uchun 
mohiyatan bir xil esa-da, bizning narsa-hodisaga bo‘lgan munosabatimiz tufayli ularni har xil nom bilan atashmiz 
mumkin deydi: axloqdagi go‘zallik – axloqiy, musiqadagi go‘zallik – musiqiy, tabiatdagi go‘zallik – tabiiy v.h. 
San‘atdagi go‘zallikning asosida badiiy haqiqat yotadi; mazmun haqqoniyligi va badiiy soddalik – mana san‘atdagi 
go‘zallikning asosiy sifatlari. «Go‘zallik ezgulik va haqiqat, – deb yozadi Didro «Rangtasvir borasidagi tajriba» 
risolasida, – qo‘lni-qo‘lga berib bir yo‘ldan borishadi. Dastlabki ikki sifatdan biri qandaydir kamdan-kam 
uchraydigan yoki qanaqadir fojeaviy holatga tushishi bilanoq – haqiqat go‘zallikka aylanadi. Agar uch jismli 
kompozistiyani qog‘oz yuzidagi uch nuqtani joylashtirish bilan hal qilsangiz, u holda bu – nochor haqiqat, aqldagi 
jonsiz haqiqat. Bordiyu, shu uch jismdan biri – bizni kunduzi nurafshon etadigan quyosh, ikkinchisi – tunda yog‘du 
sochadigan oy, uchinchisi – o‘zimiz yashayotgan Er kurrasi deb tasavvur qilinsa, shu zahotiyoq bu haqiqat ulug‘vor 
va go‘zal haqiqatga aylanadi»


Didroning mazkur fikrlari, ko‘rinib turibdiki, nafaqat haqiqat, ezgulik va go‘zallikning o‘zaro aloqalariga 
taalluqli, balki ularda badiiy tafakkurning ilmiy yoki odatiy jo‘n tafakkurdan farqini, bu farqda namoyon bo‘ladigan 
tasavvurning roli beqiyos ekanini anglatadi. 
Did masalasi ham Didro estetikasida muhim o‘rin tutadi. U, Hyumdan farqli o‘laroq, estetik did faqat yaxshi 
yoki maxsus badiiy tarbiya ko‘rgan odamlardagina mavjud bo‘ladi, degan fikrni rad etadi, didning demokratik 
xususiyatini ta‘kidlaydi. Ayni paytda go‘zallik hissining tug‘ilishi borasidagi Didroning fikrlari ham did bilan 
bog‘liq, u Yevropa estetikasi tarixida Kantdan ancha avval go‘zallikning «tahlilsiz» (tushunchalarsiz), to‘g‘ridan-
to‘g‘ri, did yordamida idrok etilishini aytib o‘tadi. «Go‘zallik hissi, – uzoq davom etgan kuzatishlar mevasi. Biroq 
biz bu kuzatishlarni qachon amalga oshiramiz? – deb so‘raydi va unga o‘zi javob beradi. – Har soatda, har daqiqada. 
Aynan ana shu kuzatishlar bizni tahlil qilish zaruratidan ozod qiladi. Did, o‘z hukmining sabablarini hali anglab 
etmasdanoq, darhol hukm chiqaradi; ba‘zan esa bu sabablarni u samarasiz qidiradi va ularni topolmasa ham, baribir, 
o‘z aytganidan qolmaydi... Did, yaxshi did dunyo kabi, odam kabi va fazilat kabi qadimiydir; asrlar uni faqat 
takomillashtirib boradi, xolos»

.
Didroning san‘at turlariga doir qarashlari ularning real hayotda tutgan o‘rnidan kelib chiqadi. Mutafakkir 
san‘atning barcha o‘ziga xosliklari bilan bir qatorda, uning ijtimoiy tabiatiga ega ekanini qayta-qayta ta‘kidlaydi; 
adabiyot, teatr, umuman san‘at millat tarbiyasida nihoyatda katta rol o‘ynaydi. San‘at insoniyat taraqqiyotiga xizmat 
qilishi, xalqning ruhini ko‘tarishi kerak. San‘atkor fazilatni – yoqimli, illatni – jirkanch, kulgili narsani kulgili qilib 
tasvirlashi lozim. Haqiqat, ezgulik va go‘zallikning kelib chiqishi tajribaviylik bilan bog‘liq. SHu bois xurofotga 
qarama-qarshi o‘laroq, axloq, san‘at, fan tabiatni, shu jumladan, o‘z tabiatimizni biz qay darajada bilishimizga qarab 
ravnaq topadi. Toki inson uchun oliy qiziqish insonning o‘zi ekan, san‘at axloqiylikka, insoniyat jamiyatining 
ravnaqiga xizmat qilishi, ezgulik tantanasi uchun kurashishi kerak. 
Demak, san‘at har ikki tabiatga taqlidan rivojlanishi lozim, har bir san‘at turining taqlid vositasi bor: she‘riyat 
– so‘z, rassomlik – rang, musiqa – ohang bilan taqlid qiladi v.h. Ayniqsa «katta» tabiatda taqlid ob‘ektlari san‘atkor 
ko‘ziga yaqqol tashlanadi: har bir tabiat yaratgan narsaning o‘z tabiati, xarakteri bor. «Jonsiz narsalarda xarakter 
bo‘lmaydi deyish to‘g‘ri emas. Metall va toshlar o‘z xarakteriga ega. Kim oramizda o‘rmondagi tolning 
egiluvchanligini, terakning adlligini, qarag‘ayning to‘g‘riligi, emanning ulug‘vorligini ko‘nglidan o‘tkazmagan? 
Gullar ichida esa atirgulning nozini, g‘unchaning uyatchanligini, liliyaning (piyozgulning) mag‘rurligini, 
binafshaning kamtarligini, qizg‘aldoqning beparvo nazokatini kim sezmagan?»


SHuningdek, Didroning nazdida san‘at turlari inson tabiatiga, jamiyat tabiatiga o‘xshaydi. «Spektakl, – deb 
yozadi Didro «Aktyor haqida antiqa gaplar» degan mashhur asarida, – har bir a‘zosi barcha uchun va butunisicha 
jamiyat uchun o‘z haq-huquqlarini qurbon qiladigan, yaxshi tashkil etilgan jamiyatga o‘xshaydi. Kim bu fidoyilik 
mezonini hammadan yaxshi baholay oladi?.. Jamiyatda, bu – adolatli inson, sahnada – sovuq aql bilan ish 
ko‘radigan aktyor. Sizning ko‘chadagi tomoshangiz sahnasi dramatik sahnaga xuddi yovvoyilar o‘rdasi 
stivilizastiyalashgan jamiyatga qaragandek munosabatda bo‘ladi»


Didro «sovuq aql bilan ish ko‘rish» deganda, ortiqcha yonib-jo‘shishlarga, balandparvoz tuyg‘ularga 
berilishni nazarda tutadi. Uning nazdida hissiyotini jilovlay bilmagan aktyor bir xil darajada rol o‘ynay olmaydi. 
Uning muvaffaqiyati ham, nuqsoni ham bir xildagi tasodifiylik tabiatiga ega. SHu bois Didro aktyordan o‘z roli va 
yaratayotgan badiiy qiyofasining umumiy ma‘nosidan kelib chiqqan holda, oqilonalik bilan o‘zini boshqarishni talab 
qiladi. Estetik idrok etishda ham u asarga hissiyotdan kelib chiqib baho berishni tavsiya etmaydi. Zero aql ko‘pincha 

O‘sha manba. S. 117. 

Дидро Д. Салоны в двух томах. Т. 1. М., Искусство, 1989. С. 240. 

Дидро Д. Салоны. Т.2. С. 326. 


hissiyot sezmasdan qoldirib ketgan yoki ortiqcha ko‘pirtirib yuborilgan narsalarni topadi va hissiyotning xatosini 
tuzatadi. 
Buyuk franstuz mutafakkiri va uning estetik ta‘limoti to‘g‘risida yana ko‘plab mulohazalar bildirish mumkin. 
Lekin imkon nuqtayi nazaridan xulosa yasaymiz: Didro o‘z davri ma‘rifatparvarlarining izlanishlarini umumlashtira 
olgan va san‘atga Yangicha qarashni ilgari surgan buyuk alloma. Uning aksariyat asarlari o‘z ahamiyatini hozir ham 
yo‘qotgan emas. 
Umuman olganda, Yevropa ma‘rifatparvarlari insonni san‘at, axloqiylik, ilm-fan vositasida tarbiyalashga 
intildilar. SHu bois axloqiy-estetik omillarga katta e‘tibor berdilar, ular orqali Yangi, zamonaviy komil insonni va 
komil jamiyatni yaratish mumkin degan g‘oyani o‘rtaga tashladilar. Ma‘rifatparvarlar Uyg‘onish davri 
mutafakkirlarining ishini davom ettirdilar va uni Yangi bosqichga ko‘tardilar. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling