O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 0.63 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. IQTISODIY XAVFSIZLIKKA TA’SIR ETUVCHI TAHDIDLAR VA GLOBALLASHUV SHAROITIDA IQTISODIY XAFVSIZLIKNI TA’MINLASH ZARURIYaTI
Asosiy adabiyotlar
1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini yuksaltirishdir. –T: O’zbekiston, 2010 yil. 2. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruza. – T.: O’zbekiston, 2010 3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni barataf etishning yo’llari va choralari. –T.: “O’zbekiston” , 2009 4. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997 5. Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. –T.: Akademiya, 2006 6. Abdusamedov N. Iqtisodiy xavfsizlik. Toshkent, 2008. 7. Abalkin L. Ekonomicheskaya bezopasnostь Rossii: ugrozы i ix otrajenie.// Voprosы ekonomiki. 1994, №12, s. 45, 44-48s. 8. Isaxodjaev A., Rasulev A. Xufiyona iqtisodiyot va iqtisodiy xavfsizlik. –T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2004. 9. Ekonomicheskaya bezopasnostь: ucheb. posobie dlya studentov ekonomicheskix vuzov, obuchayuщixsya po spetsialьnostyam ekonomiki i upravleniya. V.A.Bogomolov i dr. / Pod red. V.A.Bogomolova. M. YuNITI DANA, 2009. 10. Ekonomicheskaya i natsionalьnaya bezopasnostь. Uchebnik / pod red. d.e.n., prof. L.P.Goncharenko. M.: ZAO «Izdatelьstvo «Ekonomika», 2008. 11. Vechkanov G.S. Ekonomicheskaya bezopasnostь: Uchebnik dlya vuzov. – SPb. Piter, 2007. 12. Ekonomicheskaya bezopasnostь Rossii. Uchebnik. / Pod obщ. red. akad. Senchagova V.K. M.: DELO, 2005. 13. Ekonomicheskaya bezopasnostь. Proizvodtsvo, finansы, banki. M.: ZAO «Fintsatinform», 1998. II BOB. IQTISODIY XAVFSIZLIKKA TA’SIR ETUVCHI TAHDIDLAR VA GLOBALLASHUV SHAROITIDA IQTISODIY XAFVSIZLIKNI TA’MINLASH ZARURIYaTI 2.1. Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ichki va tashqi tahdidlar Tahdid jamiyat, davlat va ularning sub’yektlari, alohida shaxsning normal hayot faoliyatiga, ular manfaatlarini ro’yobga chiqarishga to’sqinlik qiladigan, ziyon-zahmat keltiradigan, xavf-xatar tug’diradigan omillar va shart-sharoitlarni anglatadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida mamlakatimiz, millatimiz, jamiyatimiz va har bir fuqaroning xavfsizligiga, yangilanish va taraqqiyot yo’liga, jahon hamjamiyatiga qo’shilish yo’liga solinayotgan tahdidlar guruhlarga ajratilib, tahlil qilingan18. 1-jadval Tahdidlarning turlanishi*
Jadval quyidagi manba asosida tuzildi: Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. – T.: Akademiya, 2006, 56 b. Iqtisodiy xavfsizlikka bo’ladigan tahdidlar – mamlakatdagi iqtisodiy holatga salbiy ta’sir ko’rsatadigan, shaxs, jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklab qo’yadigan, milliy qadriyatlar va hayot tarziga xavf soladigan hodisa va jarayonlardir19.
mamlakat iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanganligi va tarkibiy deformatsiyaning kuchayishi; milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi; iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi; yuqori darajadagi inflyatsiya; mineral – xom ashyo bazalarining kam o’rganilganligi; mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi, fan-texnika rivojlanishining ayrim yo’nalishlarida ilg’or o’rinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat nufuzi va obro’- e’tiborining tushib ketishi; infratuzilmaning rivojlanmaganligi; ichki bozorlardan milliy tovarlarning chet el tovarlari tomonidan siqib chiqarilishi; hududiy separatizm va lobbizmning yuqoriligi; investitsion faollikning pasayishi; ijtimoiy ziddiyatlar kelib chiqish xavfining mavjudligi; qonunchilikning rivojlanmaganligi, huquqiy intizomning sustligi; moliyaviy va shartnomaviy intizomning pastligi; iqtisodiyotning kriminallashuvi, boshqaruvda Korruptsiyaning kuchayishi; daromadlarni yashirish, soliq to’lashdan qochish hollarining ko’payishi; moliyaviy mablag’larning chet ellarga noqonuniy tarzda o’tkazilishi. Tashqi tahdidlar jumlasiga esa quyidagilar kiritiladi: eksport tarkibida xom ashyo mahsulotlarining ustuvorligi; mamlakatning import mahsulotlariga qaramligi, bog’liqligi; import tarkibining ratsional emasligi; tashqi qarzlarning o’sib borishi; eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi; bojxona chegaralarining yetarli darajada belgilanmaganligi; eksport-import operatsiyalariga xizmat ko’rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivojlanmaganligi. Yuqorida keltirilgan ichki tahdidlar orasida iqtisodiyot tarkibining deformatsiyalashuvining kuchayishi iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan tahdidlardan bo’lib hisoblanadi. Mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun birinchi navbatda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bunday o’zgarishlarning mazmuni ishlab chiqarish bilan talab tarkibi o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashda ifodalanadi. SHuni hisobga olgan holda O’zbekistonda olib borilgan islohotlar davomida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berildi. Ayniqsa, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish, real sektor korxonalarini qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash kabi masalalar birinchi navbatda hal etiladigan vazifalar qatoridan o’rin oldi. Mamlakatda investitsion va innovatsion faollikning susayishi ham jiddiy tahdidlardan bo’lib hisoblanadi. Respublikada iqtisodiyotga bo’ladigan bunday tahdidni oldini olish maqsadida faol investitsiya siyosati olib borildi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Dastur ishlab chiqildi. Bu loyihalar yoqilg’i-energetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va to’qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir. Loyihalashtirish va qurilish ishlari boshlanayotgan inshootlarni: kompaniya va korxonalarning o’z mablag’lari – umumiy hisobda 8,2 milliard dollar, O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlari (2,5 milliard dollar), xorijiy investitsiya va kreditlar (13,5 milliard dollar) hisobidan amalga oshirish mo’ljallangan21. Aholining mulkiy jihatdan tabaqalashuvi ham iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy tahdidlar soladi. Mana shunday tahdidlarni oldini olish maqsadida respublikada kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda. Ish haqi, pensiya, nafaqalar miqdori muntazam ravishda oshirib borilmoqda. Daromadlarni oshirishning ishonchli manbai sifatida aholini ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan chora- tadbirlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda. Natijada mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga erishilmoqda. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling