O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


bola so‘zi bala, lola - lala, non - nan


Download 215.7 Kb.
bet23/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

bola so‘zi bala, lola - lala, non - nan shaklida yozila boshlangan. Mazkur
konferensiyada so‘z ma’nosi o‘zgaradigan hollardagina harflar yozilgan,
qoidalashtirilgan edi. Bunday harflar so‘zlarning talaffuzida qiyinchiliklar tug‘dirgan,
savodxonlikka ta’sir ko‘rsatgan, ta’lim-tarbiya ichida qo‘shimcha qiyinchiliklar
tug‘dirgan.
Shuningdek, birdan ortiq bo‘g‘in so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qisqa talaffuz
qilinadigan i tovushini qiziq, qizil, bilan, biroq kabi so‘zlarda yozmaslik haqida qaror
qabul qilingan.
Shunday qilib, O‘zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o‘zbek
alifbosiga o‘tish ishi katta tayyorgarlik bilan 1930-yilning 1- yarmida to‘liq amalga
oshirilgan. (Bu ishga o‘z davrida e`tiroz bildirgan shaxslar ham bo‘lgan).
Barcha shahar va qishloqlarga yangi alifboni o‘rganish yuzasidan 50 soatga
muljallangan kurslar tashkil qilingan. Xalqni savodga o‘rgatish maqsadiga n maxsus
jurnal - O‘zbek yangi alifbe markaziy qo‘mitasining fikr tarqatuvchisi “Alanga”
jurnali va “Qizil tamg‘a” gazetasi nashr qilingan. Mutaxassislardan Naim Said,
Shokir Sulaymon, Abduraim Yo‘ldoshevlar tomonidan savodsizlikni bitirishga oid

34
darslik


varaqalar
nashr
qilingan.
Mashhur
kinorejissor
Nabi
G‘aniyev
“Lotinlashtirish” filmini yaratgan. Bu kabi ishlar savodsizlikni tugatishda katta
ahamiyat kasb etgan.
1920-yillarda O‘zbekistonda ham yangi alifboga o‘tilishi “Sharqda inqilob” deb
baholangan edi.
1940-yil 8-mayda amaldagi o‘zbek yozuvi o‘rnida kirill alifbosi asosidagi yangi
alifboga o‘tish t`og‘risida qonun qabul qiladi.
Mustaqillik davrida yangi o‘zbek imlosi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e`lon qilingandan so‘ng (1991-yil 31-
avgust) lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi masalasi o‘rtaga qo‘yildi.
Rasmiy yozuvda qaysi alifbodan foydalanish bo‘yicha erkin fikr bildirish gazeta
va jurnallarda, turli yig‘inlarda bir yarim yil davom etdi. Muhokamada ichidan tortib
akademikkacha, dehqondan tortib adibgacha hamma-hamma o‘z fikr-mulohazasini
erkin bildiradi.
Bu masala O‘zbekiston Oliy Kengash sessiyasida ham muhokama qilinib, lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini tuzish yuzasidan guruh tuzildi.
O‘zbekiston Oliy kengashining 1993-yilda o‘tgan XII chaqiriq XII sessiyasida
noib P. Qodirovning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini tuzish yuzasidan
olib borayotgan ishlar to‘g‘risida axborot tinglandi. Shu yili 16-avgustda Toshkent
shahrida o‘zbek yozuvi istiqboliga bag‘ishlangan respublika ilmiy - amaliy
konferensiyasi
bo‘ldi.
Bunda
P.Qodirov,
A.Hojiyev,
I.Qo‘chqortoyev,
N.Mahmudovlarning ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruzalar yuzasidan O.Yoqubov, Jamol
Kamol, Abdulla Oripov, Sobir Kamol, Izzat Sultonov, H.Ne`matov, Y.Abdullayev,
S.Otamirzayeva va boshqalarning fikr-mulohazalari eshitildi. Konferensiya yakunida
lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi, asosan, ma’qullanib, 4 moddadan iborat qaror
qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2 – 3- sentabrdagi XII
chaqiriq XIII sessiyasida yangi alifbo masalasi muhokama qilinib, lotin yozuviga
asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. “Lotin yozuviga
asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
qonunini amalga kiritish tartibi haqida” gi qarori matbuotda berildi.
Mazkur qarorga binoan, yangi o‘zbek alifbosini joriy etish bo‘yicha respublika
davlat komissiyasi tashkil qilindi; yangi alifbo asosidagi o‘zbek tilining asosiy imlo
qoidalarini ishlab chiquvchi ishchi guruh tuzildi va 1993-yilning dekabr oyidan ish
boshladi.
«O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» ni hozirlash jarayonida alifbodagi ayrim
harflarning shakli yuzasidan fikr-mulohazalar paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, yozuv
jarayonida texnika vositalaridan kengroq foydalanish, harflar shaklini jahondagi
taraqqiy etgan davlatlar alifbolariga yaqinlashtirish muammolari ham qo‘yildi.
Bu muhim masalalarga ijobiy yondashish uchun alifbodagi harflarning shaklini
isloh qilish zarur bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida (1995-yil 6-may) mazkur masalalar
yuzasidan axborot eshitildi. Qonun chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

35
“Lotin yozuviga asoslangan o‘bek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” gi Oliy Kengash


qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bu hujjatlarga o‘zbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat
ekanligi, ayrim harflarning shakliga isloh kiritilganligi ko‘rsatilgan; umumiy ta’lim
maktablarida yangi alifbo asosida ishlash 1995 - yil sentabrdan emas, 1996-yil
sentabrdan 1-sinflarda boshlanishi, yangi yangi alifboga to‘liq o‘tilishi 2005- yilda
tugallanishi qayd qilingan.
O‘zbek tilidagi 3 xil nutq tovushi (sh, ch, ng) harflar birikmasi bilan quyidagicha
ifodalanadi:
sh harf birikmasi sholi, o‘qish kabi so‘zlarda sh tovushi (sholi, o‘qish);
ch harf birikmasi cho‘l, ishonch kabi so‘zlarda ch tovushini (cho‘l, ishonch);
- ng harf birikmasi ong, tenglik kabi so‘zlardagi til orqa ovozdor burun
tovushini ifodalash uchun yoziladi ( ong, tenglik ). Bu tovush amaldagi alifboda
1940-yil 8-mayda harf birikmasi – ng bilan ifodalanishi qabul qilingan edi.
Demak, harf birikmasi bilan ifodalangandan nutq tovushlari o‘zbek tilida ikki
harfni yonma – yon keltirish bilan ko‘rsatiladi.
“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” loyihasining birinchi turi respublika
ziyolilarining Toshkentda 1994-yil 16-apreldagi yig‘inida muhokama qilindi. (Lotin
yozuvida asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bo‘yicha respublika davlat
komissiyasining raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri J. G‘. Yo‘ldoshev
raisligida o‘tdi.) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 -yil 24 -
avgustdagi 339 – son qarori bilan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni tasdiqladi.

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling