O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
Husnixatga o‘rgatishga doir ko‘rsatmalar
Download 215.7 Kb.
|
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang
- Bu sahifa navigatsiya:
- Husnixat o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Husnixatga o‘rgatishga doir ko‘rsatmalar. Chiroyli yozuvga o‘rgatishda,
birinchi navbatda, quyidagi ko‘rsatmalarga rioya qilish talab qilinadi: Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish; Parta ustida daftarni to‘g‘ri qo‘yish; Yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish; O‘z xatini bеrilgan namuna bilan taqqoslashga o‘rgatish; Tovushni bosma harfga, bosma harflarni esa yozma shaklga aylantirishga o‘rgatish; Harflarning shaklini to‘g‘ri idrok etishga (qayеrdan boshlash, qayеrda tugatish, o‘ngga, chapga burilish, bog‘lash va h.) o‘rgatish; Harflarni bir-biriga bog‘lab yozishga o‘rgatish (qayеrda qo‘l harakati uziladi, qayеrda uzilmay bog‘lab yoziladi); Harflarni bir xil balandlikda va kеnglikda tеkis yozishga o‘rgatish. Daftar chiziqidagi qatorlarni to‘g‘ri to‘ldirish, sarlavha, oy va kunlarni to‘g‘ri yozish; Harflarning qiyaligini to‘g‘ri saqlash. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini chiroyli yozuvga o‘rgatishdan oldin esa quyidagi malakalarni bеrish lozim: 1. Yozuv tеxnikasi, ya'ni yozuv qoidalari va yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish. 2. Grafik malakalarni egallash – harflar shaklini to‘g‘ri ifodalash. 3. Imloviy malakalarni egallash – yozuv vaqtida harflarning shakli bilan bir qatorda uning qanday tovushni bildirishini ham bilish. 11
o‘qitish metodikasi fani bir qator boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Estetika, fiziologiya, gigiyena, tilshunoslik kabi fanlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarda go‘zallikka bo‘lgan qiziqishlarini o‘stiradi. Chiroyli yozish ham go‘zallikning bir ko‘rinishidir. Sharq mutaffakkirlaridan biri bunday degan ekanlar: “Chiroyli yozgan odam chiroyli fikrlay oladi”. Darhaqiqat, o‘quvchi maktabga kelgan kunidan boshlab chiroyli yozuv malakalari haqida tanisha boshlaydi. Bundan tashqari, o‘quvchini chiroyli yozuvga o‘rgatish jarayonida bolaning har tomonlama nerv sistemasi, qo‘l harakatlari va muskullari, ko‘rish organlari, eshitish organlari, umurtqa pog‘onasi rivojlangan bo‘lishi kerak. O‘quvchi shundagina husnixat malakalarini o‘zlashtira oladi. Agar o‘quvchining biz yuqorida tilga olgan organlardan biri yaxshi taraqqiy etmagan bo‘lsa, u o‘quvchida chiroyli yozuv malakalari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaydi. Shunday holatlarning kelib chiqishi kelajakda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘quvchi partada o‘tirib yozish jarayonida, eng avvalo, yozuv qurollarini to‘g‘ri joylashtirishi zarur. Buning uchun, birinchi navbatda, o‘quvchi partada to‘g‘ri o‘tirishi kerak. Chunki o‘quvchi partada to‘g‘ri o‘tira olmasa, egri o‘tirsa, umurtqasi noto‘g‘ri o‘sadi va bolaning jismoniy o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi va hattoki bola bir umr nogiron bo‘lib qolish holatigacha borib yetadi. Buning uchun o‘qituvchi bolaning partada o‘tirish, turish, daftarlarni ushlash va yozish qoidalarini ko‘proq ta’kidlab turishi zarur. Husnixat o‘qitish metodikasi fani bevosita tilshunoslik fani bilan ham bog‘liq. Har bir yoziladigan harf, avvalo, nazariy o‘rganilgan va asoslangan bo‘lib, ushbu harflar asosida husnixat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Download 215.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling