O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Husnixatga o‘rgatishga doir ko‘rsatmalar


Download 215.7 Kb.
bet7/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

Husnixatga o‘rgatishga doir ko‘rsatmalar. Chiroyli yozuvga o‘rgatishda,
birinchi navbatda, quyidagi ko‘rsatmalarga rioya qilish talab qilinadi:
 Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish;
 Parta ustida daftarni to‘g‘ri qo‘yish;
 Yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish;
 O‘z xatini bеrilgan namuna bilan taqqoslashga o‘rgatish;
Tovushni bosma harfga, bosma harflarni esa yozma shaklga aylantirishga
o‘rgatish;
 Harflarning shaklini to‘g‘ri idrok etishga (qayеrdan boshlash, qayеrda
tugatish, o‘ngga, chapga burilish, bog‘lash va h.) o‘rgatish;
 Harflarni bir-biriga bog‘lab yozishga o‘rgatish (qayеrda qo‘l harakati
uziladi, qayеrda uzilmay bog‘lab yoziladi);
 Harflarni bir xil balandlikda va kеnglikda tеkis yozishga o‘rgatish. Daftar
chiziqidagi qatorlarni to‘g‘ri to‘ldirish, sarlavha, oy va kunlarni to‘g‘ri
yozish;
 Harflarning qiyaligini to‘g‘ri saqlash.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini chiroyli yozuvga o‘rgatishdan oldin esa
quyidagi malakalarni bеrish lozim:
1. Yozuv tеxnikasi, ya'ni yozuv qoidalari va yozuv qurollaridan to‘g‘ri
foydalanish.
2. Grafik malakalarni egallash – harflar shaklini to‘g‘ri ifodalash.
3. Imloviy malakalarni egallash – yozuv vaqtida harflarning shakli bilan bir
qatorda uning qanday tovushni bildirishini ham bilish.

11
Husnixat o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Husnixat


o‘qitish metodikasi fani bir qator boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Estetika,
fiziologiya, gigiyena, tilshunoslik kabi fanlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarda
go‘zallikka bo‘lgan qiziqishlarini o‘stiradi. Chiroyli yozish ham go‘zallikning bir
ko‘rinishidir. Sharq mutaffakkirlaridan biri bunday degan ekanlar: “Chiroyli yozgan
odam chiroyli fikrlay oladi”. Darhaqiqat, o‘quvchi maktabga kelgan kunidan boshlab
chiroyli yozuv malakalari haqida tanisha boshlaydi. Bundan tashqari, o‘quvchini
chiroyli yozuvga o‘rgatish jarayonida bolaning har tomonlama nerv sistemasi, qo‘l
harakatlari va muskullari, ko‘rish organlari, eshitish organlari, umurtqa pog‘onasi
rivojlangan bo‘lishi kerak. O‘quvchi shundagina husnixat malakalarini o‘zlashtira
oladi. Agar o‘quvchining biz yuqorida tilga olgan organlardan biri yaxshi taraqqiy
etmagan bo‘lsa, u o‘quvchida chiroyli yozuv malakalari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaydi.
Shunday holatlarning kelib chiqishi kelajakda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘quvchi
partada o‘tirib yozish jarayonida, eng avvalo, yozuv qurollarini to‘g‘ri joylashtirishi
zarur. Buning uchun, birinchi navbatda, o‘quvchi partada to‘g‘ri o‘tirishi kerak.
Chunki o‘quvchi partada to‘g‘ri o‘tira olmasa, egri o‘tirsa, umurtqasi noto‘g‘ri o‘sadi
va bolaning jismoniy o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi va hattoki bola bir umr nogiron
bo‘lib qolish holatigacha borib yetadi. Buning uchun o‘qituvchi bolaning partada
o‘tirish, turish, daftarlarni ushlash va yozish qoidalarini ko‘proq ta’kidlab turishi
zarur.
Husnixat o‘qitish metodikasi fani bevosita tilshunoslik fani bilan ham bog‘liq.
Har bir yoziladigan harf, avvalo, nazariy o‘rganilgan va asoslangan bo‘lib, ushbu
harflar asosida husnixat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling