O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
oquv tarbiya jarayonida kreativ talimning orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salohiyatli
- 1.1. rasm.
- 1.2. Shaxs qobiliyati, iqtidorining pedagogik-psixologik tarkibiy tuzilmasi va o„ziga xos jihatlari
- Pedagogik jarayon Maqsad
Iste‟dod Har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas, noyob qobiliyat sifatida namoyon bo„ladi, intellektual bilim va malakaga tayanadi
Kam jismoniy kuch va vaqt sarflab yuqori natijaga erisha oladi, o„z oldiga qo„ygan maqsadga tez muddatda va kutilganidan a‟lo natijalarni qo„lga kiritgan holda erishadi
Biror-bir faoliyat yoki xatti-harakatni bajarishga nisbatan uquvli bo„lish, ularning “tayanch nuqtalari”ni topish asosida tezkor bajarish Salohiyatli Biror-bir faoliyat yoki xatti- harakatni bajarishga nisbatan mas‟uliyatli yondashadi, ularning muhim va ikkinchi darajali qismlarga ajratadi, muhimdan boshlab ikkinchi darajali qismlarni bajarish asosida vaqtni nisbatan tejashga muvaffaq bo„ladi
Mustaqillik yillarida O„zbekistonda qobiliyatli va iqtidorli bolalarni topish va ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli rivojlantirish, kasbiy mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish bo„sh vaqtlaridan unumli foydalanishni tashkil etish, madaniy, musiqiy estetik talablarini qondirish, kasb-hunarga yo„naltirish maqsadida O„rta-maxsus kasb-hunar ta‟limi markazining 2008 yil 4 noyabr № 205 sonli (O„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi muassasalarida to„garaklar faoliyatini tashkil etish to„g„risidagi Nizom)ga hamda “O„zbekiston madaniyati va san‟ati forumi” jamg„armasi O„zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengash hamkorligi Oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi ko„magida o„tkaziladigan “Kelajak ovozi” respublika ko„rik-tanlovi Nizomi”ga asosan quyidagi yo„nalishlarda faoliyat olib bormoqdalar. 1. Arxitektura va dizayn
13
2. Axborot texnologiyalari. 3. An‟anaviy va amaliy san‟at 4. Adabiyot va publitsistika Kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning bir necha yo„llari mavjud bo„lib, ulardan samarali foydalanish kutilgan natijalarni qo„lga kiritishga imkon beradi. Tadqiqotni olib borish davrida pedagogik kollej o„quvchilarida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning quyidagi samarali yo„llari mavjudligi aniqlandi. Biz
kollej
o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim yo„llarini ishlab chiqdik (1.1-rasm):
Муҳим йўллар
Соҳага оид мавжуд тажрибаларни ўрганиш
Табақалаштирилган таълимни жорий этиш
Умумий психологик- педагогик назорат
Психологик хизматни ташкил этиш
14
1.2. Shaxs qobiliyati, iqtidorining pedagogik-psixologik tarkibiy tuzilmasi va o„ziga xos jihatlari Quyida kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirish yo„llarining mohiyati qisqacha yoritiladi: 1. Sohaga oid mavjud tajribalarini o„rganish. Bugungi kunda qobiliyatli bolalarni aniqlash, ularni saralash va qobiliyatli o„quvchilar ta‟limini tashkil etish borasida respublika uzluksiz ta‟lim tizimida muayyan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda esa boy tajribalar to„plangan. Jumladan, M.Karne, M.Davletshin, Sh.Baratov, M.Karimovalarning yo„nalishga oid qarashlari hamda Veksler o„lchovi, Slossan testi, Torrens testi, Vayland o„lchovi, Kaliforniya o„lchovi, Renzulli, Blum, Uilyam hamda Gilford andozalari bilan tanishish va ulardan mahalliy shart-sharoitlar, milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda maqsadli foydalanish ta‟lim muassasalari, shu jumladan, pedagogik kollejlar faoliyatida qobiliyatli o„quvchilar bilan ishlash samaradorlikni ta‟minlaydi. O„tkir Tolipov o„z izlanishlarida kreativ ta‟limga ijod mahsuli sifatida va har bir shaxsda ijodning quyi va yuqori darajalarini ko„rsatib bergan. Yoshlarni ijodkorlikka yo„naltirishda ta‟lim va tarbiyaning tizimli amalga oshirilishi natijaning ijobiy bo„lishini ta‟kidlab o„tgan. Amaliyotchi-psixologlar qobiliyatli bolalarni aniqlash, ularni saralash va ularga tabaqalashtirilgan ta‟lim berish to„g„risidagi ilg„or qarashlar, shaxsning qobiliyatlilik darajasini aniqlashga yordam beruvchi maxsus testlar, o„lchovlar va modeldan ko„rgazmalar tashkil etishlari, alohida xonani ular bilan jihozlashlari, umuman olganda, pedagogik kollejlarning qobiliyatli o„quvchilari, ularning qobiliyatlilik darajasi, ulardan samarali foydalana olish imkoniyatlari va qo„lga kiritgan yutuqlari haqidagi umumiy ma‟lumotlarni hosil qilishlari ta‟lim muassasalarining pedagogik jamoalari hamda ota-onalarning nazariy-metodik bilimlarini boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, pedagogik kollejlarda faoliyat yuritayotgan pedagoglar hamda guruhlarning rahbarlarini o„quvchilar ijodiy qobiliyatlarini aniqlashga oid maxsus testlar, so„rovnomalar,o„lchovlar mohiyati bilan tanishtirish, ulardan foydalanish ko„nikmalarini shakllantirish, umumiy va maxsus qobiliyatni rivojlantirishga xizmat 15
qiluvchi to„garaklar faoliyati reja va dasturlarini ishlab chiqish malakalarini hosil qilish maqsadida ma‟ruzalar, amaliy-seminar, trening, debat va suhbatlarni tashkil etishga alohida e‟tibor qaratish kerak. 2. Pedagogik-psixologik xizmatni tashkil etish. Pedagogik kollejlarda pedagogik- psixologik xizmatni tashkil etish o„quvchilarning individual xususiyatlarini o„rganish, ular orasidan qobiliyatlilarni tanlab olish, ular ijodiy qobiliyatining yo„nalishlari va darajasiga muvofiq rivojlanish dasturlari yoki bu boradagi tavsiyalarni ishlab chiqish, izchil, uzluksiz va tizimli tarzda o„quvchilar ijodiy qobiliyatlarining rivojlanish dinamikasini o„rganish va tahlil qilishga imkon beradi. Pedagogik kollejlardagi pedagogik-psixologik xizmat – zamonaviy ta‟lim tizimining ta‟lim va tarbiyada bolalarning layoqat, qobiliyat, qiziqish va iqtidorlaridan iborat aqliy va shaxsiy imkoniyatlarini o„z vaqtida namoyon bo„lishi va ulardan maqsimal darajada to„la foydalanishni ta‟minlovchi muhim vosita hisoblanadi . Pedagogik-psixologik xizmat, shuningdek, bolalarning pedagogik-psixologik rivojlanish zahiralarining o„z vaqtida ro„yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratadi. ... Agar gap qobiliyatli bolalar haqida borganda, pedagogik-psixologik xizmat yuqori darajadagi qobiliyatlarini vaqtida aniqlash va ularning pedagogik-psixologik rivojlanishini takomillashtirilishini ta‟minlaydi”. Ta‟lim tizimida yo„lga qo„yiluvchi pedagogik-psixologik xizmat mohiyatidan kelib chiqqan holda pedagogik kollejlarda ham undan foydalanish har bir o„quvchining ichki imkoniyatlarini o„rganish, keng ko„lamli tadqiq qilish, ularda muayyan yo„nalish bo„yicha namoyon bo„luvchi qobiliyatni aniqlash va darajalarini belgilash, mavjud holatlarga muvofiq o„quvchilarni tabaqalashtirilgan ta‟lim tashkil etiluvchi maxsus guruhlarga biriktirish hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini boyitishga xizmat qiluvchi rivojlanish dasturlarini yaratish mumkin bo„ladi. Kollejlarda pedagogik-psixologik xizmat vositasida qobiliyatli o„quvchilarni aniqlash va ularni saralashda mazkur ta‟lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi-psixologlar muhim rol o„ynaydilar. Ularning guruhlar rahbarlari, fan o„qituvchilari hamda ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiruvchi keng ko„lamli faoliyatlari natijasida ijodiy qobiliyatli bolalarning ichki imkoniyatlarini to„la 16
ro„yobga chiqarish imkoniyati yuzaga keladi. Amaliyotchi-psixologlarning o„quvchilar bilan yaqin hamkorlik o„rnata olishlari ham so„z yuritilayotgan jarayon muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi. Ijodiy qobiliyatli bolalar bilan nafaqat ta‟lim muassasasida, shu bilan birga oila muhitida ham doimiy ravishda ishlash, qulay pedagogik shart-sharoitlarni yaratib berishning muhimligini inobatga olgan holda amaliyotchi-psixologlarning oilalar bilan mustahkam aloqa o„rnatishlari maqsadga muvofiqdir. Ushbu aloqa doirasida ularning ota-onalarga o„quvchilar qobiliyatini rivojlantirishga oid maslahatlarning berilishi, psixoproflaktik ishlarning yo„lga qo„yishi ularning ichki imkoniyatlarini to„laqonli ro„yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini to„g„ri yo„naltirish, o„z kuchlariga ishonch va kelajakka ishonch tuyg„ulariga ega bo„lishlariga yordam beradi. 3. Tabaqalashtirilgan ta‟limni joriy etish. Tajriba shuni ko„rsatdiki, o„quvchilarning o„quv fanlarini o„zlashtirish yoki ularning ijodiy qobiliyatlari yo„nalishi va darajasiga ko„ra tabaqalashtirilgan ta‟limni joriy etish, birinchidan, bilim, ko„nikma va malakalarni shakllantirish davrida qobiliyatli bolalarning imkoniyatlarini yanada rivojlantirish; ikkinchidan, ularning vaqtini behuda isrof qilmaslik; uchinchidan, o„quvchilar o„rtasidagi munosabatning mo„‟tadilligini ta‟minlashga imkon beradi (zero, pedagogik-psixologik nuqtai nazardan, ijodiy qobiliyatli bolalar e‟tibor talab ekanliklari bois o„zlariga nisbatan past daraja va mavqedagi tengdoshlarini kamsitish, ularga noto„g„ri munosabatda bo„ladilar). Pedagogik kollejlarda ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni saralash bevosita ularni qobiliyatlarining yo„nalishlari va darajalariga ko„ra muayyan guruhlarga biriktirish asosida tabaqalashtirilgan ta‟lim asosida o„qitilishini talab qiladi. Tabaqalashtirilgan ta‟lim o„ziga xos afzalliklarga ega bo„lib, uni joriy etish orqali:
har bir o„quvchining pedagogik-psixologik xususiyatlari, shaxsiy sifatlarini inobatga olish asosida yondashish;
o„quvchilarni ularning ta‟lim-tarbiyaviy maqsadlarini aniqlash orqali boshqarish;
ko„zlangan maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlardan to„liq foydalanish; 17
bo„lajak mutaxassislarda qunt va chidamlilik kabi sifatlarni mustahkamlash;
ularda mas‟uliyat tuyg„usi va intizomga qat‟iy amal qilish sifatlarini tarbiyalash;
o„quvchilarning bilish jarayoniga nisbatan befarq bo„lmasliklariga erishish asosida ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish;
pedagogik kollejlar o„quvchilarida o„z imkoniyatlarini to„g„ri baholash va erishilgan yutuqlaridan faxrlanish tuyg„usini shakllantirish;
o„quvchilarni ijodiy izlanishga rag„batlantirish orqali ularda tadqiqotchilik malakalarini takomillashtirish;
ta‟lim jarayonini erkinlashtirish, o„quvchilarning mustaqillik ko„nikmalariga ega bo„lishlariga erishish;
o„quvchilarda o„z kuchi va imkoniyatiga bo„lgan ishonch hamda yorqin istiqbolga ishonch hissini tarbiyalashga erishiladi. Tabaqalashtirilgan ta‟lim asosida har bir o„qituvchi qobiliyatli o„quvchilarning ichki imkoniyatlarini to„la ro„yobga chiqarish, ularda ijodkorlik (kreativlik) xislatlarini shakllantirishga o„z hissasini qo„sha olishi talab etiladi. Zero, pedagogik kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlari ta‟lim muassasasi jamoasi e‟tiborini yagona maqsadga qaratish, shuningdek, bu jarayonga jamoatchilikni faol jalb etish orqali erishiladi. O„quvchilar tabaqalashtirilgan ta‟lim dasturi bo„yicha tashkil etiladigan har bir mashg„ulotda yangidan-yangi yutuqlarni qo„lga kiritish imkoniyatlariga ega bo„lishlari kerak. Tabaqalashtirilgan guruhlarda shug„ullanish o„quvchilarni doimiy ravishda o„z ustida ishlashga yo„naltiradi, bu esa ularga o„z guruhlaridan ko„ra qobiliyatliroq o„quvchilarga biriktirilgan guruhlarga o„tishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratadi. Eng qobiliyatli o„quvchilar esa har bir mashg„ulotda yangi o„quv materiallarini muhim axborot va texnik vositalar yordamida o„zlashtiradilar. Tabaqalashtirilgan yondashuv asosida faoliyat yuritish umumiy va maxsus fan o„qituvchilaridan quyidagi sifatlarga ega bo„lishlarini talab etadi: mutaxassislik fanlari asoslarini chuqur o„zlashtirish, keng ilmiy tafakkur va bosh dunyoqarashga egalik, pedagogik mahorati yuqori, o„quvchilarni tushuna oladigan, sabr-toqatli, tirishqoq, 18
harakatchan, ijodkor, ilg„or pedagogik texnologiyalardan o„rinli foydalana olish, o„quvchilarga shaxsiy ibrat ko„rsata oluvchi, yuqori darajadagi umumiy madaniyatga ega, har qanday vaziyatda ham adolatli bo„lish, mavjud vaziyatni ob‟ektiv baholay olish, talabchan, tashkilotchi, tashabbuskor, intizomli, izlanuvchan, o„zgalarning fikrlarini hurmat qiladigan. Ta‟limning tabaqalashuvi asosida esa: o„quvchining “Men”i, shuningdek, bilish, ijodiy va hissiy qobiliyati rivojlanadi; ta‟limning demokratlashuvi ta‟minlanadi; o„quvchining imkoniyatlari to„la ro„yobga chiqadi; o„quvchi qat‟iyatli va shijoatli bo„lib, o„z kuchiga ishonchi ortadi, undagi hadiksirash, tortinchoqlik va xavotir yo„qoladi, ichki his-tuyg„ulari rivojlanadi, erkin fikrlash ko„nikmasiga ega bo„ladi, intizomi va mas‟uliyati kuchayadi. 4. Umumiy pedagogik-psixologik-pedagogik nazorat. Pedagogik kollejlarda pedagogik-psixologik xizmat asosida qobiliyatli o„quvchilarni aniqlash, ularni saralash, tabaqalashtirilgan guruhlarga biriktirish asosida ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida ta‟lim va tarbiya ishlarini amalga oshirish bu hali to„la muvaffaqiyatga erishilganlikni anglatmaydi. O„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat samaradorligini pedagogik kollejlarda umumiy pedagogik-psixologik-peda-gogik nazoratning izchil va tizimli olib borilishi bilan belgilash mumkin. Nazoratni tashkil etishning eng muhim vositasi – bu o„quvchilarning shaxsiy pedagogik-psixologik xaritasi hisoblanadi. Pedagogik kollejdagi ta‟lim davrida o„quvchilar tomonidan tashkil etilgan umumiy faoliyat mazmuni, mohiyati, ular tomonidan qo„lga kiritilayotgan yutuqlar, ijodiy qobiliyatlari darajalarini belgilovchi pedagogik-psixologik tashhis natijalari pedagogik-psixologik-pedagogik nazoratning asosiy tarkibiy unsurlari bo„lishi maqsadga muvofiqdir. Ta‟lim muassasalarida pedagogik-psixologik nazorat uchun mas‟uliyat amaliyotchi-psixologlarning zimmalariga yuklanishi kerak. Binobarin, ular mavjud holat natijalarining tahlillariga tayangan holda istiqbol rejalarini ishlab chiqish, amaliy faoliyat yo„nalishini belgilashda maxsus tayyorgarlikka ega bo„ladilar. Biroq, pedagogik-psixologik-pedagogik nazorat jarayonining bir guruh mutaxassislar 19
ishtirokida tashkil etilishiga alohida e‟tibor qaratish zarur. Binobarin, ijodiy qobiliyatli o„quvchilar ruhiyatida kechayotgan ayrim holatlar mutaxassislar tomonidan baholanishi talab etiladi. Pedagogik kollejlar o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat samaradorligini quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: 1.
Pedagogik kollejlarda ta‟lim-tarbiya jarayonida o„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilganligi. 2. Ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni aniqlash va saralash maqsadida pedagogik- psixologik xizmatning tashkil etilayotganligi. 3.
Ijodiy qobiliyatli o„quvchilarning ichki imkoniyatlarini to„la ro„yobga chiqarish maqsadida ularni muayyan guruhlarga biriktirish asosida tabaqalashtirilgan ta‟limning joriy etilganligi. 4.
Saralangan o„quvchilar faoliyati ustidan pedagogik-psixologik-pedagogik nazoratni o„rnatish orqali ular ijodiy qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini tahlil etib borilayotganligi. 5.
Ijodiy qobiliyatli o„quvchilar erishgan yutuqlar ko„lami va darajasi. Biz tadqiq etilayotgan muammoning yechimini topish davrida pedagogik kollejlar o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo„naltirilgan jarayonning quyidagi modelini ishlab chiqdik (1.2-rasm). Bu modelda
pedagogik kollej
o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning yo„llari va maqsadini quyidagicha belgiladik: 1. Sohaga oid mavjud tajribalarini o„rganish. Maqsad. Pedagogik kollej o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi maxsus testlar, qo„lga kiritilgan yutuqlar xaqidagi ma‟lumot, ko„rgazmalar tashkil etish. Ota-onalarni, amaliyot rahbarlari, maktab va bog„cha mudiralarini nazariy metodik bilimlarini boyitish.
20
2. Pedagogik-psixologik xizmatni tashkil etish. Maqsad. Pedagogik kollej o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni takomillashtirish, ichki imkoniyatlarni o„rganish, oila muhitida ham doimiy ishlash uchun aloqa o„rnatish, ijodiy qobiliyatlarini to„g„ri yo„naltirish. 3. Tabaqalashtirilgan ta‟limni joriy etish. Maqsad. Pedagogik kollejda ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni saralash, muayyan guruhlarga biriktirish, guruhlarda ijodiy hislatlarni shakllantirish. Eng qobiliyatli o„quvchilar bilimini yanada o„stirish. Ta‟limni demokratlashuvchiga imkon yaratish. Har bir o„quvchining bilim darajasi hisobini olib, ularga alohida- alohida topshiriqlar berish orqali ularni bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. 4. Umumiy pedagogik-psixologik-pedagogik nazorat. Pedagogik jarayon
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
Yo„llari: 1. Sohaga oid mavjud tajribalarini o„rganish. 2. Psixologik xizmatni tashkil etish. 3.Tabaqalashtirilgan ta‟limni joriy etish. 4. Umumiy psixologi-pedagogik nazorat
1.2-rasm. Kollej o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modeli Yo„nalishlari: 1.
Kichik akademiya (ilmiy- ijodiy izlanuvchilar, ilmiy ma‟ruzalar, ilmiy referatlar, eng faol kitobxon). 2. Ijod gulshani (nazm, nasr, badiiy o„qish, ijodiy insholar, jurnalistika). 3. Madaniyat va san‟at (qo„shiqchilik, raqs, musiqa, suxandonlik). 4. Axborot texnologiyalari (kompyuter operatorligi, dizayn, dasturlash). 5. Sport (futbol, voleybol, boks, qo„l jangi, basketbol, qo„l to„pi, karate, yengil atletika, shaxmat-shashka, stol tennisi, taekvando, milliy kurash, badiiy gimnastika, ritmik gimnastika). 6. Milliy hunarmandchilik va amaliy san‟at, badiiy mehnat (tabiiy materiallar, loy va plastilin bilan ishlash, gazlamaga badiiy ishlov berish, modellashtirish, to„qish, kashtachilik, zardo„slik, tikuvchilik, adras va atlas to„quvchilik, yumshoq o„yinchoqlar yasash, tasviriy san‟at, qog„ozdan buyumlar yasash)
21
Maqsad. Pedagogik kollej o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan fan samaradorligini pedagogik-psixologik-pedagogik nazoratni izchil tizimli olib borishga erishish. 1. Kichik akademiya. Maqsad. O„quvchilarning nazariy bilimlarini chuqur o„rganishga yo„naltirish., ijodiy, aqliy mushohada yuritish malakalarini rivojlantirish. Tafakkurlarini boyitish, ijtimoiy siyosiy voqeliklar, pedagogik ta‟lim muammolari, iqtisodiy rivojlanish, ilm fan yutuqlariga erishishdan iborat. Kitob o„qishga qiziqishini kuchaytirish, mantiqiy fikrlashga o„rgatish, intellektual salohiyatini ro„yobga chiqarish. 2. Ijod gulshani. Maqsad. Pedagogik kollej o„quvchilarini taniqli yozuvchi, shoir va tilshunos olimlar bilan uchrashuv suhbatlarda ishtirokini ta‟minlash. She‟riyatga qiziqishini yanada oshirish. O„quvchilarning bo„sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish. Mahalliy matbuot va televidenie orqali tengdoshlarining ijodlarini namoyish qilish. 3. Madaniyat va san‟at. Maqsad. O„quvchilarning qobiliyati va intilishlarini maqsadli rivojlantirish, estetik talablarini qondirishga qaratish. Musiqa, raqs, qo„shiq kuylash bo„yicha ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, klassik va zamonaviy qo„shiq hamda raqslarni ijro etishga sharoit yaratish. 4. Axborot texnologiyalari. Maqsad. Axborot texnologiyalari bo„yicha chuqur bilimga ega bo„lishga intilishlarini qoniqtirish. O„quvchilarni operatorlik, dizayn va grafika bo„yicha bilim, ko„nikma, malakalarini baholash. Internet tarmoqlariga ulanib qiziqarli ma‟lumotlarni olishlari uchun sharoit yaratish. 5. Sport. Maqsad. Ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni jismoniy sog„lom bo„lishini ta‟minlash, jismoniy salohiyatini yanada o„stirish, shahar, tuman, viloyat, respublikada o„tkazib kelinayotgan sport musobaqalariga tayyorlash hamda o„z imkoniyatlari va qobiliyatlarini to„la namoyon etishga erishish.
22
6. Milliy hunarmandchilik va tasviriy san‟at. Maqsad. Milliy hunarmandchilik va tasviriy san‟at asoslari, ularning o„ziga xos xususiyatlarini targ„ibot qilish, tarixiy joylar, obidalar va muzeylarga sayohat tashkil etish. Ijod namunalaridan ko„rgazmalar tashkil etish. Ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni kasbiy mahoratlarini oshirishga imkon yaratish va tanlagan kasbiy yo„nalishlari bo„yicha mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirish. Pedagogik kollej o„quvchilari o„rtasida milliy zardo„zlik, do„ppi, kashtachilik an‟analarini davomiyligini ta‟minlash. Ijodiy qobiliyatli o„quvchilarni aniqlash va ularni qo„llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish. Shunday qilib, pedagogik kollejlar o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ko„pqirrali, murakkab pedagogik-psixologik jarayon bo„lib, uni samarali tashkil etish pedagogik-psixologik bilimlarni puxta o„zlashtirilishini, tashkiliy-texnologik va metodik jihatdan to„g„ri tashkillashtirilishini taqozo etadi. Shuningdek, bu jarayonni tashkil etishda mavjud holatni o„rganish, bu yo„ldagi amaliy harakatni tizimli olib borish uchun zarur chora-tadbirlarni belgilashga yordam beradi. Ijodiy qobiliyatlilik individual xususiyatga ega xislat bo„lganligi bois pedagogik kollejlarning har bir o„quvchisida uning mavjud ekanligini o„rganish talab etiladi. Bu esa o„ta murakkab jarayon bo„lib, mutaxassislarni jalb etish va alohida tashkiliy-texnik tayyorgarlik asosida ish ko„rishni taqozo etadi. Bu jarayonda qobiliyat negizida aks etuvchi pedagogik-psixologik xususiyatlarni inobatga olinishi muhimdir. Shu sababli dissertatsiyada shaxs qobiliyatining pedagogik-psixologik jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir. Maxsus adabiyotlarda shaxs qobiliyatining mohiyatiga ko„ra quyidagicha guruhlanishi ko„rsatilgan: 1) bilish qobiliyati; 2) ijodiy qobiliyat; 3) hissiy qobiliyat. Bilish qobiliyati so„nggi 25 yil ichida amerikalik psixologlar tomonidan keng ko„lamda maxsus o„rganilib kelinmoqda, ayni vaqtda u “aqliy-ijodiy 23
qobiliyat” sifatida ham e‟tirof etilmoqda. Gilford va uning izdoshlari shaxsning aqliy qobiliyati darajasini belgilovchi 16 omilni asoslaganlar. Jumladan, ko„chuvchanlik, ravonlik, tafakkur aniqligi, o„ziga xosliligi, muammoni izlashdagi ziyraklik va boshqalar. Intellekt bo„yicha ham ijodiy qobiliyatli o„quvchi zukko, zehni tez, masalani tez chuqur anglash, xotira va yodlash qobiliyati, bilimni tez egallashga, tinimsiz izlanishga ega bo„lishi kerak. O„z ijodiy qobiliyatini namoyon qila olishi, ta‟limga yangicha yondoshish, ko„p adabiyotlarni o„qish, ilmiy ijodiy izlanish, milliy qadriyatlarni e‟zozlay olishi, Vatanni sevishi, vatanni kuylashi, she‟riyatni chuqur tushuna olishi, erkin fikrlashi, fikriy izlanuvchanligi kuchli bo„ladi. Ziyraklik, topqirlik, diqqatning taqsimlanishi, axborotni tez qabul qilish, esda qoldirish, hozirjavoblik, chuqur fikr yurituvchi, tasavvuri keng, barcha bilim, ko„nikma va malakalarni egallay olgan bo„lishi lozim. Pedagogik kollejlarda tashkil etiluvchi mashg„ulotlar hamda auditoriyadan va ta‟lim muassasasidan tashqari sharoitlarda o„quvchilarning “Intellektual ring”, “Zakovat”, “O„yla, izla, top!”, “Iqtidorlilar oramizda”, “O„tkir zehnlilar” kabi intellektual o„yinlar yoki amaliy treninglarga faol jalb etilishi ularning aqliy qobiliyatlarini o„stirishga yordam beradi, ularda ijodiy-aqliy mushohada yuritish malakalari
rivojlanadi, tafakkurlari boyiydi. Yuqorida sanab
o„tilgan mashg„ulotlar yoki tadbirlarning muayyan mavzular bo„yicha tashkil etilishi, o„quvchilar e‟tiboriga havola etiladigan topshiriqlar mazmunining imkon qadar ijtimoiy-siyosiy voqeliklar, ekologik jarayon, pedagogik ta‟lim muammolari, iqtisodiy rivojlanish, texnologik taraqqiyot hamda ijtimoiy-munosabatlar mavzulariga bag„ishlanishi o„quvchilarda ularga nisbatan qiziqishni shakllantiradi. Shuningdek, ular ilmiy tushunchalarni ham o„zlashtiradilar va o„zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyot, hayotiy vaziyatlarda samarali qo„llay olish ko„nikmalariga ega bo„lishlari uchun poydevor yaratadi. Bilish
qobiliyatining rivojlanishi natijasida pedagogik kollejlarning o„quvchilari muammoni qo„yish, maqsadni belgilash, ularning yechimlarini 24
ta‟minlovchi vositalarni belgilash, tahlil (analiz), sintez, istiqbolni belgilash, xulosalar chiqarish va yangi maqsadni asoslash layoqatlariga ega bo„lib boradilar. Zero, «qobiliyatli bolalar juda yoshlikdanoq voqea-hodisalar o„rtasidagi sabab- oqibat aloqalarini anglay olish va ularga muvofiq xulosalar chiqarish layoqatiga egaliklari bilan ajralib turadilar. Ular muqobil modellar va tizimlarni yaratishga qiziqadilar. Ular, shuningdek, boy nutq va abstrakt tafakkurning shakllanishini ta‟minlovchi kuchli xotiraga ega bo„ladilar. Axborot hamda tajribalarni turkumlashtira va tasniflay bilishlari, o„zlashtirilgan bilimlardan samarali foydalana olishlari ularning boshqalardan farqlanishlarini tavsiflaydi” Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasida shaxsning aqliy qobiliyatini namoyon etilishini, shuningdek, uning darajasini aniqlashda turli metodikalar qo„llaniladi. Ularning orasida eng ommaviylari “Breyn-shtorming” (“Aqliy hujum”) va hokazo. “Breyn-shtorming” (“Aqliy hujum”) ongning tashqi muhitga moslashishi va ko„nikishini ta‟minlovchi nazorat mexanizmlari aqlning ijodiy imkoniyatlari namoyon bo„lishini ifodalaydi, to„siq mexanizmlarni bartaraf etishga ijodiy jarayonning ikki: 1) g„oyalarni ishlab chiqish; 2) ularni tanqidiy baholash bosqichida muvaffaq bo„linadi. Sinektika ijodkorlik (kreativlik) guruhlangan sharoitlarda aqliy faoliyatning ichki sezgi va hissiy jihatlarini faollashtirish maqsadini qo„yadi. O„quvchilar bilish (aqliy) qobiliyatlari, shu jumladan, bevosita fikriy va amaliy harakatlari bilan akademik yutuqlarga erishishni kafolatlovchi qobiliyatlar yo„nalishlari bo„yicha ham guruhlanadilar. Ilm-fan yoki bilish sohasining ma‟lum yo„nalishlarida yuqori natijalarini qayd etish akademik yutuqlarga erishishni kafolatlovchi qobiliyatlar sifatida e‟tirof etiladi. Matematika, tabiiy fanlar (fizika, geografiya, biologiya)ni o„zlashtirish, o„qish, shaxmatga bo„lgan kuchli qiziqish va ehtiyojga ega shaxslar akademik yutuqlarga erishadilar va o„zlarida quyidagi sifatlarni namoyon etadilar:
25
1) matematik qobiliyat – shaxsda hisob-kitob, o„lchash va predmetlarni tartibga solishga katta qiziqish yuzaga keladi, yoshiga nisbatan matematik qonuniyatlarni tushunish layoqti shakllanadi, matematik ramzlar (raqamlar va belgilar)ni oson tushunish va yodda saqlab qolishini namoyon etadi, ko„paytirish va bo„lishga oid har qanday operatsiyani osonlik bilan bajaradi, yirik hajmdagi vaqt hisobi va pullarni ajrata oladi, matematikaga aloqador bo„lmagan mashg„ulotlarda ham matematik tushuncha va ko„nikmalarini namoyish etadi. 2) tabiiy fanlar (biologiya, fizika, geografiya)ni o„zlashtirishga bo„lgan qobiliyat – shaxs predmetlar va hodisalarga nisbatan diqqat-e‟tiborli, tabiiy fanlar va tabiatga oid tushuncha va bilimlarni tasniflashga nisbatan kuchli qiziqishga ega, tabiiy-ilmiy va amaliy tajribalarga nisbatan qiziqishi kuchli, ro„y berayotgan voqea-hodisalarning sabab-oqibat munosabatlarini tushuna oladi, o„ziga xos abstrakt xotiraga ega; 3) o„qishga bo„lgan qobiliyat – bunday qobiliyatga ega shaxs nihoyatda ko„p o„qiydi, muloqot jarayonida boy so„z zahirasi va murakkab sintaksis tuzilmalardan foydalanadi, o„qiyotgan vaqtda diqqatini uzoq muddat saqlab tura oladi, o„qilayotganlarini yaxshi tushunadi va ularning mohiyatini to„g„ri anglaydi, xotirasida ramzlar, harflar va so„zlarni uzoq vaqt saqlay oladi, ifodali o„qiy olish iqtidorini namoyish etadi, alohida notiqlik mahoratiga ega; 4) sport qobiliyati – bunda shaxmatga bo„lgan qobiliyat, shaxmat kataklarining nomlanishi (raqamlanishi), donalarning vazifalari va ularning harakatlanish yo„nalishlarini yaxshi biladi, operatsiyalarning nomlanishini bexato ayta oladi, o„yin qoidalarini yodida yaxshi saqlaydi, o„yin jarayonida har bir yurishning sabab va oqibatini tahlil eta oladi, bir necha pozitsiyadan so„ng vaziyatning o„zgarishini bashoratlay oladi, murakkab shaxmat operatsiyalari qo„llay oladi. Bilish qobiliyati yuqori bo„lgan shaxs o„zida quyidagi sifatlarni namoyon etadi (1.2-jadval): |
ma'muriyatiga murojaat qiling