O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
oquv tarbiya jarayonida kreativ talimning orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3 O„quvchi yoshlarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning tashkiliy- texnologik va metodik jihatlari
6-sinf darsining mavzusi. O'zbekiston san'ati haqida suxbat. Darsining maqsadi: O'zbek san'atining o'tgan yo'li, uning astalari haqida qisqacha ma'lumot berish, san'at asarlarini idrok etish va o'qiy olishga o'rgatish, bolalarning badiiy didini o'stirish va badiiy fikr doirasini kengaytirish. Darsning jixozi: U.Tansiqboevning "Qoraqum GESi tongi", P.P.Benkovning "Xivalik qiz", A.Tstgletsevning "Mening uyim-sizning uyingiz", Z.lnog'omovning "Choyga", T.Muhammedovning "Xo'ja Nasriddinning nayranglari" nomli kitobga ishlangan ilyustratsiyalari (xar bir darsda 3 tadan 5 tagacha san'at asarlarini o'rganish tavsiya etiladi). Bu qisqacha suxbatdan so'ng o'qituvchi o'zbek tasviriy san'atida g'oyaviy va badiiy jiqatdan yuksak saviyada ishlangan san'at asarlarini ko'rsatish va taxlil qilishga kirishdi. Shunday asarlardan biri U.Tansiqboevning "Qoraqum GESi tongi" (1957yilidayaratilgan) asaridan. O'qituvchi bu asa haqida fikr yuritishdan, awal uning reprodukyiyalarni hamma o'quvchilarga ko'rinarli erga osib qo'yadi yoki asartasvirini texnika vositasi yordamida ekranga tushiradi. Asarni taxlil yuzasidan berilgan savollar quyidagicha bo'ladi: -Bu asar (suratni) kirn taniydi?
51
-Asarda qanday ko'rinish va qanday voqea tasvirlangan? -Uni qaerdan bilish mumki? -Asardagi voqeada yilning qaysi fasli va kunning qaysi vaqti tasvirlangan? -Asar markazining qanday g'oyai ilgari surgan? -Rassom suratda qanday g'oyani ilgari surgan? -Asarning badiiy saviyasi haqida nima deya olasiz? -Asar sizga yoqdimi? -Nima uchun yoqdi yoki nima uchun yoqmadii? Bunday savol javoblar bolalar faoliyatini aktivlashtiradit, berilgan savol to'g'ri javob olish imkonini beradi. Narsaga qarab rasm chizish darslaridagi ko'rgazmalilikning quyidagi turlari mavjud.
1 Turmushda va mexnatda qo'llaniladigan predmetlardan tashkil topgan ko'rgazmali qurollar. A)uy va mehnat qurollari: B)tabiatdan olingan narsalar: C)2.Modellar. 3.Qog'ozda tasvirlangan rasmlar: Ko'rgazmali tasviriy san'atni o'qitish jarayonida bilimlar manbai hisoblanib, borliqdagi narsa va xodisalarning moxiyatini bilishga uning xarakterii xususiyatlari va qonuniyatlarini o'rganishga ko'maklashadi:
52
2.3 O„quvchi yoshlarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning tashkiliy- texnologik va metodik jihatlari
Kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish murakkab jarayon sanaladi, shu bois uni mazkur jarayonni samarali tashkil etishga alohida e‟tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotni olib borish davrida pedagogik kollejlarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga oid
maxsus dastur
(“O„quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish dasturi”) ko„rib chiqildi. Dastur quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega: I. Dasturning maqsadi: pedagogik kollejlarda ta‟lim
olayotgan o„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash, ular o„rtasidan qobiliyatlilarini ajratib olish va ularning qobiliyatlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. II. Dasturning vazifalari: 1.
Shaxs qobiliyatini aniqlashga oid maxsus pedagogik-psixologik testlarni tanlash. 2. Maxsus testlar yordamida o„quvchilar ijodiy qobiliyatlarining yo„nalishi va darajalarini o„rganish asosida ularni ob‟ektiv baholash. 3.
O„quvchilar orasidan qobiliyatlilarni ajratib olish va ularning qobiliyatlarini rivojlantirish choralarini ishlab chiqish. 4. Qobiliyatli o„quvchilarning tabaqalashtirilgan ta‟lim asosida o„qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish. 5.
Saralangan o„quvchilarni “Kichik akademiya” o„quvchilar ilmiy markazlari, to„garaklar hamda “Munozara”, “Eng faol kitobxonlar”, “Zulfiyaxonim qizlari”, “Mohir qo„llar” klublari faoliyatiga jalb etish asosida ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish borasidagi amaliy harakatlarni tashkil etish. 6. Muayyan davrlarda maxsus sinovlar (pedagogik-psixologik va o„quv testlari, ekspert baholash, savol-javob, suhbat, ijodiy tanlovlar) asosida pedagogik kollejlar o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini o„rganish. 53
III. Kutilayotgan natija: pedagogik kollejlar o„quvchilarining bilish, ijodiy, hissiy hamda pedagogik qobiliyatlarini amaliy natijalar (ular tomonidan qo„lga kiritilgan yutuqlar) bilan tasdiqlanishi. IV.
Pedagogik kollejlar o„quvchilari qobiliyatlarini samarali rivojlantirishning shakl, metod va vositalari V. Kutilgan natijaga erishilganlik darajasi (bu haqida quyida batafsil to„xtatib o„tiladi). Pedagogik kollejlarda qobiliyatli o„quvchilarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini to„g„ri yo„naltirish, intellektual salohiyatini o„stirish maqsadida 2002 yil 26 sentabrda Marg„ilon Pedagogika kollejida “Iqtidorli o„quvchilar bilan ishlash markazi” tashkil qilindi. Ayni vaqtda qobiliyatli va iqtidorli o„quvchilar bilan markaz quyidagi olti yo„nalish bo„yicha faoliyat olib bormoqda. 1. “Kichik akademiya” yo„nalishi (maxsus, aniq, tabiiy hamda ijtimoiy- gumanitar fanlar, filologiya, olimpiada qatnashchilari, ilmiy izlanuvchilar, siyosiy bilim, bilimdonlar, ijodkorlar, “Zakovat”, “Intellektual ring”, ingliz tili va tarjimonlik, eng faol kitobxon). 2. Madaniyat va san‟at yo„nalishi (qo„shiq, raqs, sozandalik). 3. Axborot texnologiyalari yo„nalishi (operatorlik, kompyuter grafikasi, kompyuter dizayneri). 4. Ijod gulshani yo„nalishi (nazm, nasr, jurnalistika). 5. Milliy hunarmandchilik va amaliy san‟at yo„nalishi (qo„l mehnati qog„oz va turli materiallardan buyum va o„yinchoqlar yasash, tikuvchilik, kashtachilik, tasviriy san‟at, loydan buyumlar yasash). 6. Sport yo„nalishi (boks, qo„l jangi, yengil atletika, taekvando, qo„l to„pi, basketbol, voleybol, futbol, tennis, shaxmat, shashka). Pedagogik kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yo„lida tashkil etilgan 6 yo„nalishdagi amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil to„xtalib o„tamiz. “Kichik akademiya”ga umumiy va mutaxassislik fanlari bo„yicha alohida ijodiy qobiliyatga ega, shuningdek, ularga nisbatan alohida qiziqishi bo„lgan
54
o„quvchilar jalb etilgan bo„lib, ularning nazariy bilimlarini oshirish, amaliy ko„nikma va malakalarini boyitishga alohida e‟tibor qaratiladi. O„quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo„naltirilgan pedagogik faoliyati quyidagi ko„rinishlarda tashkil etilmoqda: 1) olimpiadaga tayyorgarlik (yakka tartibda repetitorlik); 2) ilmiy-ijodiy izlanish (ilmiy ma‟ruzalar, referatlar tayyorlash); 3) seminarlarda ishtirok etish (kutubxonada mustaqil ishlash); 4) “Zakovat va bilimdonlik shohsupasi”, “O„yla, izla, top” aqliy o„yinlar vositasida o„quvchilarning intellektual salohiyatlarini oshirish; 5) erkin mavzularda ijodiy ishlarni tayyorlash; 6) tabaqalashtirilgan guruhlarda ishlash. “Kichik akademiya”da mashg„ulotlar texnologik yondashuv asosida rang- barang shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilayotganligi o„quvchilarning umumiy va maxsus fanlarga bo„lgan qiziqish, ehtiyojlarini oshiribgina qolmay, ularda erkin, mustaqil fikrlash tafakkurini shakllantirishga, amaliy pedagogik ko„nikma hamda malakalarini hosil qilishga xizmat qilmoqda. Jumladan: 1) ijtimoiy maqsadlarni shakllantirish va ularga erishish yo„llarini aniqlash (masalan, “Sog„lom turmush tarzi – kamolot garovi”, “Yoshlar faolligi – taraqqiyot kafolati”, “Vatanparvarlik va kosmopolitizm (vatansizlik)”, “Ma‟naviy va moddiy boylik – ikki qutb yoki parallel chiziqlar”, “Umr kamolot maydoni yoki tubanlik jari” va boshqa mavzularda maqsadni aniq qo„ya bilish va ularga erishishning samarali yo„llarini asoslovchi loyihalarni yaratish, ularni himoya qilish); 2) ijtimoiy hayotning turli sohalariga oid masalalar bo„yicha muammoli vaziyatlarni hal qilish. “Kichik akademiya”, shuningdek, o„quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga imkon beruvchi pedagogik faoliyatni ham tashkil etishga yordam beradi. Bunda o„quvchilar orasidan ajratib olingan qobiliyatli yoshlar o„rtasida mantiqiy yechimlarga ega mashq va misollarni yechish bo„yicha tabaqalashtirilgan- erkin mashg„ulotlarni ham tashkil etilishiga alohida e‟tibor qaratildi. Shu maqsadda materiallar to„plandi. Bu o„rinda quyidagi manbalardan olingan materiallar 55
o„quvchilarda ijodiy, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun muhim qo„llanma bo„lib xizmat qildi: Quyidagi pedagogik kollejlar o„quvchilarida bilish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida mashg„ulotlarda foydalanilgan ayrim mashq, misol va testlardan namunalar keltiriladi: 1. “Muhim belgilarni ajrating” testi”. Bir necha bandda berilgan so„zlar majmuasining har bir qatorida bir so„z qavsdan tashqarida, qolgan beshta so„z esa qavs ichkarisida berilgan. Qavs ichidagi so„zlarning barchasi muayyan darajada asosiy so„z bilan bog„langan. O„quvchilar qavs ichidagi so„zlar ichidan asosiy so„z bilan bevosita bog„liq bo„lgan ikkitasini tanlashlari zarur. 1. Bog„ (o„simlik, bog„bon, kuchuk, devor, tuproq). 2. Daryo ( qirg„oq, baliq, baliqchilar, suv, qayiq). 3. Shahar (avtomobil, ko„p qavatli uylar, omma, kino-teatr,). 4. Sigir (em-xashak, buzoq, tom, sut-qatiq, shoh). 5. Kub (burchaklar, chizma, tomonlar, tosh, daraxt). 6. Bo„lish (sinf, bo„luvchi, qalam, bo„linma, qog„oz). 7. Doira (diametr, olmos, iltimos, aylana, muhr). 8. O„qish (ko„zlar, kitob, rasm, muhr, so„z). 9. Gazeta (haqiqat, ilova, maqola, qog„oz, muharrir). 10. O„yin (xarita, o„yinchilar, jarima, jazo, qoida). 11. Urush (aeroplan, pushkalar, jang, qurol, askarlar). 2. Ikki kishi daryo yoqasiga keldi. Daryo bo„yida qayiq turgan bo„lib, unga faqat bir kishi sig„adi. Kishilarning ikkisi ham daryodan qayiqda suzib o„tib, o„z yo„llarida davom etdilar. Buni ular qanday amalga oshirdilar. Javob: Yo„lovchilar ikkita qarama-qarshi daryo yoqasiga bir vaqtda kelishgan. Biri qayiqda u yoqqa o„tgach, ikkinchisi daryoning bu qirg„og„iga suzib o„tgan. Yechimning to„g„ri topilishiga “Ikki kishi daryo yoqasiga keldi” degan ma‟lumot to„sqinlik qilgan. Zero, bu xabar o„quvchilarda ikki kishi go„yo daryoning bir qirg„og„ida turgandek tasavvur uyg„otadi. 56
3. Sonlarning ketma-ketlik qonuniyatini toping va yetishmayotgan sonlarni qo„ying: 7 9
1 4 15 ? 7 13 8 11
?
Mazkur topshiriqlarning javoblari quyidagicha: birinchi va ikkinchi sonlarning yig„indisidan uchinchi son ayrilib, ayirma topilgan. Ikkinchi qatorda yetishmayotgan soni 12, uchinchi qatorda yetishmayotgan son esa 10 dir. 5. Sonlar ketma-ketligi qonuniyatini toping va yetishmayotgan sonlarni qo„ying: 174 171
57 54
18 15
X X = 2 1364
1360 340
336 84
X X X = 4 X X 42
252 258
1548 1554
9324 = 9330 Ushbu topshiriqlarning javoblari esa quyidagicha: 1-qatorda birinchi sondan 3 ayrilgan, hosil bo„lgan ayrima 3 ga bo„lingan, bo„linmadan esa yana 3 soni ayrilgan, hosil bo„lgan ayirma esa yana 3 ga bo„lingan va hokazo tarzida; noma‟lum sonlar 5 hamda 3 dan iborat; 2-qatorda esa birinchi sondan 4 raqami ayrilgan, hosil bo„lgan ayirma 4 ga bo„lingan, bo„linmadan esa yana 4 soni ayrilgan, ayirma yana 4 ga bo„lingan va hokazo tarzida; noma‟lum sonlar 80, 20 hamda 16 dan iborat; 3-qatorda esa noma‟lum sonlar 6 hamda 36 iborat bo„lib, birinchi son 6 ga ko„paytirilgan, hosil bo„lgan ko„paytmaga 6 soni qo„shilgan, hosil bo„lgan yig„indi 6 ga ko„paytirilgan va hokazo tarzida. 6. Quyidagi anagrammalarning yechimlarini toping: 1) k yu a s i l sh; 2) a t a r i q yo q t; 3) ye d o m r k t a ya i; 4) ye p d ye o g g i a k; 5) ya ye t x n l o g i o; 6) t ya a i m a v n „. Anagrammalarning javoblari quyidagicha: 1) yu k s a l i sh; 2) t a r a q q i yo t; 3) d ye m o k r a t i ya; 57
4) p ye d a g o g i k a; 5) t ye x n o l o g i ya; 6) m a „ n a v i ya t.
“Ijod gulshani” yo„nalishi a‟zolari quyidagi uch xil: nazm, nasr va yosh qalamkashlar yo„nalishlarida o„z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida qo„shimcha ta‟lim olishga jalb etildilar. Mazkur yo„nalishda o„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini mahalliy matbuot va televidenie orqali namoyish etib borish maqsadida tegishli muassasalar bilan ijodiy hamkorlik o„rnatildi. Yo„nalishda olib borilgan mashg„ulotlarda, eng avvalo, milliy til imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ijodiy ishlar orqali milliy qadriyatlar va ularning mohiyatidan tengdoshlarini xabardor etish yetakchi vazifalar sifatida belgilandi. Yo„nalish a‟zolarining qobiliyatlari pedagoglar yordamidagina emas, shu bilan birga viloyatning taniqli yozuvchi, shoir va tilshunos olimlari ishtirokida uchrashuv, suhbat, maxsus mashg„ulotlar hamda amaliy treninglarni tashkil etish, o„quvchilarni badiiy ijod bo„yicha tashkil etilayotgan ko„rik-tanlovlarda faol ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish, ijodkor o„quvchilarning ijod namunalarini namoyish etuvchi ko„rgazmalarni tashkil etish orqali rivojlantirilib borildi. Ijod gulshani yo„nalishida qobiliyatli o„quvchilarning she‟riy
to„plamlarining nashr etilayotganligi e‟tiborga loyiqdir. Masalan, “Ijod gulshani” yo„nalishi a‟zolari ishtirokida o„tkazilgan “Navoiy – qalbimizda” nomli g„azalxonlik kechasi, A.Qahhor tavalludining 110 yilligiga bag„ishlangan “Qodiriy – milliy ma‟naviyat gultoji”, nomli abadiy musiqali kecha, “Gulshanaro Gulchehralar” nomli mushoiralarning tashkil etilishi qobiliyatli o„quvchilarga o„z qobiliyatlarini namoyish etishga imkoniyat yaratibgina qolmay, balki pedagogik kollejlar jamoasini ularning ijodlari bilan yaqindan tanishtiradi. “Axborot texnologiyalari” yo„nalishida yo„nalish sohalari bo„yicha “Kompyuter shou” tadbiri tashkil etildi. Unda o„quvchilarning operatorlik, dizayn va grafika bo„yicha bilim, ko„nikma va malakalari baholandi. Mazkur yo„nalish bo„yicha to„garaklarning a‟zolari kollej o„quvchilari uchun jadval asosida haftada 1
58
soat Internet tarmog„iga ulanib, turli o„quv fanlari yoki sohalar bo„yicha qiziqarli ma‟lumotlarni olishlari uchun sharoit yaratib beradilar. Pedagogik kollejlar o„quvchilari ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish murakkab jarayon sanaladi, shu bois uni mazkur jarayonni samarali tashkil etishga alohida e‟tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Xulosa qilib aytganda, O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach kollejlarda ham qobiliyatli, iqtidorli o„quvchilar bilan faol ish olib borishga, ulardagi mudroq iqtidorni uyg„otish yo„llarini topishga jiddiy etibor berilib, zaruriy chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yuqoridagi misollarda bularning natijalarini yaqqol ko„rib turibmiz. Buyuk alloma Farobiy so„zi bilan aytganda, “Ijod shunday ulug„ fazilatki, inson uni egallashi uchun boshqa hamma fazilatlarni ishga solishi kerak”.
59
UMUMIY XULOSALAR 1. Ishimizda qobiliyatlilik va uning darajalarini baholash, shuningdek, shaxs qobiliyatini rivojlantirishda muhim jihat.lar tahlil etildi. 2. Manbalardagi “qobiliyat”, “iqtidor”, “iste‟dod” va
“salohiyat” tushunchalarining garchi yagona negizga ega bo„lsa-da, biroq turli darajadagi xususiyatlarni ifodalashi alohida ta‟kidlab o„tiladi. Jumladan, qobiliyat “shaxsning muayyan faoliyati yuzasidan layoqati va uning ishni muvaffaqiyatli bajarishidagi o„ziga xos imkoniyatlarni ifodalovchi ruhiy xususiyatlar”,“Shaxsning ma‟lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta‟minlaydigan individual pedagogik-psixologik xususiyatlar” sifatida e‟tirof etilsa, “insonning o„z xatti-harakatlariga nisbatan sub‟ektiv munosabati” esa iqtidor deya talqin etilishi isbotlandi. 3. Maqsadli tashkil etilgan ta‟lim muassasalari (umumiy o„rta va maktabdan tashqari ta‟lim muassasalari, shuningdek, ularning qoshida tashkil etilgan to„garaklar) faoliyatlari nuqtai nazaridan quyidagi yo„nalishlarda faoliyat olib bormoqdalar: musiqa; sport; raqs; tasviriy san‟at; xalq amaliy san‟ati; texnik ijodkorlik (kreativlik); fan va badiiy tafakkur. 4. Pedagogik kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini aniqlash murakkab jarayon sanalganligi bois, bu jarayon tegishli ixtisosliklar mutaxassislarni jalb etish va puxta asoslangan tashkiliy-texnik tayyorgarlik asosida ish ko„rishni taqozo etilishi lozimligi asoslab berilgan. 5. Qobiliyat murakkab pedagogik-psixologik xususiyat bo„lganligi bois uning o„ziga xos xususiyatlarini o„rganish va tahlil qilinishi maqsadga muvofiq ekanligi belgilab qo„yildi. 6. Pedagogik kollej o„quvchilarida bilish qobiliyati va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali ular muammoni qo„yish, maqsadni belgilash, ularning yechimlarini ta‟minlovchi vositalarni belgilash, tahlil (analiz), sintez, 60
istiqbolni belgilash, xulosalar chiqarish va yangi maqsadni asoslash kabi sifatlarga ega bo„lib boradilar. 7. Ijodiy qobiliyat namoyon bo„lishi va natijasiga ko„ra betakror, o„ziga xoslik, shu bilan birga ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega faoliyat mazmunini aks ettiradi. 8. Shaxsda ijodkorlik (kreativlik) sifatlari muayyan shart-sharoitlar mavjud bo„lgan sharoitlardagina rivojlanishi quyidagicha asoslab berildi: tanqid erkinligi, ijodiy munozara, fikrlar almashinuvi va ular o„rtasidagi o„zaro kurash ijodiy qobiliyatni yanada rivojlantirishga yordam beradi. 9. Pedagogik kollejlarda ham o„quvchilarda ijodiy qobiliyatni shakllantirish ta‟lim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi sanalishi: bo„lajak boshlang„ich ta‟lim, jismoniy tarbiya, tasviriy san‟at, mehnat va musiqa o„qituvchilari sifatida ularning ijodiy qobiliyatga ega bo„lishlari ahamiyatli ekanligi tahlil natijasida asoslandi. 10. O„quvchi yoshlarning hissiy qobiliyat va ijodiy qobiliyatga ega bo„lishlari esa ta‟lim-tarbiya jarayonining faol sub‟ektlari – o„qituvchilar va o„quvchilar o„rtasidagi munosabatlarning mo„‟tadil kechishini ta‟minlaydi va yuzaga kelish ehtimoli bo„lgan ziddiyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etishga yordam berishini ta‟idlab o„tdik. 11. Har bir o„quvchining individual xususiyatini inobatga olish va unga muvofiq yondashish, shuningdek, o„quvchilarning xatti-harakatlarini to„g„ri tushunish, aytayotgan so„zlariga ishonch bildirishda
bo„lajak pedagoglarning hissiy qobiliyatga ega bo„lishlari muhim ahamiyatga ega 12. O„quvchilar bilan ruhiy-hissiy yaqinlik pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining garovi bo„la olashini tahlil natijalari tasdiqladi. 13. Shaxsning yuqori jismoniy imkoniyatlarga egaligi ham qobiliyat va iqtidor sifatida e‟tirof etilib, u shaxs tomonidan jismoniy qobiliyat bajarilish nuqtai nazaridan murakkab, alohida biologik kuchni talab etuvchi muayyan xatti- harakatlar, shu jumladan, jismoniy mashqlarni baja-rishda yuqori natijalarni qayd eta olish imkoniyati sifatida baholandi.
61
14. Pedagogik qobiliyat qobiliyat turlaridan biri bo„lib, shaxsning pedagogik faoliyatni samarali olib borish va shu sohada muvaffaqiyatlarga, yuqori natijalarga erishish demakdir. Pedagogik qobiliyat mohiyatida pedagogik faoliyatni samarali yo„lga qo„yishga imkon beruvchi nazariy-metodik bilimlar, amaliy ko„nikma va malakalar yotadi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling