O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti
-jadval Bilish qobiliyati yuqori bo„lgan shaxs sifatlari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
oquv tarbiya jarayonida kreativ talimning orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijodiy qobiliyati yuqori bo„lgan shaxs sifatlari
- 2.1 O„quvchilar faoliyati jarayonida kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning tizimliligi va izchilligi
1.2-jadval Bilish qobiliyati yuqori bo„lgan shaxs sifatlari Yirik hajmdagi axborot manbaiga egalik Yashirin o„zaro bog„liqlik va aloqalarni ko„ra olish malakasiga egalik Zarur axborotlarni yig„ishda muqobil yo„l (variant)lardan foydalana olish malakasiga egalik Bildirilayotgan qarama-qarshi fikrlarga nisbatan o„z munosabatini bildira olish malakasiga egalik O„zlashtirilgan bilimni yangi material bilan bog„lay olish malakasiga egalik Axborotlarni muayyan turkumlar bo„yicha bog„lay va ajrata olish malakasiga egalik Sabab va oqibatlarni aniqlay olish malakasiga egalik Jarayon va uning natijalarini baholay olish malakasiga egalik Zarur axborotlarni yig„a olish qobiliyatiga egalik Oqibatni oldindan ko„ra bilish malakasiga egalik Xulosalar chiqara olish malakasiga egalik
Asosli farazlarni ilgari sura olish malakasiga egalik Vaziyatni tahlil eta olish malakasiga egalik
Maqbul g„oyalarni amaliyotda qo„llay olish malakasiga egalik Murakkab muammolarni hal etishdagi faol ishtirok etish Tanqidiy fikrlash malakasiga egalik Boy lug„at zahirasiga egalik O„ta qiziquvchan bo„lish
Iqtidorli shaxs qobiliyatning yana bir ko„rinishi – bu ijodiy qobiliyat sanaladi. Kuzatuvchanlik, xotiraning mustahkamligi, obrazli tasavvur hosil qilish, ijodkorlik (kreativlik), mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, yangiliklar yaratishga intilish, izlanuvchanlik, o„z-o„zini tanqidiy baholash, fantaziyaga boylik, eng oddiy unsurlarni ham ilg„ay olish kabilar ijodiy qobiliyatga ega shaxsga xos sifatlardir. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish doimiy ravishda badiiy asarlarni o„qib borish, kino, teatr, musiqa, hunarmandchilik va tasviriy san‟at namunalari bilan 27
tanishish, asarlardan bahramand bo„lish, ularga nisbatan shaxsiy baho berish hamda ko„proq tabiat qo„ynida bo„lish asosida rivojlanib boradi. Ijodkorlik (kreativlik) ijodiy qobiliyatga ega shaxs faoliyatining muhim jihati bo„lib, u avval mavjud bo„lmagan sifatiga ko„ra yangi sanaluvchi narsalarni yaratishni ifodalaydi. Ijodiy qobiliyat namoyon bo„lishi va natijasiga ko„ra betakror, o„ziga xoslik, shu bilan birga ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega faoliyat mazmunini aks ettiradi. Shaxsda ijodkorlik (kreativlik) sifatlari muayyan shart- sharoitlar mavjud bo„lgan sharoitlardagina rivojlanadi. Masalan, tanqid erkinligi, ijodiy munozara, fikrlar almashinuvi va ular o„rtasidagi o„zaro kurash, ijodiy qobiliyat, iqtidorni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogik-psixologik va falsafiy yo„nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar shaxs tomonidan tashkil etiluvchi ijodiy faoliyat bir necha bosqichda kechishini asoslab bergan. Jumladan, 1924 yilda angliyalik olim G.Uolles mazkur jarayonning quyidagi to„rt bosqichdan iborat ekanligini ta‟kidlab o„tgan 1) tayyorgarlik; 2) g„oyalarning tug„ilishi; 3) ularning to„la aks etishi; 4) tekshirib ko„rish (nazorat). G„oyalarning tug„ilishi va ularning aks etishi ijodiy jarayonning ongli- irodaviy boshqaruvga egaligini anglatmaydi. Aksincha, ijodiy faoliyat ko„p holatlarda beixtiyoriy, tasodifan amalga oshiriladi. Ana shu jihatiga ko„ra ko„pchilik tadqiqotchilar bu jarayonning yetarlicha samarani ta‟minlay olishiga shubha bildiradilar. Biroq, keyingi 30-20 yil ichida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar beixtiyorlik, tasodifiylik ixtiyoriy va ongli faoliyatni to„ldirib turishi isbotlandi. Ijodkor shaxs ijod jarayonida garchi fikr harakatining umumiy holati (o„ylab topish vaziyatlari, kashf etish, kutilmagan qarorlarni qabul qilish va hokazolar)ni kuzatib borsa-da, o„z-o„zini nazorat qilmaydi. F.Galton tomonidan shaxs alohida qobiliyatga ega bo„lgandagina ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi mumkinligi to„g„risidagi qarashni ilgari surgan va 28
ijodkor shaxsga xos bo„lgan pedagogik-psixologik sifatlar o„rganilgan. Biroq, F.Galton hamda daholik va uning o„ziga xos jihatlarini tadqiq etuvchi Ch.Lombrozoning qarashlari keskin tanqid ostiga olingan. O„tgan asrning 20- yillaridan boshlab esa shaxs qobiliyati, iqtidori va salohiyatini o„rganishga bo„lgan qiziqish hamda yondashuv ilm-fan va texnika taraqqiyoti tufayli keskin o„zgardi. Chunki, unga qadar maxsus testlar inson aqliy qobiliyatini past darajada baholar va o„ziga xoslik, nostandart tafakkur namoyon bo„lgan vaziyatlarda ijodiy qobiliyat darajasini baholay olmas edi. Bu davrda shaxs ijodiy qobiliyati belgilarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi testlar tizimi yaratildi. Natijada ular yordamida tasavvur, aqliy imkoniyatning egiluvchanligi, uning turli yo„nalishlar bo„yicha taqsimlay olish, shuningdek, ijodning ichki sabablarini o„rganish imkoniyati ham yuzaga keldi. Amerikalik psixolog Ye. Fromm “ijodkorlik (kreativlik)” tushunchasini quyidagicha sharhlaydi. “Ijodkorlik (kreativlik) hayratlanish va anglash turli nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilish malakasi. Yangiliklarni yaratishga intilish hamda shaxsiy tajribalarni chuqur anglashga bo„lgan layoqatdir. ” Tadqiqotlarning ko„rsatishicha, ijodiy qobiliyat (uning o„sishi va pasayishi) ko„plab tashkiliy sharoitlarning mavjud bo„lishini taqozo etadi. Masalan, shaxsning faoliyati tanqid qilinmagan hamda baholanmaganda, shuningdek, ular hech qanday qo„rquvni his etmaganlarida bolalar ijodiy va aqliy topshiriqlarni bajarishda yuqori samaradorlikka erishgan . Texnika va texnologiya jadal rivojlangan mavjud sharoitda yangi bilim sohalarini izlash va ochishga urinish kuchaydi. Jumladan, bugungi kunda madaniyat, yengil sanoat, avtomobil sanoati, oziq-ovqat, maishiy xizmat ko„rsatish sohalarida ham faoliyatning ijodiy xususiyat kasb etishi va bunda texnik va texnologik vositalar yordamidan foydalanishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Ijodiy qobiliyati yuqori bo„lgan shaxsda esa quyidagi sifatlar namoyon bo„ladi (1.3-jadval): 29
Ijodiy qobiliyati yuqori bo„lgan shaxs sifatlari Tavakkal qilish qobiliyati Boy tasavvurga egalik Falsafiy fikrlash qobiliyati Ichki sezgining rivojlanganligi Fikr yuritish va harakatni tashkil etishdagi tezkorlik Turli vaziyatlarni birdek qabul qilish va ularga javob berish qobiliyati Tafakkur tezligiga egalik Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik Yangilik yaratish layoqatiga egalik O„ziga xos (orginal) g„oyalarni ilgari sura olish qobiliyati
Pedagogik kollejlarda ham o„quvchilarda ijodiy qobiliyatni shakllantirish ta‟lim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Zero, bo„lajak boshlang„ich ta‟lim, jismoniy tarbiya, tasviriy san‟at, mehnat va musiqa o„qituvchilari sifatida ularning ijodiy qobiliyatga ega bo„lishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang„ich ta‟limning faol va
yetakchi sub‟ektlari bo„lgan o„quvchilarning yosh va pedagogik-psixologik xususiyatlari, shuningdek, tasviriy san‟at, mehnat, musiqa va jismoniy tarbiyaning o„ziga xos jihatlari o„qituvchidan ijodiy yondashuvni talab qiladi. Shaxsning hissiy qobiliyatga egaligi uning atrofdagilar bilan ijtimoiy munosabatlarni to„g„ri tashkil eta olishiga imkon beradi. Zero, bu qobiliyat nafaqat o„zligini tushunish, shu bilan birga atrofdagilarning uy-xayollari, ichki kechinmalari, orzu-o„ylarini tushunish, ularni his qila olish, ruhan yaqin bo„lishiga imkon yaratadi. Pedagogik kollejlar o„quvchilarining hissiy qobiliyat va ijodiy qobiliyatga ega bo„lishlari esa ta‟lim-tarbiya jarayonining faol sub‟ektlari – o„qituvchilar va o„quvchilar o„rtasidagi munosabatlarning mo„‟tadil kechishini ta‟minlaydi va yuzaga kelish ehtimoli bo„lgan ziddiyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etishga yordam beradi. Har bir o„quvchining individual xususiyatini inobatga olish va unga muvofiq yondashish, shuningdek, o„quvchilarning xatti- harakatlarini to„g„ri tushunish, aytayotgan so„zlariga ishonch bildirishda bo„lajak pedagoglarning hissiy qobiliyatga ega bo„lishlari muhim ahamiyatga ega. 30
O„quvchilar bilan ruhiy-hissiy yaqinlik pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining garovi bo„la oladi. Maxsus adabiyotlar bilan tanishish natijasida shaxsning bilish, ijodiy va hissiy qobiliyatlarining turli darajalari quyidagi tarzda bir-biridan farqlanishini kuzatish mumkin: 1. Layoqat (biror bir ish-harakat yoki faoliyatni boshqarish layoqati) – inson asab tizimining ba‟zi irsiy determinlashgan anatomik-fiziologik xususiyati, odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki yakka, tug„ma, tabiiy zamini Layoqatning ikki turi farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi tug„ma xususiyatlardan – oliy nerv (asab) tizimi faoliyatining xususiyatlari, miya yarim sharlarining qanday ishlashi, qo„l-oyoqlarning biologik va fiziologik sifatlari, bilish jarayonlarini ta‟minlovchi sezgi organlari – ko„z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota- onadan genetik tarzda o„tadi), ikkinchisi, bola tug„ilishi bilan uni o„ragan muhit, muloqot uslublari, so„zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlardir (ular ota-ona tomonidan yaratiladi). Layoqatlilik belgisi – bu o„sha individga aloqador bo„lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul qiladi . 2. Qobiliyat (muayyan yo„nalish bo„yicha faoliyatni samarali tashkil eta olish qobiliyati) – shaxsning ma‟lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron bir faoliyatni egallay olishini ta‟minlaydigan individual pedagogik- psixologik xususiyat, shaxsdagi shunday individual, turg„un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko„rsatkichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi. 3. Iqtidor – insonning o„z xatti-harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga, shuningdek, muayyan faoliyatni bajarishga nisbatan ijobiy sub‟ektiv munosabati. Iqtidorli shaxs o„zi bajarayotgan ish-harakat yoki faoliyatga nisbatan vijdonan, sidqidildan yondashadi hamda uning qiyofasida intiluvchanlik, 31
qiyinchiliklardan qo„rqmaslik, sabr-toqatlilik, mardlik, chidamlilik, o„z-o„zini boshqara olish, tashabbuskorlik, ijodkorlik (kreativlik) kabi fazilatlar aks etadi. Bu kabi shaxslar o„z oldilariga aniq maqsad qo„ya oladilar, shuningdek, o„z imkoniyatlari doirasida amalga oshirish mumkin bo„lgan ish-harakat yoki faoliyatni tashkil etib, uning samarali yakun topishi uchun astoydil intiladilar. 4. Iste‟dod – shaxsning ma‟lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatlarining yuqori darajasi, har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, o„z qobiliyatlarini takomillashtirib borish yo„lida barcha qiyinchiliklarni yengish va irodasi, butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida shakllanadi. 5. Salohiyat – muayyan faoliyatni ichki kuch yordamida qisqa vaqt ichida, kam kuch sarflash hisobiga muvaffaqiyatli bajara olish xususiyati (ta‟kid muallifniki; manbalarda, shuningdek, “salohiyat” so„zi kishi yoki jamiyatning ichki imkoniyatlari, hali to„la namoyon bo„lmagan kuch-quvvati ma‟nosida ham ishlatilishiga urg„u berilgan). 6. Daholik – favqulodda aql-idrok, aqliy kuch-quvvat, zehn-zakovatning har jihatdan eng yuqori darajada rivojlanganligi bo„lib, daholik xislatiga ega shaxslar kashfiyotlar yaratish, ilmiy jihatdan mukammal, har tomonlama asoslangan g„oya va qarashlarni ilgari surish, shuningdek, qonuniyatlar mohiyatini ochish hamda nazariyalarni asoslashdek aqliy kuch-quvvatlarini namoyon eta oladilar.
32
II BOB. O„QUV -TARBIYA JARAYONIDA O„QUVCHI YOSHLARDA KREATIV TA‟LIM VA QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI 2.1 O„quvchilar faoliyati jarayonida kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning tizimliligi va izchilligi
Pedagogik-psixologik tadqiqotlarning ko„rsatishicha, ta‟lim jarayonida o„zlashtirish ko„rsatkichi yoki ijodiyligi bo„yicha “o„rtamiyona” o„quvchi keyinchalik ijobiy tomonga o„zgarishi, boshqa sohada yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga yondosh ixtisoslikda ham o„rnini ko„rsatish mumkin. Ta‟lim va ijtimoiy turmushda uquvsiz, “yaroqsiz” deb baholangan insonlar keyinchalik biron bir sohaning yetakchi mutaxassis sifatida elga tanilishi, yuqori lavozimlarni egallashi, tadbirkor shaxs sifatida kamol topishi hodisasi tajribada ko„p uchraydi. Shuning uchun bilim, ko„nikma va malakalarini egallash jarayonida qobiliyatlar namoyon bo„lsa-da lekin ular bilim, ko„nikma, malakalarga talluqli emas. Xuddi shu boisdan, ular bir biri bilan o„zaro tahlil qilganganida qobiliyatlar bilan bilimlar, qobiliyatlar bilan ko„nikmalar mohiyat, mazmun ma‟no jihatidan bir biridan farq qiladi. Ushbu pedagogik-psixologik hodisa obrazliroq tushuntirilganda bilim, ko„nikma, malakalar tufayli egalanadigan aniq voqelik deb tasavvur qilinsa, qobiliyatlar shaxsning ruhiy olamidagi hali ro„yobga chiqmagan imkoniyatlaridir. Masalan, kollej o„quvchisining o„qishga kirishi, mutaxassis sifatida kasbiy faoliyat uchun imkoniyat tarzida gavdalanishi kabi shaxsning qobiliyatlari kasbiy bilim, ko„nikma va malakalarini egallash uchun imkoniyat tariqasida namoyon bo„ladi. Kasbiy bilim va ko„nikmalar egallanadimi yoki yo„qmi, imkoniyat ro„yobga chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida qolib ketdimi - bularning barchasi ko„pgina omillarga va sharoitlarga bog„liqdir. Qobiliyatlar bilim, ko„nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash jarayonida, dinamikasida namoyon bo„ladi. Bu ularda namoyon bo„luvchi pedagogik qobiliyatga egalikdir. Buyuk alloma A. Navoiy «Qobiliyatsiz odamga tarbiya xayf, qobiliyatli odamni tarbiya 33
qilmaslik gunoh» deganlarida yoshlarning ichida eng zukko va qiziquvchanlarini davlat va jamiyat o„z kelajagi poydevori sifatida qarashga chorlagan edi. Pedagogika va psixologiyaning metodologik asosi bo„yicha ko„rsatilishicha qobiliyatlar imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo„lib, u yoki bu foliyatidagi zaruriy mahorat darajasi haqiqat hisoblanmaydi. Masalan, pedagogika kollej o„quvchisida namoyon bo„layotgan pedagogik qobiliyat uning o„qituvchi, tarbiyachi sifatida shakllanishiga kafolat bera olmaydi. O„qituvchi, tarbiyachi bo„lish uchun maxsus bilim berilishi, tabiatga, atrofdagilarga munosabati, idrok qilishi, shaxsiy fazilati, salomatligi, bolalarga bo„lgan mehrining cheksizligi, o„quvchilar, o„quv xonasi, axborot resurs markazi, amaliyot o„tash uchun bog„cha va maktablar, musiqa maktabi va boshqalar muhayyo bo„lishi zarur. Ta‟kidlab o„tilgan vositalar, shart-sharoitlar hisobiga kollej o„quvchisidagi pedagogik qobiliyati rivojlanishi mumkin. Pedagogik qobiliyat qobiliyat turlaridan biri bo„lib, shaxsning pedagogik faoliyatni samarali olib borish va shu sohada muvaffaqiyatlarga, yuqori natijalarga erishish demakdir. Pedagogik qobiliyat mohiyatida pedagogik faoliyatni samarali yo„lga qo„yishga imkon beruvchi nazariy-metodik bilimlar, amaliy ko„nikma va malakalar yotadi. Sohaga oid qobiliyat negizini o„qituvchi va o„quvchilar o„rtasidagi ta‟limiy va tarbiyaviy munosabatlar tashkil etadi. O„qituvchi shaxsiga ega sifatlar, shu jumladan, pedagogik qobiliyatni tarbiyalash muammosi bir qator pedagogik-psixologik tadqiqotlarning ham yetakchi g„oyasi sifatida qabul qilingan. Masalan, M.G.Davletshin, R.Z.Gaynutdinov, S.Jalilova, M.Kaplanova, tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o„qituvchi shaxsiga xos bo„lgan sifatlar, xususan, kasbiy sifatlarning mohiyati ochib berilgan, ularning namoyon bo„lish darajasi yoritilgan hamda pedagogik qobiliyatni rivojlantirish masalasi tadqiq etilgan. Tasnifda ifoda etiluvchi pedagogik kasbiy sifatlar umumiy tarzda quyidagicha guruhlanadi: 1) shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo„nalishi; 34
2) pedagogik mahorat va qobiliyati; 3) xarakterining pedagogik-psixologik xususiyatlari; 4) bilish faoliyati; 5) o„qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti. Mazkur tasnifda qayd etilgan sifatlar ayni vaqtda pedagogik qobiliyat mohiyatida ham aks etishini nazarda tutgan holda ayni o„rinda mazkur tasnifning keltirilishi maqsadga muvofiq deb topildi: 1. O„qituvchining shaxsiy xislatlari: bolalarni yaxshi ko„rish, ularni sevish; amaliy-pedagogik-psixologik aql-farosatlilik; mehnatsevarlik; jamoa ishlarida faollik; mehribonlik; kamtarlik; odamiylik, dilkashlik; uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo„lish;
o„z bilimini oshirishga intilish; 2. Kasbga xos bilimlari:
ta‟lim-tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;
psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi;
etnopedagogik-psixologik bilimlarni egallashi ; hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi; maktab
yoshidagi bolalarning pedagogik-psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
o„z fanini o„qitish metodikasini bilishi; 35
o„quvchilarga tarbiyaviy ta‟sir etishning samaradorligini bilishi;
ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi. 3. O„z kasbiga xos xislatlari:
milliy istiqlol g„oyasini anglashi; o„qituvchining kuzatuvchanligi;
o„z diqqat-e‟tiborini taqsimlay olishi; zamonaviy maktabda olib boriladigan o„quv-tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an‟analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;
pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi; o„ziga tanqidiy munosabatda bo„lishi;
o„zini qo„lga ola bilishi, o„zini tuta bilishi; pedagogik takt;
nutqning emotsional ifodalanishi. 4. Shaxsiy-pedagogik uddaburonlik:
dars mashg„ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi; o„quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
ta‟lim va tarbiya jarayonida o„quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtira bilishi;
bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o„z faoliyatini rejalashtira bilishi; o„quv maqsadlarini rejalashtira olishi;
o„zining ta‟lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi. 5. Tashkilotchilik malakalari:
bolalar jamoasini uyushtira bilishi; turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi; 36
amaliy masalalarni hal etishda o„zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo„llay olishi. 6. Kommunikativ malakalari:
bolalarni o„ziga jalb eta olishi; bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashi;
bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o„zaro munosabatlarini tartibga solishi;
bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog„lay olishi. 7. Gnostik malakalari: bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay olishi;
o„zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;
boshqa o„qituvchilarning tajribalarini o„rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to„g„ri xulosa chiqarish;
pedagogik-psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalana olishi; o„quvchilarni to„g„ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirish. 8. Ijodiy xislatlari: pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish;
o„quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati;
o„zini o„quvchi o„rniga qo„yib, bo„lib o„tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi; avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;
o„zining o„quvchiga pedagogik ta‟siri natijalarini oldindan ko„ra bilishga intilishi. Bir qator pedagogik-psixologik va pedagogik tadqiqotlarning olib borilishi natijasida aynan pedagogik qobiliyatga egalikni ifodalovchi va uning tarkibiy qismlari
37
sifatida aks etuvchi qobiliyat turlari aniqlangan. Pedagogik qobiliyatlilikni ifodalovchi tarkibiy qismlar quyidagilardan iborat: 1. Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o„quv materiallarini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg„otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg„ota oladigan qobiliyatlardir. 2. Akademik qobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir. 3.
Perseptiv qobiliyatlar bu o„quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, pedagogik-psixologik kuzatuvchanlik, o„quvchi shaxsini vaqtinchalik psixik holatlar bilan bog„liq nozik tomonlarini tushuntira bilishdan iborat qobiliyatdir. 4. Nutq qobiliyati – kishining o„z tuyg„u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o„qituvchidan o„quvchilarga uzatiladigan axborot, asosan, ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. 5. Tashkilotchilik qobiliyati – bu birinchidan, o„quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish, ikkinchidan, o„zining shaxsiy ishini to„g„ri tashkil qila olish qobiliyatidir. 6. Avtoritar qobiliyati - bu o„quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy ta‟sir etib, ularda obro„ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir. 7.
Kommunikativ qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo„lishda, o„quvchilarga yondashish uchun to„g„ri yo„l topa bilishga, ular bilan pedagogik taktning maqsadga muvofiq o„zaro aloqa bog„lashga qaratilgan qobiliyatdir. 8.
Pedagogik xayol – bu kishining o„quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o„z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko„ra bilishda namoyon bo„ladigan qobiliyatdir. 9.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bu qobiliyat bir vaqtning o„zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo„lib, o„qituvchi ishida g„oyat muhim ahamiyatga egadir.
38
Keltirilgan qobiliyatlarni egallagan har qanday o„qituvchi o„z o„quvchilarida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega bo„ladi. Yuqorida keltirilgan pedagogik tasnif anglanganidek, mohiyatiga ko„ra pedagogik qobiliyatlarni ifodalagan. Shu sababli, bizning nazarimizda, ijodiy qobiliyatli o„qituvchi o„zida minimum darajada kuch va vaqt sarflash hisobida, pedagogik faoliyatda juda yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo„lishi zarur. Ya‟ni: 1) nazariy pedagogik bilimlarni amaliyotda samarali qo„llay olish orqali o„quvchilar tomonidan fan asoslarini puxta o„zlashtirilishiga erishish; 2) o„quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotda qo„llay olish ko„nikma va malakalarni hosil qilish bo„yicha o„ziga xos metodikani yaratish yoki tajribani shakllantirishga muvaffaq bo„lish; 3) har bir o„quvchining individal xususiyatidan kelib chiqqan holda ularga samimiy munosabatda bo„lish, faoliyatida tolerantlikning ustuvorligini ta‟minlash, o„quvchilar bilan erkin muloqot qilish, hayotiy masalalar yuzasidan ularga mutaxassis maslahatini berish va alohida mehr-muhabbat ko„rsatish; 4) pedagogik mahorat asoslari (xatti-harakat (jest – oyoq va qo„l harakatlari, pantomimika (munosabatni gavda harakatlari orqali ifodalash) va mimika (munosabatni yuz ifodasi orqali bildirish) hamda nutq texnikasi (sur‟ati, ohangi, ko„lami, tebranuvchanligi va ritmining me‟yorida bo„lishi)ni puxta o„zlashtirish, ta‟sirchan, boy nutq madaniyati (nutqning to„g„ri, sof, aniq, ifodaviy, mantiqiy, boy va o„rinli bo„lishi)ga egalik va hokazolar)ni chuqur o„zlashtirish; 5) mutaxassislik fani asoslarini o„qitishda o„quv materialini milliy istiqlol g„oyasi va mafkura asoslari bilan bog„lay olish; 6) ta‟lim va ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar jarayonini o„zaro uyg„unlashtirishga erishish orqali o„quvchilarda eng yuksak insoniy sifatlarni samarali tarbiyalay hamda o„quvchilarda kelajakka ishonch tuyg„usini shakllantira olish. Maxsus pedagogika, psixologiya hamda metodika fanlari yutuqlariga tayangan holda, shuningdek, ta‟lim muassasalarining faoliyatlarini bevosita kuzatish asosida pedagogik kollej o„quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi 39
imkoniyatlarga ega ekanliklarini aniqladik. Quyida pedagogik kollej o„quvchilarini ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini taklif etamiz (2.1-rasm):
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling