405
2. Muloqot siz uchun muhim ahamiyatga egami?
Hurmatli o‘qituvchi. Ushbu test sizga atrof-muhitdagilar
bilan muloqot
qilish va do‘stlaringiz siz uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligingizni
aniqlashga yordam beradi.
Test natijalari asosida esa,
qanday qilib
kishilar bilan yaxshi muloqot o‘rnatish
kerakligi va qanday kasbni
tanlash lozimligi to‘g‘risida ham ma’lumot olasiz.
1. Agarda sizga yana bir marotaba kasb
tanlash erkinligi berilganda,
quyidagi kasblardan qaysi birini tanlar edingiz (bir xil maosh olish sharti
bilan)?
a) fizik–tadqiqotchi (0 ochko);
b) mehmonxona direktori (2 ochko);
v) baribir, axir maoshi bir xil-ku (1 ochko).
2.
Tasavvur qiling, siz juda muhim ixtiro
yaratdingiz va mukofot
oldingiz, so‘ngra qanday faoliyatni ma’qul ko‘rar edingiz?
a) ixtiromni hayotga tatbiq etish bilan shug‘ullanar edim (2 ochko);
b) laboratoriyada ixtiro yuzasidan faoliyatimni davom ettirar edim (0
ochko);
v) ixtiro bilan boshqa kishilar shug‘ullana qolsin, yangi
ixtiro yuzasidan
faoliyatimni boshlab yuborar edim (1 ochko).
3. Oylik maoshi bir xil bo‘lgan quyidagi
kasblarning qaysi birida
ishlashni xohlar edingiz?
a) uchuvchi bo‘lib (0 ochko);
b) tanlashda ikkilanaman (1 ochko);
v) advokat bo‘lib (2 ochko).
4. Agarda siz ishlab chiqarish sohasida ishlaganingizda faoliyatingizni
nimadan boshlar edingiz?
a) kadrlar muammosi bilan shug‘ullanar edim (2 ochko);
b) texnologiya bilan ishlar edim (0 ochko);
v) menga bari bir (1 ochko).
5. Sizningcha, o‘qituvchilikdan tashqari eng qiziqarli soha:
a) menedjerlik (1 ochko);
b) jamoat arbobi bo‘lish (2 ochko);
v) rassomchilik (0 ochko).
406
6. Siz qayerdan dala hovli olishni xohlar edingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: