O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 ball va undan kam
a) o‘rmondan (0 ochko);
b) sokin qishloqdan (1 ochko); v) hayot qaynagan, gavjum dala hovlilar posyolkasidan (2 ochko). 7. Turli xil bayramlarda siz: a) har xil sovg‘alarni tanlash va kimnidir tabriklashga toqatingiz yo‘q (0 ochko); b) bayramlarda sovg‘a qilishni yaxshi ko‘rasiz (2 ochko); v) sovg‘a tanlay olmaysiz (1 ochko). 8. Yaxshi kinofilmlarni ko‘rganda siz ko‘proq huzur-halovat olasiz: a) yaxshi ulfatlaringiz bilan (2 ochko); b) sevimli kishingiz bilan birga (1 ochko); v) yolg‘iz o‘zingiz ko‘rganingizda (0 ochko). 9. Sizni qachonlardir birorta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan man- sabga saylashganmi? a) ayrim hollarda (1 ochko); b) ko‘pincha (2 ochko); v) hech qachon yoki ba’zi hollarda (0 ochko). 10. Tasavvur qiling, siz xo‘jalik sohasida ishlaysiz. Qanday yo‘na- lishni tanlagan bo‘lar edingiz? a) mijozlar bilan ishlashni (2 ochko); b) tanlashda ikkilanaman (1 ochko); v) ma’lumotlarni hujjatlashtirish bilan ( ochko). Endi yig‘ilgan ballaringiz natijasi bilan tanishing: 6 ball va undan kam: umuman olganda siz odamovi, kamgap insonsiz va kishilar bilan muloqotdan ko‘ra yolg‘izlikni xush ko‘rasiz. Atrofingizdagi odamlar sizni sovuqqon, egilmaydigan, o‘zaro murosaga kelishni xohlamaydigan inson sifatida qabul qiladilar. Siz yaqin kishi- laringizga doimo e’tiborli bo‘lishingiz va his-tuyg‘ularingizni hamda ruhiy kechinmalaringizni kimlargadir izhor qilishni o‘rganishingiz kerak. 7 – 13 ball: sizni odamovi, kamgap inson deb bo‘lmaydi. Do‘stlaringiz davrasidagi qiziqarli muloqotlar sizga huzur-halovat bag‘ishlaydi, ammo ba’zan sizda o‘zingiz bilan yolg‘iz qolishga ehtiyoj 407 paydo bo‘ladi. Shunday paytlarda siz atrofingizdagi kishilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lishingiz mumkin, zero jahldor holatga tushib qol- gan bo‘lasizda. Siz sabr-toqatli, muruvvatli va iltifotli bo‘lishingiz kerak, axir atrofingizdagi yaqin kishilar sizning o‘zgaruvchan kayfiyatingizni mutlaqo bilishmaydi. 14–20 ball: siz juda ochiq ko‘ngilli, do‘stlikni qadriga etuvchi va samimiy kishisiz. Siz har qanday inson bilan xohlagan mavzuingizda qiy- nalmasdan muloqot qila olishingiz mumkin. Tanqidni yengil qabul qila- siz, atrofingizdagi tanishlaringizga nisbatan g‘amxo‘r va iltifotlisiz, ular- ning ismini va siymosini darhol eslab qolasiz. Biroq, muloqotingizdagi fikrlamasdan so‘zlash samimiylikdan, soxta, yuzaki muloqotga aylanib ketishi mumkin. Bundan ehtiyot bo‘ling. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling