O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
lar, barcha fikrlar libosi, o‘qituvchi nutqining poydevoridir
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Til va nutq.
lar, barcha fikrlar libosi, o‘qituvchi nutqining poydevoridir. Hikmatli
so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish lozim. Zero, dunyoda so‘z mulkidan ham ortiq va qimmatli xazina yo‘qligini Sharq mutafakkirlari o‘zlarining adabiy meroslarida bayon etganlar: So‘z ichra mudom aql yashirindur, So‘z chimildig‘u, aql kelindur. (Nosir Xisrav) So‘zni bilgan zarga bo‘lmaydi muhtoj, Zar qimmati so‘z bilan topar rivoj. ( Abdurahmon Jomiy) 188 Ham so‘z ila elga o‘limdan najot, Ham so‘z ila topib o‘lik tan hayot. (Alisher Navoiy) Agar bo‘lsang ipak kabi muloyim, Muloyim sen bo‘lsang quling bo‘loyin. Qulog‘imga bergan panding olayin, Kishiga qattiq so‘z aytguvchi bo‘lma. Oqmasdan qolmaydi bir oqqan ariq, Bir tanda odam goh semiz, goh oriq. Bir ko‘zi qarodir bir ko‘zi yorug‘, Qora deb qattiq so‘z aytguvchi bo‘lma. (Maxtumquli). Til va nutq. Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq, talaffuz, urg‘u, so‘z ishlatish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shu- ningdek, tilning tasviriy vositalari har xil sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Nutqda til – fikr almashish quroli, o‘qituvchi qalbining oyinasi, o‘qituvchining dars berish uslubini, pedagogik maho- ratini to‘liq namoyon qiluvchi vosita. Nutqda – tildagi rang-barang vosi- talar o‘z ifodasini topsa, bunday nutq – boy nutqdir. Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog‘langan vosita- lardir. Nutq qaysi tilda aytilmasin, o‘sha millat tilining qonun-qoidalari asosida ro‘yobga chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi. Til nutq uchun moddiy material. Shu material asosida nutq tashkil topadi. Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real- likka aylangan fikr bo‘lib ikki xilda namoyon bo‘ladi: ichki nutq; tashqi nutq. O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til ele- mentlaridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo- haza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir. O‘qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq – tashqi nutq bo‘lib, u ijtimoiy hodisadir. 189 1. O‘qituvchining nutqiy faoliyati: so‘zlash, mutolaa qilish va eshi- tishdan iborat. Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ayrim tekst va kitob shaklida bo‘lishi mumkin. Nutq maxsus bel- gilangan tartibda o‘zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi. Til hodisasi fonemalar tizimida, morfemalarda, sinonimiya, omoni- miyalarda, mavjud grammatik qoidalarda, murakkab terminlar va fraze- ologik iboralarda namoyon bo‘ladi. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling