O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Sharq mutafakkirlari notiqlik san’ati haqida


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

10.2. Sharq mutafakkirlari notiqlik san’ati haqida 

Mamlakatimizda notiqlik san’atining rivojlanishi O‘rta Osiyo 


madaniyati tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, nutq madaniyati hamisha o‘ziga 
xos mavqega ega bo‘lib kelgan. O‘rta Osiyoda notiqlik san’atining xusu-
siyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o‘sha davr tuzumining manfa-
atlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarini nadimlar, 
qissago‘ylar, masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, 
voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana 
shundan dalolat beradi. Movarounnahrda notiqlik san’ati voizlik deb 
atalgan. Voizlik, ya’ni va’zxonlik «Qur’on»ni targ‘ib qilish bilan mush-
tarak holda so‘zning ahamiyati, ma’nosini anglatgan. «Va’z» so‘zi arab 
tilidan pand- nasihat ma’nosini beradi. Va’z aytuvchi, nutq so‘zlovchi 
shaxs Voiz deb atalgan. Voizlik san’ati tinglovchining, jamoaning ongi-
ga, his tuyg‘usiga ta’sir etish mahorati bo‘lib, qadimgi Sharqda hukm-
dorlar ushbu san’at namoyondalari xizmatini yuksak darajada qadrla-


182 
ganlar. IX asrdan boshlab, davlat hukmdorlari notiqlik bilan bog‘liq 
barcha tadbirlarni maxsus tayyorgarlikka ega so‘z ustalariga yuklab, ular-
ni “voizlar” deb ataganlar.
Markaziy Osiyoda XII asrdan boshlab voizlik san’ati nazariyasi va 
amaliyotini targ‘ib qiluvchi ko‘plab ilmiy va uslubiy risolalar yozilgan. 
Jumladan, allomalar Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri”, Unsurul 
Maoliy Kayqovus “Qobusnoma”, Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”, 
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”, “Nazmul-javohir”, Husayn Voiz 
Koshifiy “Dah majlis”, “Mahzan ul-insho”, Ali Yazdiy “Zafarnoma”, 
Xondamir “Makorim ul-axloq”, Voiz Samarqandiy “Ravozat ul-voizin”, 
Muhammad Rafiq Voiz “Avbob ul-jinon”, Quraysh Saidiy “Anis ul-
voizin” kabi o‘zlarining asarlari bilan “voiz”lik san’ati xazinasiga 
munosib hissa qo‘shganlar.
Voizlik san’ati namoyondalari tinglovchilarning ijtimoiy va siyosiy 
mavqei hamda lavozimlarini hisobga olgan holda uch yo‘nalish bo‘yicha 
faoliyat ko‘rsatishgan. Birinchisi, sultoniyot, ya’ni hukmdorlar hamda 
yuqori tabaqali a’yonlar uchun mo‘ljallangan va’zxonlik bo‘lib, unda 
hamdu sanolar aytilgan, ularning obro‘ e’tibori, martabasi, faoliyatlari 
ulug‘lanib maqtalgan. Ikkinchisi, jihodiya, ya’ni vatan himoyachilariga 
mo‘ljallangan va’zxonlik bo‘lib, unda vatanparvarlik, jangovarlik
botirlik, qahramonlik, fidoyilik ulug‘langan, dushmanga nisbatan 
shafqatsiz bo‘lish ifodalangan. Uchinchisi, g‘aribona deb atalib, asosan 
mamlakatning oddiy fuqarolariga mo‘ljallangan va’zxonlikdir, unda 
barcha fuqarolar asosan itoatkorlikka, mehnatsevarlikka chaqirilgan. 
Voizlikning har bir yo‘nalishi o‘ziga xos ohangga, usulga, jozibaga ega 
bo‘lgan. Voizlar nutqda ma’lum bir muvaffaqiyatga erishish uchun har 
bir so‘zning, tushuncha va ohangning badiiy jihatdan yuksak va 
ta’sirchanligini ta’minlab, muayyan bir fikr, mulohaza, hukm, g‘oya, 
mafkura va xulosani tinglovchilarga yetkazish maqsadida suxandonlik 
(ritorika) fanini puxta o‘zlashtirishgan.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o‘zining 
«Geodeziya» asarida har bir fanning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi 
inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini ta’kidlab, 
notiqlik san’atining ildizlari bo‘lmish grammatika, aruz va mantiq fanlari 
ham shu ehtiyojlarning hosilasidir degan g‘oyani ilgari surgan. 
Ulug‘ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri 
mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda 
leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati cheksizligi 


183 
haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling