O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#280
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30

7.4. Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari 
Arab tilida yaratilgan tarixiy asarlar ёki  ёzma  ёdgorliklar quyidagi umumiy 
xususiyatlarga ega. Ular garchi arab tilida ёzilgan bwlsa-da, barchasida umumiy 
tarixni qamrab olishga, yani  tarixni jah’on tarixi sifatida idrok etishga, talqin 
qilishga intilish aloh’ida sezilib turadi. Bu manbalar uchun ilk tarixiy asar va 
namuna sifatida “Quroni karim” olinadi. 
 
Kitoblar ichida tarixchi wzining “Quroni karim”, h’adislar va 
“Payg’ambarlar qissalari”, diniy rivoyatlarni yashi bilishini namoyish etishga va 
ulardagi mashh’ur va malum voqea, h’odisa, rivoyat, aqidalardan unumli 
foydalanishga intilganlar. 
 Arab 
tilidagi 
ёzma manbalarning eng qadimgilari asosan mumtoz ёzuv 
turlaridan  kufiyda “Quroni karim” va tafsirlar, h’adislar nasx, suls ёzuvlarida 
bitilgan. XV asrdan swng istemolga nastaliq ёzuvi kirgan. Aloh’ida farmon va 
h’ujjatlar taliq ёzuvida bitilgan. 
 
Tarixiy asarlar mazmuni va tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, ularda 
matn ananaviy Alloh’ h’amdi – tah’mid, payg’ambarimiz natlari, twrt sah’oba ёki 

 
68
sah’obai roshidin tarifi kelib, undan swng asar kimga bag’ishlangan bwlsa, odatda 
ular yuksak lavozimdagi shaxslar ёki h’okimlar bwlgan, wsha h’omiylarga 
bag’ishlov maqtov ёziladi va ana shundan keyin kamtarin muallif wzi h’aqida, 
qanday asar ёzmoqchi ekanligi, uning nomi va asarning ixcham maxmuni ёki 
zamonaviy til bilan aytilsa, annotatsiyasi baёn etiladi. 
 
Asarning oxiridagi xotima – kolofonda esa, muallif asarini tugatib olgani 
uchun Alloh’ga shukronalar keltirib, mazkur qwlёzma asar va uning ushbu 
nusxasi, kwchirilish joyi va tarixi, xattoti h’aqida malumot keltiriladi. Tarixiy 
asarlarda keltiriladigan “Quroni karim” oyatlari va  “Hadisi sharif” namunalari 
odatda asosiy matndan ajratib, boshqa siёh’ bilan va kwpincha boshqa ёzuv, xat 
turi, masalan kufiy, nasx ёxud suls ёzuvida boshqacha siёh’ bilan bitilib, aloh’ida 
ziynatlanadi.      
 
Tarixiy asarlar qwlёzmalari wz davri ananalariga mos ravishda charm 
muqova – jildlarga olingan, kitob boshlanishi shams, unvon, sarlavh’a, zarvaraq 
naqshlari bilan, matn wrtalarida lavh’a naqshlar va mwjaz rasmlar bilan bezatilgan. 
Namuna sifatida Beruniyning “Osor ul-boqiya” asarining mwtabar qwlёzmasini 
kwrsatish mumkin. 
 
Umuman, arab tilida yurtimiz tarixiga oid manbalar bilan tanishish ularning 
h’am son jih’atidan kwpligi, h’am ilmiy saviyasi juda yuqori ekanligi guvoh’i 
bwlamiz. Garchi qomusiy olimimiz Beruniy arablarda tarix yaratish ananasi juda 
qadimiy va boy emasligi h’aqli ravishda qayd etilgan bwlsa-da, arab xalifaligi 
shakllanganidan swng, yunon, eron, yah’udiy va nasroniy tarix ananalaridan ijobiy 
va ijodiy foydalangan arab va asosan arab tilida ijod etuvyai muarrixlar h’am arab 
xalqlari, h’am arab xalifaligi h’ududiga kirgan ёki unga qwshni bwlgan xalqlar 
tarixini ёzishda juda katta h’issa qwshdilar. 
 
Shuning bilan birga, yurtimizdan etishib chiqqan tarixchilarimiz h’am arab 
tilida ayniqsa, Beruniy, Samoniy, Shah’obiddin Nisoviy kabi tarixchilar ajoyib 
asarlar yaratib, arab tilidagi tarix ilmi taraqqiёtiga munosib ulush qwshdilar. Yani 
arab tilidagi manbalarni wrganish h’ali wz dolzarbligini ywqotgani ywq. Ular 
xalqimiz boy merosining ajralmas qismi bwlib, wtmishdagi yuksak taraqqiёtimiz 
guvoh’idir. 
 
7.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati: 
1. 
“Quroni karim”. Wzbekcha izoh’li tarjima. Tarjima va izoh’lar muallifi 
Alouddin Mansur.-Toshkent: 1992. 
2. 
İslam. Entsiklopedicheskiy slovar.-Moskva: Nauka. 1991. 
3. 
Xalidov A.B. Arabskie rukopisi i arabskaya rukopisnaya traditsiya. –
Moskva: 1985. 
4. 
B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”. 
2001. B. 7-14. 
5. 
T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarixnavisligidan lavh’alar. 
- Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. –B. 3-9. 
6. 
Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. 
İstoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 
1998. –S. 3-7. 

 
69
7. 
Rukopisnaya kniga v kulturax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-
Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.-S.5-17. 
8. 
Krachkovskiy  İ.Yu. Arabskaya geograficheskaya literatura. Soch. 1U 
tom, -M.:-L.: 1957. 
 
7.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar 
1. 
Arab tilida ёzilgan manbalar va ularning yurtimiz tarixini wrganishdagi 
ah’amiyati qanday? 
2. 
Beruniyning “Osor ul-boqiya” asarining tarixni wrganishdagi ah’amiyati 
nimada? 
3. 
Tabariyning  “Tarix ar-rusul va-l-muluk”  asari tarixiy manba sifatida 
qanday xususiyatlarga ega? 
4. 
Shih’obuddin Nisoviyning “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” asari 
mazmuni nimadan iborat va uning manba sifatidagi ah’amiyati nimada? 
5. 
«Devoni lug’ati turk » asarining ilmiy ah’amiyati nimada?  
 
8 - mavzu: XIII-XIV asrlar tarixiga oid manbalar 
 
 Darsning 
mazmuni: Ushbu darsda vatanimiz tarixiga oid ёzma 
manbalarning yaratilishida fors tilining tutgan wrni u tildagi asosiy manbalar 
twg’risida talabalarga tushuncha beriladi, mwg’ullar bosqini, chig’atoy ulusi.  
Reja: 
8.1. Asosiy ijtimoiy-siёsiy voqealar. 
8.2. Huquqiy h’ujjatlar va ёzishmalar. 
8.3. Fors tilidagi tarixiy manbalar. 
8.4. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 
8.5. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
 
Asosiy tushunchalar: Forsiy tildagi ёzma manbalarga oid atama va tushunchalar 
h’am deyarli arab tilidagilar bilan   bir xil ataladi ёki aynan bir tushuncha ikkala 
tilda h’am ishlatiladi. 
 
8.1. Asosiy siёsiy ijtimoiy voqealar 
 
1219-1221 yillar ichida Wzbekiston mwg’ullur tomonidan istilo etildi. 1227 
yili Chingizxon Ettisuv, Koshg’ar, Movarounnah’r va Xorazmning sharqiy 
qismini, shuningdek, h’ozirgi Afg’onistonning shimoliy qismini ikkinchi wg’li 
Chigatoyga (1227-1241 y.) inom qildi. Bu ulus tarixda Chig’atoy ulusi nomi bilan 
mashh’ur. Chig’atoy ulusining oliy h’ukmdorlari h’am, qoraxitoylar singari, ulusni 
maxsus ijaradorlar, yani xorashmlik mashh’ur savdogar Mah’mud Yalavoch 
(1125-1238 yy.) va uning wg’li Masudbek (1238-1289 yy.) ёrdamida idora qildilar. 
Munko qoon (1251-1260 yy.) taxtga wltirgandan keyin, Jwji ulusining oliy 
h’ukmdori Botuxon (1227-1255 yy.) bilan til biriktirib, Chig’atoy avlodining 
kwpchiligini qatl ettirdi va Chig’atoy ulusini wrtada bwlib olishdi.      
Lekin, oradan kwp vaqt wtmay, Olg’u (1261-1266 yy.) ulus mustaqilligini 
tiklashga muvaffaq bwldi. Mubrakshoh’ (1266 y.) va Baroqxon (1266-1271 yy.) 

 
70
davrida mwg’ud h’ukmdorlari mah’alliy ah’oli bilan yaqinlashish maqsadida islom 
dinini qabul qildilar. Natijada, 1266 yili xon h’amda bazi mwg’ul urug’lari 
(masalan, jaloiriylar) Ettisuvdan Movarounnah’rga kwchib wtdilar. Bu h’ol wz 
navbatida tarqoqlik va parokandalikka olib keldi. X1U asrning 50-yillariga kelib, 
Chig’atoy ulusi ikkiga ajralib ketdi – Ettisuv va Koshg’arda qolgan mwg’ullar 
mustaqillik elon qilib, wz davlatlarini tuzib oldilar. Bu davlat tarixda Mwg’uliston 
ёki Jete nomi bilan mashh’urdir. 
Mwg’ullar h’ukmronligi yillarida Movarounnah’r xalqi ikki tomonlama – 
mwg’ul h’ukmdorlari dorug’alar, bosqoqlar h’amda mah’alliy er egalari zulmi 
ostida qoldi. Ular asosiy daromad solig’i xirojdan tashqari talaygina boshqa soliq 
va jarimalar –dorug’agi, sar shumor, ulufa, tamg’a, qupchur yasog’i, tag’or, bigor 
va boshqalarni twlashga majbur etilgan edilar. 
Og’ir chorakorlik meh’nati, mwg’ul h’ukmdorlarining beboshligi 
meh’natkash xalqning sabr kosasini twldirdi. Buxoro viloyatining xalqi kosib 
Mah’mud Tarobiy va iloh’iёt olimi Shamsuddin Mah’bubiylarning atrofiga 
uyushib, 1238 yili qwzg’olon kwtardi, lekin qwzg’olon boshqa shah’ar va 
viloyatlarga ёyilmadi. Natijada Buxorodagi qwzg’olon Ettisuv va Xwjanddan İldiz 
nwёn h’amda Chuqan qurchi boshchiligida yuborilgan mwg’ul qwshini tomonidan 
bostirildi. 
XIV asr ikkinchi yarmiga kelib Chig’atoy ulusining janubiy-g’arbiy qismini 
tashkil etgan Movarounnah’rda siёsiy tarqoqlik  yanada kuchaydi. Bu ayniqsa amir 
ul-umaro Qazag’on vafotidan (1358 yili) keyin kuchayib, mamlakat mayda 
qismlarga bwlinib ketdi. Masalan, Shah’risabzda Xoji barlos mustaqillik 
bayrog’ini kwtardi. Xwjandda Boyazid jaloir mustaqillik elon qildi. Balxda Amir 
Xusayn xon kwtarildi, Shibirg’onni Muh’ammad Apardi egalladi. Xuttalonda 
Kayxusrav wzini podshoh’ deb elon qildi. Badah’shon mah’alliy h’ukmdorlar – 
Badaxshon shoh’lari qwliga wtdi.  
Feodal tarqoqlikdan barlos amirzodalaridan Amir Temur ustalik bilan 
foydalandi va 1370 yili oliy h’okimiyatni qwlga oddi. 1370-1378 yillari u 
mamlakatdagi tarqoqlikni tugatib, Movarounnah’r va Xorazmni wziga 
bwysundirdi. 1381-1402 yillari Amir Temur qwshni mamlakatlar ustiga h’arbiy 
yurish qilib, Eron, Kavkaz orti, İroq, Kichik Osiё va Shimoliy Hindistonni istilo 
qildi, Oltin Wrda xoni Twxtamishga (1376-1395- yy.) qaqshatich zarba berib, uni 
poytaxti Saroy Berkani egalladi. 
Amir Temur va Temuriylar davlati mayda uluslarga bwlingan h’olda idora 
qilindi. Masalan, Amir Temur saltanati twrt qismga bwlingan edi: Xuroson, Jurjon, 
Mozandaron va Seiston (markazi Hirot shah’ri) Shoh’ruxga; G’arbiy Eron, 
Ozarbayjon,  İroq va Armaniston (markazi Tabriz), Mironshoh’ga; Fors, yani 
Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz), Mironshoh’ga; Fors, yani Eronning 
janubiy qismi (markazi Sheroz), Umarshayxga; Afg’oniston va Shimoliy Hindiston 
(markazi G’azni, keyinchalik Balx), Pirmuh’ammadga suyurg’ol (shah’zoda 
amirlarga toju taxt oldidagi katta xizmatlari uchun shartli tarzda inom qilingan er-
suv va uni idora qilish h’uquqi berilgan edi. 
Amir Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin 1409 yilgacha wzaro 
kurash davom etdi. Shoh’ruh’ Mirzo (1409-1447- yy.), Mirzo Ulug’bek (1409-

 
71
1449- yy.), Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469 yy.), Sulton Husayn Mirzo (1459-
1506- yy.) davrida davlat nisbatan markazlashgan edi va xalqaro obrwga h’am ega 
edi.  
XV asrning 80- yillaridan boshlab, wzaro h’amjih’atlik juda susaydi. 
Movaronnah’rning bir wzida deyarli uchta mustaqil davlat bwlib, ularda Sulton 
Abu Said Mirzoning wg’illari Sulton Ah’mad Mirzo Samarqandda, Umarshayx 
Mirzo Farg’onada va Sulton Mah’mud Mirzo Hisor, Xuttalon h’amda 
Badaxshonda h’okimi mutlaq h’isoblanar edilar.   
Amir Temur va Temuriylar davrida h’am er-suv h’amda h’uearmandchilik 
korxonalarining katta qismi podshoh’ xonadoni va badavlat kishilar qwlida bwlib, 
meh’natkash xalq ularning erini ijaraga olib kun kechirar edi. Ular xiroj, dorug’agi, 
mirobona, jon solig’i, avorizot, boj, tamg’a, zakot, peshkash, sovari kabi soliq va 
jarima twlashga, h’ukumat va katta er egalarining turli-tuman yumushlarini 
bajarishar edilar. 
Amir Temur davrida davlat tepasida rasman Chingiz avlodidan bwlgan 
Suyurg’atmish (1370-1380- yy.) va Sulton Mah’mudxon (1380-1402- yy.) turdi, 
lekin amalda butun h’okimiyat Amir Temur qwlida edi. Keyincha xon kwtarish 
tartibi bekor qilindi va oliy h’ukmdor wzini podshoh’ deb elon qildilar. Viloyat va 
tumanlarda h’okimiyat markaziy  h’ukumat tarafidan tayinlangan dorug’alar 
qwlida bwldi. Davlat ishlari asosan turli muassasa – devonlar, devoni oliy – 
markaziy ijroiya organi, devoni mol – moliya ishlari mah’kamasi va devoni 
tavochi - h’arbiy ishlar mah’kamasi va boshqalar qwlida bwlgan. Din, shariat bilan 
bog’liq ishlar qozi va shayxulislom qwlida edi. 
Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnah’rdagi Samarqand, 
Shah’risabz, Buxoro kabi shah’arlar iqtisodiy va madaniy jih’atdan wsdi, 
h’unarmandchilik va savdo sotiq rivoj topti. Movarounnah’rining Xitoy, Hindiston, 
Arabiston mamlakatlari, Mwg’uliston, Oltin Wrda va Evropa mamlakatlari bilan 
iqtisodiy va madaniy aloqalar kengaydi. Bu davrda ilm-fan va madaniyat 
rivojlandi. Bu davrda Nizomiddin Shomiy va Hofizi Abru, Sharafuddin  Ali 
Yazdiy va Abdurazzoq Samarqandiy, Muh’ammad Mirxond va G’iёsiddin 
Xondamir kabi muarrix olimlarni, Alisher Navoiy va Abdurah’mon Jomiy, Bisotiy 
Samarqandiy va Xoja İsmatulla Buxoriy, Shayx Ah’mad Suh’ayliy va Kamoluddin 
Binoiy kabi juda kwp istedodli shoir va olimlarni etishtirdi.  
 
 
8.2. Huquqiy h’ujjatlar va ёzishmalar 
 
Xoja Ah’rorga tegishli vasiqa va vaqfnomalar. Bu turdagi h’ujjatlar kwp va 
ular arxiv va muzeylarning fondlaridan, shuningdek qwlёzma kitoblar saqlanaёtgan 
kutubxonalardan topish mumkin. Yirik sharqshunos olima O.D.Chexovich (1912-
1982- yy.) Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik 
instituti va Wzbekiston Respublikasi Davlat arxivi fondlarida saqlanaёtgan vasiqa 
va vaqfnomalar fondini kwp yillar davomida qunt bilan wrgandi va ular ichida 
Xoja Ubaydulla Ah’rorga tegishlilarini ajratib olib, matni va ruscha tarjimasi, va 
maxsus tadqiqot bilan birga qwshib 1974 yili “Samarkandskie dokumentı XV-XVI 
vekov” nomi bilan nashr etdi. 

 
72
Xoja Ubaydulla Ah’ror wz davrining badavlat, boobrw kishisi bwlib, 
mamlakatning iztimoiy-siёsiy h’aёtida katta nufuzga ega bwlgan. Uni shu darajaga 
etkazgan omillardan biri uning qwlida twplangan katta er-suv va mol-mulk bwldi. 
Tarixiy manbalarning guvoh’lik berishicha, uning 300 jufti nov (bir juft h’wkiz 
ёrdamida h’aydab ekiladigan er) eri, shah’arlarda   timlari (usti ёpiq bozor), 
dwkonlari, h’ammomlari, karvonsaroylari, tegirmonlari, moyjuvozlari bwlgan.   
Xoja Ubaydulla Ah’ror marifatli va raiyatparvar kishi edi. Daromadning bir 
qismini xayrli ishlarga sarflagan, xalq manfaatini h’imoya qilgan. Masalan, 1463 
yili Temuriyzoda Umarshayx Mirzo Toshkent xalqidan katta miqdorda xiroj talab 
qilganda, Xoja Ubaydulla Ah’ror uni wz h’isobidan twlab yuborgan; 
h’unarmandlar va bozor ah’lidan olinadigan tamg’a solig’iga qarshi chiqqan, uning 
wzi va mulki barcha soliqlardan ozod qilinganiga qaramay, ayrim yillari h’amma 
qatori xiroj, ushr va boshqa soliqlar maunoti devoniya va navoibi sultoniya twlab 
turgan. 
Xoja Ubaydulla Ah’ror h’ar yili Sulton Ah’mad Mirzo (1458-1494 yy. 
Movarounnah’r h’ukmdori)ning devoniga 80 ming man (4,32 kg.ga teng) g’allani 
xiroj wrnida yuborib turgan; yiliga unga xirojning bir qismini – 10 ming kumush 
tanga berib turgan. 
Xoja Ubaydulla Ah’rorga tegishli vasiqa, vaqfnoma va boshqa  h’uquqiy 
h’ujjatlar h’ali boshqa erlardan h’am topiladi. Lekin O.D.Chexovich nashr 
qilganlarning wzi h’am Wzbekistonning XU-XU1 asr boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
ah’volini wrganishda birinchi darajali manba bwlib xizmat qiladi. Quyida ikkita 
h’ujjat mazmunini keltiramiz: 
VASİQA 
Alloh’ jumlai jah’on egasidir, uning shon shavkati yuqori bwlsin! (Hijriy) 
859 yil jumodi ul-oxir oyining 12- kuni. 
Bayramxwja wg’li Hasan, mulkiga mutasaddiy bwlishga h’aq-h’uquqi 
bwlgan h’olda, dedi: “Samarqandning Swzangaron kwchasida joylashgan ikki 
xonalik uyimni, tah’oratxona va ayvoni bilan, Ubaydullaxoja Jaloliddin 
Mah’mudga sotdim. 
Mazkur h’ovli-joyning g’arb tarafi oliyjanob, h’urmat-eh’tiromga loyiq 
bwlgan olg’uvchining dwkoni bilan tutash, shimoliy tarafi podshoh’lik erlari va 
qisman Amir Shermuh’ammad xojaning uyi bilan, sharqi-janub tarafdan esa xalqa 
kwchalar bilan tutashdir. 
Ushbu mulkni, barcha h’aq-h’uquqlari bilan, h’ozirda muomalada bwlgan 
1500 dinori adliyaga
23
 sotdim.  
Mazkur sado-sotiqning kafilligi wzimning zimmamda. 
Savdo quyidagi shaxslarning guvoh’ligida bwldi: 
Abu Mansur Muh’ammad; 
Sadulla Muh’ammad al-İspijobiy; 
Ah’mad Ali al-Xorazmiy; 
Xoja Sulton Jah’ongir wg’li; 
Bayramshoh’ Junayd Ramazon wg’li. 
                                                 
23
 Динори адлия – Мирзо Улуғбек даврида зарб этилган олтин танга пул, вазни 4,4 гр.га тенг.
 

 
73
Hammasi bwlib 26 guvoh’.”
24
 
 
8.3. Fors tilining tarixiy manbalarda tutgan wrni 
Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan wrni. 
Forsiy tildagi tarixiy manbalar. 
Forsiy tildagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va ah’amiyati. 
 
8.3.1. Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan wrni 
 
Arab xalifaligining siёsiy, iqtisodiy va h’arbiy qudratining  zaiflashuvi va 
mah’alliy h’okimlarning kuchayishi asta-sekin markaziy h’ukumat nomigagina 
Bag’dodda bwlib, uning wlkalardagi noiblari deyarli mustaqil davlatlar sifatida 
faoliyat kwrsata boshladilar. Bu esa madaniyat, ilm-fan soh’asiga katta tasir 
wtkazdi. 
 
Nomigagina xalifalikka qaram mamlakatlarida avval oddiy xalq orasida, 
asta-sekin ldimdar va davlat aёnlari va rah’barlari orasida arab tili bilan fors va 
turkiy tillarining istemol etilishi, keyincha arab tili din va diniy bilimlar tiliga 
aylanib, ayniqsa sheriyat va tarixda forsiy va turkiy tillar malum mavqega ega 
bwlib, ularda ilmiy, badiiy va tarixiy asarlar yaratildi, davlat h’ujjatlari yuritila 
boshlandi. Bora-bora forsiy til davlat tili darajasiga kwtarilib, bu tilda juda katta 
h’ududda badiiy va tarixiy asarlar yaratildi. 
 
Masalan, Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” 
asarlari, Mirzo Ulug’bek rah’namoligi va ishtirokida bitilgan “Tarixi ulusi arba” 
(“Twrt ulus tarixi”), Muh’ammad Mirxondning “Ravzat us-safo” (“Jannat bog’i”), 
Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy” va boshqalar forsiy tilda bitildi. 
Movarounnah’rda forsiy va turkiy til doimo ёnma-ёn istemol etilar edi. 
 
Bizning tariximizga oid salmoqli tarixiy manbalar avval arab tilida 
yaratilgan bwlsa, ayniqsa davlat rah’barlari ёki h’okimlar arab bwlganlarida, 
keyincha forsiy tilda bitildikim, bu til ilmiy doiralar, madrasa va maktablarda 
umumiy taraqqiёt darajasini belgilovchi zarurat sifatida wrgatilar va XIX 
oxirigacha, ziёli oilalarda vrvb tili din va “Quroni karim” tili sifatida, sheriyat va 
boshqa soh’alar uchun forsiy va lna turkiy tillari istefoda etilar edi. 
 
8.3.2.Fors tilidagi tarixiy manbalar 
 
“Buxoro tarixi” 
“Buxoro tarixi”, “Tarixi Narshaxiy” va “Tah’qiq ul-viloyat” (“Buxoro 
viloyati tah’qiqi”) nomlari bilan mashh’ur bwlgan bu asarda Buxoro va quyi 
Zarafshon voh’asida joylashgan shah’ar va qishloqlarning jwg’rofiy h’olati, 
ah’olisining VII-X asrlardagi ijtimoiy-siёsiy h’aёtini aks ettirgan qimmatli tarixiy 
manbadir. 
Kitob muallifining nomi qisqacha Narshaxiy (899-959 yy.) deb ataladi. 
Uning twliq ismi Abu Bakr Muh’ammad ibn Jaxfar ibn Zakariё ibn Xattob ibn 
Shariq bwlib, X asrda ijod qilgan buxorolik ymrmk tarixchi sifatida mashh’urdir. 
                                                 
24
 Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари, 74-75 бетлар.
 

 
74
Tarixchi Samoniyning malumotiga qaraganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax 
(h’ozirgi Vobkent ёnida) qishlog’idan. Narshaxiy wz asarini 944 yili ёzib 
tugallagan. 
“Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy ёzgan arab tilidagi asli saqlanib 
qolmagan. Asar 1128 yili farg’onalik (Quva shah’ridan) Abunasr Ah’mad ibn 
Muh’ammad ibn Nasr al-Qubaviy tarafidan ilk bor qisqartirilib forsiy tilga tarjima 
qilingan. Oradan taxminan 50 yil wtgach, 1178 yili kotib Muh’ammad ibn Zufar 
ibn Umar“Buxoro tarixi” tomonidan ikkinchi marta tah’rir etildi. 
Shuni h’am kwrsatish lozimki, “Buxoro tarixi” asarining bizgacha etib 
kelgan nusxalarida 1178-1220 yilgi voqealar baёni uning tarkibiga kiritib 
yuborilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi marta nomalum 
muh’arrir tomonidan twldirilgan kwrinadi. 
“Buxoro tarixi” Wzbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu erda 
islom dinining tarqatilishi h’amda mamlakatning Somoniylar h’ukmronligi 
yillaridagi tarixini baёn etadigan noёb manbadir.  
Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda Parij, Buxoro va 
Teh’ronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va wzbek tillariga (1897, 1954, 1966 
yillari) tarjima qilingan. 
8.3.4.“Hudud ul-olam” 
“Hudud ul-olam” fors tilida ёzilgan (982 y.) birinchi jug’rofiy xarakterdagi 
asardir. Kitobning twla nomi “Hudud al-olam min Mashriq ila-l Mag’rib”dir( 
“Sharqdan G’arbga qarab joylashgan mamlakatlarning chegaralari”). Asar muallifi 
nomalum. U Guznono (Afg’onistonning sharqi-shimoliy qismida joylashgan 
qadimiy viloyat) h’okimlaridan (Farug’iniylar) biriga atab ёzilgan. Kitobning 
yagona qwlёzma nusxasi sharqshunos A.G.Tumanskiy (1861-1920 yy.) tomonidan 
1892 yili Buxoroda topilgan. 
“Hudud ul-olam” asari muqaddima va 59 bobdan iborat. Uning 1-7 
boblarida erning tuzilishi, dengizlar, orollar, tog’lar, darёlar, chwlu biёbonlar 
h’amda dunёning inson yashaydigan twrtdan bir qismi – rubi maskun va unda 
istiqlmat qiluvchi xalqlar, rubi maskunning mamlakat h’amda viloyatlariga 
taqsimlanishi h’aqida umumiy muloh’aza yuritiladi. 
8-59- boblarida sharqdan  g’arbga qarab joylashgan mamlakatlar, ularni 
xalqi, wsha mamlakatlarda ishlab chiqariladigan asosiy matolar, ayrim wrinlarda 
esa savdo-sotiqning umumiy ah’voli xususida swz boradi. 
“Hudud ul-olam” asarida Wzbekistonning shah’arlari, ah’olisi va ularning 
mashg’uloti h’aqida qimmatli malumotlarni uchratamiz. 
Asarning matni aynan (fotomatni) faksimilesi, kirish va zarur izoh’lar bilan 
birga, 1930 yili V.V.Bartold tarafidan, inglizcha tarjimasi esa (tadqiqot va izoh’lar 
bilan birga) 1937 yili V.F.Minorskiy tarafidan nashr etilgan. Uning forscha matni 
ikki marta (M.Sotude va sayyid Jaloluddin Teh’roniy tarafidan) Eronda chop 
etilgan. 1983 yili asarning tojikcha nashri amalga oshirilgan. 
Ushbu kitob fors tilidagi ilk tarixiy-jug’rofiy manba sifatida juda qimmatli 
asar h’isoblanadi. 
8.3.5. “Siёsatnoma” 

 
75
Bu mashh’ur asar muallifi Nizomulmulk laqabini olgan Saljuqiylar davlatida vazir 
sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi va tarixchi olimdir. Uning asli ismi Abu 
Ali al-Hasan ibn Ali ibn İsh’oq at-Tusiy (1018-1092 yy.) bwlib, Saljuqiy 
h’ukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063-1073) h’amda Sulton Malikshoh’ I larning 
bosh vaziri bwlgan va bu davlatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida katta rol wynagan. U 
saltanatdagi tarqoqlikka barh’am berish, markaziy davlat tuzumini 
mustah’kamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun h’arakat 
qilgan. Shuning uchun unga mamlakatni tartibga soluvchi, yani Nizomulmulk 
nomi berilgan. Nizomulmulk Bag’dodda “Nizomiya” atalmish musulmon h’uquq-
aqoid maktabiga asos solgan. 
 “Siёsatnoma” asarining boshqa nomi ”Ciyar al-muluk” (“Podshoh’larning 
turmushi”)dir. Kitob 1092 yili ёzib tugallangan. U 51 bobdan iborat bwlib, unda 
davlat tizimi, moliyaviy h’isob-kitob ishlari, qwshin tuzulishi, mansablar va ularga 
amaldorlarni tayinlash tartibi, amaldorlar faoliyati muammolari xususida fikr 
yuritiladi. 
 
Asarda Wzbekiston tarixiga oid muh’im va qimmatli malumotlar bor. 
Somoniylar zamonida turk g’ulomlarining davlatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida 
tutgan wrni, Turkiston xonlari Qoraxoniylar saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning 
maishiy ah’voli, Somoniylar xizmatida bwlgan amirlar unvonlari, Xorazmshoh’ 
Oltintosh (1017-1032) bilan Sulton Mah’mud G’aznaviyning  vaziri Ah’mad ibn 
Hasan wrtasidagi ёzishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashqari, 
karmatlar, botiniylar h’arakati, Muqanna qwzg’oloni h’aqida h’am ayrim diqqatga 
sazovor malumotlar mavjud.  
 “Siёsatnoma”ning forschasi 1931, 1956 yillari, frantsuzchasi 1893 yili, 
inglizchasi 1960 yili h’amda ruschasi 1949 yili B. D. Zaxoder tomonidan chop 
qilingan. Kitob wzbek tiliga h’am tarjima qilingan. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling