O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.

bet1/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

 
1
O’ZBEKİSTON RESPUBLİKASİ OLİY VA O’RTA MAXSUS  
TALİM VAZİRLİGİ 
 
BERDAQ NOMİDAGİ QORAQALPOQ DAVLAT  
UNİVERSİTETİ 
 
 
 
 
 
Gumanitar fakulteti  
 
Tarix va arxeologiya  
kafedrasi. 
 
 
 
TARİXİY MANBAShUNOSLİK 
 
Bakalavrlar uchun  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi: t. f. n. Tureeva. G. A 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus 2008 
 

 
2
1-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari 
 
Darsning mazmuni: Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o’rni, 
uning asosiy xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari h’aqida malumot, 
mavjud ilmiy adabiyotlar qisqacha tah’lili beriladi. 
Reja: 
1.1.  Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. 
1.2.  Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari. 
1.3.  Manbalar turlari. 
1.4.  Manbashunoslikka oid adabiyotlarni tah’lili. 
1.5.  Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati. 
1.6.  Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
Asosiy tushunchalar: manba, tarixiy manba, birlamchi manba, asl nusxa, 
avtograf, bitik, bitma, yozma yodgorlik, qo’lyozma, qo’lyozma kitob, toshbosma, 
litografik kitob, nashr, ommaviy nashr, ilmiy akademik nashr, faksimile, 
arxeografiya, asosiy arab yozuvlari, rwyh’atga olish, tavsifga olish, tasniflash –
kataloglashtirish, fih’rist – katalog, kartochka, annotatsiya, monografik tavsif. 
1.1. 
Manbashunoslik fanini wrganishdan maqsad 
Manbashunoslik fanini wrganishdan maqsad talabalarda ushbu fan soh’asi 
twg’risida umumiy tushuncha h’osil qilish va ularda qiziqish uyg’otish va 
O’zbekiston tarixini manbalar asosida mustaqil wrganishga h’arakat qildirishdan 
iborat. 
Tarixiy fakt va voqealar baёni inson xarakteri, malumot beruvchi shaxs, 
guruh’, firqa, sulola, mazh’ab va mamlakatlar manfaati ywlida turlicha talqin 
qilinishi mumkin.  
 
Masalan, Wzbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi 
yarmi va XX asr boshlaridagi siёsiy voqealar turli davrlarda, manbalarda va turli 
mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular wz davrida yaratilgan ёzma 
ёdgorliklar, tarixiy h’ujjatlar va solnomalarda qanday baёn qilingan? Shwro 
davrida qanday tushuntirildi?  
Va nih’oyati mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida 
xolis va obektiv bwlib wtgan voqealarni bilishimiz mumkin va kerak. Bu esa 
manbashunoslik fanisiz, manbalarga ilmiy ёndoshuvsiz mumkin emas. Chunki, 
wsha davrdagi ёzma ёdgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi ёzuvimizda, bir 
qismi rus tilida h’am bitilgan va wsha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega. 
Xulosa, manbashunoslik fani yurtimiz tarixi  twg’risida xolis va obektiv 
bilim olishga, wzligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga 
xizmat qiluvchi tarix fanining muh’im soh’alaridan biridir. 
1.2. 
Manbashunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari 
Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muh’im soh’alaridan biri 
bwlib, turli (moddiy, etnografik, ёzma va boshqa) manbalarni wrganish h’amda 
ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jih’atlarini wrganadi. 
 
Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz? 
 
Tarixiy manba deganda uzoq wtmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning 
malum bosqichdagi kechmishini wzida aks ettirgan moddiy va manaviy 
ёdgorliklarni tushunamiz. 

 
3
 Moddiy 
ёdgorliklarga - qadimiy obidalar, manzilgoh’lar va mozarlar, 
shah’arlar, qasrlar va qalalar xarobalari, uy-rwzg’or buyumlari va boshqalar kiradi. 
 Manaviy 
ёdgorliklar deganda qadimgi ёzuvlar, xalq og’zaki ijodi 
namunalari, afsonalar, ёzma ёdgorliklar – bitik, qwlёzma kitob, h’ujjatlar va arxiv 
materiallari tushuniladi. 
 
Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bwlgan va 
uning xususiyatlarini wzida aks ettirgan moddiy va manaviy ёdgorliklardan 
iboratdir. Ularni wrganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz. 
 
Manbashunoslik fani ijtimoiy fan soh’asida asosan ikki xil bwlishi mumkin- 
tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maqsadimiz tarixiy 
manbashunoslikni wrganishdir. 
 
Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni qidirib 
topish, ularni rwyxatga olish, turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish
manbada wz aksini topgan ёki baёn etilgan voqealar, keltirilgan faktlarni twla va 
obektivligini aniqlash, manbaning tarix fani taraqqiёtini wrganishdagi 
ah’amiyatiga bah’o berish, manbashunoslikning asosiy vazifasi h’isoblanadi.     
1.3. 
Manbalar turlari 
Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, wtmishni wzida aks ettirishga 
qarab quyidagi olti asosiy guruh’ga bwlish mumkin. 
 
1.3.1. 
Moddiy (ashёviy) manbalar 
Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni wz ichiga oladi, 
lekin ёzuv paydo bwlganiga esa kwp vaqt wtganicha ywq. 
 
Masalan, tsivilizatsiyaning ilk wchoqlaridan biri bwlmish Markaziy Osiёda 
dastlabki ёzuv arameycha xat negizida taxminan eramizdan avvalgi birinchi ming 
yillik wrtalarida paydo bwlgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning malumotiga 
kwra, yurtimizda arab istilosiga qadar wn sakkiz ёzuv turi mavjud bwlgan ekan. 
Lekin, afsuski, kwh’na tariximizni wzida aks ettirgan ёzma  ёdgorliklarning katta 
qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning kwpchiligi bosqinchilik 
urushlari vaqtida, qolaversa tabiiy ofatlar oqibatida ywq bwlib ketgan. 
 
İlk tarixning ayrim lavh’alari  wtmishdan qolgan va insonning ijtimoiy 
faoliyati bilan bog’liq bwlgan moddiy ёdgorliklarda, aniqrog’i ularning bizgacha 
saqlangan qoldiqlari etib kelgan. 
 Xullas, 
moddiy 
(ashёviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan 
va dafn etilgan joylar, ularning meh’nat va urush qurollari, bino va turli inshootlar 
(qala va qasrlar, h’ammomlar va karvonsaroylar, h’unarmandchilik ustaxonalari 
h’amda suv inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlari, uy-rwzg’or buyumlari va zeb-
ziynat taqinchoqlari tushuniladi. Moddiy ёdgorliklarni qidirib topish va wrganish 
ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon, arxeo -qadimiy, logos – ilm; wtmish 
h’aqidagi ilm; kishilik jamiyatining uzoq wtmishni wrganuvchi ilm, 
qadimshunoslik) shug’ullanadi. 
 
 
 

 
4
1.3.2. 
Etnografik manbalar 
 
Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog’liq bwlgan material va malumotlar 
etnografik manba h’isoblanadi. Masalan, xalq, qabila va urug’ nomlari, inson qwli 
va aql –zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlarning naqsh va bezaklari, 
kishilar ongida, shuningdek, og’zaki  va ёzma adabiёtda saqlanib qolgan wtmish 
urf-odat va ananalari, kishilarning turmush tarzi etnografik manba h’isoblanadi. 
Bularning barchasini etnografiya (yunon, etnos – xalq, grapxo – ёzaman, xalq 
h’aqida malumotlar; xalqshunoslik) ilmi tekshiradi va wrganadi.  
 
1.3.3. 
Lingvistik manbalar 
Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, aniqrog’i uning leksik-swz boyligi tarkibidagi 
uzoq wtmishdan qolgan, ijtimoiy – iqtisodiy, mamuriy va yuridik atamalar, 
masalan,  xiroj - wrta asrlarda ah’olidan, asosan deh’qonlardan olinadigan asosiy 
soliq; daromad solig’i; ushr – daromadning wndan bir qismini tashkil etgan soliq; 
zakot – chorva va mulkdan kambag’allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq; 
cuyurg’ol – shah’zodalar va amirlarga toju taxt oldida kwrsatgan katta xizmatlari 
uchun beriladigan er-suv; tansuqot – kamёb, etiborga molik buyum, mato; 
podshoh’lar, xonlar va nufuzli kishilarga qilinadigan tortiq; cherik - qwshin; 
qorovul - qwshinning oldi va ёn tomonlarida boradigan maxsus h’arbiy bwlinma; 
xalifa  –Muh’ammad payg’ambarning wrinbosari, wrta asrlarda arab musulmon 
feodal davlatining boshlig’i; mirishkor  – twg’risi – miri shikor, podshoh’ va 
xonlarning ov qushlari va ov h’ayvonlarini tasarruf etkvchi mansabdormirob  – 
suv taqsimoti bilan shug’ullanuvchi mansabdor; qozi  –shariat  asosida ish 
yurituvchi sudya; ёrlig’ -wrta asrlarda h’ukmdor tarafidan beriladigan rasmiy 
h’ujjat; vaqfnoma –masjid, madrasa, xnaqoh’ va mozorlarga inom etilgan er - suv  
h’aqidagi tuzilgan maxsus h’ujjat va boshqa atamalar juda kwp uchraydi. Bu va 
shunga wxshash atamalar shubh’asiz qimmatli tarixiy material bwlib, 
ajdodlarimizning ijtimoiy – siёsiy h’aёtini wrganishga ёrdam beradi. Ularning 
kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani wrganadi. 
 
1.3.4. 
Xalq og’zaki adabiёti 
Og’zaki adabiёt  madaniyatning eng qadimgi qismi bwlib, uning ildizi 
ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib taqaladi. Og’zaki adabiёtning 
ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Tabariy, Masudiy, 
Beruniy, Firdavsiy, İbn al-Asir kabi sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha etib 
kelgan. Kayumars, Jamshid va Siёvush h’aqidagi afsonalar, Amort va Sparetra, 
Twmaris va Shiroq h’aqidagi qissalar shular jumlasidandir. 
Urug’chilik davri tarixini, ayniqsa, patriarxal – munosabatlarini wrganishda 
“Alpomish”, “Gwrwg’li” kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, marosim 
qwshiqlari, matal va topishmoqlarning roli h’am benih’oyat kattadir. Bu xalq 
durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turish – turmushi, manaviy 
qiёfasi, urf-odati, ayniqsa, uzoq wtmishda  h’ukm surgan ijtimoiy munosabatlar 
h’aqida qimmatli malumot beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor (nem. 
Folk – xalq, lore – bilim; donishmandlik, xalq donoligi) fani shug’ullanadi. 
 

 
5
 
1.3.5. 
Ёzma manbalar 
Ёzma manbalar tarixiy manbalarning muh’im va asosiy turidir. İnsonning ijtimoiy 
faoliyati, aniqrog’i kishilarning wzaro munosabatining natijasi wlaroq yaratilgan 
va wsha zamonlarda sodir bwlgan ijtimoiy-siёsiy voqealarni wzida aks ettirgan 
manba sifatida wrta asr (U1-X1X asrlar) tarixini wrganishda muh’im wrin tutadi. 
Ёzma manbalar wz navbatida ikki turga bwlinadi: 
1.Oliy va mah’alliy h’ukmdorlar mah’kamasidan chiqqan rasmiy h’ujjatlar 
(ёrliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-h’isobot daftarlari, rasmiy 
ёzishmalar). 
İjtimoiy-siёsiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni 
wrganishda rasmiy h’ujjatlar, moliyaviy - h’isobot daftarlari va ёzishmalarning 
ah’amiyati benih’oya kattadir. Rasmiy h’ujjatlar ijtimoiy-siёsiy h’aёtni malum 
yuridik shaklda bevosita va kwp h’ollallarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir. 
Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasmiy ёzishmalarda soh’talari h’am uchrab 
turadi. Shuning uchun h’am ulardan foydalanilganda diqqat-etibor va zwr 
eh’tiёtkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy-
siёsiy voqea ёki faktni talqin etish uchun foydalanish jaraёnida, bittasi bilan 
kifoyalanmasdan, wxshash bir necha h’ujjat, manbalarni qwshib wrganmoq zarur, 
chunki bitta h’ujjatda faqat bir kelishuv ёki fakt ustida gap boradi.  Shuning uchun 
faqat bir h’ujjat bilan malum ijtimoiy-siёsiy masala ustada qatiy fikr yuritib, 
umumlashtirib qatiy xulosaga kelib bwlmaydi.  
2.Tarixiy, geo-kosmografik h’amda biografik asarlar.  
 
Tarixiy, geo-kosmografik, h’amda biografik asarlar twg’risida shuni aytish 
kerakki, ular h’ukmron sinfning topshirig’i bilan ёzilgan va shu tufayli ularning 
sah’ifalarida kwproq podshoh’lar va xonlarning, amirlar va yirik ruh’oniylarning 
h’aёti va faoliyati ёritilgan, moddiy boylik yaratuvchi meh’natkash xalqning tarixi 
esa kwp h’ollarda chetlab wtilgan. 
 
Xullas, bu asarlarda, yani ёzma manbalarda h’ukmron feodal sinfning 
dunёqarashi wz ifodasini topgan, wsha sinfning maqsad  va manfaatlari ifoda 
etilganligi bilan ajralib turadi. 
 
1.3.6. Mwjaz rasm-miniatyuralar 
 
X-XIX asrlar davomida qwlёzma kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan 
nafis mwjaz rasmlar h’am tarixiy manba bwlib xizmat qiladi. Yurtimiz tarixi va 
moddiy ashёlar, h’anarmandchilik, kiyim-kechak, memorlik obidalari va umuman 
moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini wrganmoqchi bwlsak, nafis mwjaz tasviriy 
sanat namunalari- miniatyura rasmlar qimmatli manba rolini wtaydi. Chunki ularda 
tarixiy ashёlar tasviri aynan, bazan badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan 
h’olda aks ettiriladi. 
 
Masalan, buyuk musavvir ustod Kamoliddin Beh’zodning “Samarqanddagi 
Bibixonim masjidining masjida qurilishi” nomli mashh’ur rasmini eslatish kifoya. 
Bu rasmda XU asrdagi qurilish jaraёni, unda ishtirok etaёtgan ustalar twg’risida 
mukammal tasavvur beriladi. Bunday rasmlardan tarixni wrganishda tasviriy vosita 

 
6
sifatida unumli foydalanish mumkin. Biz swnggi yillarda chop etilgan manbalarda 
ulardan shunchaki befarq foydalanishlarini kwrishimiz mumkin.  
 
Umuman, bizgacha etib kelgan qadimgi devoriy rasmlar va qwlёzma 
kitoblarga ishlangan h’amda aloh’ida muraqqalardagi rasmlar ah’amiyati juda 
katta. 
 Kwrib 
chiqqanimizdek, 
manbashunoslik fani tadqiqot manbalari juda kwp 
va xilma-h’il bwlib, biz eng asosiylari twg’risida malumot berdik. Shu kunlarda 
texnika tarqqiёti munosabati bilan yana tovushli manba, foto manba, kino-
televidenie manbalari va internet materiallari h’am paydo bwlib, ular ananaviy 
manbalarni inkor etmaydi, balki qwshimcha vosita bwlib xizmat qilishi mumkin. 
Ayniqsa kompakt disklarni yaratilishi turli yangi pedagogik vositalarni qwllash 
imkonini yaratadi. 
 
Manbashunoslik fani tarix ilmining fundamental ywnalishi bwlib, bu 
soh’ada faoliyat olib borish uchun bir necha til va ёzma manbalar twg’risida katta 
bilim va tajribaga ega bwlish talab qilinadi.  
 
1.4. 
Manbashunoslikka oid adabiёtlarni tah’lili 
Bizning tariximiz juda boy, ёzma  ёdgorliklarimiz kwp bwlishiga qaramay, wz 
madaniy merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, uning wziga xos 
xususiyatlari va jah’on madaniyati xazinasiga h’issa bwlib qwshilganlarini 
aloh’ida kwrsatdigan manbashunoslik fani soh’asida yaratilgan mukammal 
dasrlik va qwllanmaga ega emasmiz. Lekin yurtimizda tarix fani soh’asida olib 
borilgan deyarli uch ming yildan  uzoqroq davr davomida twplangan tajriba 
umumlashtirilgani ywq.     
Hozircha mavjud darslik va qwllanmalar ichida akademik B.Ah’medovning 
“Wzbekiston tarixi manbalari” darsligi ikkinchi nashrini eng mukammal deb tan 
olishimiz mumkin. Qimmatli malumotlar jamlangani bilan ajralib turgan bu asar 
yanada mukammal darslik uchun asos bwlib xizmat qiladi. 
A.Habibullaevning “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” qwllanmasida 
h’am qator ijobiy xususiyatlar mavjud bwlib, ulardan tarixiy manbashunoslik 
bwyicha darslik tuzishda foydalanish mumkin. 
A.A.Madraimov tomonidan tuzilgan “Manbashunoslikdan  maruzalar 
majmuasi”da ilk bor arab, fors va turk tilidagi tarixiy manbalar xususiyatlarini 
xarakterlashga h’arakat qilingan va manbalalar twg’risidagi malumotlar manba 
nomi ostida berilishi bilan ajralib turadi. 
Manbashunoslik fani kwp asrlik ananaga ega bwlsa-da, yurtimiz 
manbashunosligi yuqorida zikr etilgan asarlarda umumlashtirishga h’arakat 
qilindi. Manbashunoslikni wrganish uchun birinchi galda tarixga oid ilmiy 
tadqiqotlar,  ёzma  ёdgorliklar nashrlari va birlamchi ёzma manbalar bilan 
bevosita ishlashga twg’ri keladi. Bu soh’ada Ya.G’ulomov, B.A.Ah’medov, 
A.W. Wrinboev kabi yirik olimlar asarlari, Wzbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 
saqlanaёtgan qwlёzmalar tavsifini wz ichiga olgan 11 jildlik monografik katalog 

 
7
h’amda maxsus katalog – fih’ristlar, tadqiqotlar bwlg’usi manbashunoslar uchun 
namuna bwlib xizmat qilishi mumkin. 
Talabalar  ёrdamchi manba sifatida entsiklopedik qomuslardan foydalanish 
mumkin. 
Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniqsa arab 
ёzuvidagi turkiy til va g’arb tillaridan ingliz, nemis va frantsuz tillaridan birini 
yaxshi bilishi kerak. Bu soh’ada rus tili h’am malum mavqega ega. 
 Manbashunoslik tarix fanining bir qator ёrdamchi soh’alari – paleografiya, 
diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va 
xronologiya  qwlga kiritgan yutuqlariga tayanadi. 
 
Paleografiya  (yunon.  Paleo - qadimiy, grapxo – ёzaman; qadimiy ёzuv) 
qadimiy qwlёzma asarlarning qog’ozi, muqovasi, siёh’i, ёzuvi va ёzish usullarini 
tekshiradi. 
 
Diplomatika  (yunon.  Diploma – ikki buklangan qog’oz; h’ujjat) rasmiy 
h’ujjatlarni wrganish va tah’lil qilish bilan shug’ullanadi. 
 
Geraldika  (yunon.  Gerald –gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli-
tuman nishon va belgilarni (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning tamg’alari) 
wrganadi. 
 
Sfragistika (yunon. Spragis –muh’r) qadimiy muh’rlar (podshoh’lar, xonlar, 
amirlar va qozilar muh’rlari) va ularning ёzuvlarini tekshiradi. 
 
Epigrafika  – (yunon. Epi  –ustida, tepasida, grapxo – ёzuv; biron narsa; 
buyum ustidagi ёzuv) tosh, metall buyumlar, ёg’och  va boshqa qattiq buyumlar 
ustiga wyib ёzilgan qadimgi bitiklarni wrganadi. 
 
Numizmatika  (lotin.  Numis  –pul) qadimiy pullarni, ashёsi, shakli, vazni, 
ёzuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi. 
 
Metrologiya (yunon. Metron -wlchov, logos  tushuncha – bilim; wlchovlar 
h’aqida tushuncha) wtmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bwlgan 
og’irlik, masofa va sath’ wlchovlarini wrganadi. 
 
Xronologiya (yunon. Xronos – vaqt, logos  - tushuncha, bilim; vaqt h’aqida 
tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bwlgan yil h’isobi va 
taqvimni wrganuvchi soh’a. Abu Rayh’on Beruniyning “Osor ul-boqiya” 
(“Qadimgi xalqlardan qolgan ёdgorliklar”) nomli asari turli taqvimlarni 
wrganishga bag’ishlangani uchun Evropada “Xronologiya” nomi bilan mashh’ur. 
Talabalarga manbashunoslik fanining ywnalishlari va asosiy xususiyatlari 
twg’risida malumot beriladi.  
 
1.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati  
1B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”. 2001. B. 
7-14. 
2T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarxnavisligidan lavh’alar. - 
Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. –B. 3-9. 
3.Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. İstoriya. 
Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. –S. 3-7. 

 
8
4.Rukopisnaya kniga v kulturax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987.-S.5-17. 
 
1.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar: 
1.  Manbashunoslik maqsadi nimadan iborat? 
2.  Manbashunoslikning asosiy mavzui va vazifalari nimadan iborat? 
3.   Qanday manba turlarini bilasiz? 
4.  Manbashunoslikka oid qaysi darslik va adabiёtlarni bilasiz? 
 
 
2-Mavzu. Manbashunoslikning asosiy ywnalishlari. Nazariy va amaliy 
manbashunoslik 
 
 Darsning 
mazmuni: Ushbu darsda talabalarga amaliy va nazariy 
manbashunoslik,  ёzma manbalarni qidirib topish, tavsifga olish va tadqiq qilish 
tushuntiriladi.   
 
 
Reja: 
2.1.  Manbashunoslikning ywnalishlari asosiy maqsad va vazifalari. 
2.2.  Nazariy manbashunoslik (ywnalishi). 
2.3.  Manbalarni turkumlash. 
2.4.  Arxeografiya.Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tah’lil etish. 
2.5.  Amaliy manbashunoslik (ywnalishi). 
2.6.  Manbalarni ichki belgilariga qarab tah’lil etish. 
2.7.  Foydalanilgan adabiёtlar r´yxati. 
2.8.  Maruza materialini mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
 
Asosiy tushunchalar: qog’oz, qog’ozrez, oh’orlash, muh’ralash, mistar, 
mistar bog’lash, wlcham, varaqlar soni, jild, muqova, sah’h’of, mujallid, jadval, 
jadvalkash, vassol, juzv, paygir, naqqosh, muzah’h’ib, shams naqshi, sarlavh’a, 
lavh’a, zarvaraq, unvon, lola naqshi, turunj naqshi, lachak, girih’, islimiy naqsh, 
abri bah’or, rassom, musavvir.  
 
2.1. Manbashunoslikning ywnalishlari asosiy maqsad va vazifalari 
Manbashunoslik fani asosan ikki ywnalishga ega bwlib, u nazariy 
manbashunoslik va amaliy manbashunoslikdan iboratdir. Biz quyida nazariy 
manbashunoslik xususiyatlarini baёn etamiz. 
 
2.2.  Nazariy manbashunoslik (ywnalishi) 
Nazariy manbashunoslik ywnalishi amaliy manbashunoslik tajribasini 
umumlashtiradi, ёzma manbalarni vujudga kelishi va ularning real tarixiy sharoitni 
wzida aks ettirish qonuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash, tavsifga 
olish, tartibga solish asoslarini ishlab chiqadi va ularni ilmiy muomalaga 

 
9
kiritishning, amaliy wrganishning eng maqsadga muvofiq asosiy usul va ywllarini 
aniqlaydi va amaliёtga tavsiya etadi.  Ular quyidagilardir. 
 
2.3.  Manbalarni turkumlash 
Sharq ёzma manbalarni turkumlashning yagona aniq bir qoidasi h’ozirgacha 
ishlab chiqilmagan. Mavjud qwlёzma manbalar fih’risti bir qismi asarlar tili nwqtai 
nazaridan kelib chiqib tuzilgan. Masalan, Angliyaning Britaniya muzeyida 
saqlanaёtgan sharq qwlёzmalari yirik sharqshunos Charlz Riё tomonidan ularning 
qaysi tilda ёzilganiga qarab, arab, fors va turkiy tildagi qwlёzmalarni aloh’ida, 
aloh’ida tavsifga olib fih’rist tuzgan. Frantsiya  poytaxti Parijdagi Milliy 
kutubxonadagi saqlanaёtgan sharq qwlёzmalari h’aqida  Edgar Bloshe h’am shu 
tartibda  katalog tuzgan. 
Toshkentdagi Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 
xazinasidagi qwёzmalar birinchi bor saqlanaёtgan tashkilot “Wzbekiston Fanlar 
Akademiyasi Sharq qwlёzmalari majmuasi” nomi ostida turli tildagi va turli 
mavzudagi asarlar tavsifga olinib, ularning wn bir jildda nashr etilgan. Hozir 
qwlёzmalarni qaysi fan soh’asiga oidligiga qarab tavsifga olish boshlab yuborilgan 
mana shunday kataloglar chop etilmoqda. 
Bazi manbashunoslar qwlёzmalarni mazmuniga qarab, asarda qaysi masala 
baёn etilganiga qarab, turkumlashni lozim topsalar, ularning boshqa bir guruh’i   
asarning kelib chiqishiga, yani qaerda va qachon ёzilganligiga  qarab turkumlashni 
maqul kwradilar. 
 
Yana bir guruh’ olimlar esa ularni rasmiy h’ujjatlar, tarixiy, geo-
kosmografik va biografik asarlar kabi turlarga bwlib wrganishni tavsiya qiladilar. 
Manbalarni avtograf – yani muallifning wz qwli bilan ekanligiga qarab ёki 
kwchirilgan nusxa ekanligigi qarab  turkumlash h’ollari h’am uchraydi. 
 
Hozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning faqat 
bittasiga, yani ularning turlariga qarab tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb 
h’isoblaydilar. Chunki boshqa tadqiqot ywllari ёzma manbani chuqur va atroflicha 
wrganish h’amda tah’lil qilish vazifalariga twla javob bera olmaydi. 
 Birinchidan, 
tarixiy 
manbalar 
ichida faqat bir masala – ijtimoiy-iqtisodiy, 
siёsiy, madaniy va boshqaga butunlay bag’ishlangan asar deyarli ywq ёki juda 
kam.  
 
Til bwyicha manbalarni wrganish ёmon emas, lekin biror mavzuga oid 
manbalarni wrganganda, faqat bir ёki ikki tilda yaratilgan asarlar bilan 
chegaralanish tadqiqot ilmiy qiymatini pasaytiradi. 
 
Mana shularni inobatga olganda, tarixiy manbalarni turlariga va qaysi davr 
voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir. Avvalgi 
paytlarda talaygina markaziy oliy wquv yurtlarida wqitilgan “CCJM tarixi 
manbashunosligi” va “Wrta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari mana shu 
qoidaga asoslangan.  
B. A. Ah’medov “Wzbekiston tarixi (wrta asrlar) manbalari”ni (ёzma manbalarni) 
quyidagi uch turga bwlib wrganishni tavsiya qilgan: 1) Ashёviy manbalar, yani 
arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashёlar; 2) rasmiy h’ujjatlar; 3) tarixiy, 
geo-kosmografik h’amda biografik asarlar. Ushbu turkumda qayd etilgan 

 
10
arxeologik  ёki ashёviy manbalar, yani qadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va 
ijtimoiy faoliyatini wrganish uchun asosiy manba bwlib xizmat qiluvchi manbalar 
asosan arxeologiya fani tomonidan wrganiladi va biz uchun qwshimcha ёki 
ёrdamchi dalil sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin. 
 
Bizning fikrimizcha, Wzbekiston tarixi ёzma manbalarini asasan ikki turga 
bwlib wrganish maqul kwrinadi. 
1) rasmiy h’ujjatlar – ёrliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqfnomalar, 
h’isob-kitob daftarlari, rah’nomalar, rasmiy ёzishmalar, maktublar va boshqalar. 
Umuman, tarixiy h’ujjatlarning wttizdan ortiq turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-siёsiy 
h’aёtni bevosita qayd etishlari, yani feodal er egaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat 
tuzilishi va shunga wxshash masalalar bwyicha daliliy malumotga boyligi bilan 
tarixiy manbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular  asosan h’ujjatshunoslar 
tomonidan maxsus wrganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda ilmiy 
qiymati juda katta.  
2) tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlar. 
Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlarda rasmiy 
h’ujjatlarga nisbatan tarixiy voqea va h’odisalar keng va twla ёritiladi. Shuning 
bilan bir qatorda ularda faktik materialning boyligi kwzga tashlanadi. 
Ёzma manbalarni faqat zikr etilganlari bilan cheklab bwlmaydi. Xususan, 
badiiy adabiёtlarda h’am tarixiy voqealar, shaxslar twg’risidagi malumotlar baёni 
mavjud bwlib, faqat ularning wziga xos baёn uslubi, badiyatini nazardan 
qochirmasdik kerak. Chunki tarixchi bor h’aqiqatni ёzishi kerak bwlsa, shoir ёki 
ijodkor badiiy twqima, bwrttirish, mubolag’aga ywl qwyish, yani wz istagiga 
muvofiq tasvirlash imkoniga ega. Masalan, Alisher Navoiy badiiy asarlarida shoir 
davriga va zamondoshlariga oid qimmatli fikr, muloh’azalar mavjud. Xususan, 
uning asarlaridagi shoir biografiyasiga oid malumotlar asosida İzzat Sulton 
“Navoiyning qalb daftari” nomli kitob ёzib, unda Alisher Navoiy biografisini 
tiklashga h’arakat qilgan. 
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida h’am tarixiy 
malumotlar, xususan Mirzo Ulug’bek shaxsi va uning ilmiy merosi twg’risida juda 
qimmatli malumot mavjud. 
Ёzma manbalardagi wziga xoslikning biri shuki, ularda baёn etilgan voqea, 
h’odisalarga subektiv ёndoshuv, ayrimlarini xaspwshlash ёki buzib talqin 
h’ollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot olib borilganda ularga 
tanqidiy ёndoshish talab etiladi. Bu esa manbashunoslikning asosiy ilmiy talab 
va printsiplaridan biridir. 
 


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling