O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.

bet6/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

5.5. Foydalanilgan manba va adabiёtlar rwyxati: 
1.  B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”. 
2001. B. 7-14. 
2.  T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarxnavisligidan lavh’alar. - 
Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. –B. 3-9. 
3.  Rukopisnaya kniga v kulturax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987.-S.5-17. 
4.  Wzbekiston tarixi. R.X.Murtazaeva taxriri ostida.-T.: 2003.  
5.  Sadullaev A.S. Qadimgi Wzbekiston tarixi manbalardan.-T.: 1996.  
6.  Tolstov S.P. Qadimgi Xorzm madaniyatini gullab.-T.: 1964.  
7.  Beruni. Qadimgi xalqlardan qolgan ёdgorliklar.  
8.  Rtveladze E.V. Velikiy shelkovıy put.-T.: 1999.  
9.  U.N.Mansurov. Avtoreferat.  
 

 
44
5.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar.  
1.  Qanday turkiy tildagi bitiklarni bilasiz?  
2.  Qaysi Xitoy manbalarda VI-VIII asr Wzbekiston tarixi ёritilgan?  
3.  Mug’ qalasidan topilgan Sug’d tilidagi h’ujjatlarning ilmiy ah’amiyati 
nimada?  
4.  Sug’d tilidagi manbalarni kimlar wrgangan?  
5.  Turkiy tildagi bitiklarni kimlar wrgangan?  
 
6 – mavzu. İslom manbashunosligi asoslari 
Dars mazmuni:  İslomiy manbalarning yuzaga kelish tarixi.  Tafsir ilmiy 
manbalari, islomiy manbani tarix fanini wrganishdagi ah’amiyati.  
 
Reja: 
6.1. Quron va quronshunoslik. 
6.2. Hadis va muh’addislar.  
6.3. Tafsir ilmi.  
6.4. İslomshunoslik. 
6.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 
6.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
Asosiy tushunchalar: Quron, sura, oyat, h’adis, tafsir, qissa, rivoyat, payg’ambar, 
saxoba, h’alifa, Halifai – Rashiddin, Sayyar Sharif, İmom, sunniy, shiya, h’anafi, 
mazh’ab, juzya.  
 
Malumki,  ³adim arab tilidagi ёzma  ёdgorliklar Arabiston va Suriyaning 
janubidagi  ³oyatoshlarga eramizning I asrlari atrofida bitilgan bitik toshlardan 
iboratdir. Joxiliya davri V-VII asrlar sheriyati  am o²zaki tarzda rivojloana borib, 
VIII-X asrlarga kelibgina xatga tushurildi. Ёzma adabiёt arablarda VIII asrdan 
yuzaga keldi.  
 
6.1. Š
uron va quronshunoslik. 
£uron 114 ta suradan iborat b´lib, dastlabki – Surai fotiµani µisobga 
olmaganda eng uzun suralardan boshlanib, u ё²iga ³is³ara boradi va kam oyat li 
suralar bilan yakunlanadi. £uron kitob µoliga kelgach, u k´plab k´chirila boshladi. 
Shu bilan birga xal³ manaviy eµtiёji bilan bo²li³ b´lgan bosh³a ilmlar yuzasidan 
ёziladigan kitoblarga µam y´l ochildi. Masjid va madrasalarda, saroylarda kitob 
xazinalari yuzaga keldi. İslomgacha b´lgan davr adabiy, tarixiy va ilmiy manbalari 
bir sidira k´rib chi³ildi va µ.k.  
 
6.2. Ќadis va muќaddislar 
Malumki, xadislar islom olamida qurondan keyin ikkinchi mu³addas manba 
h’isoblanib, ijtimoiy h’aёtning barcha jih’atlariga uz tasirini kursatgan. 
muh’addislik (Hadis yig’ish ananalari), Rasululloh’ h’aёt va³tlaridaё³ yuzaga 
kelgan. imom ibn Munnabbixning (vft. 101 y.) «Sah’iyfa» asari eng qadimiy h’adis 

 
45
h’isoblanadi. U 138 ta h’adisdan iborat b´lgan. Bu asarning VI asr h’ijriyda 
k´chirilgan nusxasi sa³lanib  ³olgan.  İslomshunos olim U.Uvatovning xabar 
berishicha, kitob shaklida, rasmiy ravishda ёzilgan birinchi h’adis kitobi xijozlik 
olim  İbn Shih’ob az-Zaxriy (vft. 124 h’.) qalamiga mansub. Bu twplam xalifa 
Umar kwrsatmasi bilan yuzaga kelgan. Umuman xalifa Umar madinaliklarga xam 
xudi shunday topshiri³lar bergan. qijriyning ikkinchi asrida yaratilgan xadis 
twplamlari ichida Molik ibn Anasning «Muvatta» nomli kitobi (Uvatov, 9-b.) 
aloh’ida qadrlanadi. Shuni h’am aytish kerakki, bu asardan kwplab nuqsonli 
h’adislar ular qatorida h’atto soxta h’adislar h’am tarqab ketdi.     
 
6.3. Tafsir ilmi. 
İslom dini turli tillarda s´zlashuvchi xal³lar ´rtasida keng ёyilgan b´lsa-da, 
£uronning tarjima ³ilish ta³i³langan, fa³at tafsir ³ilish (aynan izoµlash) ananaga 
aylangan edi.  
Malumki, biror matnning manosini echish, shar lash, izo lash tafsir 
deyiladi. Diniy manoda £uron oyatlarini izo lash va shu t´²risida  ёzilgan kitob 
tafsir deyilgan. Tafsirda odatda  ar bir sura ёki oyatning ³aysi erda nozil b´lgani, 
surada nechta oyat borligi va nimalar xususida gap ketishi, nozir b´lish sabablari 
batafsil  ёritiladi.  İslom dini tarida va ³´lёzma fonlarimizda fors, turk, urdu va 
bosh³a tillarda bunday tafsirlar juda k´p. ammo ulardan t´³³iztasi – Tafsiri Tabariy, 
Tafsiri Saolibiy, Tafsiri Zamaxshariy, Tafsiri Bayzoviy, Tafsiri Faxriddin Roziy, 
Tafsiri Jalolayn (ikki Jalol) – sunniylikda; Tafsiri Tabariy, Tafsiri ¥illiy, Tafsiri 
¥usayniy – shiallikda tan olingan va keng tar³algan. Markaziy Osiё minta³asida 
k´pro³ £uronning tatar tilida ³ilingan tafsirlari tar³algan edi. s´nggi paytlarda ´zbek 
tilida yaratilgan tafsirlardan sobi³ muftiy Mu ammad Sodi³ning «Tafsiri  ilol» 
(T., «Movarounna r», 1991) ini misol tari³asida keltirish mumkin.  
 
6.4. İslomshunoslik. 
VII asrda paydo bwlgan islom dini tez orada ulkan xududga tarqaldi. Arab 
xalifaligi tashkil bwlgach bu davlat tarkibiga kiruvchi mamlakatlar, xalqlar 
tarixi, madaniyatiga juda katta tasir wtkazdi. Bizning maqsadimiz islom 
manbashunosligi asoslari Quron, Hadis va tavsirlar tarix ilmi, manbashunoslik 
nuqtai-nazaridan wrganishdir. Chunki xalqimiz h’aёtida XX asr boshlarigacha, 
xatto bugungi kunda h’am etiqod masalalari musulmonchilik qonun qoidalari 
amal qilib kelmoqda. Bundan tashqari aksariyat ёzma manbalar islom 
manbashunosligi qonun qoidalariga binoan yaratilgan. Mana shuning uchun 
h’am tarixchi pedagoglar islomiy manba asarlarini yaxshi bilishi va wz 
pedagogik faoliyatlarida foydalanishi lozim. Manbashunoslik fanida talaba 
dinshunoslik fanida olgan bilimlarini yanada chuqurlashtirish nazarda tutiladi.  
 
6.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.  
 
1.  İslam. Spravochnik.-M.: 1969;  
2.  İmom Buxoriy «Jami-as-Sah’ih’». 4-jildlik –T.: 1991.  

 
46
3.  Muxammad Sodiq. «Tafsiri Hilol».-T.: 1991.  
4.  Entsiklopedicheskiy slovar.-M.: Nauka. 1991.  
5.  «Quroni karim», wzbekcha izoh’li tarjima. Tarjima va izoh’lar muallifi 
Alouddin Mansur.-T.: 1992.   
 
6.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
1.  «Quron»da qanday tarixiy malumotlar mavjud?  
2.  Tarixiy manbalarda «Quron»dan qaysi wrinlarda foydalanilgan?  
3.  Hadislarning tarixiy ah’amiyati nimada?  
4.  Tafsir deganda nimani tushunasiz?  
5.  İslomning jamiyatimiz tarixida tutgan wrni qanday?  
 
7 - mavzu: IX-XII asrlar tarixiga oid manbalar 
 
Darsning mazmuni: Ushbu darsda talabalarga 1X-X11 asrdagi ijtimoiy-
siёsiy ah’vol va bu davrda yaratilgan arab, fors va turkiy tildagi asosiy tarixiy 
manbalar va ulaning umumiy xususiyatlari twg’risida tasavvur berishdir. 
 
Reja: 
7.1. Asosiy ijtimoiy-siёsiy voqealar. 
7.2. Huquqiy h’ujjatlar va ёzishmalar. 
7.3. Arab tilida ёzilgan manbalar. 
7.4. Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari 
7.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 
7.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
Asosiy tushunchalar: Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, 
Buvayh’iylar, Ziёriylar, qoraxitoylar, gurxon, Xorazmshoh’lar. 
 
7.1. Asosiy ijtimoiy-siёsiy voqealar 
Bag’dod xalifaligining sobiq h’ududida tashkil topgan eng yirik davlatlardan 
biri Somoniylar davlati (819-999) edi. Unga Nuh’ ibn Asad (819-842 yy.) asos 
soldi. Bu davlat ayniqsa X asrning birinchi yarmida, İsmoil ibn Ah’mad davridan 
(892-907-yy.) boshlab kuchaydi. Somoniylar Movarounnah’r, Xuroson, Eron, 
h’ozirgi Afg’onistonning katta qismi, shuningdek, Toshkent, Turkiston va İspijob 
(Sayram) ustidan wz h’ukmronligini wrnatdilar. 
Somoniylar yirik er egalari, nufuzli ruh’oniylar h’amda yirik 
savdogarlarning kwmagiga tayanib, feodal tarqoqlik va ichki urushlarga barh’am 
berdilar,  İla vodiysida va Sirdarё bwylarida kwchib yurgan qorliqlarning 
Movarounnah’rning ichki tumanlari ustiga qilib turgan xurujlariga barh’am 
berdilar(893 y.). Bu h’ol mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga ywl 
ochdi. 
Bu sulola davrida markaziy davlat boshqaruvi birmuncha takomillashdi. 
Amir davlatni wnta muassasasi (devon): devoni vazir (Bosh mah’kama), devoni 
mustavfiy  (moliya ishlari mah’kamasi), devoni omid ul-mulk (insho va elchilik 

 
47
idorasi),  devoni soh’ib shurat (amir gvardiyasi  ishlari bilan shug’ullanuvchi 
idora)
16
,  devoni soh’ib barid (pochta ishlari mah’kamasi), devoni mushrif (wziga 
xos davlat xavfsizligi idorasi), devon ad-diya (amirning er-mulkini boshqaruvchi 
idora),  devoni muxtasib (shariat ishlari mah’kamasi), devoni vaqf (vaqf ishlarini 
nazorat qiluvchi idora), devoni quzzot (qozilik mah’kamasi) ёrdamida boshqargan. 
Lekin, davlatni boshqarishda turk amirlarining roli juda katta bwldi. 
Somoniylar davrida h’unarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Buni 
Buxoro, Samarqand, Marv, Balx, G’azni, Hirot va Toshkent kabi yirik, taraqqiy 
etgan shah’arlar misolida kwramiz. Bu davlat Hazar xoqonligi, Bulg’or xonligi, 
Rus va Xitoy bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari birmuncha rivoj topdi. 
Bu davr ilm-fan va madaniyatning wrta asr sharoitida benih’oyat rivojlangan 
davri h’isoblanadi. Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy singari ulkan shoirlar, Farobiy, 
Beruniy, İbn Sinodek allomalar etishib chiqdi. 
 Katta er egaligi munosabatlarining rivojlanishi, mah’alliy er egalari bilan 
byurokratik apparat, katta er egalari bilan ijarachi deh’qonlar wrtasidagi ziddiyatlar 
natijasida wzaro feodal kurash va yirik er egalarining ayirmachilik-ajralib 
chiqishga bwlgan h’arakati kuchayib ketdi.  
X asr oxirlariga kelib  feodal tarqoqlik yanada kuchaydi, Hamadon, İsfah’on 
va Rayda Buvah’iylar, Tabariston va Jurjonda Ziёriylar mustaqillikka erishdilar
962 yilda Somoniylarning G’aznidagi noibi Alptakin h’am mustaqillik elon qildi. 
Sirdarёning wng soh’ilidagi erlar, shuningdek, Chag’oniёn va Xorazm h’am 
somoniylarga itoat etishdan bosh tortdilar. 
Mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siёsiy parokandachilikdan Qoraxoniylar 
ustalik bilan foydalandilar. Ular 996 yili Zarafshonning shimoliy tarafidagi barcha 
erlarni, 999 yili esa Buxoroni ishg’ol  etib, Somoniylar h’ukmronligiga barh’am 
berdilar. 
Qoraxoniylar (X asrning 90-yillarida Sharqiy Turkiston, Ettisuv va 
Tyanshanning janubiy qismida tashkil topgan feodal davlatga asos solgan sulola) 
996-999 yillari Nasr ibn Ali (1012-yili vafot etgan) boshchiligida butun 
Movarounnah’rni egalladi. Faqat Somoniylar lashkarboshisi Abu İbroh’im İsmoil 
(Muntasir) 1001 yilgacha Qaroxoniylar bilan kurashdi, lekin ulardan ustun 
kelolmadi. 
Nasr ibn Alidan keyin Movarounnah’rni İligxon Ali takin(1034 yilning 
kuzida vafot etgan) idora qildi. 1025 yili Koshg’ar xoni Qodirxon (Tamg’ochxon) 
bilan Mah’mud G’aznaviy (998-1030-yy.) birgalikda Movarounnah’r ustiga yurish 
boshladilar. Ali takin Buxoro va Samarqandni qoldirib chwlga chekinishga majbur 
bwldi.  İttifoqchilar Movarounnah’rda wzlarining h’arbiy-siёsiy mavqelarini 
mustah’kamlay olmadilar va uni tashlab chiqishga majbur bwldilar. 
1032 yili Xorazm h’ukmdori Oltintosh (1017-1032 yy.) h’am urinib kwrdi, 
lekin uning barcha h’arakatlari zoe ketdi. Tarixiy manbalar, masalan Abulfazl 
Bayh’aqiy bergan malumotlarga qaraganda, Ali takindan keyin taxminan 1040 
yilga qadar uning wg’illari h’ukmronlik qildilar. Ulardan keyin 1060 yilgacha Abu 
İsh’oq İbroh’im ibn Nasr h’ukm yuritgan. U Qoraxoniylar poytaxtini Wzganddan 
                                                 
16
 Амир гвардияси турк ғуломларидан ташкил топган ва давлатни идора қилишда катта роль ўйнаган.
 

 
48
(Farg’ona vodiysidan) Samarqandga kwchirib olib keldi. Uning vafotidan keyin 
wg’illari wrtasida taxt uchun kurash boshlandi. Bu kurashda Abu İsh’oq İbroh’im 
ibn Nasrning Shams ul-mulk Nasr ismli wg’li g’olib chiqdi. 
Shams ul-mulk Nasr davrida (1068-1080-yy.) Qoraxoniylar va Saljuqiylar 
wrtasida Termiz va Balx uchun kurash kuchaydi. Buning ustiga Tomg’ochxon 
Qodir Yusuf va uning wg’illari unga qarshi kurash boshladilar va Sirdarёning 
shimoliy soh’ilidagi erlarni h’amda Farg’onani undan tortib oldilar. 
Abu İsh’oq İbroh’im ibn Nasr va uning avlodi bilan musulmon ruh’oniylari 
wrtasidagi ziddiyatlar Shams ul-mulkning taxt vorislari Xidir va Ah’mad (1081-
1089 yy.) davrida benih’oyat  kuchaydi. Saljuqiy Malikshoh’ I 1089 yili 
Movarounnah’rga qwshin tortib, Buxoro va Samarqandni zabt etdi. Lekin 
Saljuqiylar tez orada sulh’ tuzib, Movarounnah’rdan chiqib ketishga majbur 
bwldilar. Sulton Sanjar davrida (1118-1157 yy.), 1130 yildan boshlab, 
Qoraxoniylar unga tobe bwlib qoldilar. Mamlakatda siёsiy tarqoqlik kuchaydi – 
viloyat va wlkalarning kwpchiligi mustaqillik elon qildi. Ana shunday mustaqil 
viloyatlardan biri Buxoro bwlib, bu erda h’okimiyat Sadrlar (Burh’oniylar) deb 
ataluvchi ruh’oniylar sulolasi (1130-1207 yy.) qwliga wtdi. 
  Qoraxoniylar inqirozga yuz tutgan va Movarounnah’r tarqoqlik iskanjasiga 
tushib qolgan paytda uning shimoliy-sharqiy va g’arbiy tarafida ikki yirik h’arbiy 
siёsiy kuch paydo bwldi. Bulardan biri qoraxitoylar bwlib (etnik tarkibi 
aniqlanmagan), bazi malumotlarga kwra, ularning asli tungus, ayrim olimlarning 
fikricha –mwg’ul edi. Ular XII asr boshlarida dastlab Chug’uchak, keyinchalik 
Bolosog’un shah’ri bilan birga butun Ettisuv voh’asini ishg’ol qildilar. 
Qoraxitoylarning oliy h’ukmdori shurxon deb atalgan. Yana bir yirik h’arbiy siёsiy 
kuch Xorazmda shakllandi. İlgari Saljuqiylarga tobe bwlgan Xorazm 1127 yili 
mkstaqillikka erishdi. 
XII asrning 30-yillari boshlaridan qoraxitoylarning Movarounnah’rga 
talonchilik xurujlari boshlandi. Ular Shosh va Farg’ona bilan kifoyalanib qolmay, 
Zarafshon h’amda Qashqadarё voh’alariga h’am kirib bordilar. Qoraxitoylar 1138 
yili Samarqand xoni Qoraxoniy Mah’mudxonni (1132-1141) tor-mor keltirdilar va 
katta wlpon olib Ettisuvga qaytib ketdilar. 1141 yili ular Samarqandga yaqin 
Katavon degan joyda Maxmudxon va Sulton Sanjarning birlashgan kuchlarini tor-
mor keltirib, Samarqand, swngra Buxoroni egalladilar. Lekin ular Ettisuvdan 
Movarounnah’rga kwchib wtmadilar, balki h’ar yili wlpon olib turish bilan 
kifoyalandilar. 
Xorazmning mustaqillikka erishuvi Xorazmshoh’ Otsiz (1127-1156 yy.) 
nomi bilan bog’liq. U qisqa vaqt ichida Sirdarёning quyi oqimida joylashgan Jand 
shah’rini va Mingqishloqni egalladi. Suton Sanjar Xorazmni yana bwysundirishga 
h’arakat qildi, lekin bunga erisha olmadi. El Asrlon (1156-1172-yy.) va Sulton 
Takash (1172-1200 yy.) vaqtida Xorazmshoh’lar davlati birmuncha 
mustah’kamlandi. Xorazmshoh’lar 1156-1192- yillar orasida Hind darёsidan 
İroqqacha bwlgan erlarni bwysundirishga muvaffaq bwldilar. Xorazmshoh’ 
Muh’amad (1200-1220-yy.) davlati h’ududini juda kengaytirdi. 1206 va 1212 
yillari Buxoro va Samarqandni bosib oldi, 1210 yili esa Ettisuvda Gurxon 
qwshinlariga qaqshatqich zarba berdi va bu bilan qoraxitoylarning 

 
49
Movarounnah’rga bwlgan davolariga chek qwydi.   Ammo bu ulkan davlat 
markazlashgan va mustah’kam emas edi. Shuning uchun h’am u mwg’ullarning 
kuchli zarbasiga dosh berolmadi. 
Qoraxoniylar davrida davlat tepasida xon (manbalarda Tomg’ochxon) 
turgan va u rasman oliy h’ukmdor h’isoblangan, aslida esa nomigagina shunday 
bwlib, ijtimoiy-siёsiy h’aёtda ulus h’okimlarining, manbalarda ular iligxon atalgan, 
tutgan mavqei kuchli bwlgan. Ulardan ayrimlari mustaqil siёsat yuritganlar. 
Farg’ona (markazi Wzgand) h’amda Movarounnah’r (markazi Samarqand) 
iligxonlari shular jumlasidandir. Qoraxoniylar davdat tuzulmasi h’aqida malumot 
kam. Lekin vazir, soh’ib barid, mustavfiy atalmish lavozimlarning mavjud 
bwlishiga qaraganda, ular davrida h’am Somoniylar davlati idoralari saqlangan 
kwrinadi. 
XI asrdan boshlab Wzbekistonda erga egalik qilishning yangi shakli – iqto, 
toju taxt oldida kwrsatgan xizmatlari uchun shah’zoda va xonzodalar, amir va 
mansabdorlarga inom   tariqasida beriladigan er-suv, taraqqiy eta boshladi. 
Qoraxitoylar bosib olingan erlardan wlpon yig’ib olish (h’ar bir xonadondan 
bir dinor miqdorida) bilan kifoyalandilar. 
Meh’natkash xalqning ah’voli og’ir edi. U ikki tomonlama, mah’alliy yirik 
er egalari va xorijlik bosqinchilar zulmi ostida qoldi, muntazam ravishda xiroj 
h’amda boshqa soliq va jarimalar twlab turishga, davlat, xon va yirik er egalarining 
shaxsiy qurilishlarida tekinga ishlab berishga majbur edilar. 
Bu davrda chet el bosqinchilariga qarshi xalq qwzg’olonlari h’am bwldi. 
Masalan, 1206 yili Buxoroda va 1212 yili Samarqandda bwlib wtgan kosiblar 
qwzg’olonlari shular jumlasidandir. 
X-XII asrlarda Wzbekistonda ilm-fan, adabiёt birmuncha rivoj topti, 
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv, Gurganj kaba shah’arlar kengaydi, 
rivojlandi. Bu davrda Abu Rayh’on Beruniy (973-1048 yy.), Abu Ali ibn Sino 
(980-1037-yy.), Abubakr Muh’ammad ibn Jafar Narshaxiy (X asr), Maxmud 
Koshg’ariy (taxminan 1029-1038- yillar orasida tug’ilgan) kabi zabardast olimlar, 
Unsuriy, Amoq Buxoriy, Swzaniy Samarqandiy, Nishomiy Aruziy Samarqandiy, 
Yusuf Xos Xojib Bolosog’uniy kabi ajoyib shoirlar va adiblar etishib chiqdi. 
Mamlakatimizda kwplab masjid, madrasa, karvonsaroylar, baland minoralar va 
boshqa monumental bino va inshootlar barpo etildi. Hazora tumanidagi (Buxoro) 
Deggaron masjidi, wsha atrofdagi Raboti malik karvonsaroyi (XI asr), Buxorodagi 
masjidi kalon (1127 yili qurilib bitkazilgan), Vobkentdagi minora (1198-1199- 
yillari qurilgan, Shoh’i zinda va Afrosiёbdagi (Samarqand) ayrim binolar, 
Xorazmdagi Bwron qala, Noib qala va Faxriddin Roziy maqbarasi (XII asr) 
shuningdek, h’ozirgi Qirg’iziston va Turkmaniston wramida qurilgan bino va 
inshootlar shular jumdasidandir. 
 
7.2. Huquqiy h’ujjatlar va ёzishmalar 
Wzbekistonning qadimgi va wrta asrlar tarixini wrganishda ilmiy tekshirish 
institutlarining kutubxonalarida, davlat tarix arxivida, wlkashunoslik muzeylarida 
saqlanaёtgan rasmiy h’ujjat va ёzishmalarning ah’amiyati benih’oya kattadir. 

 
50
Lekin ularni topish, wrganish va wz wrnida foydalanish wta qiyin bwlib, 
tadqiqotchidan chuqur bilim, maxsus malaka, qunt va sabot-matonat talab qilinadi. 
Huquqiy h’ujjatlarni h’am, jamiyatda katta nufuzga ega bwlgan shaxslar 
wrtasida olib borilgan ёzishmalarni h’am yuir erdan, aniqrog’i bir ёki ikki asar 
ichidan, bir muzey, arxiv va fondidan topib bwdmaydi. Ularni barcha muzey, arxiv 
va fondlar ichidan, qwlёzma kitob va chop etilgan asarlardan qidirib topish 
mumkin.  
Huquqiy h’ujjatlar – podshoh’ va xonlarning farmonlari, ёrliqlari, 
inoyatnomalar, rah’nomalar, vasiqalar, vaqfnomalar va boshqalar Wzbekistondagi 
tarix va wlkashunoslik muzeylarida, maxsus ilmiy-tekshirish institutlari va 
universitetlarning kutubxonalarida, shuningdek Davlat tarix arxivdarida h’amda 
shaxsiy majmuadarda saqdanadi. Ammo IX-XII asrga oid h’ujjatlar h’ali aloh’ida 
twplanib wrganilganicha ywq. 
Bu davrda maxsus kotib ёki dabirlikka qancha katta etibor berilgani Nizimiy 
Aruziy Samarqandiyning “Twrt maqola” asarida baёn etilib, ayrim maktublar 
namunalari keltirilgan. Musulmonchilik h’ujjatlari Burxoniddin Marg’inoniyning 
“Hidoya” asarida keyincha wzining rasmiy tavsifini topdi. 
 
7.3. Arab tilida ёzilgan manbalar. 
Wzbekistonning VII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bwlgan tarixi 
kwproq va deyarli arab tilidagi ёzma manbalarda ёritilgan va bu anana keyincha 
h’am Temuriylar davrigacha davom etgan. Bu davrda yurtimiz avval arab 
xadifaligi tarkibida, swngra Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, 
Xorazmshoh’lar davlatlarini boshdan kechirdi. Arab tilida vatanimiz tarixiga oid 
ёzma manbalarni mualliflarning kelib chiqishiga qarab, ikki guruh’ga ajratish 
mumkin. 
Birinchi guruh’ - arab tilida ijod etgan yurtimizdan chiqqan tarixchi va 
olimlar. Bular Muh’ammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayh’on Beruniy, Mah’mud 
Koshg’ariy, Mah’mud Zamaxshariy, Abu Said Samoniy, Shah’obuddin 
Muh’ammad Nisoviy va boshqalardir. Ushbu muarrixlar asarlarida ona vatanga 
muh’abbat aloh’ida namoёn bwladi, bu ayniqsa Abu Rayh’on Beruniyning “Osor 
ul-boqiya” asarida xalqimiz qadimgi madaniyati twg’risidagi malumotlarida 
aloh’ida kwzga tashlanadi. 
İkkinchi guruh’ - xorijlik  olimlardan iborat bwlib, ular yaratgan arab tilidagi 
asarlarida yurtimiz tarixi madaniyati, siёsiy-ijtimoiy h’aёti  ёritilgan. Ushbu 
mualliflarning eng yiriklari Abulh’asan Madoiniy (vaf. 840 y.), Abulabbos al-
Yaqubiy (IX asr), Abubakr al-Balazuriy, İbn Xurdodbeh’ (820-taxm.913), Abu 
Jafar Tabariy (839-923 y.), İsh’oq al-İstah’riy (850-934 y.) va boshqalardir. 
Mazkur muarrixlar yurtimiz h’ududini umummusulmon  olami, arab 
xalifaligi bir qismi sifatida ёritganlar. Ular asosan arab xalifalikni ikki qismga, yani 
arab va ajam - g’ayri arabga ajratib wrganar edilar. Arablar tomonidan yurtimizga 
berilgan nom Movarounnah’r – darёning u ёg’idagi mamlakat mazmunini 
bildiruvchi jug’rofiy nom bizgacha etib kelgan bwlib, asosan arab mualliflari 
asarlarida istefoda etiladi. 

 
51
Quyida arab tilida bitilgan eng muh’im manbalar va ularning mualliflari 
h’aqida ixcham malumot keltiriladi. (Ushbu malumotlardan maruzachi wz 
xoh’ishiga binoan tanlab ana wshalardan foydalanishi mumkin.) 
 
7.3.1. “Kitob at-tarix” 
Ushbu arab tilida bitilgan qimmatli asar muallifi buyuk matematik 
Muh’ammad Muso al-Xorazmiy(VIII asr oxiri – IX asr birinchi yarmi)dir. Biz uni 
birinchi Wrta Osiёlik tarixchi olim deb atashimiz mumkin. Chunki al-Xorazmiy 
birinchilardan bwlib wzining “Kitob at-tarix” (“Tarix kitobi”) asarini ёzgan. 
Ammo ushbu asar bizgacha mukammal h’olida etib kelgan bwlmasada, undan 
olingan parchalarni swnggi davr tarixchilari İbn an-Nadim, al-Masudiy, at-Tabariy, 
Hamza al-İsfah’oniylar wz asarlarida keltiradilar. Bu kitobni Abu Rayh’on Beruniy 
wzining “Osor ul-boqiya” asarida h’am eslatadi. Mazkur asar xalifalik tarixiga oid 
malumotlardan iborat bwlgan. 
 
7.3.2. “Kitob al-surat al-arz” 
Mazkur asar h’am al-Xorazmiy tomonidan yaratilgan bwlib, yunon olimi 
Ptolomiyning jug’rofiyaga oid kitobini arab tiliga tarjima qilgan va uni wzining 
yangi malumotlari bilan boyitgan. “Kitobi surat al-arz” (“Er tasviri kitobi”) asarida 
Kaspiy dengizi ёki Xorazm dengizi h’aqida qimmatli malumotlar bor. Ushbu 
tarixiy jug’rofiyaga oid asardagi Wrta Osiёga oid malumotlar katta ilmiy 
ah’amiyatga ega. Kitobning 937 mklodiy, h’ijriy 428 yili kwchirilgan mwtabar 
qwlёzmasi yuizgacha etib kelgan bwlib, unga turli xaritalar chizib ilova qilingan. 
Ushbu mwtabar qwlёzma matni 1926 yili sharqshunos H.M.Mjik tomonidan 
Leyptsigda nashr qilingan. Kitobni wzbek tiliga A.Ah’medov tarjima qilib, ilmiy 
sharh’lar bilan 1983 yili chop etgan. 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling