O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2.7. “Firdavs ul-iqbol”
- 9.2.8. “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin”
- 9.2.9. “Shajarayi Xorazmshoh’iy”
- 9.3. Turkiy-wzbek tilidagi manbalar xususiyatlari
- 9.4. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.
- 9.5. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar.
- Asosiy tushunchalar: Xamsa, h’olot… 10.1.Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar.
- 10.2. Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi 10.3. «Tarixi anbiё va h’ukamo» asari.
9.2.5. “Shayboniynoma” “Shayboniynoma” tarixiy dostonining muallifi Muh’ammad Solih’ (taxm. 1455-1535 yy.) bwlib, turkiyzabon bilkut qabilasidan chiqqan. Shoh’ruh’ va Mirzo 106 Ulug’bek davrida zwr nufuzsha esha bwlgan amir Shoh’malikning nabirasi. Otasi amir Nur Saidbek h’am yirik amirlardan bwlib, avval Mirzo Ulug’bek, swngra Sulton Abu Said Mirzo xizmatida bwlgan, 1464-1467 yillari Xorazmda h’okim bwlgan va 1467 yili Sulton Abu Saidning farmoni bilan qatl etilgan. Muh’ammad Solih’ning ёshligi Hirotda kechgan va wsha erda wqib nashu namo topgan, swngra Sulton Husayn, 1494 yildan Samarqandda katta nufuzgu ega bwlgan Temuriy amirlardan Darvish Muh’ammad tarxon va xoja Ubaydulla Ah’rorning wg’li Muh’ammad Yaxё, 1500-1504 ymllari Buxoro va Chorjwydagi noib bwlib, shundan keyin to vafotiga qadar, Shayboniylardan Muh’ammad Sulton (vaf. 1505 y.) va Ubaydullaxonning kotibi bwlib xizmat qilgan. Muh’ammad Solih’ning yaratgan tarixiy dostoni “Shayboniynoma”da Muh’ammad Shayboniyxonning h’aёti va olib borgan urushlari h’aqida sheriy uslubda h’ikoya qilinadi. Asar qah’ramonning tug’ilganidan boshlab, to 1505 yilgacha Dashti qipchoq, Movarounnah’r h’amda Xorazmning ijtimoiy-siёsiy tarixidan baxs yuritadi. Dostonda qwshinlarning ёvuzliklari, meh’natkash xalqning og’ir ah’voli, Qorakwl, Qarshi va Huzorda Shayboniylarga qarshi kwtarilgan qwzg’olonlar h’aqida h’am qimmatli malumotlar uchraydi. Asar geografik va etnografik malumotlarga h’am boydir. “Shayboniynoma” asari 1505 yildan keyin ёzilgan. Uning ikkita nodir qwlёzmalari saqlanib qolgan bwlib, biri Avstriyaning Vena shah’rida, ikkinchisi esa Sankt-Peterburg universiteti kutubxonasida saqlanadi. Kitob 1885 va 1908 yillari asd matni va 1961 va 198. Yillari krill alifbosidagi tabdili chop etilgan. 9.2.6. “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk va mwg’ul” Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk va mwg’ul” asarlarini yaratgan Abulg’ozi Bah’odirxon, h’am Xeva xoni (1643-1663 yy.) va tarixchi olim sifatida mashh’urdir. U 1603 yil 23 avgustda Urganchda tug’ilgan va 1619 yilgacha ana shu shah’arda istiqomat qilgan. Swngra inilari Habash va İlbors bilan toju taxt uchun bwlgan kurashda mag’lubiyatga uchrab, Buxoroga qochib bordi va İmomqulixon (1611-1642 yy.) saroyida panoh’ topdi. Akasi İsfandiёr 1623 yili xon bwlgach, yana Xorazmga qaytib bordi va Urganchga h’okim etib tayinlandi. Lekin 1627 yili İsfandiёrxonning wzi bilan bwlgan kurashda mag’lubiyatga uchradi. Bu safar Abulg’ozixon Turkistonga qochib bordi va qozoq xonlaridan İshimxon (1598-1628 yy.) h’uzurida panoh’ topdi. Oradan bir yil chamasi vaqt wtgach, 1628 yili, yana bir qozoq xoni – Tursunxon uni Toshkentga olib keldi va Abulg’ozixon Toshkentda 1630 yil oxirigacha istiqomat qildi. Oradan kwp vaqt wtmay, Abulg’ozixon Xiva turkmanlarining taklifi bilan yana Xorazmga qaytib bordi, lekin oradan olti oy wtar wtmas, İsfandiёrxon uni Niso va Darunga bosqinchilik yurishi uyushtirganlikda ayblab h’ibsga oldi va Eronga, shoh’ Safi 1 (1629-1642 yy.) h’uzuriga omonat 36 tariqasida berib yubordi. Abulg’ozixon wshanda İsfah’ondagi Taborak qalasiga qamab qwyildi va shu tarzda Eronda 10 yil atrofida kun kechirdi. 1639 yili Abulg’ozi qamoqdan qochdi 36 Омонат – тобелик аломати. Ўрта аср анъаналарига кўра, тобелмкни қабул қилган ҳукмдорнинг саройига фарзандлари ёки яқин қариндошларидан бирини гаров тариқасида юборган. Бу ерда шунга ишорат. 107 va kwp mashaqqatlar chekib, 1642 yili ona yurtiga qaytib keldi. 1643 yili, İsfandiёrxon vafotidan bir yil wtgach, Orol wzbeklari uni xon qilib kwtardilar. Wsha yili Abulg’ozixon Xivadagi raqiblari ustidan h’am g’alaba qozondi va Xiva taxtiga wtirdi. Abulg’ozixon keng malumotli bwlishi bilan bir qatorda, feodal h’ukmdor h’am edi. U wz faoliyati bilan ana shu doiralar manfaatlarini h’imoya qildi. Abulg’ozixon 1663 yili toju taxtni wg’li Anusha (1663-1687 yy.)ga qoldirib, umrining oxirini butunlay ilmiy ishga bag’ishlaydi. U 1664 yili vafot etgan. “Shajarayi tarokima” turkman xalqi va Turkmanistonning wrta asrlardagi tarixini wrganishda bosh manba bwlib xizmat qiladi. “Shajarayi turk va mwg’ul” 1664 yili ёzilgan, lekin Abulozixonning og’ir dardga chalanib qolishi va tez orada vafot etishi sababli tamomlanmay qolgan. Asar 1X bobining davomi, yani 1644-1663 yillar voqealari Anushaxonning topshirig’i bilan Mah’mud ibn mulla Muh’ammad Urganjiy degan olim tomonidan ёzilgan. Asarning I-IV boblari h’am wsha Mah’mud ibn Muh’ammad Urganjiyning qalamiga mansubdir. “Shajarayi turk va mwg’ul” asari qisqacha muqaddima va 9 bobdan iborat. Muqaddimada asosan asarning ёzilishi sabablari h’aqida gap boradi. I bobda Odam Atodan to Mwg’ulxongacha, II bobla Mwg’ulxondan Chingizxongacha, III bobda Chingizxlnning tug’ulishidan to vafotigacha, IV bobda Wgaday qoon va uning Mwg’ulistonda h’ukmronlik qilgan avlodi, V bobda Chig’atoyxon va uning Movarounnah’rda podshoh’lik qilgan vorislari, VI bobda Elxoniylar, yani Eronda h’ukmronlik qilgan Chingiz avlodi, VII bobda Jwjixon va uning Dashti qipchoqda podshoh’lik qilgan avlodi, VIII bobda Shayboniyxon va uning Movarounnah’r, Qozog’iston, Sibir va Qrimda h’ukmronlik qilgan farzandlari va, nih’oyat, IX bobda Shayboniyxonning 1511 yildan Xorazmda podshoh’lik qilgan avlodi bilan bog’liq voqealar baёn etilgan. Asarning I-VIII boblari umumlashtiruvchi xarakterga ega bwlib, Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” va shuningdek yana wn sakkiz tarixiy asarlar asosida yaratilgandir. Kitobning 1X bobi yangi h’isoblanadi va unda Xorazmning 1512-1663 yillar orasidagi ijtimoiy-siёsiy tarixi keng va atroflicha baёn etiladi. Bundan tashqari, asarda Abulg’oziy Bah’odirxon zamonida obod bwlgan Xorazmdagi Urganch, Vazir, Tirsak, Yangi shah’ar, Buldumsoz, Bag’dod, Kot, Durun, Qumkent, Mizdah’kan, Dorug’an ota, Boqirg’on, Xos minora, İsm Mah’mud Ota, Chilik kabi shah’arlar, Amudarё va darё wzanining wzgarishi, xivalik turkmanlarning og’ir ah’voli, XVI-XVII asrlarda Xiva xonligi bilan Buxoro wrtasidagi siёsiy munosabatlar h’aqida h’am qimmatli malumotlar uchraydi. Abulg’oziy Bah’odirxon va uning “Shajarayi turk va mwg’ul” asari tez orada ilmiy jamoatchilikning daqqat-etiborini qozondi. U XVIII asrdaёq bir necha, nemis va frantsuz (1726 y.), rus (1770 y.) va ingliz (1780 y.) tillariga tarjima qilindi. Wtgan asrda bu asar nemis (G.Ya.Ker), rus (Ya.O.Yartsev va G.S.Sablukov), frantsuz (P.İ.Demezon), turk (Ah’mad Vefiq posha) tillariga tarjima qilindi. Asar 1897-1913 yillari yana turk (tarjimon Rizo Nur) va 1935 yili fors tillariga tarjima qilindi. Asarning G.S.Sablukov (1906 y.) va P.İ.Demezon 108 (1871-1874 yy.) amalga oshirgan nashrlari mukammal va zwr ilmiy qimmatga egadir. Abulg’oziy Bah’odirxon asarining xorijiy tillariga tarjima qilinishi va dunё bwylab tarqalishi bwyicha “Temur tuzuklari” va Boburning “Vaqoyi” asari bilan qiёslash mumkin. Ular turkiy tildagi tarixiy asarlarning juda katta ilmiy qiymatga ega ekanligini kwrsatadi. 9.2.7. “Firdavs ul-iqbol” “Firdavs ul-iqbol” (“Jannat bog’i”) nomli Xorazm tarixi bwyicha yaratilgan shoh’ asarning ijodkorlari XU111 asr swnggi choragi va X1X asrda wtgan yirik shoir, tarjimon va tarixnavis Shurmuh’ammad ibn Avazbiy Munis (1778-1829 yy.) va uning jiyani Muh’ammad Rizo Erniёzbek wg’li Ogah’iydir (1809-1847 yy.). Munis Xorazmning qadimda yirik shah’ar bwlgan Kot qishlog’ida dunёga kelgan, Xiva madrasalarida tah’sil kwrgan, 1800 yildan boshlab xon saroyida sarkotib bwlib xizmat qilgan. U 1829 yili 51 ёshida vafot etgan. Munis atroflicha malumot olgan, turli fanlar, xususan adabiёt va tarixdan keng xabardor bwlgan etuk olim va istedodli shoir sifatida tarixda qoldi. U 1806 yili Eltuzarxon (1804-1806 yy.)ning topshirig’i bilan “Firdavs ul-iqbol” asarini ёza boshlaydi. Lekin asar ayrim sabablarga kwra, tugallanmay qolgan. Munis ajoyib xattot sifatida “Savodi talim” nomli maxsus risola ёzgan. U zwr tarjimon bwlib, Muh’ammad Mirxondning “Ravzat us-safo” asari tarjimasini h’am boshlab bergan va uning birinchi jildini tarjima qilib tugatgan edi. Ogah’iy h’am asli Kot qishlog’idan. Munisning jiyani va uning qwlida tarbiya topgan. Yaxshi wqib, turli fanlarni, xususan tarix va adabiёtni chuqur egallagan. Munisning vafotidan (1829 y.) keyin saroyni tark etib, ota kasbi- miroblik bilan kun kechirgan. U 1847 yili vafot etgan. Ogah’iy h’am istedodli shoir, yirik tarixnavis olim va moh’ir tarjimon sifatida shuh’rat topti. U tog’asi Munis boshlagan “Firdavs ul-iqbol” asarini oxiriga etkazdi. Undan tashqari, “Riёz ud-davla” (“Davlatning jannat bog’i”), “Zubdat ut- tavorix” (“Tarixlar sarasi”), “Jomi ul-voqeoti sultoniy” (“Culton voqealarining majmuasi”) va “Gulshan ud-davlat” (“Davlat gulshani”) kabi tarixga oid asarlarni h’am ёzgan. Bulardan tashqari, Ogah’iy zabardast tarjimon sifatida 19 asarni wzbek tiliga tarjima qilgan bwlib, ularning ichida Muh’ammad Mirxondning “Ravzat us-safo”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Nizomuddin Ah’mad Hiraviyning “Tabaqoti Akbariy” kabi ulkan tarixiy asarlar h’am bor. Munis va Ogah’iyning tarix soh’asidagi eng katta ilmiy ishi “Firdavs ul- iqbol” asarining yaratilishi edi. Kitobda Xorazmning qadim zamonlardan to Qwng’irot sulolasidan 37 chiqqan Alloh’qulixon (1825-1842 yy.) zamonigacha bwlgan tarixdan baxs yuritadi. “Firdavs ul-iqbol” asari muqaddima va besh bobdan iborat. 1806 yili boshlangan va 1840 yili ёzib tamomlangan. 37 Қўнғирот сулоласи – Хоразмни 1804-1920 йиллар орасида идора қилган сулола. Асосчиси Элтузархон(1804-1806 йй.). 109 Muqaddimada Eltuzarxon nomiga h’amdu sano wqiladi, Munisning xon xizmatiga kirish sabablari aytiladi va asar mundarijasi keltiriladi. Asarning 1-11- boblarida islomiyatdan avval wtgan piyg’ambarlar, eskm tarix kitoblarida turk-mwg’ul qabilalarining ajdodi h’isoblangan Ёfas ibn Nuh’ va Qwng’irot amirlarining ilk tarixiga bag’ishlangan. Uchinchi bobda Burtajon va Chingizxon tarixi, Mwg’ul imperiyasining Chingisxon zamonidan to Oltin Wrda xoni Berdibek (1357-1361 yy.) davrigacha bwlgan tarixi baёn etilgan. Twrtinchi bob Xorazmning Shayboniylar davri (1511-1804 yy.)dagi ijtimoiy-siёsiy tarixi h’aqidadir. Beshinchi bob Xiva xonligining 1804-1825 yillar orasidagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wz ichiga oladi. Munis va Ogah’iyning mazkur asarining asosiy ah’amiyati shundaki, unda Xorazmning qariyb 300 yillik (1511-1825 yy.) tarixi yaxlit, xronologik tartibda baёn etilgan. Asar turli mavzudagi daliliy malumotlarga nih’oyatda boy. Kitobda, masalan, Xorazm (Xiva xonligi) wramida istiqomat qilgan turkman, qoraqalpoq va qozoq xalqlari va ularning mamlakatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida tutgan wrni, katta er egaligi, meh’natkash xalq ah’voli, soliq va jarimalar, xiroj, zakot, peshkash, tansuqot va h’okazo, wn twrt urug’ning tarqatib yuborilishi, 1714, 1722-1723 va 1768 yillari sodir bwlgan ocharchilik va qah’atchilik, Xorazm shah’arlari Urganch, Kot, Vazir, Yangi shah’ar, Tirsak, Gandumkon, Hazorasp, Shah’obodlarning umumiy ah’voli, turkmanlar va wzbeklarning etnik tarkibi, Xiva xonligining boshqa mamlakatlar, xususan, Eron, Buxoro xonligi va Rossiya bilan bwlgan iqtisodiy va siёsiy munosabatlari xususida qimmatli malumotlarni uchratamiz. “Firdavs ul-iqbol” asari tarixchilar tomonidan kam wrganilgan. Uning qwlёzma nusxalari Wzbekiston, Rossiya va boshqa mamlakatlar kutubxonalarida saqlanadi. 9.2.8. “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin” “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin” (“Sultonlar shajarasi va xoqonlar tarixi”) asarining muallifi Mirza Olim Toshkandiydir. Uning twla ismi Mirza Olim ibn domla Mirza Rah’im Toshkandiydir. U wz davrining keng malumotli va tanparvar kishilaridan bwlgan. Asar X1X asr oxirida ёzib tamomlangan. “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin” Farg’onaning ёki Qwqon xonligining XU-X1X asrlar orasidagi tarixini wz ichiga oladi. Muallif ayniqsa 1842-1875 yillar tarixini keng ёritgan. Kitobning twrtta mwtabar qwlёzmalari WzR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud. U Qwqon xonligi tarixini wrganishda muh’im manbalardan bwlib xizmat qiladi. 9.2.9. “Shajarayi Xorazmshoh’iy” “Shajarayi Xorazmshoh’iy” va “Xorazm tarixi”(1910-1918 yy.) asarlari muallifi serqirra istedod soh’ibi Muh’ammad Yusuf ibn Bobojonbek Baёniy (1858-1923 yy.)dir. Baёniyning naslu nasabi Xiva xonligini kwp yillar idora qilgan Qwng’irotlar sulolasiga borib ulanadi. Otasi Bobojonbek Xiva xoni Eltuzarxon (1804-1806 yy.)ga nabira bwladi. 110 Muh’ammad Yusuf Baёniy ёshligidan yaxshi tarbiya topdi, keng malumot oldi. Arab va fors tillarini yaxshi wrgandi, adabiёt, tarix, tibb va musiqa ilmlarini egalladi. Shu bilan birga xattotlik ilmini h’am yaxshi wrgandi. U, ayniqsa xatlarning rayh’oniy, suls, kufiy va shikasta turlari bwyicha moh’ir xattot, musiqa ilmida, ayniqsa tanbur va g’ijjak chalishda mah’oratli sozanda bwlib etishdi. Baёniy mumtoz adabiёtni, xususan sher ilmini h’am puxta egalladi, wz zamonining shoiri sifatida dong taratdi. U mumtoz sheriyatning barcha turlarida ijod qildi. Wzidan bir sheriy twplam, devon qoldirdi. Devoni qwlёzmasi WzR FA ning Sharqshunoslik instituti fondida saqlanmoqda. Baёniy asosan yirik tarixnavis olim, Munis va Ogah’iylarning davomchisi sifatida shuh’rat qozondi. Bu soh’ada u ikki yirik asar yaratdi. Baёniyning “Shajarayi Xorazmshoh’iy” asarida Xorazmning turklarning qadimgi podshoh’i Ёfas wg’lon, Ёfas ibn Nuh’dan to Qwng’irot sulolasigacha kechgan tarixi baёn etilgan. Asarning eng qimmatli qismi Muh’ammad Rah’im avval (1806-1873 yy.) va Asfandiёrxon (1910-1918 yy.) davrigacha bwlgan swnggi qismidir. Olimning ikkinchi tarixiy asari “Xorazm tarixi” kitobida Xorazmning 1910- 1918 yillar orasidagi ijtimoiy-siёsiy tarixi keng ёritilgan. Muh’ammad Yusuf Baёniy moh’ir tarjimon sifatida h’am nom qoldirgan. U kwpgina muh’im tarixiy asarlarni arab va fors tillaridan wzbek tiliga tarjima qilgan. Abu Jafar Muh’ammad ibn Jarir at-Tabariyning “Kitob ar-rasul va-l muluk va-l-xulafo”, Darvesh Ah’madning “Cah’oyif ul-akbar”, Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma” asarlari ana shular jumlasidandir. Baёniyning “Shajarayi Xorazmshoh’iy” asarining (1911-1913 yillari ёzib tamomlagan qismi, yani Muh’ammad Rah’imxon soniy zamonidan sayyid Asfandiёrxon h’ukmronligi davrini wz ichiga olgan 15- va 16- boblari İqboloy Azizova tarafidan swz boshi va zarur izoh’lar bilan, 1991 yili “Meros” twplamida nashr etilgan. 9.3. Turkiy-wzbek tilidagi manbalar xususiyatlari X-XIV asrlarga oid turkiy tildagi ёzma manbalar nisbatan kam saqlanib qolgan. Mavjudlari esa h’ali munosib tarzda manbashunoslik nuqtai-nazaridan wrganilib, ilmiy muomalaga kiritilgani ywq. Yani u manbalar tarix ilmida wz wrnini egallagani ywq. X-XIV asrlarga oid turkiy tildagi ёzma manbalar twg’risida shuni qayd etish zarurki, ularda h’am arab va fors tillaridagi manbalarga xos umumiy xususiyatlar wxshash desak bwladi. Ёzuv xususida turkiy va fors tili h’arflari aynan bir xil, yani 32 h’arfdan iborat. Turkiston kitobi tarixining tadqiqotchisi E.O.Oxunjonov wz ilmiy izlanishlarida ёzma manbadarni kitobat tarixi nuqtai nazaridan ochib bergan. XV asrdan boshlab yaratilgan tarixiy, badiiy va ilmiy asarlar qwlёzmalari, kitoblari birinchi navbatda ёzuv, xat turi xususiyatlari, kitobat fani, sanati jih’atidan aloh’ida yuksak saviyasi, badiiy ziynat-bezaklari bilan ajralib turadi. Aksariyat manbalar Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy tomonidan ixtiro qilingan eng gwzal nastaliq xatida bitilgan. 111 Temuriylar va Shayboniylar davrida h’amda keyinroq yaratilgan qwlёzmalar asosan podshoh’ va aёnlar uchun mwljallangan. Mana shuning uchun h’am ular kitobat sanatining shoh’ asarlari darajasida yaratilgan. XVIII-XIX asrlardagi ёzma manbalar qwlёzmalarini ikki guruh’ga ajratish mumkin. Bir guruh’i – shoh’ona qwlёzmalar. İkkinchi guruh’i esa keng jamoatchilik va wrta h’ol ziёlilar uchun yaratilgan kwlёzmalar. Bularning h’ar biri materal va saviya bilan ajralib turadi. İkkinchi guruh’ qwlёzma kitoblarida matn mazmuniga h’am etibor berilgan, lekin qwlёzma uchun ishlatilgan materiallar, ziynat va bezaklar wrta miёna, bah’oli qudrat, ammo etarli sanat asari va ilm-fan uchun bemalol foydalansa bwladigan manba saviyasida yaratilgan. XIX asrda kwproq qwlёzmalarni ёzishda ilm ah’li orasida xatti mulloyi, talabalar xati va yangi ixtiro qilingan shikasta xati keng tarqaldikim, shiddatli taraqqiёt, ayniqsa toshbosma va mixbosma kitoblarning kwpayishi, ananaviy mwtabar qwlёzmalarini yaratilishini kamayishiga olib keldi. Bu davr qwlёzmalar xususiёtlari kitobat sanati nuqtai nazaridan olima E.M.İsmoilova tomonidan aniqlangan va uning asarlarida baёn etilgan. Qwqon xonligi tarixi manbalari xususiyatlari olimlardan R.N.Nabiev, H.N.Bobobekov, Sh.Voh’idov, T.Biysembiev va boshqalarning tadqiqotlarida tah’lil etilgan. XIX asr Xorazm tarixiy asarlari qwlёzmalari Q.Munirov va N.Komilov tadqiqotlarida wrganilgan. Yurtimizda yaratilgan aksariyat qwlёzmalar, xususan Wzbekiston Fanlar Akademiyasining Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidagilar mashh’ur xattot Abduqodir Murodov tomonidan tadqiq etilgan. Ammo shu paytgacha, turkiy-wzbek kitobi tarixiy manba sifatida aloh’ida wrganilmadi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, h’ali turkiy tildagi jah’on qwlёzma fondlarida mavjud ёxma manbalar twda aniqlangani va ilmiy muomalaga kiritilgani ywq. Mavjud va aniqlangan ёzma manbalar yurtimizning kwp asrlik uzoq tarixi, uning boy ёzma madaniyatidan guvoh’lik berib, kelajagi porloq ekanligiga twla ishonch uyg’otadi. 9.4. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 1.B.A.Axmedov. Wzbekiston tarixi manbalari.-T.: «Wqituvchi». 2001. 2.T.S.Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarixnavisligidan lavh’alar.-T.: «Wqituvchi». 1993. 3.Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii Nauk Respubliki Uzbekistan. İstoriya. Sostaviteli D.Yu.Yusupova, R.P.Djalilova.-T.: «Fan». 1998. 4.B.A.Axmedov. İstoriko-geograficheskaya literatura. Sredney Azii XVI-XVIII v.- T.: «Fan». 1985. 5.T.K.Beysenbiev «Tarixi Shaxrixi» kak istoricheskiy istochnik. Alma-Ata. 1987. 6. Q.Munirov. Xorazmda tarixnavislik.-T.: 2002. 7. H.N.Bobobekov. İstoricheskaya literatura o Kokandskom xanstve. K.-T.: 1977. 9.5. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 112 1.«Qutadg’u bilik» asarining tarixiy ah’amiyati nimada? 2. «Temur tuzuklarida» asarining wzbek davlatchiligi tarixini wrganishdagi wrni? 3. Boburning «Vaqoyi» asarining tarixiy ah’amiyati nimada? 4. Xorazm xonligida yaratilgan wzbek tilidagi qanday tarixiy asarlarni bilasizmi? 10-mavzu. Alisher Navoiyning asarlari tarixiy manba sifatida Darsning mazmuni: Alisher Navoiy nasriy asarlarining tarixiy manba sifatida asosiy xususiyatlari, ularning manbashunoslikdagi ilmiy ah’amiyati talabalarga tushuntiriladi. Reja: 10.1.Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar. 10.2. Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi. 10.3. «Tarixi anbiё va h’ukamo» asari. 10.4. «Tarixi muluki Ajam» asari. 10.5. «Xamsat ul-mutah’h’irin» risolasi. 10.6. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi. 10.7. «Holoti Pah’lavon Muh’ammad» risolasi. 10.8.Foydalaniladigan adabiёtlar rwyxati. 10.9. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. Asosiy tushunchalar: Xamsa, h’olot… 10.1.Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar. Ushbu maruzada Alisher Navoiy (1441-1501) nasriy asarlarining tarixiy manba sifatidagi xususiyatlariga etibor bermoqchimiz. Chunki Navoiyning ulkan sheriy merosi, dostonlari va asarlari badiiy adabiёt namunasi sifatida keёingi XX asrda h’am yurtimizda juda katta etiborga sazovor bwlgan bwlsa-da, ammo uning tarix ilmiga qwshgan ulkan h’issasi, bizning fikrimizcha, tarixchi olimlarimiz etiboridan chetda qolib keldi. Maxsus tarixiy asarlari h’am faqat filologik nuqta-i nazardan wrganildi, xalos. Alisher Navoiy asarlarini manbashunoslik nuqta-i nazaridan tadqiq qilish uchun ming mukammal asarlar yigirma tomligini asos qilib olinish mumkin. Alisher Navoiy nasrda «Munojot», «Tarixi anbiё va h’ukamo», «Tarixi muluki Ajam», «Xamsat ul-mutah’ayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pah’lavon Muh’ammad», «Vaqfiya», «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul- muh’abbat», «Mezon ul-avzon», «Munshaot», «Muh’okamat ul-lug’atayn» kabi asarlari bilan h’am aruz nazariyasi, h’am tilshunoslik, h’am adabiёtshunoslik bilan bir qatorda tarixi ilmi taraqqiёtiga katta h’issa qwshdi. 10.2. Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi 10.3. «Tarixi anbiё va h’ukamo» asari. 113 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiё va h’ukamo» asari 890/1485 va 904/1498-1499 yillar orasida tasnif etilgan bwlib, unda Odam Atodan boshlab, oltmish oltita payg’ambarlar va wn bitta donishmandlar twg’risida ixcham, lekin juda jonli va qiziqarli malumotlar baёn etilgan. Malumki, Alisher Navoiyga qadar h’am anbiёlar h’aqida turli rivoyatlar, qissalar mavjud bwlgan. Ayniqsa, «Quroni karim»da va eng qadimiy manbalarda, umumiy tarixga oid Abu Jafar Tabariyning (836-923) «tarixi ar- rusul va muluk», Abu Rayh’on Beruniyning «Osor ul-boqiya», h’amda Abu Sulaymon ibn Dovud binni Abu-l-Fazl Muh’ammad binni Dovud al- Banokatiyning (vaf. 730/1330) «Ravzatu Oli al-bob fi tavorix al-akobir va-l- ansob» (1317) ёki «Tarixi Banokatiy» (XIV asr) nomli, Hamdulloh’ binni Abu Bakr binni Ah’mad binni Nasr al-Mustavfi Qazviniyning (vaf. 750/1350) «tarixi Guzida» (744/1343), Abulqosim Firdavsiyning «Shoh’noma», Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa» va boshqa shu kabi asarlarda tarixiy voqealar, shuningdek, diniy tarixga oid malumotlar kwp. Wz davrining yirik olimi va tarixchisi sifatida Alisher Navoiy h’am bunday manbalarni wrganib chiqqan, ular bilan yaqindan tanishgan. Bu asarlar aksariyati arab va fors tilida bwlgani uchun, Alisher Navoiy turkiy-wzbek tilida, kwplab qissalarni qiёsiy wrganish asosida wz asarini yaratdi. U asar mazmun jih’atidan umumiy tarixga oiddir. Bu asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Odam Atodan tortib, nuh’, İso, Muso, Yaqub, Sulaymon, Dovud, Yusuf va boshqa payg’ambarlar h’aёtiga oid turli naqllarni baёn etadi, h’ar bir tarix oxirida ruboiy keltirilib, ularning h’aёtiga lirik xotima yasaydi. Kitobning ikkinchi qismida mashh’ur donishmandlar h’aёti lavh’alari, ularning h’ikmatlari keltiriladi. Masalan, G’arbda Pifagorga nisbatan bergan bir iborani Alisher Navoiy Buqrotus h’akim nomidani shunday keltirilgan: «Yaxshi swz kwngulni ёritur va yaxshi xam kwzning nemati arusidurkim, aning mah’ri shukrdir». Butun umri va faoliyati davomida olimlarni qadrlagan Alisher Navoiy ularning tarixini anbiё, payg’ambarlar tarixidan keyin, ularni birgalikda bitgani aloh’ida tah’singa sazovor h’oldir. Bu kitob tarixchi, olim va shoirlarga qadimgi davr izoh’i uchun muh’im manba vazifasini wtashi mumkin. Bu asarni manbashunoslik fanida aloh’ida wrganish shuning uchun h’am zarurki, tarixga oid asarlarda tafsilotlari keltirilmay, juda kwp wrinlarda mayg’ambarlar va ularning h’aёtiga oid voqealarga murjaat qilish uchraydi. Manna shu jih’atidan Alisher Navoiy asari h’am tarixchi olimlar, h’am tarixni wrganuvchi talabalar uchun katta ah’amiyat kasb etadi. Shuning bilan birga, u asarda alisher Navoiyning mashh’ur tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyga munosabati baёn etilgan. Navoiy uning «Zafarnoma» asari muqaddimasini zikr qlar ekan, tarixchini «mavlono sharaf ul-millat va davla», yani «davlat va millat sharafi» deb tariflaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling