O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


“Habib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” va G’iёsiddin


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#280
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30

11.2.4. “Habib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” va G’iёsiddin 
Xondamirning tarixiy asarlari 
 
“Habib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” (“İnson xabarlari va fardlarida 
dwstning tarjimai h’oli”) nomli mashh’ur tarixiy asar muallifi G’iёsiddin 
Xondamirdir (1475-1535 yy.). Uning twliq ismi G’iёsiddin Muh’ammad ibn xoja 
Burxoniddindir. Otasi xoja Humomiddin Muh’ammad Temuriylardan Sulton 
Mah’mud Mirzo (1459-1494 yillari Chag’oniёn, Huttalon, Qunduz, Bag’lon va 
Badaxshon h’okimi)ning vaziri bwlgan. Ona tarafidan tarixchi Muh’ammad 
Mirxond nabirasidir. 
 Xondamir 
15-16 
ёshligi chog’ida Alisher Navoiyning etiborini qozonadi va 
uning kutubxonasiga xizmatga qabul qilinadi. U to Navoiy vafotiga qadar, yaeni 3 
yanvar 1501 yilgacha xizmatda bwldi va boy kutubxonasiga mutasaddilik qildi. 
Xondamir wzining keng va chuqur malumotliligi, ilm-fanga chanqoqligi va 
saloh’iyati bilan kwplarning tah’siniga sazovor bwldi. Uning h’aqida Alisher 
Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida mana bularni wqiymiz: “Mavlono 
Xondamir Mirxondning farzandidir va saloh’iyatli yigitdir. Tarix ilmida mah’orati 
bordir...”
39
 
Alisher Navoiy vafot etgandan keyin Xondamir mamlakatda kuchayib 
ketgan waro kurash, ayniqsa saroy afjiga mingan fmsqu fujurlar oqibatida Balxga 
ketib qoldi va Badiuzzamon mirzo (1496-1506 yillari Balx h’okimi, 1517 yida 
vafot etgan)ning shaxsiy krtib sifatida xizmatiga kirdi. 1507 yili Hirot 
Shayboniyxon tomonidan ishg’ol etilgandan keyin u Zah’iriddin Muh’ammad 
Bobur h’uzuriga ketib qoldi. 1512 yili Bobur Movarounnah’rdan siqib 
chiqarilgach, Xondamir Garjistonga bordi va to 1514 yilgacha Pasht qishlog’ida 
istiqomat qildi. U asosan ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bwldi. 
                                                 
39
 Алишер Навоий. Асарлар. 12 жилд.-Т.: 1966.-125 бет.
 

 
123
1514-1517 yillari Xondamir Balx uchun kurash olib borgan Badiuzzamon 
mirzoning wg’li Muh’ammad Zamon bilan birga bwlib, uning kotibi sifatida 
xizmat qildi. Muh’ammad Zamon Safaviylardan engilgach, Xondamir yana 
Garjistonga qaytib bordi va ilmiy faoliyatini davom ettirdi. 
1521 yili Xondamir vazir Habibullo Sovajiyning taklifi bilan Hirotga qaytib 
bordi va uning topshirig’i bilan wzining yirik tarixiy asari “Habib us-siyar”ni 
ёzishga kirishdi. Oradan olti yil wtgach, 1527 yilning iyuo oyida Xondamir Hirotni 
tark etdi va bu safar Hindistonga ketib qoldi. Qishni u Qandah’orda kechirdi va 
1528 yilning 17 sentyabrida Agraga kelib tushdi va Bobur xizmatiga qabul qilindi. 
Bobur vafotidan swng uning twng’ich wg’li va taxt vorisi Humoyun (1530-1542, 
ikkinchi marta 1555-1556 yy.) bilan birga bwldi. Tarixchi Deh’lida vafot etdi va 
vasiyatiga kwra mashh’ur Nizomuddin Avliё mozorida Amir Xusrav ёniga dafn 
etildi. 
Xondamir sermaxsul olim edi. Movarounnah’r, Turkiston, Yaqin va Wrta 
Sharq xalqlari tarixi va madaniyatiga oid wnga yaqin asar ёzib qoldirgan. “Xulosat 
ul-axbor” (“Tarixlar (xabarlar) xulosasi”), “Maosir ul-muluk” (“Podshoh’lar 
asrdoshlari”), “Nomayi nomiy”(“Atoqli maktublar”), “Makorim ul-axloq” 
(“Namunali xulq”) va “Habib us-siyar” shular jumlasidandir. 
Xondamirning ilmiy merosida “Habib us-siyar” nomli yirik tarixiy asari 
aloh’ida wrin tutadi va Movarounnah’r h’amda Xurosonning XV asr oxiri va XVI 
asrning birinchi choragi dagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wrganishda muh’im va 
qimmatli manbalardan biri bwlib xizmat qiladi. Asar 1521-1524 yillar orasida 
ёzilgan. Lekin olim Hindistonda turgan yillari h’am asari ustida muntaxam ish olib 
bordi, uni yangi dalillar bilan boyitdi, tah’rir qildi. Kitob twla ravishda 1529 yili 
ёzib tamomlandi. 
“Habib us-siyar” umumiy tarix ywnalishidagi asar bwlib, muqaddima 
(iftitoh’), xotima (ixtitom) va uch jild (mujallad)dan iborat. Wz navbatida h’ar bir 
jild twrt qism (juz)ga bwlinadi. Asarning I-II- jildlari amda III- jildning 1-2- qism, 
juzlari Turkiston xonlari, Chingizxon va uning Mwg’uliston, Dashti qipchoq, 
Movarounnah’r va Eronda h’ukmronlik qilgan avlodi, Mamlyuklar
40
, Kirmon 
Qlraxitoylari, Kartlar va Xuroson sarbadorlari tarixini wz ichiga oladi. III - jildning 
3- va 4- qismlari, juzlari esa yangi bwlib, Xuroson va Movarounnah’rning XV 
asrning 90- yillaridan to 1524 yilgacha bwlgan ijtimoiy-siёsiy ah’volini chuqur va 
atroflicha baёn etadi. 
“Habib us-siyar” asarida katta er egaligi, iqtisodiy ah’vol, tinimsiz urushlar 
tufayli vujudga kelgan sharoit twg’risida ayrim, diqqatga sazovor dalillar va 
malumotlarni uchratamiz. Masalan, asarda wz aksini topgan 1498 yilgi Samarqand 
qamali paytidagi shah’ar xalqining ayanchli ah’voli, 1512 yilgi Safaviylar 
tomonidan 10:22arshi shah’rida uyushtirilgan qirg’in-qatli om, 1514, 1515 yillari 
Xurosonda yuz bergan qah’atchilik va ochlik h’aqidagi malumotlar ana shular 
jumlasidandir. 
Xondamirning ushbu asarida muh’im ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid, kr 
egaligi, tarxonlar, suyurg’ol egalari va ularning jamiyatda tutgan mavqei, 
                                                 
40
 Мамлюклар – турк ва черкас қулларидан чиққан сулола, 922-1217 йиллари Мисрни идора қилган.
 

 
124
Temuriylar davlatining mamuriy tuzulishi h’aqida qimmatli malumotlar bor. 
Shuningdek, asar etnografik va geografik malumotlarga h’am boydir. 
“Habib us-siyar” asarining qwlёzma nusxalari kwp. Asarning matni 1857 
yili Bombay shah’rida va 1954 yili Teh’ronda chop qilingan. Undan ayrim 
parchalar rus, frantsuz va ingliz tillarida turli twplamlarda elon qilingan.  
 
11.2.5. “Tarixi Rashidiy” 
“Tarixi Rashidiy” (1544-1546 yillarda Kashmirda ёzilgan) mashh’ur asar muallifi 
Boburning kichik xolavachchasi Mirzo Muh’ammad Haydar bwlib, uning ota-
bobolari Wrtubu, Pwlodchi, Xudoydod, Said Ah’mad, Sonsiz Mirzo, Muh’ammad 
Haydar, Muh’ammad Husayn turklashgan mwg’ul urug’laridan dug’lot 
(mwg’ulcha “dog’olot”-chwloq) qabilasiga mansubdir. Ular Mwg’uliston xonlari, 
Chig’atoylar davrida ulusbegi, Koshg’ar h’okimi lavozimida turganlar. Olimning 
otasi amir Muh’ammad Husayn bir vaqtlar Andijonda Umarshayx Mirzo, swngra 
Toshkent h’okimi Sulton Mah’mudxon (1487-1508 yy.) xizmatida bwlgan. U 
1495-1503 yillari ana shu Sulton Mah’mudxon nomidan Wratepani idora qilgan.  
1503 yili Sulton Mah’mudxon va Sulton Ah’madxon Axsi atrofida 
Shayboniyxon qwshinlari tomonidan tor-mor keltirilgani va asir olinganini eshitib, 
amir Muh’ammad Husayn Qorateginga, undan Qunduz, swng Hirotga, Sulton 
Husayn h’uzuriga qochib bordi. Muh’ammad Husayn kwp wtmay Kobulga, Bobur 
Mirzo h’uzuriga keldi. 1507 yilgi Boburga qarshi fitnada ayblanib, yana Hirotga 
qochib bordi. 1508 yili Shayboniyxonning amri bilan Muh’ammad Husayn qatl 
etilgan. 
Muh’ammad Haydar 1500 yili Toshkentda tug’ildi. Otasining wldirilganidan 
keyin Muh’ammad Husaynga sodiq kishilar uni birmuncha vaqt Buxoroda 
asradilar, swng Badaxshonga olib borib qarindoshi Sulton Uvays Mirzoning, Xon 
Mirzo deb atalgan, qwliga topshirdilar. Muh’ammad Haydar keyincha Kobulga  
keldi va Bobur xizmatida 1512 yilgacha bwldi. 1512 yil kuzida  u Andijonga, 
Sulton Saidxon h’uzuriga keldi va u bilan qwshilib Koshg’arga ketib qoldi. Sulton 
Saidxon kwp wtmay bu erda Abubakr dug’lot ustidan g’alaba qozondi va Koshg’ar 
h’amda Ёrkandni qwlga kiritishga muvaffaq bwldi.  
Muh’ammad Haydar 1533 yilgacha, yani Sulton Saidxon vafotiga qadar, 
uning xizmatida bwldi. Dastlab xonzoda Abdurashidxonga tarbiyachilik-otalik 
qildi, swng yirik h’arbiy bwlinmalarga qwmondonlik qildi va xonning Badaxshon, 
Lodak, Kofiriston va Tibet ustiga qilgan h’arbiy yurishlarida faol ishtirok etdi. 
Otasi wrniga wtirgan Abdurashidxon (1533-1570 yy.) dug’lot amirlarini 
taqib ostiga oldi, ularning bazilarini qatl etdi. Bularning orasida Muh’ammad 
Haydarning tog’asi Said Muh’ammad mirzo va qarindoshlarining kwpchiligi bor 
edi. Tibetda bwlgan Muh’ammad Haydar bundan xabar topib, Badaxshon tarafga 
qochdi va kwp mashaqqatlardan keyin Kobulga, Bobur Mirzoning wg’illaridan 
Komron Mirzo h’uzuriga keldi, swng u erdan Agraga, Humoyun podshoh’ 
h’uzuriga bordi va uning xizmatiga kirdi. 
Muh’ammad Haydar 1541 yili, Humoyunning h’arbiy ёrdami bilan, 
Kashmirni bwysundirdi va u erda qariyb 10 yil h’ukmronlik qildi. U 1551 yili 
tog’lik qabilalarning biri bilan bwlgan twqnashuv paytida h’alok bwldi. 

 
125
Muh’ammad Haydar zamonasining wqimishli va keng malumotli 
kishilaridan edi. Boburning guvoh’lik berishiga qaraganda, u durustgina shoir, 
xattot, rassom, shuningdek, nayza va kamon yasovchi usta bwlgan. Muh’ammad 
Haydarning bizning zamonamizgacha ikki yirik asari etib kelgan. Bulardan biri 
“Jah’onnoma” deb atalib, ertak tarzida ёzilgan. Uning yagona qwlёzmasi 
Germaniyaning Berlin shah’ri kutubxonalaridan birida saqlanmoqda.  
Olimning ikkinchi yirik va mashh’ur asari “Tarixi Rashidiy”dir. Kitob ikki 
qism, davtardan iborat bwlib, birinchi qismida Mwg’uliston xalqlarining tarixi 
Tug’luq Temur (1348-1363 yy.)dan to Abdurashidxonning taxtga wtirgani (1533 
y.)gacha bwlgan davrni wz ichiga oladi. 
Asarning birinchi davtari turli naql-rivoyatlar, shuningdek, Ёqut 
Hamaviyning “Mwjam ul-buldon”, Juvayniyning “Tarixi jah’onkushoy”, 
Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”, Jamol Qarshiyning “Mulh’aqot us-suroh’”, 
Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulug’bekning “Tarixi arba ulus” 
va nih’oyat, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla us-sadayn” kitoblaridagi 
malumotlar asosida ёzilgan. Lekin unda h’am Markaziy Osiёning XIV-XV 
asrlardagi ijtimoiy-siёsiy h’aёtiga oid yangi, asl nusxada bwladigan malumotlar 
kwp. Qolaversa, birinchi daftar Koshg’ar, Qozog’iston, shuningdek, 
Movarounnah’r va Turkistonning XIV-XVI asr boshlaridagi siёsiy tarixini 
mukammal qamrab olishi bilan qimmatlidir. 
İkkinchi daftar birinchisidan keskin farqli wlaroq, esdalik, xltiralar tarzida 
ёzilgan bwlib, Koshg’ar, Movarounnah’r, Afg’oniston h’amda Shimoliy 
Hindistonning XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini wrganishda asosiy va 
qimmatli manbalardan h’isoblanadi. 
Muh’ammad Haydar va uning “Tarixi Rashidiy” asari wtgan asrning 
wrtalaridan beri ilmiy jamoatchilikning diqqat-etiborini jalb etib keladi. Uning 
ayrim qismlari uyg’ur, wzbek va rus tillariga tarjima qilingan. Asarning 
qisqartirilgan inglizcha tarjimasi bwlib, 1895 yili Londonda nashrdan chiqqan. 
Twla ruscha tarjimasi swz boshi va zarur izoh’lar bilan, 1996 yili Toshkentda chop 
etilgan.   
“Tarixi Rashidiy” asarining qwlёzmalari Sankt-Peterburg, Toshkent, 
shuningdek, kwpgina xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda. 
 
11.2.6. “Ah’san ut-tavorix” 
“Ah’san ut-tavorix” 12 jilddan iborat umumiy tarix ywnalishida yaratilgan 
yirik asar bwlib, uning muallifi XVI asrda wtgan eron tarixchisi Hasanbek 
Rumludir. Tarixchi yirik h’arbiy sarkarda oilasiga mansub bwlib, bobosi Amir 
Sulton (1539-1540 yili vafot etgan) wz vaqtida Qazvin h’amda Soujbuloq h’okimi 
bwlgan. Hasanbek 1530-1531 yillari Qum shah’rida tug’ilgan, yaxshi wqib talim 
olgan va 1541-1542 yildan boshlab otasi bilan birga qurchi bwlib shoh’ Tah’mosib 
(1524-1576 yy.)ning h’arbiy yurishlarida qatnshgan va asarida ёzilgan 
voqealarning kwplarini wz kwzi bilan kwrgan.  
XII jildli “Ah’san ut-tavorix” asarining faqat XI-XII jildlari saqlanib qolgan 
bwlib, ularda 1405-1577 yillar orasida Eronda, shuningdek, Movarounnah’r, 
Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon va Gurjistonda bwlib wtgan ijtimoiy-siёsiy 

 
126
voqealar yilma-yil baёn etilgan. Asarning 12 jildi butunlay yangi h’isoblanadi va 
unda asosan Eronning 1495-1577 yillardagi sёsiy tarixini wz ichiga oladi. Asar 
1572-1577 yillari ёzib tamomlangan. 
Hasanbek Rumluning asarida Safaviylar sulolasiga mansub shoh’lar 
tariflanadi, ularning faoliyati va bosqinchilik urushlari bir tomonlama ёritiladi. 
Asarda 1495-1577 yillar orasida qwshni mamlakatlar, shuningdek, Wrta Osiё 
xonliklari, Buxoro, Xiva bilan bwlgan siёsiy munosabatlariga oid qimmatli 
malumotlar kwp. Bobur bilan shoh’ İsmoil wrtasida Shayboniylarga qarshi 
tuzilgan h’arbiy-siёsiy ittifoq, Shayboniylar bilan Eron shoh’lari wrtasidagi 
Xuroson uchun uzoq yillar davom etgan qurolli kurash va uning oqibatlari, 
Xorazmning XVI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli h’aqidagi 
maxlumotlar ana shular jumlasidandir. 
“Ah’san ut-tavorix”dan ayrim parchalar rus va gruzin va nemis tillariga 
wgirilib, twplamlarda chop etilgan. Forscha matni, inglizcha tarjimasi bilan birga, 
1931 va 1934 yillari Ch.N.Seddon tarafidan Hindistonning Baroda shah’rida chop 
qilingan.   
 
11.2.7. “Abdullanoma” ёki “Sharafnomayi shoh’iy” 
 “Abdullanoma” 
ёki “Sharafnomayi shoh’iy” asarining ijodkori XVI asrda 
wtgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriydir. U 1549 yili 
Buxoroyi sharifda nufuzli mansablor xonadonida dunёga kelgan. Otasi Mir 
Muh’ammad al-Buxoriy Buxoroning kwzga kwringan boёnlaridan bwlib, 
shayboniy Ubaydullaxonning yaqin kishilaridan bwlgan, 1550 yilning boshlarida 
Koshg’arga ketib qolgan va oradan ikki yil chamasi vaqt wtgach, wsha .rtda vafot 
etgan. 
 
Hofiz Tanish Buxoriy wz davrining chuqur va keng malumotli kishilaridan 
bwlib, 1584 yili Abdullaxon soniyning (1583-1598 yy.) yaqin odami Qulbobo 
kwkaltoshning tavsiyasi bilan Abdullaxonning xizmatiga qabul qilingan va uning 
shaxsiy voqeanavisi, tarixchisi vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish Buxoriy 
umrining oxirigacha shu lavozimda ishlagan. Maleh’o Samarqandiyning 
malumotiga kwra, Hofiz Tanish 1589 yili xotini tarafidan zah’arlab wldirilgan. 
 
Hofiz Tanish  wzining “Abdullanoma” ёki “Sharafnomayi shoh’iy” asari 
bilan nom chiqargan. Kitobda Wzbekiston, Qozog’iston, shuningdek, qisman, 
Afg’oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siёsiy tarixi baёn qilinadi. Undan 
tashqari, asarda Buxlol xonligi bilan Eron, Hindiston, Koshg’ar va Rossiya 
wrtasidagi munosabatlar h’aqida h’am qimmatli malumotlar bor. Asar XVI asrning 
80-yillari oxirida ёzib tamomlangan. Hofiz Tanishning zamondoshi shoir va 
adabiёtshunos olim Mutribiyning guvoh’lik berishiga qaraganda, asarning oxirgi 
qismini, xonning topshirig’i bilan, qozi Poyanda Zominiy (1602 yili vafot etgan) 
ёzgan. Lekin bu fikrni boshqa manbalar tasdiqlamaydi. 
 
“Sharafnomayi shoh’iy” asari muallifning rejasiga kwra, muqaddima, ikki 
qism  ёki maqola va xotimadan iborat qilib ёzilishi mwljallangan. Masalan, 
muqaddima, odatdagidek Alloh’ning madh’u sanosi, h’omiy, oliy h’ukmdor 
Abdullaxonning shaniga aytiladigan tarifu tavsif, asarning ёzilishi tarixi, 
Abdullaxonning ota-bobolari, qadimda Markaziy Osiёda istiqomat qilgan turk-

 
127
mwg’ul qavmlari, Chingisxon va uning avlodi h’aqida malumot, birinchi maqolada 
Movarounnah’rda 1533-1583 yillar orasida sodir bwlgan voqealar, ikkinchi 
maqolada esa Wzbekiston, Qozog’istonva qwshni xorijiy mamlakatlarda 1583 
yildan keyin yuz berishi mumkin bwlgan voqealar, xotimada esa Abdullaxonning 
olijanob fazilatlari, uning bilan zamondosh bwlgan shayxlar, olimlar, shoirlar, 
vazirlar va amirlar, shuningdek, Abdullaxon zamonida qurilgan binolar h’aqida 
malumot bkrishi mwljallangan. Lekin, asar ёzilishi jaraёnida reja wzgargan – 
birinchi va ikkinchi maqolalar qwshib ёzilgan, xotia esa muallifning bevaqt vafoti 
sababli ёzilmay qolgan. 
Muallif asar muqaddimasini ёzishda Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”, 
shayxulislom Safiuddin Abubakr Abdullo Balxiyning “Fazoili Balx”, İstaxriyning 
“Kitob masolik ul-mamolik”, Juvayniyning “Tarixi jah’onkushoy”, 
Raziduddinning “Jome ut-tavorix”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Sharafuddin 
Ali Yazdiyning “Zafarnoma” va Muh’ammad Haydarning “Tarixi Rvshidiy” 
asarlarida keltirilgan malumotlardan foydalangan. XVI asrning 30-60- yillari 
orasida yuz bergan voqealar saroyda muntazam yuritib turiladigan kundalik daftar, 
sodir bwlgan muh’im siёsiy voqealarning shoh’idi bwlgan keksa kishilarning 
og’zaki axborotlari asosida, 70-80-yillar voqealari esa muallifning bwlib wtgan 
voqealarda shaxsan wzi qatnashib twplagan daliliy malumotlar asosida ёzilgan. 
“Sharafnomayi shoh’iy” asari nasriy qofiyali, yani saj – murakkab badiiy 
uslubda  ёzilgan. Unda sheriy parchalar Firdavsiy, Rudakiy, Sadiy, Kamoliddin 
Binoiy, Mushfiqiy va muallifning wz sherlari, “Quroni karim” oyatlari, “Hadis 
sharif”lardan parchalar h’am kwp. 
Kitobda siёsiy voqealar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi 
malumotlar, masalan, er egaligining iqto, suyurg’ol, tanh’oh’ kabi shakllari, turli-
tuman soliq va jarimalar, masalan, xiroj, ixrojot, tag’or, ulufa, qwnalg’a, madadi 
lashkar, boj, tomg’a, begar; wlja va uning jamiyatdagi wrni, asirni qulga aylantirish 
h’ollari; Wzbekistonning yirik shah’arlari va h’unarmandchilikning umumiy 
ah’voli; Shayboniylar davlatining mamuriy tuzulishi, Buxoro xonligi bilan 
Rossiya, Hindiston va Koshg’ar wrtasidagi munosabatlar h’aqida qimmatli dalil va 
malumotlar mavjud. Bundan tashqari, asar etnografik, masalan, wzbek xalqi 
tarkibiga kirgan urug’ va qavmlar nomlari h’amda topografik malumotlar, masalan, 
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Kwlob, Balx kabi yirik shah’arlardagi 
diqqatga sazovor binolar, osoru atiqalar, shuningdek, mazkur 
shah’arlarninggeografik h’olati va topografiyasi h’aqidagi axborotlarga nih’oyatda 
boydir. 
Ushbu asarning qwlёzma nusxalari kwp, asl matnini uchdan ikki qismini 
Sankt-Peterbkrglik olima M.Saloh’utlinova ruscha tarjimasi bilan chop etgan. 
Kitob 1942-1952 yillari Sodiq Mirzaev va oxirgi qismi Yu.Hakimjonov tomonidan 
60- yillarda wzbek tiliga tarjima qilinib, 1-2- jildlari, zarur tuzatishlar, tadqiqot va 
izoh’lar bilan 1966 va 1969 yillari B.Ah’medov tomonidan chop qilingan. 3-4- 
jildlari bosilmay qolgan edi. 1995-1997 yillari ikki kitob h’olida B.Ah’medov 
tomonidan nashr etildi. 
11.2.8. “Akbarnoma” ёki “İqbolnoma” 

 
128
“Akbarnoma” ёki “İqbolnoma” nomli asar muallifi Abulfazl Allomiydir. U 
XVI asrda Hindistonda yashagan yirik tarixnavis olim va davlat arbobidir. 
Olimning nomi Abulfazl ibn Muborak bwlib, bilim doirasi juda keng bwlgani 
uchun Allomiy, bilimlar soh’ibi deb atashganlar. U 1551 yil 14 yanvarida Agrada 
tug’ilgan. Otasi shayx Muborak ibn Xizr wz davrining mashh’ur iloh’iёt 
olimlaridan h’isoblangan. Akasi Abulfayz yirik shoir va olim bwlgan. 
Abulfazl Allomiy 1574-1602 yillari Boburning nabirasi Jaloluddin 
Muh’ammad Akbar (1556-1605 yy.)ning    Bosh vaziri bwlgan va Hindistonning 
XVI asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy h’aёtida katta rol wynagan. 1602 
yil 22 avgustda Dekan subasidan qaytib kelaёtganida, shah’zoda Sulton Salim, 
bwlg’usi Jah’ongir ёllagan qotil tomonidan ywl kstida wldirilgan. 
Abulfazl Allomiyning asosiy asari “Akbarnoma” ёki “İqbolnoma” Hindiston 
va Afg’onistonning XVI asrdagi ijtimoiy-siёsiy tarixidan baxs yuritadi. Malum 
darajada “Vaqoe” ёki “Boburnoma” asarini davomi sifatida yaratilgan bu ulkan 
asar uch kitobdan iborat. Birinchi kitobda Akbarning tug’ilishi, ota-bobolari – 
Bobkr, Humoyun, shuningdek Akar podshoh’ligining dastlabki 17 yil ichida bwlib 
wtgan ijtimoiy-siёsiy voqealar baёn qilinadi. 
İkkinchi kitob Hindiston va qisman Shimoliy Afg’onistonning 1573-1601 
yillardagi tarixini wz ichiga oladi. 
Uchinchi kitobda Boburiylar davlatining tuzilishi, Hindistonning mamuriy 
tarkibi, ah’olidan yig’iladigan soliq h’amda jarimalar va ularning miqdori, 
h’indlarning dini va urf odatlari kabi masalarga keng wrin berilgan. Uchinchi kitob 
mustaqil mazmunga ega va uni “Oyini Akbari” (“Akbar qonunlari”) nom bilan 
ataladi. 
“Akbarnoma” asarining matni 1872-1877 yillari, G. Beverij tomonidan 
inglizchaga qilingan tarjimasi 1903-1921 yillari Kalkuttada chop etilgan. 
“Akbarnoma” Boburiylar saroyida muntazam yuritilgan maxsus kundalik 
davtar, rasmiy davlat h’ujjatlari, shuningdek, bwlib wtgan voqealarning 
ishtirokchilari bwlgan, ёki wsha voqealarni bilgan kishilarning og’zaki axborotlari 
asosida ёzilgan. Asarning noёbligi va qimmatligi h’am shundandir. 
Abulfazl Allomiy asari Boburiylar davlati va Buxoro xonligi wrtasidagi 
siёsiy va madaniy munosabatlarni wrganishda muh’im manbalardan biri 
h’isoblanadi. 
 
11.2.9.  “Musaxxir al-bilod” 
“Musaxxir al-bilod” (“Mamlakatlarni bwysundirkvchi”) nomli asarning 
muallifi Muh’ammadёr ibn Arab Katagondir. Uning h’aёti va ilmiy-adabiy 
faoliyatiga oid malumotlar kam. Wzining swzlariga qaraganda, u XVI asrning 
ikkinchi yarmi va XVII asr boshlarida yashab wtgan, Shaybniy Abdullaxon soniy 
va Ashtarxoniylardan Boqi Muh’ammadxon (1603-1606 yy.)ning xizmatida 
bwlgan. 
 
Muh’ammad ibn Arab Kattagon va uning “Musaxxir ul-bilod” asari  
yaqin vaqtlargacha ilmiy jamoatchilikka yaxshi malum bwlmagan, qolaversa asar 
h’aqida turlicha, kwp h’ollarda bir-biriga zid fikrlar h’ukm suradi. Masalan, 
K.G.Zaleman (1849-1916 yy.) “Musaxxir ul-bilod”ni Hofiz Tanish Buxoriyning 

 
129
“Sharafnomayi shoh’iy” asarining qisqartirilgan nusxasi, deb aytgan
41
 bwlsa, ingliz 
sharqshunosi Ch.A.Stori h’amda “Sobranie vostochnıx rukopisey AN UzCCR” 
ketalogini tuzuvchilari uni “Tarixi Shayboniy” deb ataganlar
42
. Yaqinda Sankt-
Peterburglik olima M.A.Saloh’itdinova “Musaxxir ul-bilod”ni mustaqil asar 
ekanligini aniqladi va asar h’amda uning muallifi h’aqida qisqa ilmiy axborot elon 
qildi. 
“Musaxxir ul-bilod” Shayboniylar sulolasining Abulxayrxondan boshlab 
shajarasi baёni bwlib, Wzyuekiston va Qozog’istonning XV-XVI asrlardagi 
tarixini wrganishda muh’im qwllanmalardan biri h’isoblanadi. Asar 1610 yil 
atrofida ёzilgan. 
Kitob tarkibi muqaddima va olti bobdan iborat. 
Birinchi bob Abulxayrxonning wg’li va taxt vorisi Shoh’ Bulog’ Sulton, 
uning wg’illari Muh’ammad Shoh’baxt, Shayboniyxon va Mah’mud Sulton 
h’amda udarning avlodi tarixini wz ichiga oladi. 
İkkinchi bobda Kwchkunchixon (Kwchumxon) va uning Samarqandda 
h’ukmronlik qilgan avlodi tarixi baёn etilgan. 
Uchinchi bobda Suyunchxojaxon va uning Toshkent h’amda Turkistonda 
h’ukmronlik qilgan avlodi tarixi keltirilgan. 
Twrtinchi bobda xoja Muh’ammadxon va uning Movarounnah’rda 
podshoh’lik qilgan avlodi tarixi keltirilgan. 
Beshinchi bob Abdulmwminxonning taxtga wtirishi (1598 y.) va qisqa 
h’ukmronligi h’aqida. 
Oltinchi bobda Buxoroning diqqatga sazovor joylari, muallif bilan 
zamondosh bwlgan va Buxoroda istiqomat qilgan shayxlar, olimlar va shoirlar 
h’aqida qisqacha malumot beriladi. 
“Musaxxir ul-bilod” kam wrganilgan, qwlёzma nusxalari h’am kam. Hozir 
uning faqat qwlёzma nusxasi malum: biri WzR FA Sharqshunoslik institutida 
(İnv.№ 1505), ikkinchisi Rossiya FA Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg 
bwlimida (İnv.№ S. 465) saqlanmoqda. Afsuski, ikkala nusxa h’am twla emas. 
Birinchi nusxada muqaddima va birinchi bobning katta qismi etishmaydi, ikkinchi 
nusxaning esa eng kerakli V-VI boblari ywq. 
Asarning I-IV boblarida XVI asr tarixiga oid manbalarni, xususan 
“Sharafnomayi shoh’iy”dek yirik asarlarni h’am malum darajada twlatuvchi, 
ularda baёn etilgan voqealarga aniqlik kirituvchi qimmatli malumotlar kwp. 
Shayboniyxon tomonidan 1507 yili wtkazilgan pul isloh’oti; Shayboniylar wrtasida 
kelishmovchiliklar va wzaro nizolar, uning sabablari; Shayboniylar bilan qozoq 
xonlari wrtasidagi siёsiy munosabatlar; wsha zamonlarda Sirdarё bwyida istiqomat 
qilgan qoraqalpoqlar va ularning XVI asrning oxiri va XVII asr boshlaridagi 
ah’voli; Toshkent, Turkiston, Sayram, Andijon va Axsiket kabi shah’arlarning XVI 
asrning swnggi choragidagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli h’aqidagi malumotlar shular 
jumlasidandir. 
                                                 
41
 Умняков И.И. “Абдулла-наме” Хафиза Таниша и ее исслеователи//Записки коллегии востоковедов, У 
том.-Ленинград, 1930, стр. 322.
 
42
 Стори Ч.А. Персидская литература. Био-библиографический обзор. 2 часть. Стр.117; Собрание восточных 
рукописей АН УзССР.-Т.: 1 том.1952. стр. 80.
 

 
130
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling