O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.9. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar.
- Asosiy tushunchalar
- 11.2.2. “Shayboniynoma”
- 11.2.3. “Meh’monnomayi Buxoro”
10.4. «Tarixi muluki Ajam» asari 114 Alisher Navoiyning ikkinchi tarixiy asari «Tarixi muluki Ajam»dir. 890/1485 yildan swng yaratilgan bu asarda Eronda h’ukmronlik qilgan twrt sulola: Peshdodiylar, Kaёniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar twg’risida malumot keltirilgan. Asar oxirida Sulton Husayn Mirzo madh’i wrin olgan. Agar biz avvalroq yaratilgan «Saddi İskandariy» dostonida h’am twrt sulola h’aqidagi malumot borligini nazarda tutsak, doston yaratish jaraёnida Alisher Navoiy twplagan malumotlarni maxsus tarixga oid asar sifatida ijod qilgan kwrinadi. Bunda Alisher Navoiy yuqorida nomlari zikr etilgan asarlar qatorida yana Abu-l- Hayr Nasiriddin Abdulloh’ binni Umar ul-Qozi Bayzaviyning (vaf.685/1266) «Nizom ut-tavorix» (ёzilgan 674/1275), Abu Homid G’azzoliyning (1058-1111) «Nasih’at ul-muluk» va boshqa asarlarni, xususan wz zamondoshi Mir Muh’ammad Mirxondning «Ravzat us-safo» asaridan boxabar h’olda, Eron tarixiga oid arab va fors tillarida tarixiy asarlardan farqli, bu kitobni turkiy tilda yaratdi. Ushbu asardagi shaxslar twg’risidagi malumotlar Alisher Navoiy wzining dostonlarida h’am mavjudligini eslatib wtgan. Bu asar ilmiy tanqidiy matnini sharqshunos L.Xalilov tuzib, nomzodlik dissertatsiyasini h’imoya qilgan edi. Afsus h’amon uning tanqidiy matni chop etilmagan. «Tarixi muluki Ajam» asarini malum darajada, «Xamsa», xususan «Saddi İskandariy» dostoniga tarixiy ilmiy ilova sifatida h’am qabul qilish mumkin. Uning ichidagi malumotlarning sheriy ifodasi «Saddi İskandariy»da keltirilgan bwlib, ularni boshqa tarixiy asarlar bilan qiёsiy wrganish Alisher Navoiyning tarixchi olim sifatidagi ijod qirralarini ochishga rdam berishi mumkin. 10.5. «Xamsat ul-mutah’h’irin» risolasi Alisher Navoiyning uchinchi memuar biografik asari «Xamsat ul- mutah’h’irin»dir. U Abdurah’mon Jomiy vafotidan swng, yani 898/1492 yildan keyin yaratilgan. Bu risola Alisher Navoiyning piri, ustozi va dwsti Abdurah’mon Jomiyga bag’ishlangan bwlib, ikki buyuk ijodkor wrtasidagi g’aroyib voqealar baёni, Jomiyning shajarasi, asarlari nomlari va ularga berilgan bah’olardan iborat. Uni memuar-ёdnoma asar deb atash mumkin. Ushbu risola mazmunini ikki buyuk shaxs asarlaridagi lavh’alar, xususan «Nasoyim ul- muh’abbat», «Majolis un-nafois» h’amda ularning wzaro xatti kitobati, ayniqsa, «Muraqqai Mir Alisher» twplamidagi Jomiyning dastxat maktublari boyitishga xizmat qiladi. 10.6. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi Alisher Navoiyning twrtinchi tarixiy asari, memuar biografik xarakterdagi risola bwlib, u «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» deb nomlanadi. Wziga «otaday» meh’ribon bwlgan Sayyid Hasan Ardasher twg’risidagi asar twg’ridan twg’ri «Holot» yani biografiya deb ataladi. Asar tasnif odobiga kwra, «Bismilloh’ir- rah’monir - rah’iym» swzidan swng keladigan «Hamd» Alloh’ madh’i wrniga nasimga murojaat bilan boshlanadi, asar mazmuni shunday xarakterlanadi: «Soliki foniy va gavh’ari koniy, orifi maoniy Sayyid Hasani Ardasher 115 (rah’matulloh’i) siyar va h’olotida». Yani bu asar «wtkinchi foniy dunёdagi solik, gavh’arlar koni va manolar orifi Sayyid Hasan Ardasher biografiyasi» deb ataladi. Asar boshida muallif Sayyid Hasani Ardasherning otasi twg’risida qisqa malumotlarni keltiradi, undan swng, Alisher Navoiy uning wzi h’am ёshligida otasi kabi Boysung’ur Mirzo xizmatida bwlgani, turli soh’alar bwyicha bilim olganini ёzadi. Temuriylar saroyida xizmat qilib, doim h’urmat va etiborda bwlgani, h’atto Sulton Husayn Mirzo unga katta davlat lavozimini taklif qilganida, dunё ishlaridan yuz wgirib, darveshlikni ixtiёr etganini zikr etadi. Risolada Sayyid Hasan Ardasherning tarixi, uning badiiy didi, turkiy va forsiy tildagi adabiёtni yaxshi bilishi, imom G’azzoliyning «Kimiё-i saodat», Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarlarini xush kwrishi, h’aёtida bwlib wtgan voqealar tafsilotilarining eng muh’imlari zikr etiladi. Natijada, kitobxon kwz wngida Temuriylar zamoni ziёlilarining ёrqin vakili siymosi tarixi namoёn bwladi. Wsha davr ijtimoiy h’aёtiga tasavvur talimoti katta tasir wtkazganini kwramiz. Chunki, etiqod yuzasidan Sayyid Hasan Ardasher davlat lavozimidan voz kechgen shaxsdir. Sayyid Hasan Ardasher nomini Alisher Navoiy wzining «Majolis un- nafois», «Nasoyim ul-muh’abbat» asarlarida chuqur h’urmat bilan ёd etadi. Umuman, «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi Temuriylar davri ijtimoiy- madaniy h’aёtini aks ettirgan muh’im tarixiy manbadir. Unda Alisher Navoiy wzining h’aёtida juda katta rol wynagan katta zamondoshi Sayyid Hasan Ardasherga munosib tarixiy ёdgorlik wrnatadi. 10.7. «Holoti Pah’lavon Muh’ammad» risolasi Alisher Navoiyning beshinchi tarixiy asari h’am memuar biografik xarakterdagi risola bwlib, unda wsha davrning eng mashh’ur va benazir kurashchisi va turli fanlar bilimdoni twg’risidagi «Holoti Pah’lavon Muh’ammad»dir. Alisher Navoiy «Majolis un-nafoyis» asarida ushbu shaxs twg’risida quyidagi malumotni keltiradi: «Pah’lavon Muh’ammad Kushtigirkim, kwp fazoyil bila orastadurkim, kushti bovujud ulkim, uning andoq h’aq va mulkidurkim, malum emasikm, h’argiz bu fanda andoq paydo bwlmish bwlg’oy. Wzga fazoyiliga kwra va din martabasidur, musiqiyda idvor ilmida davrining benaziridur, chun kamoloti izh’or min ash-shamsdur, sharh’ qilmoq eh’tiёj ermas». Risolada biz Pah’lavon Muh’ammadning wz davrining benazir kishisi bwlganligi, qirq yil davomida alisher Navoiyga meh’ribonchilik kwrsatganligi, favqulodda xotiraga egaligi, barcha zamondoshlari izzat h’urmatiga sazovor bwlgan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega kurashchi ekanligini kwramiz. Uni barcha kechik zamondoshlari, Zah’iriddin Muh’ammad Bobur, Zayniddin Vosifiy, Mirza Muh’ammad Haydar h’am ajoyib kurashchi va oliyjanob inson, bastakor ekanligini tasdiqlaydilar. Bu asarda temuriylar davri XV asr ikkinchi yarmi madaniy h’aёtiga oid qimmatli malumotlar keltirilishi bilan muh’im xususiyat kasb etadi. Bu risola h’am avvalgi «Xamsat ul-mutah’ayyirin» va «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» 116 kabi XV asr ikkinchi yarmi Temuriylar davri tarixi twg’risidagi qimmatli manbadir. Nomlari zikr etilgan besh sof tarixiy asarlardan tashqari Alisher Navoiy quyidagi asarlari, yani «Mah’bub ul-qulub», «Majolis un-nafois», «Munshaot», «Nasoyim ul-muh’abbat» va h’atto sof lingvistik xarakterdagi «Muh’okamat ul- lug’atayn» asarida h’am tarix ilmi uchun muh’im malumot bor. Alisher Navoiy tarixchi olim sifatida asarlarida, xususan «maxbub ul- qulub»da ijtimoiy guruh’lar twg’risidagi muloh’azalarni baёn etgan, «Majolis un-nafois» asarida 450 dan ortiq davlat arbobi shoir va sanat shaydolari h’aqida, «Nasoyim ul-muh’abbat» asarida esa 750 dan ziёd avliёlar twg’risdagi malumotlar keltirilgandir. «Vaqfiya» asarida esa Alisher Navoiyning qanday mol-mulk egasi bwlgani, h’amda ularni jamiyat uchun vasiyat qilganligi baёn etiladi. Alisher Navoiyning «Munshaot» asari, h’amda u tartib bergan «Muraqqa Mir Alisher»da jamlangan maktublar mazmuni, Alisher Navoiyning h’aёti va faoliyati turli qirralarini va wz davri ijtimoiy, siёsiy va madaniy h’aёtini ёritishda juda katta tarixiy, ilmiy ah’amiyatga ega h’ujjatlardir. U tartib bergan Xoja Ubaydulloh’ Ah’ror, uning muridlari va Abdurah’mon Jomiyning dastxat maktublarini tartibga keltirib, maxsus «Muraqqa Mir Alisher» nomli dastxat avtograflardan iborat qimmatli 594 ta maktubni kitob h’oliga keltirgizib, bizga meros qoldirgan. Ushba muraqqa asosida doutorlik dissertatsiyasini ёzib sharqshunos Asomiddin Wrinboev tarix fanlari doutori degan unvonga ega bwldi. Keyingi yillarda olim ular twg’risida rus, tojik, fors va ingliz tillarida bir necha kitob chop etib Alisher Navoiyning tarix soh’asidagi kwrsatgan xizmatini dunёga namoyish etdi. Alisher Navoiy yirik tarixchilar Muh’ammad Mirxond, Davlatshoh’ Samarqandiy va G’iёsiddin Xondamirlarning h’omiy va murabbiysigina emas, balki original tarixiy asarlari ijodkori sifatidagi xizmatlari h’am aloh’ida etiborga loyiq, deb wylaymiz. Amir Temurning wzi tarix ilmi taraqqiёtiga juda katta etibor berdi. Sultoni soh’ibqiron wz «Tuzuklar»ini yaratib, wzbek davlatchiligi taraqqiёtiga bebah’o h’issa qwshdi. Mirzo Ulug’bek «Tarixi arbai ulusi Chingiziy»nomli juda qimmatli tarixiy asarni talif qilishda shaxsan wzi qatnashdi. Bundan tashqari bu davrda yashab ijod etgan jah’onga mashh’ur tarixchilar G’iёsiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizu Abru, Muiniddin Natanziy, Abdurazzoq Samarqandiy, Muh’ammad Mirxond, G’iёsiddin Xondamir va boshqalar asarlari h’amon mutaxassislar uchun qimmatli tarixiy manba, bitmas-tuganmas xazinadir. Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida zikr etilgan mol-mulk h’am uning wz davri yirik mol-mulk, davlat egasi ekanligini kwrsatadi. Mirzo Muh’ammad Haydarning ёzishicha, Alisher Navoiyning bir kunlik daromadi wn sakkiz ming shoh’ruxiy ekan. Tarixchining ёzishicha, Sulton Husayn davlat tepasiga kelgach, butun marh’amatini Alisher Navoiyga kwrsatadi. U esa wz wrnida mol-mulkini yurt obodonchiligi, olimu-fozillarga h’omiylik qilishga qaratgan. Tarixchilar G’iёsiddin Xondamir, Zah’iriddin Bobur va boshqalarning ёzishicha, alisher 117 Navoiycha h’ech kim kwp binoi-h’ayr, xalq uchun imoratlar va binolar qurmagan ekan. Ah’li fazl va h’unarga murabbiy va muqavviyligi h’am juda mashh’ur. Alisher Navoiy wzining tarixiy asarlarida bwlib wtgan voqea va h’odisalarga, shaxslarga bah’o berishda yuksak insonparvarlik g’oyalaridan kelib chiqdi. Uning tarixchi olim sifatidagi amaliy faoliyati turkiy wzbek tilidagi tarix ilmini yuksaklikka kwtardi. Maxsus asar, ixcham risola, tazkira va maktublar yaratib, turkiy tildagi tarix ilmining keyingi rivoji va taraqqiёti uchun zamin yaratdi. Alisher Navoiy wzining «Muh’okamat l-lug’atayn» asarida siёsiy h’okimiyat va til, madaniyat siёsati xususida quyidagi h’aqli fikrlarni baёn etadi: «...to mulk arab xulafosi va salotinida erdi, falak ul vaqtda nazm dabiriga arab tila birla jilva berdi...» Yani mamlakatlar arab xalifalari va sultonlari davrida sheriyat kotibi arab tilida ijod etdi. Mamlakatlarning bazilarida «sort salotini mustaqil bwldilar, ul munosabat bila frsigwy shuaro zuh’ur qildilar». «To mulk arab sort salotinidin turk xonlarg’a intiqol topti, Huloguxon zamonida sultoni soh’ibqiron Temur Kwragon zamonidin farzandi xalafi Shoh’ruh’ Sultonning zamonining oxirigacha turk tili bila shuaro paydo bwldilar». Alisher Navoyining yuqorida keltirgan muh’im fikri faqat sheriyatga emas, balki umuman madaniyat, shu jumladan tarix ilmiga h’am twla tadbiq etsa bwladi. Buning ёrqin misoli sifatida Alisher Navoiy yaratgan nasriy asarlar bwlib, ularni keyincha Zah’iriddin Muh’ammad Bobur, Darvish Muh’ammad Buxoriy, Abulg’oziy Bah’odirxon, Munis, Ogah’iy, Baёniy va boshqalar davom ettirdilar. 10.8. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 1.Wzbek adabiёti tarixi. Besh tomlik. 2 tom. XV asrning ikkinchi yarmi.-T.: 1972. 2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar twplami. Yigirma tomlik. Wn oltinchi tom. Tarixi anbiё va h’ukamo. Matnni nashrga tayёrlovchi L.Xalilov.-T.: WzR FA «Fan» nashriёti. 2000. 97-194 betlar. 3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar twplami. Yigirma tomlik. Wn oltinchi tom. Tarixi muluki Ajam. Nashrga tayёrlovchi L.Xalilov.-T.: WzR FA «Fan» nashriёti. 2000. 196-257 betlar. 4. L.Xalilov. Texnologicheskoe issledovanie sochinenie Alishera Navai «Tarixi muluki Ajam». Avtoref. Diss.. kand. Filol. Nauk.-T.: 1975 5. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar twplami. Yigirma tomlik. Wn beshinchi tom. Xamsat ul-mutah’ayyirin. P.Shamsiev matni asosida tarjima va izoh’llarni twldirib, nashrga tayёrlovchi S.G’anieva.-T.: WzR FA «Fan» nashriёti. 1999. 5-85 betlar. 6. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar twplami. Yigirma tomlik. Wn beshinchi tom. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. P.Shamsiev matni asosida tarjima va 118 izoh’llarni twldirib, nashrga tayёrlovchi S.G’anieva.-T.: WzR FA «Fan» nashriёti. 1999. 87-120 betlar. 7. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar twplami. Yigirma tomlik. Wn beshinchi tom. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. P.Shamsiev matni asosida tarjima va izoh’llarni twldirib, nashrga tayёrlovchi S.G’anieva.-T.: WzR FA «Fan» nashriёti. 1999. 103-120 betlar. 8. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar twplami. Yigirma tomlik. Wn twrtinchi tom. Mah’bub ul-qulub. Matnni izoh’llar bilan nashrga tayёrlovchi S.G’anieva.-T.: WzR FA «Fan» nashriёti. 1998. 5-130 betlar. 9. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar twplami. Yigirma tomlik. Wn ettinchi tom. Nasoyim ul-muh’abbat. Nashrga tayёrlovchilar S.G’anieva, M.Mirzaah’medova.-T.: WzR FA «Fan» nashriёti. 2001. 10. X.İ.İslamov «Nasayimul muxabbat» Alishera Navai i ego nauchno-kriticheskiy tekst. Avtoref. Diss...k.dilol. n.-T.: 1990. 11. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar twplami. Yigirma tomlik. Wn twrtinchi tom. Vaqfiya. Muwaddima matnini tayёrlovchi İ.Shamsimuh’ammedov, Matni izoh’lar bilan nashrga tayёrlovchi S.G’anieva.-T.: WzR FA «Fan» nashriёti. 1998. 232-270 betlar. 12. Subtelny M.E. The vaqfia of Mir Alisher Nava’I as apologia|| Journal Turkish Studies. V.15. Department of Eastern languages and civilizations. Harvard University. 1991. 13. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar twplami. Yigirma tomlik. Wn twrtinchi tom. Munshaot. Matnni izoh’llar bilan nashrga tayёrlovchi S.G’anieva va Q.Ergashev.-T.: WzR FA «Fan» nashriёti. 1998. 131-229 betlar. 14. Tursunov Yu. «Munshaot» - kak istoriko – literaturnıy istochnik v izuchenii jizni i deyatelnosti Alishera Navai. Avtoref. Dis... kand. Filol. n.-T.: 1986. 15. Pisma avtografı Abdurraxmana Djami iz «Alboma Navaoi»/ Predisl. Perevod i komm. A.U.Urunbaeva.-T.: «Fan» 1982. 10.9. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 1.Alisher Navoiyning tarixga oid qaysi asarlarini bilasiz? 2. «Tarixi anbiё va h’ukamo» asari nimaga bag’ishlangan? 3. «Tarixi muluki Ajam» asarida qaysi sulolar h’aqida swz boradi? 4. «Xamsat ul-mutah’ayyirin» asari kimga bag’ishlangan? 5. «Holot Sayyid Hasan Ardasher» asari kim twg’risida? 6. «Holot Pah’lavon Muh’ammad» asari mazmunini swzlab bering? 11-mavzu. Wzbekistoning XVI-XIX asr birinchi yarmi tarixi fors tilidagi manbalar Darsning mazmuni: XVI-XIX asr birinchi yarmida yaratilgan fors tilidagi manbalar taxlil etiladi. 119 Reja: 11.1. Muh’im ijtimoiy siёsiy voqealar. 11.2. Fors tilidagi manbalar. 11.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 11.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. Asosiy tushunchalar: manbalar, ashtarxoniylar, mang’itlar, minglar, Buxoro amirligi, Qwqon xonligi, Xiva xonligi. 11.1. Fors tilidagi manbalar. 11.2.1. «Fath’noma» “Fath’noma” nomli tarixiy mavzudagi sheriy doston mualifi Mulla Shodiydir. Uning h’aёti va ilmiy –adabiy faoliёtiga oid malumotlar juda kam. Shayboniyxonning inisi Mah’mud Sulton xizmatida bwlganligi va uning topshirig’i bilan wzining “Fath’noma” dostonini ёzganligi, uni 1502 yili tugatgan bwlib, ayni shu davrda 55 ёshda bwlganligi malum, xalos. “Fath’noma” tarixiy doston bwlib, unda Shayboniyxon tavallud topgan 1451 yildan to Dashti qipchoq wzbeklari tomonidan Samarqandning istilo etilishi, swnggi marta 1501 yil iyun oyigacha bwlgan asosiy ijtimoiy-siёsiy voqealar keng ёritilgan. Xorazm va uning Urganch, Vazir va Adoq singari shah’arlari, Dashti qipchoqning ah’olisi, xususan mang’itlarning turish-turmushi, shuningdek, Shayboniyxon askarlarining Turkiston, Andijon, Buxoro, Dabusiya va Qarshi viloyatlarini ishg’ol qilganliklari h’aqida qimmatli malumotlar mavjud. Asar h’ozircha bironta tilga tarjima qilinmagan. Uning qwlёzma nusxalari kwpgina mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanadi. Rossiya va MDH mamlakatlarida “Fatxnoma” dostonining beshta qwlёzmasi mavjud. Bulardan ikkitasi Sankt-Peterburg Davlat universiteti kutubxlnasida, ikkitasi Dushanbeda va bittasi WzR FA Sharqshunoslik institutida (İnv. № 5369) saqlanadi. Toshkentdagi qwlёzma juda qimmatli bwlib XU1 asrda kwchirilgan va unda turli mavzudagi 9-ta ajoyib miniatyura bilan bezatilgan. 11.2.2. “Shayboniynoma” “Shayboniynoma” fors tilida bitilgan sheriy doston bwlib, uning muallifi atoqli shoir va tarixnavis olim Kamoliddin Binoiydir (1453-1512 yy.). Uning asli ismi Ali ibn Muh’ammad al-Haraviy. Kwproq Kamoliddin Binoiy nomi bilan mashh’ur. Hirotda kwzga kwringan memor ustod Muh’ammadxon Sabz oilasida dunёga kelgan. Ёshlik paytlari og’ir sharoitda, Shoh’ruh’ Mirzo vafotidan keyin mamlakatda kuchayib ketgan toju taxt uchun kurash va wzaro urushlar sharoitida kechdi. Malumki, 1458 yili Qora qwyunlular sulolasidan 38 bwlgan Jah’onshoh’ (1438-1467 yy.) Xurosonga bostirib kirdi va Hirotni egalladi. Lekin oradan kwp 38 Қора қўюнлу – 1380-1468 йиллари Ироқи Ажам ва Озарбайжонни идора қилган сулола, асосчиси Қора Муҳаммад Турмуш (1380-1389 йй.). 120 vaqt wtmay, 1459 yili Temuriyzoda Sulton Abu Said Mirzo qwshinlarining tazyiqi ostida poytaxt shah’ar va mamlakatni bwshatib chiqishga majbur bwldi. Ushanda Jah’onshoh’ yuz nafar h’unarmand oilani wzi bilan birga Fors viloyatiga olib ketdi. Bular orasida memor Muh’ammad Sabz va uning oilasi qariyb uch yil Sherozda istiqomat qilib, 1461 yili yana Hirotga qaytib keldi. Manbalarning guvoh’lik berishiga qaraganda, Kamoluddin Binoiy keng malumotli kishi bwlib, sheriyat, insho, iloh’iёt, musiqa va tarix ilmlarini chuqur bilgan. Bundan tashqari u memorchilik sanatida h’am wz zamonasining peshqadamlaridan h’isoblangan. Muh’ammad Sabz va uning wg’li ishtirokida qurilgan binolar Hirotda va mamlakatning boshqa shah’arlarida juda kwp bwlgan. Masalan, 1481 yili h’ozirgi Afg’onistonning Mozori sharif shah’rida, eski nomi Xoja h’ayron, Ali ibn Abu Tolib (656-661 yy.) mozori tepasiga qurilgan muh’tasham maqbara va boshqa binolar shular jumlasidandir. Shoir va olimning “Binoiy” deb taxallus tanlashi h’am mana shundandir. Binoiy oradan kwp vaqt wtmay Tabrizga kelib qoldi va 1492 yilga qadar Sulton Yaqub Oq Qwyunlu (1478-1490 yy.) saroyida xizmat qildi. 1492 yili u yana Hirotga qaytdi. 1495 yili ayrim sabablarga kwra, wzining swzlariga qaraganda, bazi h’asadgwylarning ig’vosi tufayli, Samarqandga ketib qoldi. Binoiy dastlab xoja Ubaydulla Ah’rorning twng’ich wg’li va sulukda vorisi xoja Qutbuddin Yaxё, swng Zah’iriddin Bobur, undan keyin 1501 yili to umrining oxirigacha, Shayboniyxon h’uzurida uning saroy shoiri va tarixchisi bwlib xizmat qildi. 1507 yili Binoiy Shayboniyxon bilan birga Hirotga keldi va1510 yilgacha ona shah’rida istiqomat qildi. 1511 yili shah’arga İsmoil Safaviy qwshinlari yaqinlashishi bilan, u yana Movarounnah’rga ketib qoldi va Qarshi shah’rida kun kechirdi. Kamoluddin Binoiy 1512 yili Qarshi mudofaachilari safida turib shah’arni Safaviylardan h’imoya qildi va wsha jangda h’alok bwldi. Kamoliddin Binoiy istedodli shoir va ulkan tarixshunos olim sifatida tarixda qoldi. U Markaziy Osiё, Wzbekiston va Qozog’istonning XV asrning swnggi choragi va XV asrning boshlaridagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wrganishda aloh’ida qiymatga ega bwlgan “Shayboniynoma” nomli tarixiy dostonini ёzdi. Binoiyning“Shayboniynoma” asari h’am“Tavorixi guzida, nusratnoma” va Mulla Shodiyning “Fatxnoma” asarlari bilan bir rejada ёzilgan bwlib, Shayboniyxon tavalludidan to Dashti qipchoq wzbeklari tomonidan Movarounnah’r va Xorazmni 1505 yili bwysundirilishiga qadar zu h’ududda bwlib wtgan tarixiy voqealar h’aqida h’ikoya qilinadi. Asar 1505-15-7 yillari orasida ёzilgan. “Shayboniynoma”da 1450-1505yillar orasida yuz bergan ijtimoiy-siёsiy voqealar qisqa, lekin aniq baёn etilgan. U muh’im geografik, masalan, Sirdarёning wrta oqimida joylashgan Sabron, Sig’noq, Arquq, Wtror, Yassi, Wzgand, Oqqwrg’on va Xorazmga tobe shah’arlardan Urganch, Vazir, Buldumsoz, Adoq va boshqa joylar h’aqida h’amda etnografik, masalan Dashti qipchoqlik wzbek qabilalari va ularning ijtimoiy-siёsiy h’aёtdagi mavqei h’aqidagi dalillarga boy asardir. Bundan tashqari, asarda Shayboniy amirlar va askarlarining faoliyati h’aqida muh’im malumotlarni uchratish mumkin. 121 “Shayboniynoma” asari matni chop etilmagan. Lekin uning qwlёzma nusxalari kwp tarqalgan. Faqat WzR FA Sharqshunoslik instituti qwlёzmalari xazinasida etti mwtabar nusxa mavjud. Bulardan biri, inv.№ 844, eng qadimgi bwlib, Shayboniyxon h’aёt chog’ida uning shaxsiy kotibi Muh’ammad Mwmin tarafidan kwchirmlgan, ayrim satrlari esa Shayboniyxonning wz qwli bilan kwchirilgan. Yana bir etiborli qwlёzma raqami № 3422 bwlib, ushbu asarning xorazmlik mashh’ur tarixchi va tarjimon Muh’ammad Yusuf Baёniy (1858-1923 yy.) tomonidan qilingan wzbekcha tarjimasidir. Kitobdan ayrim parchalar rus tilidagi majmualarda elon qilingan. 11.2.3. “Meh’monnomayi Buxoro” “Meh’monnomayi Buxoro” nomli Wzbekiston va Qozog’iston, balki Markaziy Osiёning XV asr II - yarmi –XVI asr boshlaridagi voqealar baёni mavjud qimmatli tarixiy asar ijodkori Fazlulloh’ ibn Ruzbexondir. Uning twliq ismi Fazlulloh’ ibn Rwzbexon al-İsfah’oniy bwlib, kwpincha xoja Mullo nomi bilan mashh’ur bwlgan. Ruzbexon 1457 yili Fors viloyatining Xunji qishlog’ida tavallud topgan. Otasi Jaloluddin Ruzbexon yirik iloh’iёt va fiqh’ olimi, mansabdor bwlgan. Fazlulloh’ ibn Ruzbexon asosiy malumotni İsfah’on maktablari va madrasalaridan birida oldi, swng bilimini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida ikki marta 1474 va 1482 yillari Arabistonga bordi va yirik iloh’iёt olimi shayx Jamoluddin Ardastoniy (1474 yili vafot etgan) h’amda misrlik mashh’ur tarixshunos va tilshunos olim Shamsuddin Muh’ammad as-Saqaviy (1427-1497 yy.)dan talim oldi. Xullas, Fazlulloh’ ibn Ruzbexon wrta asr fanining birmuncha soh’alarini, xususan, iloh’iёt, fiqh’, falsafa, tarix va Sharq adabiёtini keng va chuqur egallagan olim bwlib etishgan. Bu h’ol uning Sulton Yaqub Oq quyunlu (1479-1490 yy.), Sulton Husayn Mirzo (1470-1506 yy.) Shayboniyxon, va, nih’oyat Ubaydullaxon saroyida zwr extibor qozondi va xizmat qildi. Bunda tashqari va eng muh’imi, u bir necha fan soh’alarida yirik asarlar ёzib qoldirdi. Fazlulloh’ ibn Ruzbexon “Halli tajarrid” (“Abstraktsiyaning h’al etilishi”), “Taliqot bar muxolot” (“Aqlga sig’madigan (narsalar)ning izoh’i”), “Badi uz- zamon fi qissayi Xayy ibn Yaqzon” (“Xayy ibn Yaqzon” qissasida zamon badialari”), “Tarixi olamoroyi Aminiy” (“Aminiyning olamga bezak bwluvchi tarixi”), “İbtol najh’ al-botil va axmol kashf al-otil” (“Notwg’ri ywldan voz kechish va bidatni inkor etish”), “Suluk al-muluk” (“Podshoh’larning xulq-atvori h’aqida (risola)”) va “Meh’monnomayi Buxoro” nomli asarlarni yaratgan. 1509 yili yaratilgan “Meh’monnomayi Buxoro” asari Muh’ammad Shayboniyxonning 1508-1509 yil qish oylarida qozoq sultonlari Jonish Sulton, Ah’mad Sulton va boshqalarning ulusi ustiga uyushtirgan h’arbiy yurishi tarixini baёn etadi. Bu yurish Fazlulloh’ ibn Ruzbexon keltirgan malumotlarga qaraganda, mazkur sultonlarning 1508 yilning kuzida va 1508-1509 yilning qish oylarida Movarounnah’rning wtroq tumanlari ustiga qilgan talonchilik xurujlariga javoban u.shtirilgan. Fazlulloh’ ibn Ruzbexon bu .rishda shaxsan ishtirok etgan, yuz bergan voqealarning kwpchiligini wz kwzi bilan kwrgan, bazilarini esa xon va uning yaqin 122 kishilaridan eshitgan. Asar XV asrning ikkinchi yarmiga oid, shuningdek, wzbek va qozoq xon va sultonlarining kelib chiqishi h’amda ularning wzaro munosabatlari h’aqidagi voqealar esa Shayboniyxonning qwlida bwlgan “Nasabnoma” ёki “Tarixi Humoyun” deb ataluvchi kitob asosida ёzilgan. “Meh’monnomayi Buxoro” asarining kwlёzma nusxalari kam. Hozirgacha dunёda uning faqat ikkita nusxasi borligi aniqlangan. Ulardan biri muallif dastxati bwlib, WzR FA Sharqshunoslik institutida 1414 tartib raqami ostida saqlanmoqda. İkkinchisi Turkiyada, “Nuri Usmoniya” kutubxonasiga qarashlidir (Tartib raqami 3431). Ushbu qwlёzma asosida asar matnini eron olimi Manucheh’r Setude 1962 yili chop etgan. Ruscha qisqartirilgan tarjimasini R.P.Jalilova Moskvada 1976 yili nashr etgan. Asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Dashti qipchoq, Turkiston va qozoq ulusi geografik h’olati, wzbek va qozoqlarning kelib chiqishi, ularning etnik tarkibi, turmushi, urf-odati, shuningdek, boylarning xwjaligida qul meh’natidan foydalanish h’ollari h’aqida benih’oyat qimmatli malumotlar uchraydi. Unda Gayboniyxonning qozoqlar ustiga yurishini g’ayridinlar ustiga yurish deb oqlashga h’arakat qilingan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling