O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#280
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30

11.2.18. “Cilsilat us-salotin” 
“Cilsilat us-salotin” Xoji Mir Muh’ammad Salimning asaridir. Uning 
qwlёzma nusxalari juda kamёb bwlib, bir nusxasi Angliyaning Oksford shah’ridagi 
Bodli kutubxonasida (raqami № 269) saqlanmoqda. 
 Xoji Mir Muh’ammad Salim h’ech bwlmaganda biron kichik viloyatga 
h’okim bwlish sharafiga muyassar bwlolmagan va boshidan kwp og’ir kunlarni 
kechirgan Ashtarxoniylar jumlasidandir. Uning bobosi Tursun Muh’ammad sulton 
1578-1598 yillari Samarqand h’okimi bwlgan. Uning twng’ich wg’li Poyanda 
Muh’ammad Sulton Balx xoni Nadr Muh’ammadxonga yaqin bwlgan, xonning 
singlisi Zubayda bonuga uylangan va 1611-1642 yillari Qunduz viloyatiga 
h’okimlik qilgan. Ana shu Poyanda Muh’ammad sulton bilan Zubayda bonydan 
tug’ilgan Muh’ammadёr sulton Xoji Mir Muh’ammad Salimning bobosidir. U 
1645 yilgacha Shah’risabz  viloyatiga h’okim bwlgan va Nadr Muh’ammadxon 
Buxoro taxtini wg’li Abdulazizxonga qoldirib ketgandan keyin u bilan birga 
Balxga qochib borgan. Oradan bir yil wtgach, 1646 yili, Balx Boburiylardan 
Shoh’i jah’on qwshinlari tomonidan ishg’ol etilganlan swng, xonning onasi 
Shah’ribonu h’amda Nadr Muh’ammadxonning boshqa oila azolarini olib 
Buxoroga qochib keldi, Abdulazizixonning qaomoqlar, qoraqalpoq va qozoq 
sultonlariga qarshi h’arbiy yurishlarida ishtirok etdi, toju taxt oldida kwrsatgan 
katta xizmatlari uchun Shah’risabzga h’okim qilib tayinlandi. Muh’ammadёr 
sulton 1647 yilning 14 iyunida Avrangzeb qwshini bilan Balx qishlog’i-

 
138
Temurobodda bwlgan jangda h’alok bwlgan. Xoji Mir Muh’ammad Salimning 
otasi Muh’ammad Rustam sulton 1645 yili h’ali ёsh bwlgan va Abdulazizixon 
unga iqto
45
 tarzida Samarqandga qarashli Saripul tumanini inom qilgan, unga 
otaliq
46
 qilib esa Mir Shoh’xoja Shavdariyni tayinlagan. Lekin 1671 yili Abdulaziz 
undan xavfsirab kwziga mil torttirib kwr qilgan. Muh’ammad Rah’im sulton orada 
kwp vaqt wtmay, amir Muh’ammadёr ltadiqning vositachiligi bilan, xondan ruxsat 
olib Hajga jwnagan. Lekin, Dekan viloyatida davom etib turgan urush h’arakatlari 
sababli, bandargoh’ shah’arlaridan birontasiga wtolmay, Shoh’ijah’onobodga 
qaytib kelgan va oradan ikki yil wtgach, wsha erda vafot etgan. 
Mir Muh’ammad Salimning wziga kelsak, u, asarda baёn etilgan voqealarga 
qaraganda, otasidan keyin Buxoroda qolgan. 1711 yili Ubaydullaxon wldirilgandan 
keyin, h’aj qilish bah’onasi bilan Arabistonga jwnagan. Bir yilcha İsfah’onda 
istiqomat qilib, 1712 yili Turkiyaga borgan. Sulton Ah’mad 111 (1703-1730 yy.) 
uni eh’tirom bilan kutib olgan. Twrt yilcha Turkiyada turib, mazkur sultonning 
h’arbiy yurishlarida qatnashgan. Mir Muh’ammad Salim 1716 yili Makkaga 
borgan va h’aj marosimini ado etgandan keyin, dengiz orqali Hindistonga kelgan 
va Boburiy Nosiruddin Muh’ammadshoh’ (1719-1748 yy.)ning xizmatiga kirgan. 
“Cilsilat us-salotin” asarini Nosiruddin Muh’ammadshoh’ning topshirig’i bilan 
ёzgan. Xoji Mir Muh’ammad Salimning qachon va qaerda vafot etganligi 
aniqlanmagan. 
“Cilsilat us-salotin”  1731 yilda ёzilgan bwlib, muqaddima va twrt qismdan 
iborat.  
Muqaddimada asarning ёzilishi h’aqida swz boradi va muallifning 1711 
yildan keyingi h’aёti h’aqida ayrim, diqqatga sazovor malumotlar keltiriladi. 
Birinchi qismda islomiyatdan avval wtgan payg’ambarlar, qadimgi turklar 
va mwg’ullar, xususan barloslar va Amir Temurning ota-bobolari, Amir Temur va 
Temuriylar, shuningdek, h’azrat soh’ibqironning Hindistonda h’ukmronlik qilgan 
avlodi tarixi qisqacha baёn etiladi. 
Asarning ikkinchi qismi Mwg’ulistonning Tug’luq Temurxon(1348-1363 
yy.)dan to Suyurg’atmishxongacha (1370-1388 yy.) wtgan davrdagi tarixini wz 
ichiga oladi. 
Muqaddima va I-II qismlarni ёzishda muallif wzidan avval ёzilgan 
asarlardan, masalan, Juvayniyning “Tarixi jah’onkushoy”, Rashiduddinning “Jome 
ut-tavorix”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulug’bekning 
“Tarixi arba ulus”, Xondamirning “Xulosat ul-axbor”, “Habib us-siyar” va “Maosir 
ul-muluk” asarlari, Abulfazl Allomiyning “Akbarnoma”, Hofiz Dwstmah’ammad 
ibn  Ёdgorning “Majma ul-ajoyib” (1606 yili ёzilgan) va boshqa 20 ga yaqin 
kitoblardan foydalangan.  
“Cilsilat us-salotin”ning III-IV qismlari favqulodda ah’amiyatga ega bwlib, 
Wrta Osiё, xususan Wzbekistonning XVI-XVIII asrning birinchi choragidagi 
ijtimoiy-siёsiy tarixini baёn qiladi.  
                                                 
45
 Иқтоъ(араб. кесим)- ўрта асрларда Яқин ва Ўрта Шарқ мамлакатларида олий ҳукмдор тарафидан шаҳзода 
ва йирик амирларга катта хизматлари эвазига инъом қилинган ер-сув, мулк.
 
46
 Оталиқ - ўрта асрларда Ўрта Осиё хонликларида амалда бўлган олий мансаб эгаси, шаҳзодаларнинг 
тарбиячиси ва валийси.
 

 
139
Asarda Buxoro xonligining Eron, Hindiston va Koshg’ar bilan bwlgan 
aloqalari, Buxoro xonligida h’okimiyatning Shayboniylardan Ashtarxoniylar 
qwliga wtishining aniq tafsiloti, XVII asrda Balx va Badaxshon, shuningdek, 
Wzbekistonning ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёti, Shoh’ijah’onning Balx va 
Buxoro xonligi ichki ishlariga qurolli aralashuvi va Boburiylar qwshinining Balx 
va unga tobe bwlgan erlarni bosib olishi, Xoraxmning XVI-XVII asrlardagi siёsiy 
ah’voli xususida boshqa manbalarda uchramaydigan qimmatli dalil va malumotlar 
keltiriladi. Asarda ulus tizimi, tiul va solona kabi soliqlar, Wzbekiston shah’arlari, 
ularning ah’olisi va turmush tarzi h’aqida keltirilgan malumotlar h’am aloh’ida 
qimmatga egadir.  
Xoji Mir Muh’ammad Salim Buxoro xonlari, Abdullaxon II, 
Abdulmwminxon, Dinmuh’ammadxon, İmomqulixon, Abdulazizxon, 
Subzonqulixonning Hindiston, Eron va Turkiya h’ukmdorlari bilan 
ёzishmalarining 20 nafar maktubi nusxalarini h’am keltirgan. Bu maktublar, 
shubh’asiz, Buxoro xonligi bilan mazkur mamlavatlar wrtasidagi 
munosabatlartarixini wrganishda muh’im mano kasb etadi.  
 
11.2.19. “Nomayi olamoroyi Nodiriy” 
“Nomayi olamoroyi Nodiriy” (“Nodirshoh’ning olamga bezak bwluvchi 
tarixi”) asarining muallifi XVIII asrda wtgan marvlik mashh’ur tarixchi olim 
Muh’ammad Kozimdir. U 1721 yili Marvda tug’ilgan. Otasi, 1737 yili vafot etgan. 
U mashh’ur fotih’ Nodirshoh’(1736-1747 yy.)ning yaqin kishilaridan bwlib, uning 
dastlabki h’arbiy yurishlarida qatnashgan va muh’im diplomatik topshiriqlarini 
bajargan. Keyincha u Nodirshoh’ning inisi İbroh’imxon, dastlab Xuroson, swngra, 
1736 yildan, Ozarbayjon h’okimi saroyida xizmat qilgan. 
Muh’ammad Kozim boshlang’ich malumotni Marvda oldi, swng 1731 yili 
otasi uni Mashh’adga olib keldi va bu erdagi madrasalardan biriga wqishga berdi. 
Muh’ammad Kozim bu erda sayid Mir Shamsuddin Ali Mozandaroniydan talim 
oldi. 1736 yili u Darbandga, İbroh’imxon h’uzuriga chaqirtirib olindi va 1739 
yilgacha xonning yasovuli lavozimida xizmat qildi. 1739 yili Muh’ammad Kozim 
Nodirshoh’ning wg’li Rizoquli mirzo xizmatiga qabul qilindi va 1741 ymlgacha 
lashkarnavis, h’arbiy kotib vazifasida xizmat qildi. 1744 yildan u Nodirshoh’ 
h’uzurida xizmat qila boshladi, 174401747 yillari moliya mah’kamasida kotib va 
1747 yildan podshoh’ qurol-yarog’ omborining mutasaddisi, vazir bwlib ishladi. 
Muh’ammad Kozim taxminan 1752 yili vafot etdi.  
Muh’ammad Kozim wzining tarixiy asari “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ni 
1750-1753 yillari ёzgan. Asar uch jilddan iborat. 
Birinchi jildi Eronning 1688-1736 yillar orasidagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wz 
ichiga oladi. 
İkkinchi jildda 1736-1743 yillari Eronda, shuningdek, Wrta Osiё va Kavkaz 
orti mamlakatlarida bwlib wtgan voqealar baёn etilgan. 
Asarning uchinchi jildi Eron va qisman, Wrta Osiё, Hindiston, Turkiya va 
Kavkaz orti mamlakatlarining 1743-1747 yillar orasidagi ijtimoiy-siёsiy tarixiga 
bag’ishlanadi. 

 
140
Wzbekistonning XVIII asrdagi tarixini wrganishda “Nomayi olamoroyi 
Nodiriy”ning II va III jildlari asosiy manbalardan biri wrnini wtaydi. Ayniqsa, 
asarda Eron qwshinining 1737 yili Wzbekiston h’ududiga bostirib kirishi va 
G’uzor, Qarshi, Shulluq va boshqa shah’ar va tumanlarning talon-taroj qilinishi, 
1740 yili Buxoro xonligining Nodirshoh’ tarafidan bwysundirilishi, 1746 yildagi 
Xorazmning og’ir ah’voli, 1747 yili Eron askarlarining Wrta Osiё shah’ar va 
qishloqlariga yana bostirib kirishi va oqibatda meh’natkash xalqning ayanchli 
ah’volga tushib qolishi, 1741-1742 yillarda Kwlob, Xisori shodmon, Badaxshon, 
Balx va boshqa viloyatlar xalqining katta er egalarining zulm va chet el 
bosqinchilariga qarshi qwzg’olonlari h’aqidagi malumotlar zwr ilmiy qimmatga 
ega. 
“Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning qwlёzma nusxalari kam. Shu paytgacha 
asar twla ravishda biron tilga tarjima qilinmagan. Undan ayrim parchalar bazi 
ilmiy twplam va jurnallarda chop etilgan. II jildning bir qismi, yani 
Nodirshoh’ning Hindistonga yurishini baёn etuvchi qismi P.İ.Petrov tomonidan rus 
tilida nashr etilgan. 1960, 1965 va 1966 yillari “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning 
matni fotofaksimil nashri Moskvada N.D.Mikluxo-Maklay tomonidan chop 
etilgan. 
 
               11.2.20. “Tuh’fat ul-xoniy” 
“Tuh’fat ul-xoniy”(“Xonning tuh’fasi”) ёki “Tarix 
Rah’imxoniy”(“(Muh’ammad) Rah’imxon tarixi”) nomli asar Buxoro xonligining 
1722-1782 yillar orasidagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wz ichiga oladi. Uni tarixchi 
olim Muh’ammad Vafoyi Karminagiy (1685-1769 yy.) yaratgan. Tarixchining twla 
nomi Mulla Muh’ammad Vafo ibn Muh’ammad Zoh’ir Karminagiydir. U 
Buxoroning wqimishli va taniqli kishilaridan biridir. Karminagiy nisbasiga 
qaraganda, asli Buxoroning Karmana tumanidan bwlgan. “Ubaydullanoma” 
kitobining muallifi Mir Muh’ammad Amin Buxoriyning shuvoh’lik berishiga 
qaraganda, Muh’ammad Vafoyi Karminagiy Ashtarxoniylardan Ubaydullaxon 
saroyida kitobdor bwlib xizmat qilgan. Fikrimizcha, u Ubaydullaxondan keyin 
taxtga wtirgan Abulfayzxon davrida h’am shu lavozimda turgan. Mulla 
Muh’ammad Vafo Karminagiy “qozi Vafo” nomi bilan h’am mashh’urdir. U 
qozilik lavozimiga yangi sulola-Mang’itlar sulolasining asoschisi Muh’ammad 
Rah’imxon (1753-1759 yy.) zamonida erishgan.  
Muh’ammad Vafo Karminagiy 1769 yili “Tuh’fat ul-xoniy” nomli asarida 
faqat 1722-1768 yil voqealarini wz ichiga olgan qisminigina  ёzib ulgurgan, xalos. 
Uning davomini, yani 1768-1782 yillar voqealarini baёn etuvchi qismini nasaflik 
domla Olimbek ibn Niёzqulibek ёzgan. 
“Tuh’fat ul-xoniy” qofiyali nasr, saj bilan ёzilgan, lekin voqealarning twla 
va keng ёritilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siёsiy, geografik h’amda etnik dalillarga 
boyligi bilan birinchi darajadi manbalar qatorida turadi. Asar Buxoro xonligida 
XVIII asrning 20- yillaridan boshlab kuchayib ketgan iqtisodiy va siёsiy tanglikni, 
ijtimoiy-siёsiy tarqoqlikning kuchaymshm va buning natijasida markaziy davlat 
boshqaruvining zaiflashuvi, mang’it h’ukmdorlarining uluslar va qabilalarni 
bwysundirish maqsadida olib borgan tinimsiz urushlari va buning oqibatida 

 
141
kwplab shah’arlar h’amda qishloqlarning vayron etilishi, meh’natkash xalq 
turmushining og’irlashib borishi va uning asosiy sabablarini aniqlashga ёrdam 
berishi mumkin bwlgan daliliy malumotga wta boydir. 
Asarda yana wzbek qavmlari, ulug’lari va ularning ijtimoiy-siёsiy h’aёtda 
tutgan wrni, Ashtarxoniylar va Mang’itlar h’ukmronligi davrida wzbek qwshini va 
mang’itlar davlatining tuzilishi, 1722-1782 yillarda Buxoro xonligining Eron, 
Afg’oniston, Qozoq va Qwqon xonliklari h’amda Koshg’ar bilan olib borgan siёsiy 
munosabatlari h’aqidagi h’am etiborga molik malumotlar kwp uchraydi.  
“Tuh’fat ul-xoniy” asarining qwlёzma nusxalari kwp. Masalan, faqat Sankt-
Peterburg, Wzbekiston, Tojikiston kutubxonalarida undan 23 qwlёzmasi mavjud. 
Asar biron tilga twla tarjima qilinmagan h’am. Asardan kichik bir parcha, yani 
Muh’ammad Rah’imxonning 1747 yili Saraxs atrofida Eron qwshinlari bilan 
twqnashuvi rus tilida 1938 yili elon qilingan, xalos. 
 
11.2.21. “Tarixi Amir Haydar” 
“Tarixi Amir Haydar” XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi 
yarmida wtgan buxorolik olimlari asaridir. Kitobning nomalum muh’arrir 
tomonidan qisqartirilgan nusxasi etib kelgan bwlib, qwlёzma WzRFA 
Sharqshunoslik institutida 1836 raqami ostida saqlanmoqda.  
“Tarixi Amir Haydar” kichik h’ajmdagi asar, jami 96 varaqdan iborat, 
muh’im tarixiy manbalar asosida ёzilgan, Buxoro xonligining Ashtarxoniylar, 
shuningdek, asosan, Mang’itlar sulolasidan bwlgan amir Haydar h’ukmronligi 
(1800-1826 yy.) davridagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wz ichiga oladi. 
Asar 81 bob, ёki dostondan iborat. 1-2- boblari Buxoro shah’ri tarixiga 
bag’ishlangan, 3-6- boblarda  Ashtarxoniylar tarixi qisqacha baёn etilgan, 7-81- 
boblarida esa Buxoro amirligi amirzoda Haydarning tug’ilishidan to uning 1826 yil 
6  oktyabridagi vafotigacha bwlgan tarixi h’ikoya qilinadi. 
Kitob 50- yillarda A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, lekin 
nima sababdandir qwlёzma nashr etilmay qolgan. Tarjima qwlёzmasi WzR FA Shİ 
kutubxonasida saqlanmoqda.  
 
11.2.22. “Fath’nomayi sultoniy” 
“Fath’nomayi sultoniy” (“Sulton fath’nomasi”) asari muallifi Mir Olim 
Buxoriy bwlib, kitobini Amir Nasrulloh’ davri (1826/27 – 1869/79 yy.)da G’uzor 
h’okimi bwlgan Muh’ammad Olimbekning xizmatida bwlgan va uning topshirig’i 
bilan ёzgan.  
“Fath’nomayi sultoniy” amir Shoh’murod (1785/86-1800 yy.) davridan to 
Nasrulloh’ h’ukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida bwlib wtgan 
voqealarni wz ichiga oladi, lekin Shoh’murod va amir Haydar davrlari qisqacha 
(WzR FA Shİ qwlёzmasi, inv. № 1838, vv.7b-55b), Nasrulloh’ davri esa batafsil 
ёritilgan. 
Mazkur qwlёzma asarning birinchi jildi bwlib, ikkinchisi bizga malum 
bwlmagan sabalarga kwra ёzilmay qolgan. 

 
142
“Fath’nomayi sultoniy”ning birinchi qismi marh’um O.D.Chexovich 
tarafidan rus tiligatarjima qilingan. Tarjima qwlёzmasi WzR FA Sharqshunoslik 
instituti kutubxonasida saqlanmoqda. 
 
11.2.23. “Muntaxab ut-tavorix” 
“Muntaxab ut-tavorix” (“Saylanma tarix”) asarining muallifi qwqonlik yirik 
tarixchi olim Hakimxon twradir (taxm.1802-vafot etgan yili maxlum emas). Ota 
tarafidan naqshbandiya tariqatining yirik namoёndalaridan biri, yirik iloh’iёt olimi 
Mah’dumi Azam Kosoniy (1461/62-1542/43 yy.)ning avlodi, ona tarafidan Qwqon 
xoni Norbwtaxon (1770-1800 yy.)ning nabirasidir.  
Otasi sayyid Masumxon twra Umarxon davri (1809-1822 yy.)da va 
Muh’ammad Alixon h’ukmronligi (1822-1842 yy.)ning dastlabki yillarida 
xonlikning shayxulislomi lavozimini egallab turgan. Hakimxon twra Muh’ammad 
Alixon h’ukmronligiavvalida Namangan, Twraqwrg’on va Kosonsoyda h’okim 
bwlgan. Lekin kwp wtmay otasi h’am, wzi h’am xonning g’azabiga duchor bwlib, 
egallab turgan lavozimlaridan bwshatilganlar va h’aj marosimini ado etish uchun 
Arabistonga jwnatib yuborilgan. Otasi ywlda, Mozori sharifda 1834 yili vafot 
etgan. Hakimxon twra esa kwp mashaqqatlar chekib, etti yildan keyin Rossiya, 
Turkiya, İroq, Suriya va Falastin orqali Mkkaga etib bordi. Wshanda 1834 yili u 
Orenburgda podshoh’ Aleksandr 1 bilan uchrashish sharafiga muyassar bwlgan. 
Hakimxon twra Makka va Madina ziёratidan qaytgach, 1828 yili, Muh’ammad 
Alixondan chwchib Qwqonga bormadi va qolgan umrini Kitobda kechirdi. 
Wzining ёzishicha, Kitobda uning qarindoshlari va ozmi-kwpmi er-suvi bwlgan. 
Hakimxon twra yirik tarixnavis olim bwlib, wzining “Muntaxab ut-tavorix” 
asarini 1843 yilning 29 may kuni ёzib tamomlangan. 
“Muntaxab ut-tavorix”da qadimiy zamonlar, islomiyatdan avval wtgan 
payg’ambarlar, qadimgi Eron podshoh’lari, Xitoy va Evropaning qadimiy 
podshoh’lari, xalifayi Roshidindan to Movarounnah’rning Mang’it va Ming 
sulolasidan chiqqan oliy h’ukmdorlar zamonigacha kechgan tarixi baёn etiladi. 
Asarda Qwqon xonligining xonlik asoschisi Shoh’ruh’xon(1709-1721 
yy.)ning wg’li va toj-taxt vorisi Abdurah’imxon (1721-1724 yy.) zamonidan to 
Norbwtaxon, Olimxon va Umarxon davri tarixi yaxshi ёritilgan. Ayniqsa, 
Norbwtaxon, Olimxon va Umarxon davri yaxshi ёritilgan. Asarda muallifning 
Rossiya, Turkiya, İroq, Shom (Suriya) va boshqa mamlakatlarga qilgan saёh’ati 
chog’ida olgan taassurotlari va wsha mamlakat xalqlarining ijtimoiy-siёsiy h’aёti, 
tarixi va h’aёt tarzi h’aqida keltirgan maxlumotlari h’am diqqatga sazovordir. 
“Muntaxab ut-tavorix”ning qwlёzma nusxalari kam. Uning Dushanbeda, 
Tojikistonda A.A.Semenovning uy muzeyida saqlanaёtgan forscha fotonusxasini 
Ah’ror Muxtorov 1983 yili ikki kitob h’olida  chop etdi. Asarning wzbekcha 
nusxasi h’am bwlib, h’ozirda WzR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida (raqami 
№ 594) saqlanmoqda. 
 
11.2.24.”Tarjimai ah’voli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniёl to asri 
amir Abdulah’ad” 

 
143
”Tarjimai ah’voli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniёl to asri amir 
Abdulah’ad” (“Buxoroyi sharif amirlarining tarjimai ah’voli. Amir Doniёldan to 
amir Abdulah’adgacha”) asarining muallifi Ah’mad Donish ёki Ah’mad Kalla 
nomi bilan mashh’ur bwlgan, X1X asrda kwzga kwringan mutafkkir shoir, adib, 
olim va diplomatdir. Uning twla ismi Ah’mad ibn Nosir ibn Yusuf al-Xanafiy al-
Buxloiydir. Bwlg’usi tarixchi 1827 yili Buxoroda tug’ilgan. U ёshligidan yaxshi 
wqib tarix, mumtoz adabiёt, riёziёt-matematika, ilmi nujum-astronomiya, musiqa 
va tibbiёt ilmlarini yaxshi wrgangan, h’usnixat va musavvirlik sirlarini h’am 
egallangan. 
Ah’mad Donish wz faoliyatini xattotlikdan boshlagan va 50- yil boshlarida 
amir Nasrulloh’ xizmatiga qabul qilingan, 1870 yili istefoga chiqib, ilmiy faoliyat 
bilan mashg’ul bwlgan. 
Ah’mad Donish 1857 yili amir Nasrulloh’, 1869 va 1974 yillari amir 
Muzaffar (1860-1885 yy.) elchiligi tarkibida Peturburgda bwldi va Rossiyaning 
iqtisodiy, ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёti bilan yaqindan tanishdi. Bu safarlar 
olimning dunёqarashiga katta tasir kwrsatdi. Lekin u Buxoroning Rossiyaga 
qaraganda qoloqligining h’aqiqiy sabablarini tushunib etmadi. U jamiyatni mavjud 
qonun va tartiblarini takomillashtirish ywli bilan, odil podshoh’ning qwli bilan 
qaytadan qurish mumkin deb h’isoblardi. Olimning bu qarashlari uning “Navodir 
ul-vaqoe” (“Nodir voqealar”) nomli asarida wz aksini topgan. Ah’mad Donish 
ushbu asarida amirga davlatni boshqarish ishlarini qaytadan qurishni maslah’at 
berdi. Lekin amir bundan darg’azab bwldi va 70- yillar oxirida Ah’mad Donishni 
poytaxtdan uzoqlashtirdi va G’uzorga qozi qilib yubordi. 
1885 yili, amir Muzaffar vafotidan keyin, u Buxoroga qaytib keldi va 
umrining qolgan qismini ilmiy mashg’ulotlar bilan bilan kechirdi. Ah’mad Donish 
1897 yili vafot etdi. 
Ah’mad Donish sermaxsul ijodkor bwlib, iloh’iёt, ilmi nujum, geografiya, 
adabiёt va tarixga oid 20 ga yaqin asar ёzib qoldirdi. “Manozir ul-kavokib” 
(“Sayёralarning manzaralari”), “Navodir ul-vaqoe” va ”Tarjimai ah’voli amironi 
Buxoroyi sharif” (1885 yildan keyin ёzilgan) asarlari ana shular jumlasidandir. 
Wzbekistonning X1X asrdagi ijtimoiy-siёsiy h’aёtini wrganishda olimning 
swnggi asari katta ilmiy ah’amiyatga ega. Kitobda katta swz boshi, sayёralarning 
inson taqdiridagi ah’amiyati, din va uning jamiyatdagi wrni twg’risidagi fikrlardan 
keyin qisqa tarzda amir Doniёl (1758-1785 yy.), Shoh’murod (1785-1800 yy.), 
Haydar va amir Nasrulloh’ h’ukmronligi yillarida bwlib wtgan voqealar baёn 
etilgan. 
Asarning katta va swnggi qismi amir Muzaffarga bag’ishlangan. Bu qismda 
Buxoro xonligining X1X asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli, 
shuningdek, chor Rossiyasi qwshinlari tomonidan 1866 yili Jizzax h’amda 1868 
yili Samarqandning ishg’ol qilinishi voqealari batafil baёn etilgan. 
”Tarjimai ah’voli amironi Buxoroyi sharif” asarining qwlёzma nusxalari 
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Dushanbe kutubxonalarida mavjud. Asarning matni 
A.Mirzoev tomonidan chop etilgan. 1960 yili kitobning qisqartirilgan ruscha 
tarjimasi Dushanbeda nashr qilingan. 
 

 
144
11.2.25. “Tarixi salotini Mang’itiya” 
“Tarixi salotini Mang’itiya” (“Mang’it sultonlarining tarixi”) asari buxorolik 
mashh’ur tarixchi olim va shoir Mirzo Abduazim Somiy Bwstoniy (1838/39-1914 
yildan keyin) qalamiga mansubdir. 
Bwlg’usi tarixchi boshlang’ich malumotni ona yurti Bwston qishlog’ida, 
Buxoroning shimolida, undan 40 km narida olgan, swngra Buxoro madrasalaridan 
birida wqigan, dastlab viloyat h’ukmdorlari qwlida kotib, amir Muzaffar taxtga 
wtirgandan keyin uning shaxsiy kotibi, munshiysi bwlib xizmat qilgan. Amir 
Abdulah’ad h’ukmronligi (1885-1910 yy.)ning swnggida 1898 ёki 1899 yilda 
podshoh’likka qarshi fikrlari uchun saroydan chetlatilib, umrining oxirini 
nochorlikda kechirgan. 
 
Somiy bir necha adabiy va tarixiy asar ёzib qoldirgan. “Mirot ul-h’aёl” 
(“Xaёl kwzgusi”), “İnsho”, “Tuh’fayi shoh’iy” (“Podshoh’ning tuh’fa”), “Tarixi 
salotini Mang’itiya” shular jumlasidandir. Bularning ichida tarix ilmi uchun eng 
muh’imi swnggi ikki asardir. 
 
1900-1902 yillar orasida ёzilgan “Tuh’fayi shoh’iy” va 1907 yili ёzib 
tamomlangan “Tarixi salotini Mang’itiya” bir davr, Buxoro xonligining amir 
Muzaffar davridagi tarixga bag’ishlangan. Biroq ular malum darajada bir-biridan 
farq qiladi. Masalan, “Tuh’fayi shoh’iy” twlaroq, lekin oliy h’ukmdorni kwklarga 
kwtarib maqtash, panegrik ruh’ida bitilgan.  
“Tarixi salotini Mang’itiya” esa nisbatan xolisona ёzilgan. Asarning ilmiy 
ah’amiyati shundaki, unda Buxoro amirligining Wrta Osiёning Rossiya tarafidan 
bosib olinishi arafasidagi iqtisodiy va siёsiy ah’voli, shuningdek, Buxoro-Rossiya 
munosabatlari birmuncha keng ёritilgan. Kitobning qwlёzma nusxalari kwp. Uning 
Wzbekistonlik olima L.M.Epifanova tomonidan qilingan ruscha tarjimasi, 
swzboshi va zarur izoh’lari bilan birga, 1962 yili, Moskvada chop etilgan. 
 
11.2.26. “Tarixi Salimiy” 
“Tarixi Salimiy” (“Salimiyning tarixi”) asari muallifi X1X asrning ikkinchi 
yarmi va XX asrning birinchi choragida wtgan Mirza Salimbek bwlib, uning twla 
ismi Mirza Salimbek ibn Muh’ammad Rah’imdir. Olim 1850/51 yillari Buxoroyi 
sharifda badavlat va nufuzli xonadonda tavallud topgan.  
Mirza Salimbek 1871 yili Nah’rpoy (Norpoy) va Ziёvuddin h’okimiga kotib 
bwlib ishga kiradi, lekin olti oydan keyin amir Muzaffarning farmoyishi bilan 
Toshkentga rus mamurlarining xatti-h’arakati va ayniqsa Buxoro xususida tutgan 
siёsatini kuzatib boruvchi qilib yuborildi.  
Mirza Salimbek Toshkentga choyfurush qiёfasida keldi va bu erda 12 
 
yml istiqomat qildi. 1880-1883 yillari u amir h’uzurida, 1884-1885 yillari 
Turkiston general-gubernatori h’uzurida Buxoro vakili bwlib xizmat qildi. 1885 
yili Mirza Salimbek Somjin tumaniga amlakdor qilib tayinlandi. Shundan keyin 
uning martabasi yil sayin ortib bordi. 1881-1893 yillari Buxoro shah’rining 
mirshabi, 1893-1920 yillari Yakkabog’, Nurota, Boysun, Sherobod, Shah’risabz, 
Chorjwy viloyatlarining h’okimi va bosh zakotchi vazifalarida turdi. 1920 yilgi 
inqilobdan keyin Mirza Salimbek shwro tashkilotlarida, Buxoroda tashkil etilgan 

 
145
«Anjumani tarix» («Tarixshunoslar jamiyatida»)da xizmat qildi. Mirza 
Salimbekning vafot etgan yili malum emas. 
Mirza Salimbek bir necha yirik tarixiy va adabiy asar ёzib qoldirgan. 
«Kashkuli Salimiy» («Salimiyning kashkuli»), «Jomi ul-gulzor» («Gulzorlar 
majmui»), «Kab al-axbor h’ikoyalari», «Hikoyati Abdulla ibn Muborak», «Tarixi 
Salimiy» shular jumlasidandir. 
Tarixchilar uchun eng muh’imi uning swnggi asari «Tarixi Salimiy»dir. 
N.Norqulovning fikriga qaraganda, XX asrining 20- yillarida ёzilgan. Uning bosh 
qismi, Chingizxondan to amir Muzaffar davrigacha bwlgan tarix umumlashtiruvchi 
xarakterga ega. Asarning 1860-1920 yillar voqealarini wz ichiga olgan katta qismi 
butunlay yangi bwlib, muallifning wzi bu voqealarning guvoh’i bwlgan. 
Asarda amir Muzaffar davrida Hisor, Kwlob, Baljuan, Qorategin va 
Darvozda bwlib wtgan isёnlar, Buxoro-Qwqon va Buxoro-Rossiya munosabatlari, 
shuningdek, Buxoro amirligining X1X asrning ikkinchi yarmidagi umumiy ah’voli 
va mamuriy tuzilishi h’aqida qimmatli malumotlar bor. 
«Tarixi Salimiy» asarining qwlёzma nusxalari kwp. Asar 1968 yili 
N.norqulov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, lekin h’ali chop etilmagan.   
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling