O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
“Silsilat as-salotin” asaridagi maktublar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli masalalar h’aqidagi h’ujjat, farmonlar va maktublar
- 12.3.24. Mwg’ul va xitoy tillarida ёzilgan manbalar
- Mongol-un niucha tobchan
- “Yuan-chao min-chen shi-lyue”
- Asosiy tushunchalar
- 13.2.2. “Kitobi Mullazoda”
- 13.2.4. ”Majmu al-g’aroyib”
12.3.23. “Silsilat as-salotin” asaridagi maktublar “Silsilat as-salotin” asarida Shayboniylar va Ashtarxoniylar h’ukmronligi davrida Yuuxoro va Balx xonlari, Eron podshoh’lari – Safaviylar va Hindistondagi Boburiylar wrtasida olib borilgan diplomatik ёzishmalardan ayrimlarining matnlari keltirilgan. Ular quyidagilardir: Hindiston podshoh’i Akbar (1556-1605)ning 1586 yili Buxoro xoni Abdullaxon 11(rasman 1583-1598 yy.)ga wz elchilari Hakim Xumom va Sadri Jah’on orqali yuborgan maktubi; Eron podshoh’i shoh’ Abbos 1(1587-1623 yy.)ning 1590-1591 yili elchi Ёdgor sulton eramli orqali Balx xoni Shayboniy Abdulmwminxon (1582-1598)ga yuborgan xati; Akbar podshoh’ning 1591 yili Buxoroga Abdullaxon 11 nomiga .borgan maktubi; Turkiya sultoni Murod 11 (1574-1595 yy.)ning 1592 yili Balx xoni Abdumwminxogsha yuborgan xati; Balx xoni Abdumwminxonning Eron podshosi Abbos 1 nomiga elchi Ali Ёrbek orqali 1597 yili yuborgan xati; Eron shoh’i Abbos 1ning 1598 yili Balx xoni Abdumwminga (wsha yili otasi wrniga xon etib saylangan edi) ywllagan javob maktubi; Shoh’ Abbos 1ning 1598-1599 yili elchi Zulfiqorbek Zulqadar orqali Niso va Obivard h’okimi Shayboniy Dinmuh’ammad sultonga yuborgan xati; Shoh’ Abbos 1ning 1611 yili Buxoro xoni Ashtarxoniy İmomquli (1611-1642 yy.) nomiga yuborgan xati; İmomqulixonning shoh’ Abbos 1 nomiga 1611 yili elchi Wzbekxwja dodxoh’ orqali yuborgan javob maktubi; Hindiston podshoh’i Nuriddin Jah’ongir (1605-1627 yy.)ning 1611 yili Buxoroga, İmomqulixon nomiga ywllagan xati; Hindiston podshoh’i Shah’obiddin Shoh’ijah’on (1627-1667 yy.)ning 1628 yili İmomqulizon nomiga elchi Hakim Xoziqdan berib yuborgan maktubi; Eron podshoh’i shoh’ Safi 1 (1629-1642 yy.)ning Buxoroga, İmomqulixon nomiga 1629 yili elchi Donish munshiydan berib yuborgan xati; Hindiston podshoh’i Shoh’ijah’onning 1628 yili Balxga elchi Tarbiyatxon orqali yuborgan maktubi; Buxoro xoni Ashtarxoniy Nadr Muh’ammadxon (1642-1655 yy.)ning Shoh’ijah’on nomiga elchi Nadrbiy Shaboyat orqali berib yuborgan xati; Hindiston podshoh’i Shoh’ijah’onning Nadr Muh’ammadxonga 1645 yili shah’zoda Murod Baxsh orqali ywllagan javob maktubi; Shoh’ijah’onning 1646 yili Nadr Muh’ammadxonga yuborgan maktubi; Buxoro xoni Ashtarxoniy Abdulazizxon (1645-1680 yy.)ning 1666-1667 yili Hasan qushbegi elchiligi orqali Eron podshoh’i shoh’ Safi nomiga ywllagan xati; Hindiston podshoh’i Avrangzeb Olamgir (1658-1707 yy.)ning Buxoro xoni Ashtarxoniy Subxonqulixon (1680-1702 yy.)ga elchi Yakkatozxon orqali 1671 yili ywllagan maktubi; Buxoro xoni Subxonqulixonning Hindistonga, podshoh’ Avrangzeb Olamgir nomiga 1687 yili elchi Nadr devonbegidan berib yuborgan maktubi; 164 Hindiston podshoh’i Shoh’ijah’onning Balx ustiga qwshin tepasida yuborilgan shah’zoda Murod Baxsh va Asolatxon nomiga Nadr Muh’ammadxonning wg’li shah’zoda Xusrav Sultonga h’urmat-eh’tirom va meh’ribonlik qilish h’aqida yuborgan xati. Turli masalalar h’aqidagi h’ujjat, farmonlar va maktublar Er-suv, Juybor xojalarini soliq va jarimalardan ozod qilish, ularga tegishli erlarga Vaxsh darёsidan suv chiqarish uchun turli viloyatlardan h’asharchilarni safarbar qilish, oldi-sotti h’aqida berilgan farmonlar va Juybor xojalariga jwnatilgan maktublar, masalan, shayboniy sultonlarining Abdullaxon soniydan shikoyat qilib Juybor xojalariga yuborgan arznomalari, Koshg’ar va Badaxshon h’ukmdorlarining xoja Muh’ammad Sad (1531-1532 – 1589 yy.) nomiga ywllagan maktublari Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon” asarida h’am kwp keltirilgan. Shuni aloh’ida takidlab wtish kerakki, asar muallifining wz swzlariga qaraganda, uning qwlida xoja Muh’ammad İslom bilan xoja Muh’ammad Sad nomiga kelgan jami maktublar soni 500 dan ortiq bwlgan. Shundan u wz asariga 132 maktubni kiritgan. Maktublar shayboniy sultonlar Muh’ammad Amin Sulton, Xudoyberdi Sulton, Juvonmard Ali Sulton, Kepak Sulton, Dinmuh’ammad Sulton, Xusrav Sulton, Abulquddus Sulton va boshqalarga tegishli bwlib, ulardan mamlakatdagi beqarorlik va ur-yiqitlarning avj olib ketganligi, soliq va jarimalarning h’addan ortiqligi va soliq yig’uvchilarning zulmi tuvayli raiyat ah’voli og’irlashib ketganligi, xon tarafidan qwyilgan amaldorlarning zulmidan shikoyat qilinadi. Masalan, Sulton Saidxon (1530-1533 yy.)ning inisi Xuboyberdi Sultonga tegishli bir xatda xususan bunday deyilgan: “Qwshh’okimiyat orqasida Shayxin va Ofarinkent tumanlari xalqi Buxoro va Miёnqol taraflarga kwchib ketdi”. Maktub oxirida Xudoyberdi Sulton Xoja İslomdan ularni vatanlariga qaytarishda kwmak berishlarini iltimos qiladi. Sulaymon Sultonning wg’li Mah’mud Sultonning Xoja Sadga ywllagan maktubi h’am etiborga molikdir. Maktubda Sulton Abdullaxon tarafidan wziga otaliq 86 etib tayinlangan Xushimbiy ustidan ustidan shikoyat qiladi. Maktubdan malum bwlishicha, otaliq sultonga tegishli h’amma narsani, xususan davlat ishlari va mulkidan keladigan barcha laromadni egallab olgan. Masalan, h’ar yili xirojdan twplanadigan 30 ming xoniydan sultonga bir chaqa h’am bermay qwygan. Mazkur asarda, uning beshinchi bobida, Hindiston, Koshg’ar, Turkiya va Eron prdshoh’lari tarafidan Juybor xojadariga yuborilgan maktubdarning nusxalari keltirilgan. Masalan, Koshg’ar xoni Abdurashidxon, Muh’ammad Quraysh Sulton va Badaxshon h’ukmdori temuriyzoda Sulaymonshoh’ning maktublarida mamlakatning ichki ah’volidan va Balx xonlarining tazyiqidan shikoyat qilinadi. 86 Оталиқ - Темурийлар, Шайбонийлар, Аштархонийлар ва Манғитлар давлатида энг олий мансаб. Улар шаҳзодалар балоғатга етгунларича уларнинг мол-мулки ва ҳокимиятини идора қилганлар. 165 XVI asrda wtgan xurosonlik ёzuvchi Zayniddin Vosifiyning “Badoyi ul- voqoyi” (“Ajoyib voqealar”) degan memuar asarida shayboniy h’ukmdorlarning maktublari, fath’nomalari va ёrliqlaridan bazilarining nusxalari ilova qilingan. Masalan, ulardan ikkitasida shayboniy sultonlar Ubaydullaxon, Jonibek Sulton va boshqalarning 1512 yili temuriyzoda Boburning Najmi soniy boshliq Eron (qizilbosh) askarlari ustidan qozongan g’alabasi va wsha Ubaydullaxonning Koshg’ar xoni Abjurashidxon bilan ittifoqda qozoq sultonlari ustidan qozongan g’alabasi munosabati bilan Movarounnah’rning barcha viloyatlari, Koshg’ar va boshqa mamlakatlarga yuborgan fath’nomalari bor. Mazkur asarda Toshkent xoni Navrwz Ah’madxon-Baroqxon tarafidan berilgan bir h’ujjat, ёrlig’ diqqatga sazovordir. Hujjatda mazkur xonning Sayyid Shamsuddin Muh’ammad Kurtiy sadrga viloyatda, Toshkent viloyatidagi barcha konlar suyurg’ol 87 qilib berilgani aytilgan. Va yana nomi tilga olingan sadrga ushbu viloyatda yangidan wzlashtirilgan barcha erlar mulk sifatida inom qilib berilgani aytilgan. Huquqiy h’ujjatlar, ёrliqlar “Ravzat ar-rizvon” kitobida h’am bor. Ulardan bazilarini qaydga olib wtamiz. 1) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning 1579 yilgi farmoni. Unda Hisor, Deh’i nav - Denov, Kubodiёn va shah’ri safoning h’okimlari-arbobon va kalontaronga xoja Sadga tegishli erlarni sug’orish uchun Vaxshdan chiqarilaёtgan ariqni qazish ishlariga 10 ming ishchi, markidor yuborish majburiyati yuklatilgan. 2) Mazkur xonning juyboriy xojalaridan xoja Sadga Toshkent yaqinidagi Zah’ ariqni tortiq qilingani h’aqidagi 1583 yilgi farmoni. 3) Toshkent h’okimi Abdulquddus Sultonning Zax ariq atrofidagi erlarni xoja Sadga suyurg’ol qilib berilgani h’aqidagi va wsha erlarni barcha soliq va jarimalardan ozod qilingani, uning erlarida ishlash uchun ishchi, koranda yuborish h’aqidagi farmoni. 4) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning h’azrat xoja Sadning Marvi shoh’ijah’on viloyatidagi barcha er-suvi va boshqa mulkini uning faqat bir wziga tegishli ekanligini va uni molu jih’ot, muqarrariy, tarh’, sabon 88 va boshqa soliqlardan ozod etilganligi h’aqidagi 1578 yil avgustdagi farmoni. 5) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxon tarafidan mulla Muh’ammadbiy nomiga berilgan 1585 yil aprel oyidagi ёrlig’. Unda Hisor viloyatining h’okimlari unga xoja Sadning mazkur viloyatdagi erlarni sug’orish uchun Vaxsh darёsidan chiqarilaёtgan nah’rni qazish ishiga 10 ming ishchi, mardikor twplab berishlari va nomi zikr etilgan amirning barcha kwrsatmalarini swzsiz bajarishlari zarurligi aytilgan. 6) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning xoja Kalonga, xoja Sadga Yazd va İsfah’on viloyatlaridan er-suv inom qilish-darubast h’aqidagi 1588 yil oktyabr-noyabr oyidagi farmoni. 87 Суюрғол – давлат олдидаги катта хизматлар учун берилган ер-сув, мулк. 88 Сабон - ҳосил байрами, сабан тўйни ўтказиш учун аҳолидан олинадиган йиғим, сабан тўй харажатлари. 166 7) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning xoja Sadning suyurg’ol erlarini wg’illari xoja Tojiddin bilan xoja Abdurah’im wrtasida taqsimlash va bu erlarni soliq va jarimalardan ozod qilish twg’risidagi 1590 yil yanvar-fevral oylaridagi farmoni. 8) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning xoja Tojuddin Hasanning Marv viloyatidagi er-suvini barcha soliq va jarimalardan ozod qilish twg’risidagi 1590 yil fevral-mart oylaridagi farmoni. Yurtimiz tarixiga oid h’ujjatlarni wrganish va ilmiy tadqiqotlarga tadbiq etish h’ali talab darajasida emas. Bu ishni kuchaytirish lozim, chunki bularsiz tarixni, ayniqsa uning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini wrganib bwlmaydi. Bizning fikrimizcha, eng avvalo, ularni ilmiy tavsiflab, kataloglarini nashr qilish zarur. 12.3.24. Mwg’ul va xitoy tillarida ёzilgan manbalar Mwg’ul va xitoy tillarida ёzilgan manbalarda Wzbekistonning XIII-XIV asrlardagi tarixiga oid malumotlar uchraydi. Ayniqsa, Chingizxon va mwg’ullar xuruji davri tarixi, mwg’ul imperatorlari h’ukmronligi davri tarixini bu manbalarsiz wrganib bwlmaydi. Shuni aloh’ida uqtirib wtish kerakki, bu manbalarda, xususan xitoy manbalarida, voqealar birinchidan yilma-yil baёn etilgan, ikkinchidan, ularning sodir bwlgan joyi va vaqti aniq kwrsatilgan. Mongol-un niucha tobchan “Mongol-un niucha tobchan” (“Mwg’ullarning maxfiy tarixi”) X111 asr boshida wrta asr uyg’ur imlosida ёzilgan va bizgacha xitoy imlosi, ierografida xitoycha tarjimasi bilan etib kelgan. Asarning xitoycha nomi “Yuan-chao bi shi” (“Yuan sulolasining 89 maxfiy tarixi”) deb ataladi. Unda Xitoy, Mwg’uliston, Markaziy Osiё va Wzbekistonning XIII asrdagi tarixi bwyicha muh’im manba h’isoblanadi. Unda nayman, kerait, wng’ut, uyg’ur, qorliq va boshqa turkiy xalqlarning Chingizxon xuruji paytidagi tarixi va ularning mwg’ul asoratiga tushib qolishi h’aqida qimmatli malumotlarni uchratamiz. “Mongol-un niucha tobchan” xitoy tiliga 1404 yili tarjima qilingan. 1800 yili istefodaga kiritilgan. Asar 1866 yili P.Kafarov tarafidan rus tiliga tarjima qilingan va swz boshi, xitoycha matni va lug’atlar bilan qwshib, 1941 yili S.A.Kozin tarafidan “Sokrovennoe skazanie” nomi bilan chop etilgan. Asarning E.Xёnning tarafidan amalga oshirilgan nemischa nashri mavjud. “Tszin-shi” “Tszin-shi” (“Tszin sulolasining 90 tarixi”) nomli asar swnggi yuan imperatori Shindi (Twg’on Temur) davrida, xitoy olimi va ёzuvchisi Ouyan Sian tarafidan ёzilgan. Unga mwg’ul imperatorlari davrida ёzilgan va keyincha ywqolgan “Shilu” (“Sah’ih’ ёzuvlar”) nomli solnomasi asos bwlgan. 89 Юань сулоласи – Хитойни 1259-1332 йилларда идора қилган сулола. Асосчиси Хубилайхон (1260-1294 йй.) 90 Цзин сулоласи – 265-420 йй. 167 “Tszin-shi” twrt qismdan iborat: 1)Tszin sulolosining siёsiy tarixi; 2) Tszin davlatining mamuriy, h’arbiy, h’uquqiy, moliyaviy, iqtisodiy, manaviy va ilmiy tizimlari; 3) Tszin imperatorlari; 4) imperatorlar va ularning oilalari, davlat arboblari, sarkardalari va madaniy arboblarining tarjimai h’oli. Asarning twrtinchi qismida wsha vaqtlarda Markaziy Osiёda istiqomat qilgan turkiy xalqlar, uyg’urlar, wng’itlar va boshqalar, ular bilan olib borilgan elchilik munosabatlari, ularning boshliqlarini h’arbiy h’izmatga jalb qilish h’aqida malumotlar bor. “Yuan-chao min-chen shi-lyue” “Yuan-chao min-chen shi-lyue” (“Yuan sulolasi mashh’ur mansabdorlarining qisqacha tarjimai h’oli”) nomli asar 15 bobdan iborat bwlib, uni tarixchi Su Tyantszyue yaratgan. Kitobda saltanatda xizmat qilgan 47 yirik mansabdorning tarjimai h’oli baёn etilgan. Ular orasida turkiy qavmlardan chiqqanlari h’am bor. Bu uch kitobdan iborat asarning kwpgina nashrlari mavjud. Eng yaxshi nashri 1962 yili Nankin universiteti professori Xan-Julin tarafidan amalga oshirilgan. Noshirning swz boshisi muh’im ilmiy ah’amiyatga ega. “Shen-u tsin chjen-lu” “Shen-u tsin chjen-lu” (“Muqaddas sarkarda Chingizxonning h’arbiy yurishlari tafsilotlari”) nomli asar asli mwg’ul tilida ёzilgan, lekin uning shu nomdagi xitoycha tarjimasi bizgacha etib kelgan, xalos. Unda Chingizxonning h’arbiy yurishlari va mwg’ullar xuruji vaqtida turkiy xalqlarning ijtimoiy-siёsiy h’aёti h’aqida h’ikoya qiladi. “Shen-u tsin chjen-lu” asarini birinchi marta Yuan Chjon 1894 yili, Van Govey nomli tarixchi 1925-1926 yillari keng izoh’lar bilan chop etgan. 1872 yili P.Kafarov asarning ruscha tarjimasini, swz boshi va zarur izoh’lar bilan qwshib, nashr etgan. 1951 yili Pelo va Gambus uning frantsuzcha nashrini amalga oshirganlar. “Yuan-shi” “Yuan-shi” (“Yuan sulolasi tarixi”) Yuan sulolasining twliq rasmiy tarixidir. Uni Sun-lyan (1310-1381 yy.) boshchiligidagi 16 muallif-tuzuvchilar yaratgan deb h’isoblaydilar. Kitob Min sulolasining imperatori Tayqchuning buyrug’i bilan 1369 yili ёzib tamomlangan. Asar twrt qismdan iborat: Birinchi qismda Yuan sulolasi shajarasi, yani Xubilayxondan boshlab 13 mwg’ul imperatori, ularning shaxsiy h’aёtida bwlib wtgan va ularning davrida mamlakatda kechgan asosiy voqealar berilgan. İkkinchi qismda samoviy voqealar tafsiloti, mamlakatda bwlib wtgan h’ududiy voqealar, mamlakatning mamuriy bwlinishi h’aqida, mamlakatdagi darёlar va nah’rlar, xalqining liboslari, amaldorlarni mansabga tayёrlash oldidan wtkaziladigan imtih’onlar va boshqalar h’aqida malumot keltiriladi. 168 Uchinchi qismda imperator va uning xonadoni azolarining shajarasi wrin olgan. Twrtinchi qismda imperator xonadoni azolarining tarjimai h’oli va qwshni mamlakatlar h’aqida qisqacha malumot keltiriladi. Turkiy xalqlar tarixi va turk aslzodalarining mwg’ul imperiyasining ijtimoiy-siёsiy h’aёtida tutgan wrni h’aqida “Yuan-shi”ning twrtinchi qismida, ettinchi bobda juda qimmatli malumotlar beriladi. Unda keltirilgan malumotlarning tah’lili shuni kwrsatadiki, turklar, jamiyatda tutgan mavqeiga kwra xitoylardan keyin ikkinchi wrinda turgan xalq bwlgan. Yirie turk amaldorlari asosan uyg’ur, qorliq, qipchoq, qong’li, wng’ut, arg’in, nayman va kerait qavmlaridan chiqqan. Ular asosan mwg’ul imperiyasining mamuriy idoralari va h’arb ishlarini boshqarganlar. Turklar orasida olimlar h’am kwp bwlgan. Bular - qoluqlardan chiqqan Baёn, wng’ut Maqchuzan, qipchoq Toybug’a, Boboxudu, Ulchaybotir, qong’lidan chiqqan Buxulu, Wrus, Tabrikchi va boshqalar. Mwg’ul imperatorlari xizmatida bwlgan turklar orasida uyg’urlardan 300 mansabdor va olim bwlgan. “Yuan-shi”ning ayrim qismlari turli yillarda N.Ya.Bichurin, Pelo, L.Gambis, E.Xёnish, S.A.Kozin, A.Vayli, G.Franko, F.V.Klavaza va G.F.Shurmann tarafidan tarjima qilingan. 13-mavzu. Geografiya va kosmografiyaga 91 oid asarlar Darsning mazmuni: Geografiya va kosmografiyaga oid asarlardagi tarix ilmi uchun qimmatli tomonlari ochib beriladi. Reja: 13.1. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar. 13.2. Asarlarning tavsifi. 13.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 13.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. Asosiy tushunchalar: geografiya, kosmografiya, iqlim, h’udud, mamlakat, viloyat, wlka… 13.1. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar. (Qisqacha umumiy tarif) 13.2. Asarlarning tavsifi. 13.2.1. ”Mwjam ul-buldon” 91 Космография – астрономия ва табиий географиядан умумий маълумот берувчи фан. 169 Mashh’ur qomusiy asar ”Mwjam ul-buldon” muallifi ajoyib sarguzashtarni wz boshidan kechirgan olim, sayёh’ va xattot Ёqut Hamaviydir (1179 y. tug’.). U asli Kichik Osiёlik (Rum) qul bwlgan. Otasining ismi kim ekanligini bilmagani uchun wzini İbn Abdulloh’ (Tangri qulining wg’li) deb atagan. Bolalik vaqtida asirlar bilan birga Bag’dodga olib kelingan va uni Hama shah’rida (Suriya) Askar ibn İbroh’im al-Hamaviy ismlik savdogar sotib olgan va unga Ёqut deb nom bergan. 13.2.2. “Kitobi Mullazoda” “Kitobi Mullazoda” (“Mullazoda kitobi”) – Buxoroyi sharifning X1U-XU asrlardan qolgan osori-atiqalari va mashh’ur ziёratgoh’lari, u erda dafn etilgan valiylar, shayxlar, umuman mashh’ur kishilar h’aqida malumot beruvchi asar bwlib, X1U asr oxiri-XU asr boshlarida ёzilgan. Muallifning ismi sharifi Ah’mad ibn Mah’mud bwlib, mwin ul-fuqaro (faqirlar tayanchi) taxallusi bilan mashh’ur bwlgan. Bu kitob yaqin-yaqinlargacha kwpchilik tadqiqotchilarga malum emas edi. Bunga uning qwlёzma nusxalari malum bwlmaganligi sabab bwlgan. 1960 yili asarning forscha matni Teh’ronda Gulchin Maoniy tarafidan chop etilgandan keyin ilmiy jamoatchilik orasida bu kitobga qiziqish birmuncha kuchaydi. Asar 1992 yili rus tilida R.L.G’afurova tarafidan elon qilindi. “Kitobi Mullazoda” - qabristonlarni erkak va aёllar ziёrat qilsalar bwladi va bu ziёratni qanday ado etish h’aqidagi ikki maxsus bob va ikki qismdan iborat asar. Kitobning birinchi qismida shah’ar ichidagi va uning tashqarisida, shah’ardan yarim farsax masofada dafn etilgan ulug’ shaxslar, shayxlar, din ulamolari va ularning muqaddas mozorlari h’aqida malumot beradi. Bular ichida mashh’ur shayx, imom va iloh’iёt olimi xoja Hafs kabir, xoja Abu Hafs ibn al- Zabarkan ibn Abdulloh’ ibn al-Bah’r al-İjliy al-Buxoriy, 767-832 yy.), shogirdi xoja Abdulloh’ Safidmuniy, Saffariya imomlarining mozorlari, İsmoliya imomlarining mozorlari, Talli xoja Chorshanbadagi mozorlar, Safidmun va xoja Jandi qishloqlaridagi mozorlar shular jumlasidandir. Kitobning ikkinchi qismida Buxoroyi sharifning mashh’ur qishloqlaridan Fath’oboddagi muqaddas ziёratgoh’lar, masalan, shayx Abulmaoliy (1190-1261 yy.), uning ikki wg’li Xovand Jaloliddin va Xovand Mutah’iruddinlarning mozorlari va wzlari h’aqida malumot keltiriladi. Shu qismdan joy olgan Buxoro sadrlari, Burxoniylar h’aqida keltirilgan malumotlar h’am wta muh’imdir. İkki og’iz swz Buxoro sadrlari h’aqida. Aslida udar kim edilar? Buxoro sadrlari bir xonadonga mansub bwlgan va muxtasib, rais lavozimini egallagan oliy nasab shaxslar edilar. «Kitobi mullazoda»da ularning kelib chiqishi, shajaralari h’aqida, h’aёti va vafot etgan yili h’aqida qimmatli malumotlar keltiriladi. Buxoroyi sharifda wtgan buyuk shaxslar xoja Abubakr tarxon, mavlono Hofizuddin Kabir, Abu Abdulloh’ Muh’ammad al-Buxoriy, etti qozi – Abu Zayd Abdulloh’ Umar ibn İso ad-Dabusiy, Abu Jafar Muh’ammad ibn Amr ash- 170 Shabiy, İsmoil Mustamoliy va boshqalar h’aqida keltirilgan malumotlar h’am diqqatga sazovordir. Masalan, imom Abu Zayd Ubaydulloh’ Umar ibn İso ad- Dabusiy h’am yirik fiqh’ va iloh’iёt olimi bwlgan. Uning musulmon qonunchiligiga oid «Omad ul-Aqso» (“Swnggi h’udud”) nomli asari wz zamonasida juda mashh’ur bwlgan. 13.2.3. “Samariya” “Samariya” asari muallifi Abu Toh’irxoja Samarqand qozisi Abu Said ibn Abdulh’ayning wg’lidir. Abu Toh’irxoja otasi h’am, bobosi mavlono Mir Abdulh’ay h’am wqimishli kishilar bwlishgan. Mavlono Mir Abdulh’ay (1755- 1827 yy.) Samarqandda qirq yil qozikalon mansabida turgan. Shu bilan birga u bir talay ilmiy asarlar ёzib qoldirgan. “Havoshi shofiy bar sharh’i Bayzaviy”, “Sah’ih’i Buxoriy”ning forscha sharh’i, “Zaburi Dovudiy”ning forsiycha sharh’i, “Axloqi Bah’odurxon shular jumlasidandir. Otasi Abu Saidxoja (1849 yili 28 avgustda vafot topgan) h’am keng malumotli kishi bwlgan. Fiqh’ va kalom, diniy aqidalarni isbotlash ilmida benazir bwlgan. “Samariya” 11 bob, muqaddima va xotimadan iborat bwlib, Samarqand shah’rining bunёd etilishi, “Samarqand” deb atalishining sabablari, shah’arning geografik h’olati, ob-h’avosi, uning X1X asrning uchinchi choragiga qadar saqlanib qolgan osori-atiqalari vua mashh’ur kishilari h’aqida malumot beradi. Asarning wzbekcha tarjimasi 1921 yili samarqandlik ёsh, saloh’iёtli olim Abdulmwmin Sattoriy tarafidan amalga oshirilgan edi. Lekin, og’ir xastalik va 1925 yil 23 iyuldagi bevaqt wlimiunga tarjimani chop qilishga imkon bermadi. Sadriddin Ayniy 1925 yili wsha yillari maorif noziri bwlib ishlab turgan Abdurauf Fitratning taklifi bilan, uni tah’rir qilib, nashrga tayёrlagan edi. Lekin asar chop etilmay qolgan edi. S.Ayniyning qwlёzmasi h’ozirda WzR FA Shİ fondida 600- raqam ostida saqlanmoqda. “Samariya” asar B.Ah’medov va A.Juvonmardiev tomonidan qayta nashrga tayёrlandi va 1991 yili Toshuketda chop etildi. 13.2.4. ”Majmu al-g’aroyib” ”Majmu al-g’aroyib” (“G’aroyibotlar majmuasi”) 1569 yili Balx xoni Shayboniyxon Pirmuh’ammadxon 1 (1546-1566/67 yy.)ning topshirig’i bilan ёzilgan. Asar muallifi balxlik olim Sulton Muh’ammad bwlib, uning h’aqida bizga quyidagilar malum. Otasi mavlono Darvish Muh’ammad Balxning wqimishli va katta nufuzsha ega bwlgan kishilaridan biri edi. Shayboniy h’ukmdorlardan Xurramshoh’ sulton (1506-1511 yy.) va Kistinqora sulton (1526-1544 yy.) davrida Balxning muftiysi lavozimida xizmat qilgan. Wzbek tilida sherlar bitgan. Uning sherlaridan namunalar ”Majmu al-g’aroyib”da keltiriladi. Darvesh Muh’ammad muftiy 1550 yil 19 fevralda vafot etgan. Asar muallifi Sulton Muh’ammad Balxiy h’am zamonasining keng malumotli kishilaridan bwlgan. U xususan tarix, geografiya, astrologiya, mineralogiya, iloh’iёt, fiqh’ va adabiёt ilmlaridan boxabar kishi bwlgan. Otasi vafotidan keyin uning mansabida turgan Sulton Muh’ammad 1573 yil 12 may kuni vafot etgan. 171 ”Majmu al-g’aroyib” asarini ёzishda Sulton Muh’ammad al-Balxiy wzidan avval wtgan olimlarning asarlaridan, shuningdek Balx mamlakati bwylab qilgan saёh’atlari paytida twplagan malumotlaridan keng foydalangan. Olim foydalangan asarlar ichida bizgacha etib kelmaganlari va kam malum bwlganlari kwp. «Or al-muqaddimin» («Salaflarning fikrlari»), «Tarixi saqoliba»(«Slavyanlar tarixi»), «Anis ul-vah’dat va jolis ul-xilvat» («Ёlg’izlar dwsti va xizvatda wtiruvchilar suh’batdoshi») kabi asarlar shular jumlasidandir. ”Majmu al-g’aroyib” ilm ah’li orasida keng tarqalgan asar. Uning h’ozirgacha saqlangan kwlёzmalari 80 dan ortiq. Uning malumotlaridan juda kwp olimlar foydalangan. Ulardan “Abdullanoma” asari muallifi Hofizi Tanish Buxoriy, “Ajoyib at-tabaqot” kitobining musannifi mavlono Muh’ammad Toh’ir va XU11 asrda wtgan olim Mah’mud ibn Vali shular jumlasiga kiradi. Asarning ayniqsa 3, 11, 12- va 18- boblari muh’imdir. Ularda Buxoro, Balx, Tamg’ach, Marv,Siёvush, Sog’oniёn, Termiz, Tibat, Turkiston, Samarqand va Bulg’or kabi yirik shah’arlar va ulkan mamlakatlar, Murg’ob, Vaxsh, Jayh’un, Kwh’ak, Chirchiq darёlari, dunёda yuz bergan muh’im voqealar, mashh’ur shayxlar, olimlar va h’ukmdorlar, Balx va Badaxshonning mineral boyligi h’aqidagi qismlari muh’im ah’amiёtga ega. ”Majmu al-g’aroyib” asarining tanqidiy matni tayёrlangan edi, lekin chop etilgani ywq. Afg’onistonda yuz bergan swnggi yil voqealari tadqiqotchi va uning ilmiy faoliyatiga salbiy tasir kwrsatgan kwrinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling