O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.2.6. “Dili g’aroyib”
- 13.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.
- 3.12. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar.
- 14-mavzu. Wzbek xalqining shakllanishiga oid manbalar. Darsning mazmuni
13.2.5. “Ajoyib at-tabaqot” “Ajoyib at-tabaqot” (“Er qatlamlarining ajoyibotlari”)-daliliy malumotlarga boy, kam wrganilgan geo-kosmografik asar. Bir qancha tarixiy, geografik va kosmografik asarlar h’amda sayёh’larning esdaliklari va muallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida ёzilgan bwlib, Wrta Osiёning XU!- XU11 asrlardagi tarixi va geografik sharoitiga oid malumotlarga boy. “Ajoyib at-tabaqot” mavlono sayyid Muh’ammadToh’ir tarafidan Balx xoni Ashtarxoniy Nadr Muh’ammadxon (1606-1642 yy.)ning topshirig’i bilan ёzilgan. Muallif asarning muqaddimasida keltirilgan ayrim malumotlarga qaraganda, mazkur xon saroyida xizmat qilgan olimlar jumlasiga kirgan. “Ajoyib at-tabaqot”ning ёzilish tarixini quyidagi dalillarga asoslanib belgilash mumkin. Muh’amad Toh’ir asarining “Balx” qismida Xoja h’ayron Qishlog’idagi h’azrat Ali (656-661 yy.) mozori tepasiga qurilgan h’ashamatli bino h’ijriy 886 yilda shoir va tarixchi olim Kamoliddin Binoiy va uning otasi Muh’ammad Sabz tarafidan qurilganligini aytadi va shundan beri 172 yil wtdi, deb ёzadi. Shu 172 ga 886 (bino qurilgan yili)ni qwshadigan bwlsak, 1648 yil kelib chiqadi. Shunga asoslanib, asar h’ijriy 1058, melodiy 1648 yili ёzilgan deb aytish mumkin. Muh’ammad Toh’ir wz asarini ёzishda «Majmu ao-g’aroyib»dan tashqari al-Battoniy (852-929 yy.), Abu Rayh’on Beruniyning «Qonuni Masudiy», «Javoirnoma», shuningdek, Abulmalik Marvarudiy, Nosiriddin Tusiy, Narshah’iy va boshqa olimlarning asarlaridan foydalangan. 172 “Ajoyib at-tabaqot” kam wrganilgan, nashr etilmagan. Uning uchinchi qismi, tabaqa katta ilmiy qimmatga ega. Unda Wzbekistonning Samarqand, Toshkent, Andijon, Termiz va boshqa shah’arlari, shuningdek Sharqiy Turkiston-Koshg’ar va Afg’oniston h’aqida qimmatli malumotlar uchraydi. WzR FA Sharqshunoslik instituti fondida ushbu asarning uchta qwlёzma nusxasi (raqamlari № 411,2380 va №9654) mavjud. Ularning yana bir qimmatli tomoni shundaki, chiroyli nastaliq xati bilan bitilgan, unvon va sarlavh’alari rangli va tillo suvi berib ёzilgan, Kaba va payg’ambarimiz Muh’ammad alayh’issalomning Madinadagi muborak qabri tasviri h’am keltirilgan. Kitobda shah’arlar tavsifi bah’oli imkon twliq berilgan. Namuna sifatida Balx va Qubodiёn shah’arlari h’aqida berilgan tavsifni keltiramiz. “Balx – ulug’ shah’ar, Xurosonga qaraydi, twrtinchi iqlimga kiradi. Uni qadimgi Eron podshoh’laridan Kayumars qurgan, Tah’muras obod qilgan, Luh’rasip qaytadan qurib, tevarak atrofini pishiq devor bilan wrattirgan. Bir rivoyatga kwra, uni birinchi bunёd qilgan kishi Qobil ibn Odam..., boshqa rivoyatga kwra shoh’ Gishtosip Ayyub payg’ambarning amri bilan qurdirgan...Uchinchi rivoyatda keltirilishicha, (uni) Minucheh’r ibn İroj bino qilgan. “Tarixi Balx” 92 kitobida ёzilishicha, Balxning qalasi (kwp bor) vayron qilingan va 22 marta qaytadan tiklangan. Balxning eng swnggi imoratibir vaqtlar Xuroson h’okimi bwlib turgan Abu Muslim Marvoziy tarafidan qurdirilgan. Undan keyin shah’id etilgan Abdulmwminxon 93 shah’arning g’arbiy va janubiy taraflardagi devorni tamirlatgan. Uning uzunligi 20 mign qadam. Shah’ar ikki qismdan; tashqi shah’ar (shah’ri birun) va ichkm shah’ar (shah’ri darun)dan iborat. İchki shah’ar arkdan iborat. Ark shah’arga asos solingandan beri ulug’ podshoh’lar va qudratli xonlarga makon bwlib xizmat qilgan...Hozirgi kunlarda h’am shunday. Balx shah’ri Meh’robi sangin deb ataluvchi bir masjid bor. Ushbu rivoyatni aytuvchining h’ikoya qilishicha, shah’arga mwminlar h’ukmdori h’azrat Alining (xudo undan rozi bwlsin), maktubini olib kelganlarida, uni balandroq bir joydan ovoza qilmoqchi bwldilar, toki uning mazmunidan h’amma yuaxtiёr bwlsin. Baxtga qarshi shu payt qattiq shamol turib, maktubni uchirib ketdi. Bir payt mwminlar Makkani ziёrat etib yurganlarida bir (seh’rli) tosh va undagi ёzuvga kwzlari tushgan. Ёzuvja (h’azrat Alining) wsha maktubi bitilgan ekan. (Shu sabadan) toshni muqaddas h’isoblab, (Balxga) olib kelganlar va wsha masjidning meh’robiga wrnatgan ekanlar. Boshqa bir rivoyatda bunday gap bor; toshni olib kelganlaridan keyin uni uch qismga bwlganlar va bir bwlagini wsha masjidda (Muh’robi sanginda) qoldirganlar, yana bir parchasini tashqi shah’arning (shah’ri birunning) janubiy tarafida, shah’ardan bir milya 94 narida joylashgan Masjidi xoja Nwh’ gunbadon masjidiga olib borib wrnatganlar. 92 «Тарихи Балх» – шайхулислом Сафиуддин Абубакр Абдулла ал-Балхийнинг асари. Ҳақиқий номи «Фозоили Балх». 93 Абдулмўъминхон –Шайбоний хонлардан, 1598 йили олти ой Бухоро тахтида ўтирган, унга қадар Балхни идора қилган. 94 Миля – турли мамдакатларда турлича бўлган масофа ўлчови, тахминан 7 метрга тенг. 173 Malumki, Nwh’ gunbadon nur taratuvchi manzil bwlib, Qab al-axbor h’azratlarining, undan xulo rozi bwlsin, eikr etilgan mozorda yuino qilingan. Nwh’ gunbadon masjidi gwzal va mustah’kam bir binodir. Aytishlaricha, Chingizxon xuruji paytida Balxob darёsini shah’arga burib yuborganlar. Ushanda masjid olti oy suv ostida qolib ketgan. Lekin uning qoldiqlari h’ali h’anuz saqlanib qolgan. Zikr etilgan toshning uchinchi qismini shah’arning kun chiqish tarafida, undan ikki farsang narida joydashgan Xoja Xayron qishlog’ida bino etilaёtgan masjidning meh’robiga wrnatdilar. Qishloqning kun chiqish tarafida, undan 100 zira 95 masofada mwminlar amiri Ali ibn Abu Tolibning qabri topilgan. Va h’aq ywlga tushib olganlar namunasi janob mavlono Binoiyki, malumotli va binokorlik ilmida tengi ywq kishi edi, avvalgi binokorlarning h’arakati beh’uda ketgan va bino bwsh qurilgan deb h’isoblab, h’ijriy 886 yili, padari buzrukvori bilan birgalikda wsha muqaddas mozorda pishiq g’ishtdan baland bir bino qurdi. Lekin, wsha bino, qurilganiga 170 yil wtganiga qaramay, uning biror joyi buzilmagan. (Alloh’ tarafidan) mag’firatli qilingan marh’um Vali Muh’ammadxon (1601 yili) Balxga h’ukmdor etib tayinlangandan keyin balandligi taxminan 30 zira, aylanasi bir jarib 96 bwlgan bir oliy bino qudirdi va uning (tevarak-atrofini) obod qildi. Atrofida (gwzallikda) Chmn sanami bilan bellasha oladigan bir chorbog’ va uning ichida 18 ta chamanzor qurdirdi. Wsha chorbog’ning shimoliy tarafida jannat bulog’iga wxshagan bir h’ovuz h’am qurdirdi. Balxning tashqi shah’arida (shah’ri birunda) va valiylar qutbi xoja Abu Nasr Porsoning 97 obod mozori bor. Bu mozorning aylanasi taxminan 15 jarib. Ushbu muqaddas maqbaraning kun botish tarafida ikkita katta masjid bor. Har chorshanba kuni, peshin namozidan keyin, wsha saodatli maqbara tevaragida donishmand kishilar, ulamo va shuaro ibodat uchun yig’ilishadi. Sufiylar bosh egib, yarim oh’angda (bir birlari bilan) suh’batlashadilar, ulamolar bah’slashadilar, shuaro mushoira va h’azil-mutoyibaga bel bog’laydi. Suh’bat shu zaylda kechgacha davom etadi. Va yana wsha tashqari shah’arda (shah’ri birunda) shayx Shaqiqi Balxiy h’azratlarining, shuningdek jabrlangan xoja İsh’oq va boshqa valiylarning maqbaralari joylashgan. Va yana shah’arning kunbotar tarafida Sulton İbroh’imning twng’ich wg’li Adh’am Soqaning nurga chwmgan maqbarasi joylashgan. Shu kunlarda bu maqbara Xoja rushnoyi nomi bilan mashh’ur. Va yana mazkur shah’arning janub tarafida xoja Sulton Ah’mad Hazraviya janoblari va ul kishining ёsdiqdoshi Bibi Fotimaning maqullangan maqbaralari joylashgan. Va yana shah’arning kunchiqar tarafida xoja Ukkosha janoblarining maqbul maqbarasi joylashgan. Qubodiёn. Movarounnah’rning katta qishloqlaridan, twrtinchi iqlimga kiradi. Qayqubod ibn İroj asos solgan. Aytishlaricha, Zol wg’li Rustam 95 Зираъ-узунлик ўлчови, 81,28 сига тенг. 96 Жариб-ер ўлчови, бир таноб, 4097 кв.метрга тенг. 97 Хожа Абу Наср Порсо – Балх шайхулисломи, тахминан 1460-61 йили вафот этган. 174 Qayqubodniwsha erdan Eronga olib kelib taxtga wtqizgan. Bu viloyat qadimda Qubodobod deb atalgan. Keyincha Qubodiёn nomi bilan shuh’rat topgan. Hozirgi paytda oliy h’azrat, Alloh’ning erdagi soyasi Nadr Muh’ammadning adlu eh’soni tufayli u qadar obod bwldiki, h’ar kimning u viloyatdan wtadigan bwlsa elkasi devor va daraxtlarning soyasiostida bwladi. Ob-h’avosi yumshoq. U erda turli navdagi shirin-shakar mevalar kwp etishtiriladi. Xususan, anori kwp mashh’ur. U viloyatda qovun va uxum sotish odati ywq. Ularni bir xarvardan kam bwlsa pulga sotmaydilar va sotib olmaydilar, balkim h’arkim istiganicha olishi mumkin.Egalari bunga monelik qilmaydilar. Xalqi meh’ribon va meh’mondwst. Meh’mon uchun aloh’ida xona tutadilar. Odamlari wqishga ixlosmand, aksariy qishloqlarda madrasa va mudarris bor». “Ajoyib at-tabaqot” asarida Toshkent, Andijon, Farg’ona, Samarqand va Wzbekistonning boshqa shah’arlari h’aqida h’am mana shunday malumotlarni uchratamiz. Mazkur asarning yana bir muh’im tarafi shundaki, unda qimmatbah’o toshlar va metall va ularning konlari h’aqida h’am etiborga molik malumotlar bor. Shuni h’am aloh’ida takidlab wtish lozimki, mazkur asarda Abu Rayh’on Beruniyning “Javoh’inoma” asarining bizning zamonamizgacha etib kelmagan nusxalarida tushib qolgan parchalar uchraydi. Bu parchalar buyuk olimning mazkur yirik asarini qaytadan nashr qilishda juda zarurdir. 13.2.6. “Dili g’aroyib” “Dili g’aroyib” wzbek tilidagi geo-kosmografik xildagi, kwp jih’atdan umumlashtirma asar bwlib, 1831-1832 yili xivalik olim Xudoyberdi ibn Qwshmuh’ammad tarafidan Rah’monquli inoqning topshirig’i bilan ёzilgan. Muallif wzini bir joyda Swfizoda deb ataydi. Shunga qaraganda, otasi Qwshmuh’ammad ibn Niёzmuh’ammad Xiva masjidlarining birida swfilik qilgan va Kubroviya tariqatiga mansub bwlgan. Xudoyberdi ibn Qwshmuh’ammad keng malumotli, arab va fors tillarini yaxshi bilgan kishi bwlib, asosan tarjimonlik bilan shug’ullangan. U asosan tarixiy va geografik asarlarni wzbek tiliga tarjima qilish bilan shug’ullangan. Masalan, u Shermuh’ammad Munisning topshirig’i bilan Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarini 1823-1826 yillari forschadan wzbek tiliga qisqartirib tarjima qilgan. “Dili g’aroyib” umumlashtirma asar, yani Mah’mud ibn Valining “Bah’r ul-asror” va mavlono Muh’ammad Toh’irning “Ajoyib ut-taboqot” asarlariga taqlid qilib ёzilgan va unda aniq malumotlar kam uchraydi. Undagi Xorazm va uning shah’arlari h’aqidagi malumotlar qimmatlidir. Misol tariqasida bazilarini keltiramiz; Xorazm mamlakati. U katta mamlakat. Bir tarafdan Sayxun darёsi bilan, ikkinchi tarafdan h’ozirgi paytda Baqirton nomi bilan mashh’ur bwlgan Oq qwrg’on bilan, uchinchi tarafdan chwl bilan va twrtinchi tarafdan bir xamonlar Faridun tarafidan qazdirilgan nah’rning shimoliy tarafida joylashgan Wnguz otli 175 manzil bilan tutash. Xorazmning yana bir tarafida Saroy sulton joylashgan. Bu h’adlar orasida katta-kichik qalalar va kentlar joydashgan. Xorazmning janubiy tarafida Qizilqum bwlib, unda saksovul wsadi. Qadimda Xorazmning wn twrt darvozali shah’arlari kwp bwlgan. Shulardan biri Jurjoniya, ikkinchisi Utganch bwlgan. Jurjoniya. Jurjoniyaga suv Sirdarёdan olib kelingan. Bu shah’arning joylashgan wrnini quyidagicha belgilaganlar. Uning kunchiqish tarafida Bag’lon va shimol tarafida Oqcha dengizi, kunbotishida Gurlan, janub tarafida Kot joylashgan. Ularning (Gurganjning) xarobalikka yuz tutishi, aytishlaricha, suv bwlmay qolishi sabadan bwlgan. Sirdarёdan kelib turgan suv ziroatiga etmay qolgan. Shu sababli uch qirni oshib nah’r qazdirib Amudarёning suvini burib olib kelganlar. Amu Gurganjni suv bilan taminlab, Unquzning janubidan Urganjga qarab oqar va janub bwylab oqishni davom ettirib va janubiy-sharqiy tarafdan Abulxon tog’larni aylanib wtib, Wg’irchagacha etgan va swng Mozandaron dengiziga 98 borib quyilgan. Jurjoniyaning tevarak-atrofi mah’kam qilib mustah’kamlangan joylar, ekinzorlar va bog’lar bwlgan. Vaqt wtishi bilan Jurjoniya qalsi suv ostida qoldi va shah’ar xarobalikka yuz tutdi. Aytishlaricha, undan faqat bitta minora qolgan, keyincha uni Boynazar swfi ismlik bir avliё buzdirib tashlatib, wrniga masjid qurdirgan. Bu masjid h’ozir h’am wz wrnida turibdi. Yazir alayh’issalom va Yumaloq avliё qabriwsha erda. Saksondan oshgan va bularning h’ammasini kwrgan ёki (kimdandir) eshitgan keksalarning swzlariga qaraganda, minorani buzaёtganlarida unda bir ёzuvga kwzlari tushgan. Ёzuvdan malum bwlishicha, mazkur minora shu joydagi juma masjidining kichik minorasi bwlgan, tevarak- atrofdagi odamlarni namozga chorlovchi minoraning balandligi 100 qaridan kam bwlmagan. Bu erda “Quron” tilovat qiluvchi qori, imom, muazzin (swfi) va farroshning maoshi h’ar biriga 300 oqchadan belgilangan. Masjid ёnida madrasa, bozor va karvonsaroy h’am bwlib, ularning barchasi suv ostida qolgan. Xorazmning yana bir shah’ri Gurganj bwlib, Chingizxon tarafidan vayron etilgan. Ushbu zolim kelganga qadar uning 12 juma masjidi bwlib, ...ularning h’ar biri uch tanobdan maydonni egallagan edi. Uning tevaragida daraxtlar ichida chwmgan (obod) namozgoh’lar bwlib, ularning h’ar biriga (namoz kunlari) uch-twrt lak 99 xalq twplanar edi. Ularning h’ar birida 1000 dan olam xizmat qilgan. Shah’ar ah’olisining katta qismini Yaqub payg’ambarning ...avlodlari tashkil qiladi. Uning wg’li Shamunning muqaddas mozori h’ozirda Xoja eli (Xojaydi) deb atalmish Mizdaxkandadir. Shu kunlarda Urganch vayronagarchilikka yuz tutgan, jabr etgan shayx Najmiddin Kubro va Xoja Ali Azizon janoblarining maqbaralari Gurganchdadir. Xorazmning yana bir shah’ari Ramldir. Unga (qadimgi Eron podshoh’laridan) Som ibn Narimon asos solgan...Uni otasining kemasiga wxshatib qurdirgan. Hozirda Xivaq nomi bilan malum. Aytishlaricha, bu swzda 98 Мозандарон денгизи –Каспий денгизининг ўрта асрлардаги номларидан. 99 Лак – сон бирлиги, юз минг. 176 (“Raml” swzida Pah’lavon Mah’mud h’azratlari vafot etgan yili tarixi yashiringan. Shu bois bu tarixni shah’arga nom bwlib qolgan...Va yana aytadilarki, Xivaq kwp bor vayron qilingan va qayta tiklangan. U alo h’azratlari xonning (Alloh’qulionning) otasi (Alloh’ tarafidan mag’firat qilingan Abulg’ozi Muh’ammad Rah’imxon 100 va uning og’asi marh’um Qutlug’ Murod inoq tarafidan obod qilingan. Ularning say-h’arakati bilan shah’arda oliy madrasa bino qilingan. Bunga nomi yuqorida zikr etilgan inoqning katta xizmatkorlaridan biri Sher devonbegi va vaziri azam Muh’ammad Rizo devonbegilarning h’issalari katta bwlgan. Jannatmakon xonning amri bilan yana bir karvonsaroy, tim va ularning wrtasida (yana bir) katta madrasa qurildi. (Xivaq) qalasida sayyid Alouddin Xivaqiy va uch yuz mashh’ur shayx dafn etilgan. Shah’ar tashqarisida shayx Abulvafo Xorazmiy janobalri, ёnida esa mingdan lrtiq avliёlar dafn etilgan. Shah’arning janubi-sharqiy tarafida, undan 200 qadam narida, h’azrat shayx Husayn Boboning ...manzilgoh’i joylashgan. U erda soya-salqin berib turuvchi gujum otli katta daraxt bor... Xivaqning qovuni va gurunchi juda mazali. Uning ob-h’avosi yaxshi, odamlari xushfel, lekin qishi sovuq keladi. Eng sovuq kunlari bir oy davom etadi. Shu paytda erni taxminan uch qarich muz qoplaydi. Gurlan, Xwjayli va Qwng’irotda uch-twrt gaz qalinlikda qor ёg’adi. Jurjoniyaning wrnida h’ozirda suv oqadi va u Sir (dengizi)ga borib quyiladi. Uning oqibatida Gurganj xarobalikka yuz tutdi va chwlga aylanib qoldi. Bu h’odisa h’ijriy 984 yili sodir bwldi. Sir (dengizi) h’ech vaqt twlmaydi. Qayiqlarda ov qilib yurgan baliqchilar «(dengiz) tubida tshdan qurilgan binolarning qoldiqlarini kwradilar. Shuningdek, katta bir qalaning qoldig’i h’am bor», deb aytadilar... Xorazmda mevalar va g’alla yashi etishadi, xususan qovun shunday etishtirilgan, qovun urug’ini yantoq wzagiga joylashtirib, uni mah’kam bog’lab qwyganlar. U suvsiz, yantoq tomiridan nam olib, etishgan. Lekin juda shirin bwlgan. Xorazmning, xususan Xazoraspning olmalari juda shirin. Aytishlaricha, bu shah’arga (Xazoraspga) Sulaymon payg’ambar asos solgan. Xazoraspda asosan sholi etishtirilgan. Xorazmning wriklari va uzumi (h’am) kwp bwladi. Masalan, Chinkning pastida bir qishloq bor, nomi Ekinlik. Uning uzumidan shirin uzum (boshqa erda) uchramaydi. (Xorazmning yana bir shah’ari) Zamaxshar. Xivaning kun botish tarafida,undan bir kunlik ywlda joylashgan. Jannatmakon, oliy janob xon (Alloh’qulixon)ning otasi u erga suv olib kelib uni obod qilgan». “Dili g’aroyib” asarida Gurlan va uning osori-atiqalari, Xivaning kun- chiqish tarafida qurilgan katta yangi bozor h’aqida h’am qiziq malumot keltirilgan. Muallifning guvoh’lik berishicha, bu bozor shu erdagi katta bir kwl 100 Бу ерда Хива хони Муҳаммад Раҳим аввал (1825/26-1842 йй.) назарда тутилган. 177 ustiga qurilgan. “45 kun ichida,-deb ёzadi Xudoyberdi ibn Qwshmuh’ammad,- maydoni besh-olti tanob keladigan kwl kwmib tashlandi”. WzR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida “Dili g’aroyib” asarining uchta qwlёzma nusxasi mavjud bwlib, ulardan biri, raqami №1335 matni twla va muallifning wz qwli bilan ёzilgan deb h’isoblanadi. 13.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 1. B.A.Ashmedov «Izbekiston tarixi manbalari».-T.: I=ituvchi, 2001. Ñîáðàíèå âîñòî÷íıõ ðóêîïèñåé ÀÍÐÓZ. Èñòîðèÿ. Ñîñòàâèòåëè Ä.Yu.Þñóïîâà, Ð.Ï.Äæàëèëîâà-Ò.: Fan. 1998. 2. Rukopisnaya kniga v kulture narodov Vostoka. Ocherki Red. O.F.Akimushkin i dr. Kniga pervaya.-Moskva.: «Nauka», 1987; Kniga vtoraya.-Moskva: 1988. 3. Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèêíèíã äîëçàðá ìóàììîëàðè (èëìèé-àìàëèé àíæóìîíëàð ìàòåðèàëëàðè). Tuzuvchilar: A.A.Madraimov, G.S.Fuzailova-Ò.: TDPU. 2001. 4. A.Shàáèáóëëàåâ «Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik».-T.: TDShİ. 2000. 5. Manbashunoslikdan maruzalar majmuasi. Tuzuvchi À.À.Ìàäðàèìîâ -T.: TDPU. 2001. 6. Tarixiy manbashunoslik muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari (2003 yil 25 aprel).-T.: «Universitet». 2003. 7. Temuriylar davri madaniy ёdgorliklari. 1-kitob.-T.: 2003. 8. T.Saidkulov. Irta Osiё xal=lari tarixining tarixshunosligidan lavshalar, (I =ism).-T.: «I=ituvchi», 1993. 9. A.Murodov. Irta Osiё xattotlik sinati tarixidan. Toshkent, Fan. 1971. 10. Vostochnoe istoricheskoe istochnikovedenie i spetsialn e istoricheskie distsiplin . V pusk 1.-Moskva, «Nauka», 1989. 3.12. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 1. Geografik asarlar deganda nimani tushunasiz? 2. Qanday geografik asarlarni bilasiz? 3. Kosmografik asarlar deganda nimani tushunasiz? 4. Qanday kosmografik asarlarni bilasiz? 5. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar qanday xususiyatlarga ega? 6. Geografiyaga oid asarlarda qanday tarixiy malumotlar uchraydi? 7. Ёqut Xammaviyni «Mujam-ul Bundol» asarida Markaziy Osiё tarixiga oid qanday manlumotlar bor? 8. «Samariya» asarining Samarqand tarixini wrganishdagi ah’aiyatini ochib bering? 9. «Ajoyib at-tabokat» asari h’aqida swzlab bering? 178 14-mavzu. Wzbek xalqining shakllanishiga oid manbalar. Darsning mazmuni: talabalarni wzbek xalqining shakllanishiga oid manbalar bilan tanishtirish. Reja. 14.1. Wzbek xalqini shakllanishiga oid manbalar umumiy xususiyatlari. 14.2. Manbalar tavsifi. 14.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 14.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 14.1. Wzbek xalqining shakllanishiga oid manbalar umumiy xususiyatlari Wzbek xalqining shakllanish masalasi yaxshi wrganilmagan, echimini topmagan ilmiy muammolardan biri. Masalani bir manba bilan, bir tadqiqotchi, u garcha fan mirishkori bwlganda h’am, echib berolmaydi. Buning uchun uzoq wtmishdan qolgan va turli tillarda, qadimgi eron, yunon, rim, xitoy, arab, fors va turkiy tillarda ёzilgan qwlёzma va toshga, ёg’ochga, sopolga va boshqa buyumlarga bitilgan ёzuvlarni wqiy oladigan mutaxassis – manbashunos, arxeolog, etnograf va antropolog olim, adabiёtshunos (folklorshunos), tilshunos va geograf olimlar birgalashib, bir ilmiy jamoa bwlib ishlashlari zarur bwladi. Afsuski, bizga shunday h’amkorlik etishmay turibdi. Lekin bu ishni wzbek olimlari echib berishlari kerak. Paysalga solmay yaqin uch-twrt yil ichida! Vah’olanki, muh’taram Prezidentimiz İ.A.Karimov juda twg’ri aytganlaridek, «Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, naslu nasabini, wzi tug’ilib voyaga etgan qishloq, shah’ar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi» 101 . Demak, bu – xalq talabi, Vatan talabi. Wzbeklarning xalq bwlib shakllanishiga oid biron aloh’ida manba ywq. Bu masalaga oid malumotlar tarixiy, geografik, lingvistik va xalq og’zaki adabiёtiga oid asarlarning barchasida mavjud. Lekin ularni sinchkovlik bilan bittalab terib olish kerak bwladi. Ularni Tabariy va arab geografiya olimlarining asarlarida, Nizomullin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida, Juvayniy va Rashiduddinning yuqorida tilga olib wtilgan asarlarida, «Nusratnoma» va «Abdullanoma»da va X-XVI asrda ёzilgan barcha asarlarda uchratish mumkin. XV asr oxiri va XVI asr boshida ikki azim darё-Amudarё bilan Sirdarё oralig’ida joylashgan kwh’na mamlakatimizga qwshni Dashti qipchoqdan 20 dan ortiq qavm; qwng’irot, nayman, ming, dwrmon va boshqa qavmlar kwchib kelib, mah’alliy turkiyzabon xalq tarkibiga qwshildilar. «Tarixi Abulxayrxoniy», «Abdullanoma» va «Maktuboti Allomiy» (XVI asr) kitoblarida keltirilgan 101 Каримов И.А. «Тарихий хотирасиз келажак йўқ», 1-бет. 179 malumotlarga qaraganda, wzbek xalqi tarkibiga kirgan qavmlar soni 92 tag etgan. Bu h’aqda malumot beruvchi uchta-twrtta asarni misol tariqasida tilga olib wtamiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling