O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.

bet20/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30

12.3.9. VASİQA 
Hijriy 1000 yil rabi ul-avval oyining 11-sida (1591 yil 28 dekabrda) xoja 
Husaynning qizi Og’a Xovandzoda sharan twg’ri iqror bwldi, shu twg’ridakim, 
tasarrufida bwlgan bitta bwg’doyrang, ochiq cheh’rali wrtadan sal yuqori bwyli
sog’lom, taxminan 17 ёshlardagi Davlatbaxt ismli xonazot kanizagimni sof 
kumushdan zarb etilgan bir misqolli 140 tanga badaliga mutlaq ozod qildim. Va 
yuqorida tilga olingan Davlatbaxt u bergan ozodlik tufayli twla ozod bwlib, h’ur 
kishilar qatoriga qwshildi... 
Vasiqa xolis kishilar h’uzurida tuzildi. 
 
12.3.10. Terma h’ujjatlar 
Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti 
kwlёzmalar fondida, Wzbekiston Respublikasi Markaziy tarix arxivida, Buxoro 
wlkashunoslik muzeyi va Abu Ali iyun Sino nomidagi Buxoro kutubxonasida 
saqlanaёtgan h’ujjatlar: farmonlar, h’umnomalar, inoyatnomalar, vasiqalar, oldi-
sotti h’aqidagi h’ujjatlar va ajrimlardan iborat bwlib, ulardan O.D.Chexovich 51-
tasini tanlab olib, rus tiliga tarjima qilib, matni bilan kwshib, 1954 yili 

 
154
“Drkumentı k istorii agrarnıx otnosheniy v Buxarskom xanstve XU11 – X1X 
vv.” nomi bilan aloh’ida kitob qilib chop ettirdi.   
Kitobda keltirilgan h’ujjatlar Ashtarxoniy h’ukmdorlardan İmomqulixon 
(1611-1642 yy.) bilan Ubaydullaxon soniy (1702-1711 yy.), mang’at sulola 
vakillari amir Haydar, amir Muzaffar va Nasrullolarning farmonlari, 
h’ukmnomalari XU 11 asrda wtgan yirik er va mulk egalari bwlmish 
Yalangtwshbiy, Alloh’ёr devonbegi, Odina Muh’ammadjonlarga tegishlidir. 
Hujjatlar er-suvni soliqlardan ozod qilish, erni sotish, garovga qwyish - 
vasiqai joiz, erni sotib olish va uni imtiёzli mulkka aylantirish –vasiqai 
mubodila, erni inom qilish – vasiqai baxshish, tanh’oh’, mulkni ijaraga berish – 
vasiqai ijara, malumot etkazish – ariza va boshqa masalalar h’aqidadir. Ularning 
ichida aloh’ida xiroj olinadigan va davlat erlarini mulki xurri xolisga aylantirish, 
yani soliqlardan ozod etish h’ollari uchraydi. 
Bu twplam mamlakatimizning wsha davridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixini 
wrganishda muh’im manba vazifasini wtaydi. 
Quyida mazkur twplamdan misollar keltiramiz. 
 
12.3.11. U (Xudo) g’aniydir! 
Abulg’ozi İmomquli Bah’odirxon swzimiz! 
Baxtiёr birodarlar, saodatli farzandlar, ziliqtidor
55
 amirlar, kifoyat asar 
vazirlar, Samarqand viloyatining anёnlari, arboblari va kalontarlari
56
 bilsinlarki, 
shu kunlarda baxtiёr xoqonning arziga etdikim, amirlar suyanchig’i, 
Yalangtwshbiyning zikr etilgan viloyatning (Samarqandning) tumanlarida sotib 
olgan erlari bor. Shariat qoidalariga kwra uning bir qismini davlat h’isobiga 
wtkazganlar, ikki qismini esa mulki xurri xolisga
57
 aylantirgan va bu h’aqda 
uning qonuniy h’ujjati (cheki) bor. Binobarin, biz mazkur amlokni
58
, yuqorida 
tilga olingan h’ujjatlarga asosan, unga inoyat qildik. 
Mazkur amlokni uning mulki xurri xolis deb h’isoblasinlar va h’ech kim 
unga daxl qilmasin, undan biron narsa talab qilmasin. Moli jih’ot, ixrojot
59
 va 
boshqa oliq-soliq talab qilinmasin.
60
 
 
12.3.12. U (XUDO), YaGONADİR! 
Hukmi oliy sodir bwldiki, Tobon degan erdagi lah’yak er Muh’ammad 
Zamonxojaning mulki va wg’li Changakning meros mulki bwlganligi, shu 
kunlarda Chakchak vafot etganligini etiborga olib, .qorida zikr etilgan erni 
yuqorida ismi sharifi tilga olingan shaxsga (Muh’ammad Zamonxojaga) inom 
qildik. 
                                                 
55
 Зулиқтидор – иқтидор (куч-қудрат) эгаси.
 
56
 Калонтар – қишлоқ, даҳа оқсоқоли. 
 
57
 Мулки хурри холис – солиқ ва бошқа тўловлардан озод этилган ер-сув.
 
58
 Амлок – мулкнинг кўплиги, нуфузли ва бой-бадавлат шахс қўлида тўпланган катта ер-сув. Бир қисми 
алоҳида хизматлари учун ҳукумат тарафидан инъом қилинган бўлиши ҳам мумкин.
 
59
 Ихрожот-саройнинг кундалик ҳаражатлари учун раиятдан тўпланадиган махсус йиғим.
 
60
 Б.Аҳмедов. Юқ. асар.87-88 бетлар. 
 
 

 
155
Devon xizmatchilari ushbu erni daftarga, Muh’ammad Zamonxoja nomiga 
ёzib qwysinlar va mazkur inoyatnomaga h’urmatsizlik qilmasinlar. 
İmomquli Bah’odirxon 
(h’ijriy) 1036 yil   
 
12.3.13. (HUKMNOMA) 
Hu, Alloh’ al-mustain! 
Abulmuzaffar va-l-mansur Ubaydulla Bah’odirxon swzimiz! 
 
Buxoroning Poyariq (tumani) h’okimlari, omillari(omil-qishloq oqsoqoli), 
kadxudolari(oila boshlig’i), ellikboshilari, wnboshilari, shuningdek 
Shomuh’ammad qishlog’ining kadxudolariga malum bwlsinkim, Rabotak 
qiglog’idagi 46 tanob er mulla Mir Shofkga taalluqli ekanligi h’aqida berilgan 
shariy chekka asosan uch qismga bwlingan edi. Shu kunlarda u vafot 
 etgan. (Shuning uchun) mazkur erlar meros sifatida uning wg’li Wzbekxojaga 
taalluqli deb tomilgan va uning tarafidan tasarruf qilinmoqda va h’amma 
soliqlardan ozod etilgan. 
 
Shuning uchun biron vajh’ bilan dirh’am, ёki dinor twlamagan. 
  Shu sababdan buyuramiz. Ushbu erlarni qadimdan mulki xurri xolis 
h’isoblab, undan tanobona, avorizot va boshqa oliq-soliq talab qilinmasin. 
Aytilganlardan tashqariga chiqmasinlar va undan yangi h’ujjat talab qilmasinlar. 
 
12.3.14. U, ALLOH! 
(Hijriy) 1131 yil safar oyining (1718 y. dekabr oyining...), olijanob va shuh’rat 
topgan  Ёrmuh’ammad qaravulbegi marh’um Tilovbiy wg’li mana bu etiborli 
(h’ujjat)ni taqdim etdi:  
 
“Unda bunday deyilgan: Kesh viloyatiga qarashli Ulug’ wg’il degan joydagi 
davlatga qarashli ёbisalarni
61
 wz ichiga olgan erlarni, bu erlar g’arb tarafdan 
qisman Qora botqoq bilan va qisman Tug’i degan er bilan, shimol tarafdan 
Qashqadarё bilan, sharq tarafdan qisman Xosёr va qisman Balxiёn bilan, junub 
tarafdan Hojakent bilan tutash, (oralaridagi) masofa h’ar tarafdan aniqlangan 
ёbisa erlarni ёbisa sifatida olijanob, g’oziylik rutbasi bilan sharaflangan va 
Alloh’ tarafidan mag’firatlangan G’ozi chuh’ra oqosi
62
 Sher chuh’ra oqosi 
wg’liga, u erdagi barcha chorpolar
63
 va uch g’aram qilingan bichan bilan, uning 
mulki deb h’isoblanadi. 
Bundan buёn ushbu ёbisaga bizning daxlimiz ywqdir. Usha kuni va wshal 
soatda buni yuqoridagi tilgan olingan G’ozi chuh’ra oqosi h’am ishonchli 
guvoh’lar h’uzurida tasdiqladi. 
Ushbu kelishuvda ishtirok etgan guvoh’lar: 
Olijanob oxund mulla Muh’ammad wg’li; 
Qodirberdi udaychi
64

Tursunxoja sadr
65

                                                 
61
 Ёбиса - қўриқ ер.
 
62
 Чуҳра оқоси – хон қўриқчилари бошлиғи.
 
63
 Чорпо – тўрт оёқлилар.
 
64
 Удайчи – уруш пайтида навкар ва қўшиннинг тўғри тақсимланиши билан шуғулланган.
 

 
156
Mirza Abdulla chuh’ra boshi; 
Niёz arbob va boshqalar. 
Hammasi 16 kishi.”
66
 
 
12.3.15. HU, ALLOH AL-MUSTAON! 
Abulmuzaffar va-l-mansur sayyid Ubaydulla bah’odirxon swzimiz! 
Buxoroga qarashli Poyirud (tumani)ning h’okimlari, amollari, arboblari, 
kadxudolari, ellikboshilari va wnboshilari h’amda Shoh’muh’ammad 
qishlog’ining kadxudolari bilsinlarki, Rabotak qishlog’idagi qonuniy h’ujjat 
asosida qadimda mulki xurri xodisga aylantirilgan 46 tanob er eshonimiz mulla 
Mir Shofega tegishli bwlgan. U h’ozir vafot etgan. Bu er meros tariwasida uning 
wg’li Wzyuekxwjaga wtgan. U h’ozirda shu erga egalik qiladi va soliqlardan 
ozod qilingan, biron dirh’am ёki dinor twlamaydi. 
Shu vajh’dan buyuraman. Bu erlar bundan keyin h’am mulki xurri xolis va 
soliqlardan ozod etilgan deb h’isoblansin; tanobona, avorizot, taklifot va qora xat 
h’amda mardikor berish majburiyatlari xususida undan biron dirh’am ёki dinor 
talab qilmasinlar. Bundan buёn bu erlarda karvon twxtamasinlar. Farmonni 
buzmasinlar va h’ar yili yangi h’uddat talab qilmasinlar
67
.   
 
12.3.16. AMİR NASRULLO
68
 HUKMNOMASİ 
Hukmi oliy sodir bwldiki, Qorakwl viloyatidagi Ziёrat arig’i bwylarida 
joylashgan va Abdurah’im mirobga tegishli taxminan 100 tanoblan iborat 
dah’yak er yuqorida ismi sharifi zikr etilgan Ablurah’im mirobga tegishli deb 
bilsinlar va oliy h’ukmga binoan uning mulki deb bilsinlar. Soliq yig’uvchilar va 
dorug’alar
69
 unga daxl qilmasinlar va oliq-soliq xususida aralashmasinlar; 
mazkur oliy h’ukm asosida ish yuritsinlar. 
Hijriy 1212 yil zulh’ijja oyida 
(1798 yilning may oyida) ёzildi.
70
 
 
12.3.17. (İJARA AKTİ) 
Ushbu h’odisa h’ijriy zulqada oyida (1856 y. iyul oyida) sodir bwldi. 
Buxoroning Somjin tumanida, Hoki mullo Mirza degan joydagi va mulla Mir 
mah’ramga  ёzilgan taxminan 5 tanob dah’yakiy erning wndan bir qismiga 
beriladigan daromaddan ajratib mulla Abdurah’im mullo Ablurah’mon wg’liga 
(bir yil muddatga) ijaraga berildi. 
Mazkur h’ujjat quyidagi guvoh’lar ishtirokida tuzildi: 
Mulla Avaz; 
Boqmyxoja; 
Arbob Abduzoh’ir; 
                                                                                                                                                             
65
 Садр – Бухорои шарийнинг ичкари қисмида жойлашган вақфларнинг ҳисоб-китоби билан шуғулланувчи 
мансабдор.
 
66
 Б.Аҳмедов. Юқ. асар. 89-90 бетлар.
 
67
 Б.Аҳмедов. Юқ. асар. 90 бет.
 
68
 Амир Насрулло – Манғитлар сулоласидан чиққан ҳукмдор (1826-1860 йй.)
 
69
 Доруға – шаҳарнинг ҳарбий бошлиғи.
 
70
 Б.Аҳмедов. Юқ. асар. 91 бет.
 

 
157
Arbob Ywldosh; 
Alloh’berdiyuoy; 
Hodiboy; 
Hakimboy va boshqalar.
71
 
 
12.3.18. RASMİY ЁZİShMALAR 
Rasmiy  ёzishmalar, yani xonlar, podshoh’lar, amirlar, tariqat etakchilari 
va shoirlar wrtisidagi ёzishmalar h’am tariiy manba bwlib xizmat qiladi va uning 
h’am ijtimoiy-siёsiy tarixni wrganishdagi ah’amiyati kattadir. Ular ayniqsa 
mamlakatdagi ichki vaziyat va mamlakatlararo munosabatlarni wrganishda 
tadqiqotchilarga katta material beradi. Shunday maktublardan kwplari wz 
vaqtida kwchirilib kitobat qilingan va ulardan birmunchalari bizning 
zamonimizgacha etib kelgan. “Maktuboti Temuriya” (“Temuriylarning 
maktublari”), “Majmuayi murosilot” (“Maktublar twplami”) va boshqalar shular 
jumlasidandir. 
 
12.3.19. “Maktuboti Temuriya” 
“Maktuboti Temuriya” h’ozirda Wzbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qwlёzmalar fondida 2278 raqam ostida 
saqlanaёtgan, 191 varaqli XU1 asrda kitobat qilingan maktublar majmuasining 
nomidir.  
Eronlik olim Abulh’usayn Navoiy mazkur majmuaga Eron, Turkiya, 
Oxarbayjon va Fors h’ukmdorlarining xatlarini h’am qwshib, 1991 yili “İsnod va 
maktuboti tarixi Eron (az Temur to shoh’ İsmoil” nomi bilan nashr etgan. 
Mazkur twplamga Amir Temur va temuriylar (Shoh’ruh’, Sulton Husayn va 
boshqalar)ning Fors, Ozarbayjon, İroq va Turkiya h’ukmdorlari bilan 
ёzishmalari jamlangan. 
Bu ёzishmalar Amir Temur va temuriylarning mazkur mamlakatlar bilan 
bwlgan siёsiy munosabatlari tarixini wrganishga, xususan Amir Temurning 
1381-1404 yillari Eron, İroq, Ozarbayjon, Suriya va Turkiya ustiga qilgan 
h’arbiy yurishlarining saboqlarini twg’ri anglashga ёrdam beradi. 
Mazkur twplam Haydar va Er wg’lining “Majmuayi munshaot”, xoja 
Shah’obiddin Abdulla Marvaridning “Munshaot”, Frudunbekning “Munshaoti 
Fridunbek” asarlariga h’am asoslangan. 
“Maktuboti Temuriya” xurosonlik mashh’ur shayx, Amir Temurning 
pirlaridan biri Zayniddin Abubakr Taybodiy (1395 yili vafot etgan0ning wz 
muridi amir Temurga ywllagan bir tarixiy maktubi bilan boshlanadi. Amir 
Temur bu maktubni “Temur tuzuklari”ning “Tadbirlar va kengashlar” deb 
atalgan birinchi maqolasida keltirgan. “Tuzuklar”da keltirilgan mazkur maktub 
h’aqida, xususan, mana bularni wqiymiz: “Pirim Zayniddin Abubakr Taybodiy 
menga  ёzmishlarkim, “Abulmansur Temur saltanat yumushlarida twrt ishni 
qwllasin, yani 1) kengash; 2) mashvarutu maslah’at; 3) h’ushёrligu 
maloh’azakorlik; 4) eh’tiёtkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning 
                                                 
71
 Ўша жойда. 
 

 
158
barcha qilgan ishlari va (podshoh’ning) aytgan gaplari xato bwlgan. Unday 
podshoh’ni joh’il odamga qiёslash mumkin. Uning swzlari va qilmishlari boshga 
pushaymonlik va nadomat keltirgan. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda, 
mashvarutu maslah’at va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, 
pushaymon bwlmagaysan. Yana shuni h’am bilginkim, saltanat ishlarining bir 
qismi sabru toqat bilan bwlgay, yana bir qismi esa bilib-bilmaslikka, kwrib-
kwrmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) tadbirlardan ogoh’ qilingandan keyin 
shuni h’am aytish joizdurkim, qatiylik, sabr-toqat, chidamlilik, h’ushёrlik, 
eh’tiёtkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom.”Amir 
Temur pirining bu wgitlariga umr bwyi, butun faoliyati davomida amal qildi. 
“Bu maktub,-deb ёzadi h’azrat soh’ibqiron,-menga ywl boshlovchi yanglig’ 
rah’namolik qildi. U menga saltanat ishlarining twqqiz ulushini mashvarat, 
tadbir va kengash bilan, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirilishini 
anglatadi”
72

“Twplam”dagi quyidagi maktublar Amir Temurning Eron(Fors), 
Ozarbayjon va Turkiyaga nisbatan 1381-1404 yillarda olib borgan siёsatini va 
nomlari sanab wtilgan mamlakat h’ukmdorlarining Amir Temurga qarshi h’arbiy 
ittifoq tuzish xususida olib borgan siёsatini tushunishda ёrdam beradi: 
İroq h’ukmdori Sulton Ah’mad jaloir (1382-1410)ning Fors h’ukmdori Muzaffariy 
Shoh’ Shujo (1359-1384 yy.)ga ёzgan maktubi; 
Ozarbayjon h’ukmdori Qora Yusuf (1389-1420)ning Yildirim Boyazid I (1389-1402) 
ga ywllagan maktubi; 
Yildirim Boyazid I ning Qora Yusufga javob maktubi; 
Shoh’ Shujoning birodarzodasi Shoh’ Mansur (1387-1393) ning Yildirim Boyazid I 
ga ёzgan xati; 
Yildirim Boyazid 1 ning Shoh’ Mansurga javob maktubi; 
Amir Temur kwragonning  Gilon h’okimi Mir Said Aliga maktubi
Sultoni Azam Amir Temur kwragonning Sayyid Ali Kiё buzurgga (Gilon) yuborgan 
xati; 
Sayyid Ali Kiё buzurgning Amir Temurga ёzgan javob xati; 
Amir Temur kwragonning Bag’dod podshosi Sulton  Ah’mad Jaloirga ywllagan 
maktubi; 
Bag’dod podshosi Sulton  Ah’mad Jaloirning h’azrat Amir Temurga javob maktubi; 
Amir Temur kwragonning Misr podshosiga ёzgan maktubi; 
Sulton Ah’mad jaloirning Yildirim Boyazid 1 nomiga ywllagan maktubi; 
Yildirim Boyazid 1 ning Sulton Ah’mad Jaloirga yuborgan javob xati; 
Qora Yusuf qoraqwyunluning Yildirim Boyazid 1ga yuborgan nomasi;  
Amir Temurning Yildirim Boyazid 1ga ywllagan ywllagan birinchi maktubi; 
Sulton Yildirim Boyazid 1 ning Amir Temurga gustoxona javob xati; 
Amir Temurning Rum qaysariga ёzgan ikkinchi maktubi; 
Rum podshosi Yildirim Boyazid 1 ning Amir Temurga ёzgan javob xati; 
Amir Temurning Rum qaysari Yildirim Boyazid  1ga ywllagan uchinchi maktubi; 
Yildirim Boyazid 1 ning Amir Temurga javob maktubi; 
                                                 
72
 “Темур тузуклари”.-Тошкент: 1996, 25-бет.
 

 
159
Amir Temurning Sulton Boyazidga ywllagan twrtinchi maktubi; 
Sulton Yildirim Boyazid 1 ning h’azrat Amir Temurga ywllagan javob maktubi
Amir Temurning Yildirim Boyazid 1ga sulh’ taklif qilib Marog’adan jwnatgan 
maktubi; 
Sulton Boyazidning Amir Temurga yuborgan javob xati
73

 
12.3.20. MAKTUBOTİ ALLOMİY 
“Maktuboti Allomiy” –“Maktuboti Abulfazl”, “İnshoyi Abulfazl” 
(”Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan (va kwchirilgan) maktublar”)i deb h’am 
ataladi. Maktublarning asosiy qismi Boburiylar saltanati (1526-1858 yy.)ning 
atoqli podshoh’laridan Jaloliddin Akbar (1556-1605 yy.) nomidan, bir qismi 
vazir va yirik tarixchi olim Abulfazl ibn Muborak Allomiyning shaxsiy 
mazmundagi maktublaridan iborat.  Twplam uch qismga bwlingan. Undan bizga 
uchdan ikki qismi, yani ikkita daftari etib kelgan, xalos. U Allomiyning 
qarindoshi Abdusamad ibn Afzal Muh’ammad tarafidan tuzilgan. 
“Maktuboti Allomiy”da 1586-1596 yillarda Buxoro va Balx xonliklari 
bilan Boburiylar davlati (Hindiston) wrtasidagi siёsiy munosabatlar h’aqida wta 
qimmatli malumotlarni uchratamiz. Malumki, wsha yillari Hindistonning nafaqat 
Buxoro va Balx xlndiklari, balki Eron bilan h’am munosabatlari jiddiy tus olgan 
edi. Agar Boburiylar bilan Shayboniylar davlatlari wrtasidagi siёsiy 
munosabatlar Badaxshon tufayli, twg’risi Badaxshonni wz h’ukmronligiga 
kiritib olish xususida bir qadar buzilgan bwlsa, Safaviylar Eroni bilan Hindiston 
wrtasidagi munosabatlar katta siёsiy-strategik ah’amiyatga ega bwlgan Qandaxor 
xususida bir muncha buzilib qolgan edi. 
Majmuadagi maktublarda mana shu chigal masalalarning moh’iyatini 
tushuntirib bera oladigan daliliy malumotlar kwp. Bu jih’atdan Akbarning 
Abdullaxonga ywllagan uchta maktubi va Abdullaxonning mavlono Mir 
Quraysh, Ah’mad otaliq boshchiligida Hindistonga yuborgan elchiligi, va 
Buxoro elchisi olib borgan maktub, va Akbarning Balx bilan Buxoroga xoja 
Afzal, Hakim Humom va Mir Sadrijah’on boshchiligida ywllagan elchiliklari 
xususida qimmatli malumotlar keltirilgan. 
Yana bir muh’im masalani h’am aytib wtishga twg’ri keladi. 
Maktublarning birida kelgusida tutiladigan siёsat xususida ikki davlat – 
Boburiylar davlati va Buxoro xonligi h’ukmdorlarining maxsus uchrashuvini 
uyushtirish masalasi kwtariladi. 
“Maktuboti Abulfazl” majmuasining yaxshi bir qwlёzma nusxasi (tartib 
raqami 290, 154 varaq) Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 
Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud. 
 
 12.3.21. “MURAQQAYİ MİR ALİShER” 
““Muraqqayi Mir Alisher” ёki “Majmuayi murosilot”(“Maktublar 
twplami”) wz davrining nufuzli ruh’oniylari – Abdurah’mon Jomiy (1414-1492 
yy.), xoja Ubaydulla Ah’ror (1404-1492 yy.), xoja Arorning wg’li xoja 
                                                 
73
 Аҳмедов Б. Юқ. асар. 93-95 бетлар.
 

 
160
Muh’ammad Yah’ё (1500 yili wldirilgan), xoja Ah’rorning safdoshi va kuёvi 
Mir Abdulavval Nishopuriy (1495 yili vafot etgan) va boshqalarning Sulton Abu 
Said Mirzo (1451-1469 yy.), Sulton Husayn Mirzo va Alisher Navoiyga 
ywllagan maktublarini wz ichiga oladi. 
Ushbu twplam Alisher Navoiy tomonidan tuzilgani uchun “Muraqqayi 
Mir Alisher” ёki “Navoiy albomi” nomi bilan h’am ataladi. Twplam X1X asr 
yirik ziёlilaridan biri Buxoro qozi kaloni Shariyjon Maxdum sadri Ziё  
kutubxonasida bwlgan va undan Alisher Navoiy nomidagi Xalq kutubxonasining 
Sharq qwlёzmalari bwlimiga, va undan keyin – 1943 yili Wzbekiston Fanlar 
Akademiyasining Sharqshunoslik institutining qwlёzmalar fondiga wtkazilgan. 
U 2178 tartib raqami bilan saqlanmoqda. 
Twplamda Abdurah’mon Jomiyning xatlari 334 bwlib, ular shaxsiy 
mazmunda bwlib, kwpchiligi h’ar xil iltimosnomalardan iborat. Ularda soliq va 
jarimalarning og’irligi va soliq yig’uvchilarning zulmu bedodligi, 
Temuriyzodalarning wzaro nizosi tufayli mamlakat va xalq ah’volining 
og’irlashgani, shuningdek, madrasa talabalariga ёrdam berish twg’risidagi 
Alisher Navoiy, Sulton Husaynga  iltimosnomalardan iborat. 
Xoja Ah’rorning maktublariga kelsak, ular 128ta bwlib, ular mazmunan 
Abdurah’mon Jomiy xatlariga wxshashdir. Ularda Movarounnah’r va 
Xurosonning XU asrning II- yarmidagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli, Samarqand 
h’okimi Sulton Abu Said Mirzo(1451-1469 yy.) va Xuroson podshoh’i (1469-
1506 yy.) wrtasidagi og’ir munosabatlar, soliq va jarimalar, xususan tamg’a 
solig’ining og’irligi va uni imkoni bwlsa bekor qilish masalalari kwtariladi. 
Tinimsiz h’arbiy yurishlar va wzaro urushlarning pirovardida fojeaga olib 
kelishini Temuriylarga uqdirishga h’arakat qilinadi. Masalan, Xoja Ah’ror 
Sulton Abu Saidga ywllagan bir maktubida uni Ozarbayjon ustiga, uning 
h’ukmdori Qora Yusuf ustiga qilmoqchi bwlgan yurishiga qarshi chiqadi. 
Maktubda, “Hargiz az Marv maguzarid” (“Hargiz Marvdan nariga wtmasinlar”) 
deb ochiq ogoh’lantirgani ёzilgan. Malumki, wsha yurish natijasi Sulton Abu 
Said uchun fojea bilan tugadi. 1469 yilgi jangda u h’alok bwldi.   
 
12.3.22. SAYYİD AMİR HAYDAR BAHODİRXON MAKTUBLARİ 
Sayyid Amir Haydar Bah’odirxon maktublari ёki “Majmuayi maktuboti 
Sayyid Amir Haydar Bah’odirxon” nomli twplamda Mang’itlar sulolasi (1753-
1920 yy.)ning yirik namoёndaoaridan biri Amir Haydar(1800-1826 yy.)ning 
wziga yaqin amirlaridan Muh’ammad İnoqqa
74
( keyincha oliy qushbegi
75

ywllagan turli masalalarga doir muboraknomalari
76
, inoyatnomalari
77
 va boshqa 
900ga yaqin 10 yil davomida, 1814-1824 yillar ёzilgan maktublari, jamlangan. U 
464 varaqli, Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik 
                                                 
74
 Иноқ - қўшинни қуроллантириш ва уни юриш пайтида ва жанг олдидан жой-жойига жойлаштирувчи олий 
мансабдор.
 
75
 Қушбеги – тўғриси қушбегийи кулл, олий ҳукмдор турадиган жой мутасаддиси, сарой вазири.
 
76
 Муборакнома – бирон мансабга тайинланиши ёки зафар қучганлигини табриклаб юбориладиган мактуб. 
 
77
 Иноятнома-бирон мулк бериш ёки мансабга кўтариш.
 

 
161
institutining qwlёzmalar fondida 2120/II tartib raqami bilan saqlanmoqda. X1X 
asrning birinchi yarmida kwchirilib, kitob h’oliga keltirilgan.     
Hakimbiy inoq kwp yillar davlat xizmatida bwlib, amir Haydarning 
ishonchini qozongan. Uning wlimidan (1826 y.) keyin taxt vorisi shaxzoda 
Umarga xiёnat qilib, Ark darvozasini 1723 yildan beri Qarshida h’okim bib 
wtirgan shah’zoda Nasrulla twraga ochib bergan. Hakimbiy qushbegi 1739 yili 
Eron podshoh’i Nodirshoh’ (1736-1747 yy.) askariga Qarshini, keyin Buxoroni 
topshirgan. 
Maktublarda Buxoro amirining mamuriy-xwjalik faoliyati, shuningdek 
uning davrida amalda bwlgan qonun-qoidalar, er egaligining turlari, suyurg’ol, 
tanh’o, mulki xurriy xodis h’amda soliqlar-xiroj, zakot, ushrlar h’aqida muh’im 
malumotlarni uchratamiz. Quyida misol tariqasida, wsha maktublardan bazilarini 
keltiramiz. 
“Xoqonning h’urmatiga sazovor bwlgan, davlatning ishonchli odami 
Muh’ammad Hakimbiy meh’tar
78
 bilsinlarki, yakshanba kuni sih’at-salomat 
Qarshiga kelib qwndik. İnshoalloh’, (kelasi) yakshanba kuni Samarqandga 
jwnaymiz. Bizga lozim bwlgan va (janoblariga) tayin qilingan narsalarni olib, 
agar Qarshiga kelolmaydigan bwlsalar, Wrta chwl va Xuzor Bug’a orqali 
h’uzurimizga etib kelsinlar. Madrasayi oliyga vaqf etilgan ”Xazonayi 
muftadiyn” otlig’ kitobni meh’tardan talab qilib olsinlar va tolibi ilmlarning 
qwliga topshirsinlar.” 
“Amirlik panoh’i, vazirlikdan ogoh’ bwlgan, xoqonning yaqin odami, 
marh’amatga loyiq... xoqon h’azratlarining marh’amati tufayli zwr h’urmat 
topgan Muh’ammad Hakimbiy inoq bilsinlarki, Abdurasul twqsabo
79
, Safar 
bah’odir, Husayn, Alibek yasovul
80
, Farmonboy, Xolboy, Norbwta, Murod, 
Shomurod va Toshniёz, h’ammalari wn kishi bwlib, zakot
81
 yig’ish uchun jwnab 
ketishgan. Ulardan qaysi biri olti tillo yiqqan bwlsa, ёzib yuborsinlar.” 
Hijriy 1224 yil. 
 
“Amirlik tayanchi, vazirlik ah’volidan ogoh’ bwlgan, xoqonning yaqin 
odami, baland martabalik Muh’ammad Hakimbiy inoq, xoqonning 
marh’amatidan sarfaroz bwlganlar, bilsinlarki, alh’amdulilloh’ h’ol-ah’volimiz 
sog’-salomatlik va shod-xurramlik darajasidadir, muborak xotirimiz 
jamuljamdir. 
Soniyan, maxfiy qolmasinki, qutlug’ uzangiga yuborgan arznoma etib 
keldi. Uning mazmunidan ogoh’ bwlib, xursandlik h’osil bwldi. Va yana 
(bilsinlarki), Pashog’ir tepasiga Xwqand lashkari kelib tushgan edi. Biz tarafdan 
unga qarshi lashkar yuborganimizdan keyin (dushman) zafar asar lashkarning 
qorasini kwrishi h’amono, yuzini chekinish sari wgirdi va bizga doxil bwlishga 
tob berolmay orqaga chekindi. 
                                                 
78
 Меҳтар-бошлиқ, бирон давлат муассасаси, қурхона-қурол-аслаҳа омбори, тўшакхона – подшоҳ, хон 
хобхонаси учун зарур бўлган ашёлар омборининг бошлиғи.
 
79
 Тўқсабо-подшоҳнинг олий мансабдорларидан, вазифаси шароитга қараб ўзгариб турган

80
 Ясовул-кичик лавозимдаги сарой хизматчиси.
 
81
 Закот-йилда даромаднинг қирқдан бир улуши миқдорида олинадиган солиқ.
 

 
162
(Va yana) Yalangtwshxon h’uzuridan ikki nafar chwri kelgan ekan, ularga 
qarab tursinlar. 
Va yana, qachonki, biz tarafdan ul vazirlar tayanchi tarafga 
(Yalangtwshxon tarafga) odam yuboriladigan bwlsa, ёki u tarafdan inoyatnoma 
kelsa, unga ruxsat berib wtkazib yuborsinlar. İnoyatnomada  ёzilganlarga amal 
qilsinlar. U tarafdan yuborilgan sarupo va sovg’alarni eh’tiёt qilib bir ming tanga 
zakot va 1080 tanga xiroj
82
 h’isobidan bizga tegishlisini berib yuborsinlar. 
Va yana, Eshmurod wnboshiga javob berdik. Kwrgan-bilgan va 
eshitganlari xususida wzi swzlab beradi.” 
Hijriy 1229 yil. 
 
“Vazirlik suyanchg’i, amirlik wrni, xoqon h’azratlarining yaqin odami... 
Muh’ammad Hakimbiy inoq bilsinlarki, oliy ostonaga yuborgan arznomalari etib 
keldi. Uning mazmunidan ogoh’ bwlganimizdan keyin, alh’amdulilloh’ muborak 
xotirimiz h’ar vajdan xotirjam bwldi. 
Va yana (shuni malum qilamizki) chorshanba kuni, mazkur oyning 25- 
kuni h’olimizga qarab xalifalik eshigi (bwlmish) Kattaqwrg’onga jwnaymiz. 
Sarkarda, mah’ram, xossabardor, qalmoqlar va boshqa amaldorlarga 
meh’ribonlik kwrsatib, Buxoroyi sharifga borishlari uchun ijozat berdikki, biron 
kishi ularga daxl qilmasin”. 
Hijriy 1248 yil. 
  
“Vazirlik tayanchi, amirlik wrni, (h’azrat) xoqonning  yaqin kishisi... 
Muh’ammad Hakimbiy inoq, xoqon h’azratlarining marh’amatlari sarfaroz 
bwlganlar, bilsinlarki, mulla Solih’boyni, Sharif twqsaboni, Xudoyyuerdi 
mirzaboshini
83
, Sharifxoja va Musobekni, Lochin mah’ram
84
, mulla Muh’ammad 
mulla Vose wg’liga ruxsat berib jwnatdik, Qarshiga etib borgandirlar. Ёzib 
yuborilgan kwrsatmaga amal qilsinlar.” 
Hijriy 1231 yil, muh’arram oyining 17-si. 
 
“Vazirlik tayanchi, amirlik wrni, (h’azart) xoqonning yaqin jwsti... 
Muh’ammad Hakimbiy inoq, h’azarat xoqonning marh’amatlari bilan sarfaroz 
etilgan edilar, bilsinlarki, Urganchdan kelgan elchilar to eson-omon Buxoroyi 
sharifga etib olgunlaricha (ularga) oziq-ovqat va em-xashak bersinlar... Boshqa 
gaplarni h’umoyun egar qoshidan tutganlarida aytiladi. Vassalom”. 
“Vazirlik tayanchi, amirlik kwmakchisi... Muh’ammad Hakimbiy inoq, 
xoqon (h’azratlari)ning marh’amatlaridan sarfaroz etilganlar, bilsinlarki, saёdat 
panoh’ Muh’ammad Siddiqxoja sudurni
85
  xonning farzandi h’isoblab, amlok 
bilan siyladik.”... 
Hijriy 1229 yil. 
 
                                                 
82
 Хирож-асосий солиқлардан, даромад солиғи, одатда даромаднинг учдан бир қисмини ташкил этган.
 
83
 Мирзабоши – хоқон девонидаги мирзалар бошлиғи.
 
84
 Маҳрам – хонга яқин, унинг ҳамма йиғинларида қатнашиш ҳуқуқига эга бўлган мансабдор.+
 
85
 Судур – барча вақфлар мутасаддийси, мамлакат садрларининг бошлиғи.
 

 
163

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling