O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#280
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30

 
14.2. Manbalar tavsifi. 
 
14.2.1. «Tarixi Abulxayrxoniy» 
«Tarixi Abulxayrxoniy» asarida Bag’dod xalifaligining sharqiy qismida 
joylashgan mamlakatlar va Movarounnah’rning qadim zamonlardan to XV 
asrning 60-yillarigacha kechgan tarixini qisqacha baёn etadi. Kitobning swnggi 
qismi, yani Dashti qipchoqda Abulxayrxon bosh bwlgan qismi noёb 
h’isoblanadi. 
«Tarixi Abulxayrxoniy» Shayboniy Abdullatif Sulton (Samarqand xoni, 
1540-1551 yy.) h’ukmronligining boshlarida Shayboniy Kwchkunchixon (1510-
1530 yy.)ning sobiq kotibi Masud ibn Usmon Kuh’istoniy tarafidan ёzilgan. 
Asarda Abulxayrxon davlatiga asos solgan va XVI asr boshida Shayboniyxon 
bilan birga Movarounnah’rga kwchib wtgan burkut, dwrmon, iyjon, kenegas, 
qiёt, qwng’irot,qushchi, qurlovut, masit, tuboyi, uyshin, koonboyli, qudag’ay, 
mang’it, muluj, nayman, uyg’ur, chimboy, qorliq, ёnqojar, nukuz, timat, tuman-
ming, wtarchi qavmlari h’aqida malumotlarni uchratamiz. 
 
14.2.2. «Nasabnomayi wzbek» 
«Nasabnomayi wzbek» bor-ywg’i ikki varaqdan iborat kichik bir asar. 
Unda 92 wzbek qavmining rwyxati keltiriladi. Ular quydagilar; ming, yuz, qirq, 
wzbek, wn qajot, jaloir, saroy, qwng’irot, olchin, arg’in, nayman, qipchoq, 
chaqmoq, azaq, qalmoq, torliq, tudak, burloq, samarchiq, kibcha, kelachi, 
kinakash, buyrak, urot, qiёt, xitoy, tunidi, wzjulachi, qoychi, wtaji, bwlotchi, 
juyut, job, chilchut, buymaut, orlot, kerait, ungut, tangut, manbit, chilchuvit, 
mesit, markit, burkut, qurlas, wkalan, qori, arab, ilochi, juburg’an, tishliq, keray, 
turkman, dwrmon, tobin, tama, ramadan, kwytan, uyshin, badiyi, h’ofiz, qirg’iz, 
mojor, kwchalik, savron, baxrin, uyris, jubrot, biday, tatar, tabash, michqor, 
suldus, tuboyi, tilov, kirdor, baktiya, qarqin, shirin, wg’lon, qurlat(qurlavut), 
bag’lon, chinboy, chexilkas, uyg’ur, agar, ёbu, targ’il, turkan, koh’at. 
 
14.2.3. «Asomiyi navadu du firqayi wzbek» 
«Asomiyi navadu du firqayi wzbek» («Twqson ikki wxbek firqasining 
nomlari» twrt nafar mustaqil asar «Majma al-g’aroyib», «Solnomayi xoja 
Abdulh’akim Termiziy», «Tarixchayi Somiy» va nomi aniq bwlmagan geo-
nosmografik asar bilan bir muqovada, WzR VA Sharqshunoslik instituti 
fondidagi 1330 raqamli kitob tarkibida mavjud. Unda Chingizxondan to 
Ashtarxoniy Abulfayzxon (1711-1747 yy.) davrigacha kechgan vlqealar 
qisqacha baёn etiladi. «Solnomayi Abulh’akim Termiziy»dan keyin «Asomiyi 
navadu du firqayi wzbek» asari boshlanadi va wzbek xalqi tarkibiga kirgan 92 
qavmning nomi keltiriladi. Ular quyidagilardir; ming, yuz, qirq, wng, unkajot, 
jaloir, saroy, xitoy, qipchoq, nayman, chaqmoq, urmoq, tudaq, bwston, 

 
180
samarchiq, qalmoq, qorliq, qatag’on, orlot, arg’in, barlos, bwytay, kenagas, 
kelachi, buyrak, uyrot, qiёt, qwng’urot, qong’li, wz, julovchi, jusulovchi, kaji 
(xoji), wtarchi, qirlovchi, juyut (jiyut), jid, chulchut (chulchut), buёzit (baёzit), 
uymovut, keray, bag’lon, long’it, tangut, mang’it, marki, burkut, modi qiёt, 
wkalan, olchin, qori, g’arib, shibirg’on, qishliq, turkman, dwrmon, tabai, tam, 
tobin, ramadan, miton, uyshun, bwsa, h’aft, qirg’iz, tatar, bochqir, suldus, 
kelovchi, dujor, jurot, badayi, wg’lon, quryuvut, chimboy, meh’di, chilkas, 
uyg’ur, farkon, nukus, qora tushlub, ёbu, torg’il, kwxat, shuran, shirin, tama, 
baxrin, keray, taxtiёn, mug’ol, qoёn. 
XVII asrda wtgan shoir Turdi Farog’iy h’am wzbeklar wsha davrda 92 
qavmdan iborat ekanligini aytadi. 
Tor kwngillik beklar, manman demang, kenglik qiling, 
Twqson ikki bori wzbek yurtidir, kenglik qiling! 
Birni qipchoqu, birni yuz, birni nayman demang, 
Qirqu yuz, ming son bwlib, bir jon oyinlik qiling! 
Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir twng’a kirib,  
Bir wngirlik, bir terezlik, bir yaqo-englik qiling! 
 
14.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 
1. 
Á.A.Àh’ìåäîâ. Ûçáåêèñòîí ùàë=ëàðè òàðèõè ìàíáàëàðè.-T.: 
«Ûêèòóâ÷è», 1991.  
2. 
B.A.Ashmedov  «Izbekiston  tarixi  manbalari».-T.:  I=ituvchi, 2001. 
17-bet.  
3. 
Ñîáðàíèå âîñòî÷íıõ ðóêîïèñåé ÀÍÐÓZ. Èñòîðèÿ. 
Ñîñòàâèòåëè Ä.Yu.Þñóïîâà, Ð.Ï.Äæàëèëîâà-Ò.: Fan. 1998. 
4. 
Shoniёzov K.Sh. Wzbek xalqining shakllanish jaraёni.-T.:. Sharq.  2001 
5. 
Wzbekiston tarixi. R.X.Murtazaevaning taxriri ostida.-T.: 2003.    
 
14.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 
1. 
Markaziy Osiёda yashagan xalqlar twg’risida nimani bilasiz?  
2. 
Wzbek atamasining mazmunini aytib bering?  
3. 
Wzbek xalqi tarkibiga kirgan urug’ va qavimlar?  
4. 
Wzbek xalqi shakllanishiga oid qaysi manbalarni bilasiz?  
5. 
Wzbek xalqi deganda nimani tushunasiz?  
 
 
15-mavzu. Biografik asarlar.  
 
Darsning mazmuni: talabalarga biografik asarlar twg’risida tasavvur berish va 
ulardagi tarix ilmi uchun muh’im malumotlarni taxlil qilish.  
 
Reja:  
15.1. Biografik  asarlar xususiyatlari.  
15.2. Biografik  asarlar tavsifi.  

 
181
15.3.Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 
15.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
Asosiy tushunchalar: biografiya, muallif, tarjimai xol.  
 
 
15.1. Biografik  asarlar xususiyatlari. 
    Wzbekiston tarixi va umuman tarix ilmini wrganishda biografik asarlar, 
tazkiralar, mnoqiblar va memuar asarlarning ah’amiyati nih’oyatda kattadir. 
Bazan maxsus tarixiy asarlarda uchramaydigan malumotlar bioshgafik va 
memuar asarlarda uchraydi. Bu asarlar malum darajada davr ijtimoiy-siёsiy 
h’aёtini wrganishda muh’im ah’amiyat kasb etadi. Shulardan bazilarisha, misol 
tariqasida twxtalib wtamiz. 
 
15.2. Biografik  asarlar tavsifi  
 
15.2.1. «Tazkarat ush-shuaro» 
«Tazkarat ush-shuaro» XV asrning kwzga kwringan adabiёtshunos olimi 
Davlatshoh’ Samarqandiyning asaridir. Muallifning twliq ismi sharifi 
Davlatshoh’ ibn Alouddavla Baxtishoh’ al-G’oziy as-Samarqandiy. Wz asarida 
keltirilgan bazi malumotlarga qaraganda, u yirik h’arbiy xizmatchi va davlat 
arbobi oilasidan chiqqan. Otasi amir Baxtishoh’ Shoh’ruh’ sultonning yaqin 
kishilari va etiborli xizmatkorlari jumlasidan bwlib, uning kwpgina h’arbiy 
yurishlarida qatnashgan va toju taxt soh’ibiga sadoqat bilan xizmat qilib, 
janglarda qah’ramonlik namunalarini kwrsatgan. Uning «al-G’oziy» deb atalishi 
h’am shundandir. 
Davlatshoh’ning tug’ilgan vaqti malum emas. Lekin buni boshqa dalil va 
malumotlarga tayanib, taxminan aniqlasa bwladi. Davlatshoh’ning wzi mazkur 
asarini 50 ёshga kirganda ёza boshlaganini aytadi. Biz bu asarni 1487 yili ёzib 
tamomlanganligini bilamiz. Bu katta va muh’im asarni ёzish uchun kamida ikki-
uch yil vaqt sarflangan, albatta. Shunday taxmin qilinganda, Davlatshoh’ 1435-
1436 yillari tavallud topgan bwlib chiqadi. 
Davlatshoh’ Samarqandiy ёshligida durustgina tah’sil kwrdi, wsha 
davrning eng kwzga kwringan olimlaridan, masalan, faqih’ va shoir xoja 
Fazlulloh’ Abulaysiydan h’am talim olgan. Lekin 1480 yillarga qadar ilmiy ёki 
adabiy faroiyat bilan shug’ullanmagan, balki saroy xizmati va h’arbiy 
yurishlarga jalb qilingan. Shoh’ruh’ Mirzo va Sulton Husayn mirzoning kwpgina 
h’arbiy .rishlarida ishtirok etgan. U swnggi marta Sulton Husayn bilan Temuriy 
Sulton Mah’mud mirzo (Abu Saidning ikkinchi wg’li, Hisori shodmon va 
Badaxshon h’okimi) wrtasida Chamonsaroyda (Afg’onistonning Andxuy 
viloyatida joylashgan manzil)  bwlgan urushda ishtirok etgan. Bu urush 
Xondamirning malumotlariga qaraganda, 1471 yilda sodir bwlgan. Davlatshoh’ 
Samarqandiy 60 yilga yaqin umr kwrib, 1495 yili vafot etgan. 
Davlatshoh’ Samarqandiy wzining «Tazkirat ush-shuaro» asarini ёzishda 
juda kwp manbalardan, wzidan avval ёzilgan tazkiralardan, masalan Abu Toh’ir 

 
182
Xotuniyning «Manoqib ush-shuaro», Avfiyning «Lubob ul-albob» kitoblaridan, 
kwpgina tarixiy va geografik asarlardan, xususan, İstaxriyning «Kitob masolik 
ul-mamolik», Gardiziyning «Zayn ul-axbor», Abulfazl Bayh’aqiyning «Tarixi 
Oli Sabuktakin» va boshqalardan, shuningdek, tazkirada nomlari qayd etilgan 
shoir va adiblarning asarlaridan keng foydalangan. 
«Tazkirat ush-shuaro» asarida VII-XV asrlarda Eron va Wzbekistonda 
yashab ijod etgan 155 shoir h’aqida qisqacha, lekin nih’oyatda qimmatli 
malumotlar keltirilgan. U muqaddima, xotima va etti qism (tabaqa)dan iborat. 
Muqaddimada asarning ёzilish sabablari, VII-X asrning birinchi yarmida 
wtgan arabiynavis shoirlardan 10 nafari h’aqida malumot berilgan. 
Birinchi va ikkinchi qism X-XI asrda Eron va asosan Wzbekistonda 
yashab, ijod etgan 40 yirik shoirning qisqacha tarjimai h’oli va ijodiga 
bag’ishlangan. 
Uchinchi-beshinchi tabaqalarda Xorazmshoh’lar – Anushteginiylar (1077-
1231 yy.), Elxoniylar (1256-1353 yy.) va Muzaffariylar (1314-1393 yy.) 
zamonida wtgan 54 shoir h’aqida malumotlar keltirilgan. 
Swnggi ikki tabaqada Amir Temur va Temuriylar zamonida wtgan 41 
shoir h’aqida malumotlar keltirilgan. 
Xotimada XV asrning ikkinchi yarmida wtgan va tazkira muallifi bilan 
zamondosh bwlgan yirik goir va adiblar, Abdurah’mon Jomiy, Alisher Navoiy, 
shayx Ah’mad Suh’ayliy, xoja Afzaluddin Mah’mud Kirmoniy, xoja 
Shih’obuddin Abdulla Marvaroid h’amda xoja Asafiy h’aqida h’ikoya qilinadi. 
Tazkirada tilga olinganlar orasida Abu Abdulla Rudakiy (taxm.860-941 
yy.), fors tilidagi «Qavsnoma» nomli lug’at muallifi Qatron ibn Mansur 
(taxm.1010-1073 yy.), xorazmlik mashh’ur shoir va adabiёtshunos, sheriyat 
ilmiga oid «Hadoyiq as-seh’r» («Seh’r bog’lari») nomli kitobi bilan dong 
chiqargan Rashiduddin Votvot (taxm.1087-1182 yy.), asli shah’risabzlik bwlib, 
Hindistonda kun kechirgan va boy ijodi bilan dong taratgan buyuk shoir, olim va 
musiqashunos Xusrav Deh’laviy (1253-1325 yy.), yirik tarixchi Sharayuddin Ali 
Yazdiy, shoir va qissaxon Orif Ozariy va boshqalar bor. 
Qisqasi, «Tazkirat ush-shuaro» asari Wzbekiston va Eronning X-XV 
asrlardagi madaniy h’aёtini wrganishda muh’im manba bwladi. Unda tarixiy 
malumotlar h’am kwp. XIV asrning 30-80- yillarida Xurosonni larzaga keltirgan 
sarbadorlar h’arakati h’aqida keltirilgan malumotlar ayniqsa muh’imdir. 
Kitobning twla matni 1887 yili Bombayda, 1901 yili Londonda va 1958 
yili Teh’ronda chop qilingan. U turli tillarga, shu jumladan wzbek tiliga 
B.Ah’medov tomonidan qisqartirilib tarjima qilingan «Shoirlar bwstoni» nomi 
bilan chop etilgan. Uning turkiy til (Xorazm shevasi)ga 1900 yili Muh’ammad 
Rafe tomonidan tarjima qilingan bwlib, uning qwlёzmasi WzR FA 
Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Asarning inglizcha twla tarjimasi 1900 yili 
E.Braun tomonidan Leydenda elon qilingan. 
15.2.2. «Muzakkiri ah’bob» 
«Muzakkiri ah’bob» («Ah’boblar (yani dwstlar) zikrida» nomli tazkira 
muallifi xoja Bah’ouddin Hasan Nisoriy (vafoti 1596-1597 yy.), XVI asrda 
wtgan yirik shoir va olimdir. U asli buxorolik, mashh’ur shoir Podshoh’xoja 

 
183
(1450-vafot etgan yili nomalum) oilasiga mansub. Xoja Bah’ouddin Hasan 
shoirlik bilan bir qatorda, tibbiёt, tafsir, h’andasa, falakiёt, musiqa va xattotlikni 
eshallangan. Swg’d h’okimi bwlib turgan Shayboniy Rustam Sultonning sadri 
bwlib xizmat qilgan, 1526 yildan keyin Balxda Kamoluddin qwnoq madrasasida 
h’andasadan dars bergan. 
Xoja Bah’ouddin Hasan wzining «Muzakkiri ah’bob» nomli asari (1566-
1567 yilda ёzilgan) bilan shuh’rat topgan. Asar Juyboriy xojalardan xoja 
Muh’ammad  İslom (1493-1563 yy.)ga bag’ishlangan va XVI asrning birinchi 
yarmida Buxoroda wtgan 261 turkiyzabon shoirlar h’aqida qisqacha malumot 
keltirgan. 
«Muzakkiri ah’bob» qisqa swzboshi, muqaddima, twrt bob va xotimadan 
iborat. 
Swz boshida mazkur asar muallifi oldiga qwyilgan vazifa, uning mazmuni 
h’aqida malumotlar keltiriladi. Unda aytilishicha, olim wz asarini Alisher 
Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasining davomi sifatida ёzgan. 
Muqaddima qismida sheriyatda qalam tebratgan Shayboniy sultonlar; 
Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullatif Sulton, Rustam Sulton, Abdulazizxon, 
Sulton Said Sulton, Juvonmard Alixon, Dwstmuh’ammad Sulton, Abulg’ozi 
Sulton va Boburiylardan Humoyun, Akbar, Komron Mirzo, Mirzo Askariy, 
Hindol, Xon Mirzalar h’aqida qisqacha malumot va sherlaridan namunalar 
keltirilgan. Asarda Shayyuoniyxonning 1487-1488 yillari Buxoroda kechgan 
h’aёti h’aqida keltirilgan malumotlar benih’oyat qimmatlidir.  
Aytilishicha, Shayboniyxon Buxoroga Temuriyzoda Sulton Ah’mad 
Mirzo (1469-1494 yy.) va Buxoro h’okimi amir Abduali tarxonning taklifi bilan 
kelgan. Shayboniyxon bir yil ichida Buxoroning Omonkent qishlog’ida istiqomat 
qilgan va xoja Bah’ouddin Naqshbandning nabirasi xoja MirMuh’ammad 
Naqshband wsha vaqtda bobosining Qasri orifondagi mozorida mutavalliy bwlib 
xizmat qilar edi. Shayboniyxon undan naqshbandiylik talimotini wrgandi. Piri 
Shayboniyxonga yaqin orada ulug’ martabaga erishishini karomat qilgan. 
Tazkiranavis, «kwp vaqt wtmay, 12 yildan keyin, Shayboniyxon Turkistondan to 
Domg’ongacha chwzilgan katta mamlakatga ega bwldi», degan. Undan tashqari, 
muqaddimada shayboniyzodalardan Rustam Sulton, Abdulazizxon va 
Juvonmard Alixonlarning shaxsiy h’aёti h’aqida h’am qimmatli malumotlar 
kedtiriladi. 
Asarning birinchi bobida muallif wzi shaxsan tanish bwlmagan, tazkira 
tuzilmasdan ancha ilgari olamdan wtgan, buxorolik 84 shoirning h’aёti va 
ijodidan namunalar keltiriladi. 
İkkinchi bobda muallif bilgan, lekin tazkira ёzilmasdan sal ilgari h’aёtdan 
kwz yumgan 64 buxorolik shoir h’aqida malumot keltiriladi. 
Uchinchi bob tazkira ёzidaёtganda h’aёt bwlgan 59 buxorolik shoir ijodiga 
bag’ishlanadi. 
Va nih’oyat,twrtinchi bobda muallif bilan zamondosh, lekin u bilan tanish 
bwlmagan  44 nafar movarounnah’rlik shoir ijodidan namunalar keltirilgan. 
Xotimada muallif wzining ota-bobolari h’aqida, xususan ulug’ bobosi 
Abdulvah’h’obxoja, otasi Podshoh’xoja va birmuncha vaqt Shayboniy 

 
184
Rustamxonning xizmatida  shayxulislom lavozimida bwlgan inisi 
Abdussamadxoja h’aqida, shuningdek, ruboiynavis shoir Shoh’xoja h’aqida 
zarur malumotlar keltirgan. 
Tazkirada, shoirlikni wziga kasb-h’unar qilib olgan shoirlar bilan bir 
qatorda, boshqa kasb-h’unar egalari, masalan, savdo-sotiq, tabiblik, xattotlik, 
rassomlik, memorlik va boshqa h’unarmand shoirlar ijodidan h’am namunalar 
keltirilgan. Ularning orasida olimlar h’am bwlgan. Masalan, mashh’ur shoir 
Muh’ammad Solih’ning wg’li Mirzo Ulug’bek h’aqida bunday malumot 
keltirilgan; u XVI asrning boshlarida Niso viloyatining h’okimi bwlgan. Hasan 
Nisoriyning otasi Darun h’okimi Podshoh’xoja bilan dwst bwlgan. Ular tez-tez 
bir-birlarini ziёrat qilib turganlar va shoirlarning majlislarini uyushtirib 
turganlar. 
Ushbu asarda Shayboniy h’ukmdorlardan Ubaydullaxon zamonida Buxoro 
va Samarqandda bunёd etilgan masjid, madrasa va xonaqoh’lardan tashqari, 
kwpriklar, suv inshootlari va kutubxonalari h’aqida h’am malumotlar 
uchratamiz. Buxoroyi sharifda qurilgan Mir Arab madrasasi, Piri Marza 
qishlog’ida qurilgan chorbog’, meh’tar Qosim tarafidan Kwh’ak darёsi ustiga 
qurilgang kwprik, Abdulazizxon tarafidan Buxoro shah’rida bunёd etilgan 
kutubxona shular jumlasidandir. 
Umuman, xoja Hasan Nisoriyning «Muzakkiri ah’bob» asari 
Wzbekistonning XVI asrning birinchi yarmidagi adabiy muh’iti va madaniyatini 
wrganishda muh’im manba bwlib xizmat qiladi. 
Asarning qwlёzma nusxalari Rossiya, Wzbekiston va xorijiy mamlakatlar 
kutubxonalarida mavjud. Uning wzbekcha tarjimasi 1993 yili Toshkentda İsmoil 
Bekjonov tomonidan chop etilgan.  
 
15.2. 3.Xotiroti Mutribiy», «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» va 
«Nusxayi zeboyi Jah’ongiriy» 
«Xotiroti Mutribiy» («Mutribiy esdaliklari»), «Tazkirat ush-shuaroyi 
Mutribiy» («Mutribiyning shoirlar twg’risidagi tazkirasi») va «Nusxayi zeboyi 
Jah’ongiriy» («Jah’ongirning zebo tazkirasi») nomli asarlar muallifi XVI asrning 
ikkinchi yarmi-XVII asrning 30-yillarida wtgan shoir va tazkiranavis olim 
Mutribiydir.  
«Xotiroti Mutribiy» degan asaridan malum bwlishicha, u 1559 yili 
Samarqandda tavallud topgan, ota taraifidan bobosi Malik Arg’un va ona 
tarafidan bobosi Basriy zamonining mashh’ur shoirlari jumlasidan bwlishgan. 
Mutribiy dastlabki malumotni ona shah’ri Samarqandda olgan, swng Buxoroga 
borib, xoja Hasan Nisoriyga shogird tushgan. 1620 yildan boshlab u asosan 
Samarqandda istiqomat qilgan va Samarqand h’okimi Hojibiy qushchining 
xizmaida bwlgan. 1625 yilning kuzida wg’li Muh’ammad Alini wzi bilan birga 
olib, Hindistonga jwnab ketadi. Bu vaqtda Mutribiy 69 ёshda bwlgan va 1627 
yili Samarqandga qaytib kelgan. Uning keyingi taqdiri malum emas. 
Mutribiy uch asar muallifidir. Ulardan biri «Tazkirat ush-shuaroyi 
Mutribiy» bwlib, unda movarounnah’rlik 320 shoir h’aqida qisqacha malumot va 
sherlaridan namunalar keltiriladi. 

 
185
İkkinchi asari «Nusxayi zeboyi Jah’ongiriy» bwlib, uni Mutribiy h’ali 
Hindistonga ketmay turib Samarqandda boshlagan va 1626 yili Loh’ur shah’rida 
tamomlagan. Asarda Movarounnah’r, Xuroson, Balx, Badaxshon va Hindistonda 
XVI asrning ikkinchi yarmida istiqomat qilgan 292 shoir h’aqida malumot 
keltiriladi va wsha yiliёq Jah’ongir podshoh’ga (1605-1627 yy.) taqdim etiladi. 
«Xotiroti Mutribiy»da aytilishicha, tazkira podshoh’ va uning yaqinlariga maqul 
bwlgan. Jah’ongir suh’bat oxirida Mutribiyga Hindistonda XVI asrning ikkinchi 
yarmida, yani marh’um otasi Jaloliddin Akbar davrida wtgan shoirlar h’aqida 
twplagan materiallarini bergan va undan mazkur tazkiraga wz nomini qwshishini 
iltimos qilgan. Ushbu materiallar ikkinchi tarzkiradan 16 varaq joy olgan. 
«Nusxayi zeboyi Jah’ongiriy»ning yaxshi qwlёzma nusxasi 1665 yilda 
Shoh’ijah’onobodda kwchirilgan va shu kunlarda «İndiya offis» kutubxonasida 
saqlanmoqda. 
Mutribiyning uchinchi asari «Xotiroti Mutribiy» dkb ataladi va muallif uni 
1627 yil 25 fevral kuni ёzishga kirishgan. Asar muallifning Loh’urda turgan 
paytida podshoh’ Jah’ongirning 24 majlisida kwtarilgan masalalar h’aqida 
h’ikoya qiladi. Unda Movarounnah’rning XVII asrning birinchi yarmidagi 
ijtimoiy-siёsiy ah’voli va madaniy h’aёti, Samarqandning osori-atiqalari va 
uning wsha davridagi ah’voli h’aqida wta qimmatli dalil va malumotlar 
keltiriladi. Shulardan bazilarini keltirib wtamiz. 
Jah’ongir podshoh’ni Buxoro va Balx xonlarining h’amda ularga yaqin 
amirlar va Juybor xojalarining shaxsiy h’aёti, turmushi va fel-atvori kwproq 
qiziqtirgan. Shuningdek, u boshqa Boburiy podshoh’lar kabi, Buxoro va Balx 
xonlarining qiёfasini chizdirish bilan shug’ullangan. Masalan, 18-chi xotirotda 
quyidagilarni wqiymiz; «Kunlardan bir kuni podshoh’ning ostonasiga bosh 
qwygani borgan edim. Podshoh’ qandaydir suratlarni diqqat bilan tamosha qilib 
wtirgan ekan. Menga «wltir!», deb ishoratqildilar. Swng suratlarni men tarafga 
wgirib swradilar; «Diqqat bilan qarab kwrchi, bular kimlarning suratlari ekan?» 
Qarab kwrsam ularning biri Abdullaxon wzbek (Abdullaxon soniy, 1583-1598 
yy.), ikkinchisi (uning wg’li) Abdumwminxonning surati ekan. Podshoh’ 
mendan swradi; «Suratlar asilmi, ёki sening boshqa fikring bormi? Agar bwlsa 
ayt». Men javob qildim; «Abdullaxon sal twlaroq tasvirlangan. Bwynidagi 
chandiq esa wng tomonda bwlib qolgan. Aslida u kwp h’am twla emas, 
bwynidagi chandiq esa swl tarafda». Podshoh’ rassomni chaqirtirdi va suratni 
men aytgandek qilib chizishni buyurdi. Shundan keyin podshoh’ mendan 
«Abdulmwminxonning surati xususida nima deysan?», deb swradi. Javob 
qildim; «Abdulmwminxonni bug’doy rangli qilib chizibdilar. Aslida u oq-
sariqdan kelgan (yigit), sallani sal oldinga qilib wraydi, bu ancha chiroyli 
chiqadi», dedim. Podshoh’ rassomni chaqirtirdi va bu suratlarni h’am men 
aytganday qilib chizishni buyurdi». 
Xotirotlardan yana birida Mutribiy 1626 yili Buxorodan Hindistonga 
kelgan Buxoro xonining elchisi xoja Abdurah’im bilan bwlgan suh’batni 
keltiradi. Jah’ongir podshoh’ Juybor xojalariga zwr h’urmat-eh’tiromi bwlishiga 
qaramay, Mutribiyga; «Nima uchundir, İmomqulixon Nadr devrnbegiday boobru 
mulozimlari bwla turib, h’uzurimizga navkarlarni yuboribdi?», degan. 

 
186
Olimning Kobuldan Loh’urga meh’mon bwlib kelgan Muh’ammad Hakim 
mirzo sharafiga uyushtirilgan ziёfat h’aqida ёzgan xotirasi h’am diqqatga 
sazovordir. Majlisda gap «musiqa» atamasining kelib chiqishi, manosi, 
shashmaqom («İroq», «Husayniy», «Segoh’» va boshqalar)ning tarixi h’aqida 
musiqashunoslar wrtasida bwlgan baxs h’aqida boradi. Unda Mutribiy h’am faol 
qatnashgan. 
Xotirotlarda Samarqanddagi tarixiy obidalar, Gwri Amir, Shoh’i Zinda, 
Ulug’bek rasadxonasining XVII asr boshlaridagi ah’voli, Siёb (Siob) arig’i 
ustiga qurilgan qog’oz korxonalari (juvozi qog’oz)ning ah’voli h’aqida qimmatli 
malumotlar mavjud. 
Xullasi, Mutribiyning tazkiralari va esda liklari Wzbekiston, Eron, 
Afg’oniston va Hindistonning XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning 
birinchi yarmidagi fan va madaniyati, Buxoro xonligining boshqa mamlakatlar 
bilan aloqalari tarixini wrganishda muh’im manbalardan biri bwlishi mumkin. 
 
15.2.4. «Muzakkiri al-ash’ob» 
«Muzakkiri al-ash’ob» («Dwstlarni eslatuvchi kitob») tazkirasining 
muallifi XVII asrda wtgan yirik shoir va olim Malexo Samarqandiydir. Bu 
asarda VII asrda yashab ijod etgan 200 dan ortiq movarounnah’rlik shoirlarning 
qisqacha tarjimai h’oli va asarlaridan parchalar keltirilgan. Kitob 1682-1692 
yillar orasida ёzilgan. 
Malexo Samarqandiyning h’aqiqiy ismi Muh’ammad Badi ibn 
Muh’ammad Sharif Samarqandiy bwlib, u 1641 yili Samarqandda wqimishli 
faqih’ va wziga twq oilada tavallud topgan. Otasi Muh’ammad Sharif 
Samarqand qozisi, swng muftiy mah’kamasida xizmat qilgan. 1670 yili vafot 
etganida, uning boyligi Abdulazizixonning (1645-1680 yy.) amri bilan wg’li 
Muh’ammad Badiga qoldirilgan. Bwlg’usi olimning h’aёti qiyinchilik va 
muxtojliksiz, yaxshi kechgan. Shuning uchun h’am u yaxshi wqigan va kwp 
erlarga saёh’at qilish imkoniga ega bwlgan.  
Muh’ammad Badi boshlang’ich malumotni Samarqandda olgan. Kwp 
ilmlarni, fiqh’, falsafa, iloh’iёt va mantiqni otasidan, sher ilmini qozi 
Lutfulloh’dan madrasada olgan. U madrasada tafsir, astronomiya, tarix va 
adabiёtni h’am wrgangan. «Xususan,-deb ёzadi u wz tazkirasida,-«Chag’miniy 
sharh’i»
102
 va Ali Qushchining forscha risolasini
103
 wsha mavlono Lutfulloh’dan 
wrganganman». Malexo 11 ёshida sher ёza boshlagan va bazi qiyin atamalarni 
izoh’lay olgan. 
Olim 1670 yili, otasi vafotidan keyin, Eron bwylab saёh’at qilgan va uch 
yil mobaynida mamlakatning wsha vaqtdagi poytaxti İsfah’on va katta 
shah’arlari Nishopur, Koshon, Mashh’ad va boshqa shah’arlarida bwlgan, wsha 
yillari bwlajak asar uchun malumotlar twplangan. 1673 yili u ona shah’ri 
Samarqandga qaytib keldi va etti yil mobaynida Samarqand va Buxoro 
shah’arlarida fiqh’, tafsir va h’adis ilmlaridan olgan malumotini Qozi xoja 
                                                 
102
 Саййид Шариф Журжонийнинг «Ал-мулоххас фи-л-ҳайъат» асарига ёзилган шарх назарда тутилади.
 
103
 Олимнинг Мирзо Улуғбекнинг «Зижи жадиди Кўрагоний» асарига ёзган шарҳи назарда тутилади.
 

 
187
Mirakshoh’ rah’barligida chuqurlashtirgan. 1689 yili Samarqand h’okimi 
İbroh’imbiy uni  Shaybniyxon madrasasiga mudarris etib tayinlaydi. Olim wz 
asarini shu erda tamomladi. Uning qachon vafot etgani malum emas.  
«Muzakkiri al-ash’ob», unda tilga olingan shoirlarning  asarlaridan boshqa 
juda kwp, turli mavzudagi asarlarda keltirilgan malumotlarni wrganish asosida 
ёzilgan. Manbalar ichida Mirxondning «Ravzat us-safo», imom Abulfazl 
Muh’ammad as-Samarqandiyning «Qandiya», Yah’ё Sibak Nishopuriyning 
«Gabistoni h’aёl», Ali ibn Husayn Voiz al-Koshifiyning «Rashah’ot ul-ayn ul-
h’aёt», mulla Sodiq Samarqandiyning «Riёz ush-shuaro», Mir Said Sharif 
Roqimning «Tarixi kasira», xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul-muluk» 
asarlari h’am bor. Shuning uchun asarda sheriyat ilmidan tashqari, tarixiy va 
geografik malumotlar h’am kwp. 
Tarixiy malumotlardan Xiva xoni Anushaxonning 1681 va 1686 yillari 
Buxoro xonligi h’ududlariga bostirib kirishi, 1681 yili Buxoro atrofidagi 
tumanlar va Buxoro shah’ristonining bosib olinishi, 1686 yili Samarqand, Qarshi 
va Shah’risabzning bosib olinishi va buning oqi oid malumotlardanbatida xalq va 
h’ukumatning og’ir ah’volga tushib qolishi h’aqidagi malumotlar diqqatga 
sazovordir. 
Asarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy  ah’voliga oid malumotlar h’am 
uchraydi. Hunarmandchilik, misgarlik, kimuxtgarlik, bwёqchilik-sabbotiy, 
gilkorlik, kavushdwzlik, zardwzlik, qassoblik, karbozfurushlik, attorlik, 
zarkashlik, bazzozlik, temirchilik, xirgoh’taroshlik, naqqoshlik, sarroflik, 
jomaboflik, muh’rgarlik va boshqalar, xoja Ubaydulla Ah’ror avlodining  mol-
mulki h’aqida malumotlar uchratamiz. Ashtarxoniylar davlati tuzilishi, xususan 
otalik, mustavfiy, parvonachi, miroh’ur, dodxoh’, twqsabo, sipoh’salor, sudur, 
faqih’, alam, muftiy, qozi askar, rais, kitobdor, mudarris, mutavaliy, yuz boshi, 
miri h’azar, voqeanavis va boshqa mansablar h’aqida wta qimmatli malumotlar 
mavjud. 
Tazkirada keltirilgan Buxoro va Samarqand shah’arlarining topografiyasi 
h’aqidagi malumotlar h’am diqqatga sazovordir. Masalan, Samarqand 
guzarlaridan Degrezon, Hovuzi sangin, Bwston Bolo, Mir Said oshiq, 
Kimuxtgaron, Bwstini xon, Gavkashon, Sobunxona, Attoron, Sangtaroshon, Xon 
Said imom, Labi h’ovuz, Darvozayi ob guzarlari tilga olinadi. Buxoro va 
Samarqanddan tashqari, Amir Temur va Shayboniy Abdullaxonning Qarshi va 
Shah’risabzni obod qilish ywlida olib borgan ishlari h’am tilga olinadi. «Nasaf,- 
deb  ёzadi Malexo,-obod viloyat. Uning obodonchiligi shu darajadaki, tarif va 
tavsifga muh’toj emasdir. Masjid va sardobadan tashqari, bu shah’arda 
Abdullaxon tarafidan kwp imoratlar yuunёd etilgan. (Amir) Boqibiy, 
Abdullaxonning kwrsatmasi bilan ushbu shah’arda madrasa, karvonsaroy, 
h’ammom, (mammar) toshdan timlar qurdirgan. Shah’risabz h’aqida wqiymiz; 
«Kesh viloyati, xuddi Samarqand singari, avvao saltanat poytaxti bwlgan. 
Shah’id Sulton Ulug’bek kwragon tarafidan bino qilingan jomi masjid, janob 
shayx (Shamsuddin) Kulol maqbarasi, mirzo Jah’ongirning madrasa va 
maqbarasa shular jumlasidandir...» 

 
188
Xullas, Malexoning «Muzakkiri ash’ob» asari Movarounnah’rning XV 
asrning ikkinchi yarmidagi tarixi va madaniyatini wrganishda muh’im manba 
bwlib xizmat qiladi. 
Asarning qwlёzma nusxalari Wzbekiston, Rossiya va boshqa xorijiy 
mamlakatlarning kutubxonalarda kwp. Faqat WzR FA Sharqshunoslik instituti 
xazinasida sakkiz mwtabar qwlёzma nusxalari mavjud. Asar matni nashr 
qilinmagan. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling